학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 77건 | 목록 1~20
Academic Journal
EPRA International Journal of Research & Development (IJRD). :285-288
Conference
2019 16th Conference on Electrical Machines, Drives and Power Systems (ELMA) Electrical Machines, Drives and Power Systems (ELMA), 2019 16th Conference on. :1-4 Jun, 2019
Conference
2016 2nd International Conference on Industrial Engineering, Applications and Manufacturing (ICIEAM) Industrial Engineering, Applications and Manufacturing (ICIEAM), International Conference on. :1-5 2016
Academic Journal
EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR). :594-596
Academic Journal
Proceedings of the Komi Science Centre of the Ural Division of the Russian Academy of Sciences. 0:106-112
Academic Journal
Applied Solar Energy. 54(5):314-317
O‘zbek xalq musiqa ijodida ustoz-shogird an’analari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 124 Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo ‘ lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir na- munalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlargabezavol yetka-zish jahondagi ilg ‘ or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir. Folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu – insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir. O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘qitishning milliy, ustoz-shogird uslubini, yangi zamonaviy uslublarini yaratishda ta’lim texnologiyalarining muhim o‘rni va vazifalari qiziqarli ma’lumotlar asosida yoritildi. O‘zbek xalq musiqa ijodi fanidan yaratilgan ushbu maqolada zamon talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalardan foy-dalangan holda, o‘quv reja asosida ma’ruza va amaliy tarzda o‘tkazilishi rejalash-tirilgan mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq musiqa ijodining hududlarga xos murakkab ijro uslublari, mohir ijrochilar, cholg‘u sozlari, katta ashula, dostonchilik, xalfachilik, folklor va baxshichilikka oid ma’lumotlarkeltirilgan. Tayanch iboralar: ustoz, shogird, o‘rganuvchi, hofiz, yaktak, ma’ruza, mumtoz san’at, hududga xos musiqa, xalfachilik, dostonchilik, baxshichilik, shashmaqom, mavrigi. An’ana, qadriyat, urf-odatlar har bir xalqning o‘zigagina xos milliy xususiyat- larini ifodalovchi omillardir. Ayni jihat inobatga olingan holda, O‘zbekistonda an’anaga aylanib qolgan 2019 yilda o‘tkazilan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalidan tashqari yana“Maqom”, “Baxshichilik”, “Folklor” va “Hunarmandchi-lik” xalqaro festivallari tashkil etildiki,ushbu festivallar yurtimizda muvaffaqiyat-li tarzda o‘tkazib kelinmoqda. O‘tkazilgan festivallarda jahonning yuzdan ortiq mamlakatlaridan turli sohalarbo‘yicha rahbarlar, mutaxassislar va mehmonlar is-htirok etdilar. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha yaratib berilgan keng imkoniyatlar, yurtimizda mavjud sharoitlar bois shunday nufuzli xalqaro festivallar tantanavor tarzdao‘tkazildi va bu jarayonni butun dunyo ahli o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Bu, albatta, O‘zbekistondagi barqaror tinchlik va xotirjam-likning nishonasidir. Yuqorida sanab o‘tilgan festivallar natijasida Samarqand-u Buxoroda, Qashqadaryo,Surxondaryoda, Xorazm-u Qoraqalpoq diyorida, Jizzax-u Sirdaryoda go‘zal vodiyning qo‘shiq va laparlari, xalq amaliy san’ati ham- SH.TURDIEV Qo‘qon DPI, katta o‘qituvchi O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp124-128 STARS International University 125 da hunarmandchiligi, umuman aytganda, hududlarning serjilo madaniy hayoti rang-barang chizgilarda gavdalantirilmoqda. O‘zbek xalqining urf-odatlari, marosimlari va an’analariga berilayotgan katta e’ti- bor, ularni tiklash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish yo‘lida samarali sa’y-ha-rakatlar olib borilmoqda. Bu borada “Ustoz-shogird” an’anasining davom ettirilishi yoshlarga saboq berishning o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biridir. Xalqimizda: “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg ‘alar”,- degan naql bor. Har kasbning o‘z ustalari bo‘lgani kabi ustozlikkasbini avloddan avlodga yet-kazuvchi izdoshlar, o‘rinbosarlar, qisqa qilib aytganda, shogirdlarning ham bo‘lishi tabiiy. