학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 394건 | 목록 1~20
Academic Journal
TAMADDUN NURI JURNALI. 12:147-149
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 232 Annotatsiya: Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganilgan . Kalit so ‘ zlar: ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar, matn, o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at, nutq, tafakkur, ma’noli so‘zlar, til birliklari. Kichik maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishida ularning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri, dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi. Bolalar nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlanadi. Bolaning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining o‘sishida uning nutqi juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon, so‘z boyligi ko’p bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida kattalar nutqi asosida rivojlanadi, bu tabiiy hodisa. Bola rivojlanishiga irsiyat, tashqi muhit bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir. Va shu o’rinda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlar ta’lim sifatiga va shu bilan birga, bola tarbiyasiga juda katta ta’sir etishini ta’kidlash o’rinli, deb bilamanki, zero, ta’lim va tarbiyada ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo’yilgan qadamning debochasi sanaladi. XUSANOVA GULRUXSOR TO‘QIN QIZI O‘qituvchi, Farg‘ona davlat universitetigulruxsorxusanova@gmail.com KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI https://doi.org/10.47689/STARS.uni-versity-pp232-235 STARS International University 233 Til - tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda bolalarga nafaqat ular qarab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va ularni qiziqtirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi. Ko‘pincha, bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so‘raydi: «Falon narsa qayerda?», biroq biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli aloqani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan u ushbu so‘zning ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa qayerda?» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda, bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat qayerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Biroq bu o‘rinda savol emas, aynan soatni ko‘rib va eshitib qabul qilish vaqtlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning faqatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga qiziqarli qilib qo‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutqi birmuncha o‘ziga xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda qaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin qisqa, biroq ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz qilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoqlar, shaxsiy gigiyenaga oid narsalar, ovqat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa qanchalik qiziqarli bo‘lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (qo‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, qo‘lga olishi, qimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa, ta’mini ko‘rishi) mumkin.Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik, psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni tanlash, izohlashda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan talablarga mos holda bolaning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashidan kelib chiqildi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini o‘stirish, nutq boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun muhim lingvodidaktik vositalarni yaratish harakatlari yaqinda boshlandi. Yaratilayotgan lug‘atlarning barchasini bir maqsad — maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning boy ma’naviy, madaniy, tarixiy merosi, milliy qadriyatlariga sodiq, ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash hamda so‘z zaxirasini boyitish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, to‘g‘ri va ravon gapirish ko‘nikmasini o‘stirish maqsadi birlashtiradi. Biroq bolalar uchun lug‘at yaratishning so‘zlarni tanlash, izohlash, kitobning estetik didga mos, rangli-bezakli bo‘lishi bilan bog‘liq va boshqa o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 234 Bolalarning nutqiy salohiyatini o‘stirish,so’z boyligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinayotganini bolaning kattalar tomonidan o‘qib yoki aytib berilgan jumla, so‘zlar ma’nosini anglashi, ularni amalda qo‘llay olishi, turli qiyin vaziyatlarda kattalar ko‘magisiz muammolarni hal etishga urinishi, aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyatining ortishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishida ko‘rish mumkin. Albatta, bu jarayon kattalar — tarbiyachi va pedagoglardan - alohida ko‘nikma va mahoratni, qolaversa, maxsus zaruriy ta’limiy vositalar, qo‘llanmalarni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy savodxonligini oshirishda lug‘atlarning o‘rni muhimligi jahon tajribasida to‘la isbotlangan. Lug‘atlar bilan ishlash nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki o‘z ona tilidan mukammal foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish, xususan, tinglab tushunish, amalda qo‘llash, o‘rnida ishlatish, o‘xshash so‘zlarni farqlash, to‘g‘ri talaffuz etish kabi kommunikativ(lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik) kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.Jahonning bir qancha taraqqiy etgan davlatlarida maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlar uchun leksikografiyaning maxsus lug‘atlar yaratish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i shakllangan bo‘lib, uning, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar ishlab chiqayotgan tarmog‘i nihoyatda jadallashgan. Dunyoning turli tillarida sohaning maxsus termin, tushuncha va ruknlari ham paydo bo‘lgan bo‘lib, bu masalaning naqadar dolzarb ekanini isbotlaydi. Masalan, ruslarda “Учебник до-школьника”, “Мой первый словарик”, inglizlarda “Сollins first school dictionary”, “Macmillian first dictionary”, “Merriam Webster’s first dictionary”, “Scholastic children’s dictionary”, “Children’s dictionary”, “Dictionary for kids”, “Learning dictionary”, xitoyliklarda “Booculchacha”, ukrainlarda “Miнi – пiдручник для до-шкiльнят” ruknlari ostida son-sanoqsiz lug‘atlar yaratilgan, leksikografiyada учебный словарь, школьный словарь, первый словарь дошкольника; school dictionary, educational dictionary, children’s dictionary, dictionary for kids, learning dictionary kabi faol terminlar paydo bo‘lgan. Ushbu lug‘atlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda poydevor vazifasini bajaradi deb ayta olamiz. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kratkiy slovar kognitivnyx terminov / Pod red. E.S. Kubryakovoy. - M., 1996.- 245 s. 2. Masharipova U.A. Metodika formarovaniya kultury rechi uchashchixsya nachalnyx klassax v usloviyax innovatsionnogo obrazovaniya: ped.fan.dok. (PhD) dis. – T.: 2018. 38-bet. 3. Akramjonovna, S. R. (2022). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI “TILGA E’TIBOR-ELGA E’TIBOR” RUHIDA TARBIYALASH. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM , 2 (18), 833-836. 4. Turgunboev, T., Saidov, A., & Eshkobilova, M. (2021). Energy Storage Systems in Electric Vehicles. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 11(1), 35-43. STARS International University 235 5. Turgunboev, T. T., & Saidov, A. A. (2019). Prospective of hydrogen in automobile transport. ACTA of Turin Polytechnic University in Tashkent, 9(3), 100-103. 6. Akbarova, Z. A. (2020). THE STUDY OF THE CONCEPT OF” LANGUAGE CARRIER” IN LINGUISTICS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF HISTORY, CULTURAL STUDIES AND PHILOLOGY (pp. 14-19). 7. Akmaljonovna, A. Z., & Alijonovna, B. N. (2022). The Main Stages of Speech Development of Young School Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 405-409. 8.Khusanova, G. T. K. (2021). VERBAL CALCULATION AND MENTAL ARITHMETIC IN PRIMARY SCHOOL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences , 1 (11), 34-37. 9.Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent Reading Skills In Primary School Pupils. JournalNX , 21-24. 10.Sodikova, G., & Boboeva, Z. G. (2020). Boshlang ‘ich sinflarda oqish malakalarini shakllantirish. Молодой ученый, (15), 451-453.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:232-235
Moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalardan foydalanishning ahamiyati: STARS International University 257 Annotatsiya: Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikr – mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: fizik masala, matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga doimo yuqori e’tibor qaratib kelin- gan va ta’limni rivojlantirish, yuksaltirish maqsadida har yili respublikamizda bir qator chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Fizika sohasini oladigan bo‘lsak, pedagoglarimiz “Fizika o‘qitish metodi- kasi” bo‘yicha o‘z bilim va malakalariga ega bo‘lishi lozim. Fan mavzulari haqidagi ma’ruzalar qay tartibda bayon qilinishi, masalalar qanday yechilishi va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak ekanligi haqidagi bilimlarni bera olishlari zarur. Bundan tashqari, bo‘la-jak pedagoglarga fanning mazmun- mohiyati maqsadi haqida yetarli darajada ma’lumotlar berishlari kerak. Masalalar yechishda uning mohiyatiga ko‘ra: ijodiy masalalar va ijodiy bo‘lma- gan masalalarga bo‘lish mumkin. Ijodiy masala talabani mustaqil fikrlashga, man-tiqan o‘ylashga, masalaning mazmunini to‘la-to‘kis tushunib olishga undaydi. Bu tipdagi masalalar boshqa tipdagi masalalardan murakkablik darajasi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ijodiy masalalar qidiruv va konstruktorlik masalalari bo‘lib, ular masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar-ga bo‘linadi hamda yechish usuliga ko‘ra sifat, hisoblash, grafik va eksperimen-tal masalalarga ajratiladi. Fizika o‘qitish amaliy metodlar ichida masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. Bilimlarni amaliy qo‘llashni bilish – bu onglilik mustaqil bilim-lar olish ko‘rsatkichidir. Hatto o‘quv materiallarini ongli, formal bo‘lmagan holda o‘zlashtirganda ham bilimlarni qo‘llay olish mahorati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay-di. Bunga maxsus o‘quv mashg‘ulotlari kerak bo‘ladi. Bilimlarni amaliy qo‘llashga MUZAFFAROVA DILSORA HAMID QIZI BuxDU “Fizika o‘qitish metodikasi” mutaxasisligi, 4-kurs talabasi MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARINI JORIY ETISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA FIZIKAVIY MASALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp255-259 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 258 o‘rgatishda fizikadan masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. Masalalar yechishda qo‘yiladigan asosiy maqsad, o‘quvchilar fizik qonunlarni chuqurroq tushunsinlar, ularni ajrata olsinlar va ulardagi fizik hodisalarni