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan ustozlar o‘zlarining bebaho hunarlarini o‘zi bilan olib keta olmasligi barobarida o‘sha hunarni shogirdlariga o‘rgatadi. O‘z navbatida, shogirdlar ham ustozdan o‘rgangan hunarni rivojlantirib, o‘z imkoniyati darajasida keyingi avlod shogirdlarini yetishtirib chiqaradi. Ustoz-shogirdlik bizning milliy an’a-nalarimizga xosdir. San’at, xususan, qo‘shiqchilikdagi mazkur an’ana borasida katta tajribaga egamiz. Ozod diyorimizda shunday ijrochilik maktablari mavjudki, bir-biri-dan go‘zal, bir-biridan zabardast, rang-barangligini ta’riflashga til ojiz: Ustoz Hojixon Boltayev - shogird Ro‘zmat Jumaniyozov;Ustoz Yunus Rajabiy - shogird Orif Alimahsumov;Ustoz Hoji Abdulaziz Abdurasulov - shogird domla Halim Ibodov;Ustoz Jo‘raxon Sultonov - shogird Ma’murjon Uzoqov; Ustoz Fattoxon Mamadaliyev – shogird Mahmudjon Tojiboyev; Ustoz Faxriddin Umarov - shogird Hojiakbar Hamidov. Buni yana uzoq davom et- tirish mumkin. Ustoz-shogirdlik an’anasida yana shunday bir qonun mavjudki, ustoz-lar ijro uslubidagi o‘zlariga ma’lum sirlarini shogirdlariga o‘rgatmaydilar. Zero shogird o‘z iqtidori, quvvayi-hofizasi ila bu sirni kashf etadi. Aytishlaricha, Ustoz Jo‘raxon Sultonov “Sodirxon ushshog‘i” ashulasini ustozi Sodirxon hofizdan bevosita o‘rgan-magan. Balki o‘zbeklarga xos bo‘lgan to‘y-hashamlarda, ustozi ishtirok etadigan davralarda birga bo‘lib, aynan shu qo‘shiq ijrosini sinchkovlik bilan kuzatib, tinglab, “Sodirxon ushshog‘i” ashulasi ijro etilganda butun vujudini quloq qilib o‘rganganligi xususida ibratli hikoyatlar yuradi. Asrlar davomida shakllanib, qaror topib rivojlanib kelgan ustoz-shogirdlik an’analarining davomchilari bo‘lgan Tavakkal Qodirov va Sultonali Mannopov ustoz-shogird sifatidagi faoliyatlari “San’atga baxshida umr” deb nomlangan risolada aks ettirilgan. Ushbu risolada Farg‘ona vodiysi ijrochilik maktabining vakillari xususida so‘z yuritiladi. Farg‘ona vodiysi - qadimdan san’atga shinavanda xalq. Farg‘ona vodiysi san’atning o‘chog ‘i, qaynab turgan bulog‘i hi-soblanadi. Farg‘onadan juda ko‘plab san’atkorlar, xalq e’tiboriga tushgan xonanda va sozandalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, hofizlik borasida so‘z ketganda, Hamroqul qori To‘raqulov, Erka qori Karimov, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorov, Akbar Haydarov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Murodjon Ahmedov, Rasulqori Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattohon Mamadaliyev singari ustoz-hofizlar ya-ratib ketgan Farg‘ona ijrochilik maktabi alohida o‘rin tutadi. Farg‘ona ijrochilik mak-tabi o‘zgacha bir uslublari va ohanglar jozibadorligi bilan boshqa viloyat ijrochilik maktablaridanajralib turadi. Farg‘ona vodiysi ijrochilik maktabi qadimdan rivojlanib kelgan. Bu maktabni rivojlantirishda juda ko‘p ustozlarning mehnatlari singgan. Ana shunday ulug‘ ustozlardan biri, bor umrini san’atga baxshida etgan, “O‘zbekiston Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 126 bulbuli” degan ulug‘ bir nomga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov fikrimizning isbotidir. O‘zbek qo‘shiqchiligi san’atida ustoz-shogirdlik an’anasi g‘oyibona tarzda ham amalga oshiriladi. Masalan, ushbu uslubda shogird mashhur qo‘shiqchi san’atkorning ijodini mustaqil tarzda o‘rganadi va o‘rga-nish ishlari me’yoriga yetganda, o‘sha ustozga o‘rgangan qo‘shiqlarini ijro etib, ustozning xulosasini oladi. Buning isboti uchun quyidagi dalilni keltirish kifoya deb o‘ylayman:1958 yilning yoz oylarida bir unutilmas ustoz-shogird uchrashuv ro‘y berdi. Bu uchrashuv g‘oyibona shogird (Tavakkal Qodirov)ning hayotida yana yangi bir sahifa ochdi. Mashhur hofiz, O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov yangi tuzgan “Lazgi” ansambli bilan Farg‘onaga gastrolga keldi. Ansambl tarkibida Kommuna Ismoilova, Quvondiq Iskandarov, Ro‘zimat Jumaniyozov, Nurmuhammad Boltayev, Sharif Sultonov, Jumanazar Bekjonov, O‘rinboy Otajonov singari taniqli san’atkorlar bor edi. Qadim zamonlardan buyon to‘ylarda aytiladigan “Yor-yor”, “Yalla”lar ham jamoa bilan, ya’ni, xor bo‘lib ijro etilgan. Asrlar davomida to‘plangan boy merosimiz “Shas-hmaqom”ning ashula (vokal) qismidagi taronalar ham ko‘pchilik xonandalar tomo-nidan jamoa bo‘lib ijro etilgan. Xalq orasida keng tarqalgan “Katta ashula”lar ham ikki, uch va to‘rt kishi bo‘lib ijro qilingan. Bu ijrochilik san’ati ham jamoaviy ijroning bir ko‘rinishidir. O‘zbek xalqining ko‘p janrli mumtoz musiqa ijodiyotida katta ashula janri alohida, salmoqli o‘rinni egallaydi.U yirik ashula janri bo‘lib, asosan, Farg‘ona vodiysiga xosdir. Katta ashula muxlislar davrasida baland va kuchli ovozda ijro eti-ladi. Xalq orasida uni “likop ashula” yoki “likopcha ashula” deb ham atashgan. Katta ashula ijrosida musiqa cholg‘u sozlari jo‘rligidan foydalanilmaydi. Zamonaviy musiqa terminlari bilan aytadigan bo‘lsak, ushbu janrning ayrim jihatlarini vokal-xor ijrosida-gi “A-kapella”ga qiyoslash mumkin. Katta ashulamono, duet, trio, kvartet uslubida ko‘proq ijro etiladi. Bu bilan shuni ta’kidlash lozim bo‘ladiki, o‘zbek qo‘shiqchiligi o‘zining ko‘p ming yillik boy tarixiga egadir. Katta ashula janrining o‘ziga xos asosiy jihatlaridan yana biri ushbu janr kuylovchi oldiga juda katta talablarni qo‘yadi. Ma-salan, qo‘shiq kuylovchi ijro san’atidan puxta bilim va tajribaga ega bo‘lishi, o‘zbek mumtoz she’riyatini yaxshi bilishi, keng diapazonli tiniq va jarangdor ovoz sohibi bo‘lishi, ovozni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida qo‘lidagi likopchani harakatlantira bi-lishi va h.k.larni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham katta ashula janriga uncha-muncha qo‘shiqchilar qo‘l ura olmaydilar. Buning boisi shundaki, kat-ta ashulalar muxlislar ko‘z oldida jonli ijroda kuylanadi va ashaddiy tinglovchilarning olqishlaridan ruhlangan ijrochi ashulaning avj va katta avj qismlarini bir, ikki (ton) parda va undan-da yuqoriroqda kuylab, yonidagi kuylayotgan hamrohini qiynab qo‘ygan ijro holatlarini eslab o‘tish kifoya qiladi. Bu katta ashulaning erkin ijro shak-liga kiradi. Ijroning ushbu turi xuddiki askiyachilarning payrovlar aytish jarayonidagi so‘zamolligini namoyish qilish singari kechadi va ovozi kuchli, mohir qo‘shiqchilar muxlislar tomonidan shu yo‘l bilan saralab olingani bizga tariximizdan ma’lum. Bun-day ijodiy raqobatlar ijodkorlarni o‘z ustlarida ishlashlariga, o‘z iste’dodlarini maro-miga yetkazish maqsadida tinmay izlanishlariga dalda bo‘lgan. Katta ashula O‘rta asrlarda marosim va mehnat qo‘shiq-aytimlari negizida mum- toz she’riyat va xonandalik ijro madaniyatining rivojlanishi, mumtoz (klassik) g‘azal-larni an’anaviy o‘qish, o‘rganish asosida yuzaga kelib rivojlandi. Uning o‘tmishdagi namunalarida ishqiy-lirik g‘azallar bilan bir qatorda, didaktik (nasihat), tasavvuf ruhidagi she’rlar ham kuylangan. Keyinchalik Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Amiriy, Xazi- STARS International University 127 niy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqa shoirlarning she’r va g‘azallari ham katta ashulada qo‘llangan. Katta ashula rivojida masnaviy, ruboiy, muxammas, musaddas kabi poetik janrlar muhim rol o‘ynaydi. Aruz vaznida yozilgan bu g‘azal tinglovchilarda zavq-u shavq, turfa ruhiy ke- chinmalar uyg‘otib, katta ashula janri orqali xalq orasida keng tarqalishiga olib keldi. Musiqiylik – she’riyatning eng asosiy fazilati, deb bejiz aytilmagan. Katta ashula mazmun jihatdan falsafiy, ishqiy-lirik, didaktik turlarga bo‘linadi. Hofizlar, odatda, she’r baytidan boshlang‘ich birinchi-uchinchi misralarining har birini nav-batma-navbat ijro etadilar. Boshlovchi birinchi misra bilan reja tashlasa, ikkinchi hofiz (agar ikki ijrochidan iborat bo‘lsa) shu misrani takrorlaydi. Kuy yo‘nalishiga u ayrim o‘zgarishlar (variantlar) kiritadi. Keyingi misra ikkala ijrochi tomonidan bir parda (ton) balandroq, navbatma-navbat aytiladi. Avj qismi ham shunday uslubda yuqori pardalarda ijro etiladi. Har band (bayt)ning oxirgi misrasi aytilganda, goh misra boshidan, goh misra yarmidan ashula nihoyasiga yetkazilganda, ikkala ho-fiz birga birovozlik (unisson) tarzida kuylab, ashula daromadi boshlovchi tashlab bergan reja darajasiga tushiriladi. Shu sababli katta ashulada nota misollarida o‘lchov ishlatilmaydi. Katta ashulani yoshlarimizga faqat “Ustoz-shogird” uslubida o‘rgatish mumkin. Buning uchun “Bolalar musiqa va san’at maktab”lari qoshida ushbu sohaga alohida ahamiyat berilmoqda.Ustoz tomonidan katta ashula ijro-si (mutatsiya yoshini qat’iy hisobga olgan holda) o‘rgatilgan bolalarda kuy va qo‘shiqchilik borasida notalar balandligini aniq ijro etish malakalari tez va soz rivo-jlanadi. Bu esa yoshlarimizni yengil-yelpi “zamonaviy musiqa asarlariga” berilmas-likka, haqiqiy san’at asarini qalban his etishga, uni e’zozlash, qadrlashga orgatadi, albatta.Respublikamizda katta ashulani muhofaza qilish va rivojlantirish borasida bir qator ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekistonlik hofizlarimiz xo-rijiy mamlakatlarda katta ashula ijrochilik san’atini namoyish etmoqdalar. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallarida xonandalarimiz Munojot Yo‘lchiyeva, So-yibjon Niyozov va ushbu qo‘shiqchilik uslubi vodiyga xos bo‘lgani sababli vo-diyning yetuk qo‘shiqchi hofizlari va ko‘plab mahoratli yosh ijrochilar aynan katta ashula ijrochiligi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib faxrli o‘rinlarga ega bo‘lishmoqda. Yoshlarni katta ashula, maqom, folklor, dostonchilik, baxshichi-lik, askiya san’atiga jalb qilish kabi vazifalar har bir pedagog-ustozning oldidagi burchidir. Zero, yuqorida sanab o‘tilgan san’at turlari insoniyat hayoti sivilizatsi-yasining durdonalaridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali maro- sim”dagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi 2019 yil 7 aprel, № 68 (7298). 2.Saodat Yo‘ldosheva, professor. “O‘zbek xalqining milliy folklor san’ati va etno- madaniy qadriyatlari” Ilmiy to‘plam. Toshkent “Navro‘z” nashriyoti 2013 yil 3.Askarova, S. “Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music.” Jour- nalNX 7.05 (2021): 131-134. 4.Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. “O ‘YIN TA’LIM JA- RAYoNINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA.” Scientific prog-ress 2.2 (2021): 317-321. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 128 5.Madaminovich, Fozilov Qaxramon. “Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers.” European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45. 6.KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MA- DAMINOVICH. “The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing.” Jour-nalNX 7.1: 128-130. 7.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. “The role of national music in education of youth.” ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288. 8.Asqarova, S. . «XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSI- YALARNI RIVOJLANTIRISH». Eurasian Journal of Academic Research , т. 2, вып. 7, июль 2022 г., сс. 62-65, https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1972.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Academic Journal
Oriental Journal of Medicine and Pharmacology. :45-52
Academic Journal
International journal of health sciences. :175-182
Academic Journal
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. 13:15-18
Academic Journal
PROCEEDINGS OF PETERSBURG TRANSPORT UNIVERSITY. 18:132-142
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Sultonov, Sh.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어