tahlil qila olishlari, amaliy mas-alalar yechishga qo‘llay bilishlari lozim. Talabalarni masalalar yechishga o‘rgatish-da, masala mazmunini muhokama qilish davomida rasm, chizma, sxemalarga katta e’tibor berish kerak, chunki u masalani to‘laqonli yechishga yordam beradi. Fizika masalalarini turli usullarda yechishda masalalarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan talablar asosida o‘zgaradi. Shuning uchun masalalarni yechishni bir usulda emas, balki bir necha usullarda yechish maqsadga muvofiqdir. Fizika o‘qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish fizika o‘qitish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u fizik tushunchalarni shakllan-tirishga katta hissa qo‘shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo‘llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi:a) yangi axborotlar berishda;b) muammoli vaziyat hosil qilish va o‘quvchilarga muammo qo‘yishda;d) amaliy malaka va ko‘nikmani shakllantirishda;e) o‘quvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini sinashda;f) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim berishda;x) o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda masalalarning o‘rni juda katta- dir. Masala yechish orqali o‘quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, o‘qishga qiziqishi va xulqi, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o‘quvchilarning dunyoqarashlari-ni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikan-ing yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko‘p hollarda fizika darslar-ining tarkibiy qismi bo‘lib keladi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o‘tilganlarni takrorlashda, o‘quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko‘rishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi o‘qu-vchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olim-piadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o‘z ichiga olgan masalalar tanlanadi. Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyot-ga qo‘llashdir. Bu esa o‘quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan, hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda, o‘xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Mantiqiy xu-losalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo‘yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. Masala yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar. Qonun va formulalarni chuqur-roq bilishni o‘rganadilar, ularni qo‘llanish chegaralarini ko‘rib chiqadilar. Umumiy qonuniyatlarni aniq bir vaziyatlarga qo‘llash malakasini egallaydilar. Masala yech-ish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalari hosil bo‘ladi. Masala yechish aqliy faoliyatni, fizik hodisalarga maxsus yondashish yo‘llarini shakllantiradi. Talabalar ma’lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar ko‘lamini bilishga jiddiy yondashishni o‘rganadilar. Masalan, kinemati-kani o‘rganishda masala yechish orqali talabalar berilgan nuqtalar sistemasi uchun STARS International University 259 harakat qonunlarini bilish orqali harakatning hamma xarakteristikalarini aniqlash mumkinligiga ishonch hosil qiladilar (tezlik, tezlanish, impuls, energiya, ...). “Nuqta dinamikasi”ni o‘rganishda o‘qituvchi Nyutonning ikkinchi qonuni kuch, massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish bo‘lmasdan, u harakat tenglamasi ekan-iga alohida e’tibor berishi lozim. Uni differensial tenglama ekani ko‘rsatib o‘tila-di. Talabalar hali differensial tenglamalarni yechishni bilmasalar ham uni to‘g‘ri tasavvur qila oladilar. Masala yechish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mashq-masalalar, u yoki bu qonunlarning qo‘llanishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilimni mustahkamlash va nazorat qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko‘rib boriladi. Bilimni mustahka-mlash va nazorat qilishga oid masalalar va mashq masalalar ma’ruzadan va kitob-dan olingan tayyor bilimni qo‘llashga mo‘ljallanadi. Bu masalalar asosan xotira va diqqat mexanizmiga asoslanadi. Masalan, berilgan sharoitda (haroratda) moleku-lalarning o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblashga oid mashq-masala yechish orqa-li talaba molekula tezligining juda kattaligiga ishonch hosil qiladi, formulalar takrorlanadi. Bularning hammasi molekular fizikani o‘rganishda foydalidir. Avval ma’lum bo‘lganlar bilan yangi no‘ma’lumlar orasida bog‘lanishlar o‘rnatuvchi ma-salalar aqliy faoliyatni qo‘zg‘atuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday masalalar bilimni orttirishga xizmat qiluvchi masalalardir. Ularni yechish orqali talabalar yangi bilim-lar oladilar. Agar talaba nazariy jihatdan bo‘sh bo‘lsa, bunday masalalarni yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun talabalar nazariy tayyorgarligiga e’tibor qilish lozim, aks holda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Masalani quyidagi reja asosida yechish mumkin (ba’zi masalalarni yechishda ayrim bandlari tushib qolishi mumkin): 1) masala sharli diqqat bilan o‘qiladi;2) masaladagi hamma so‘zlarning ma’nosi tushunarlimi? Noma’lum so‘z ma’no- si kitobdan yoki o‘qituvchidan aniqlanadi; 3) masala sharti yoziladi (hammasi bir o‘lchov birliklar sistemasidaligi aniqla- nadi); 4) chizmasi chiziladi (agar u zarur bo‘lsa);5) masalani tahlil qilib, fizik ma’nosi ochiladi;6) bu masalani yechishda qanday qonuniyatlardan foydalanilishi aniqlanadi.7) fizik kattaliklarni bog‘lovchi tenglama tuziladi;8) tenglamani yechib, noma’lum kattalik topiladi va umumiy ko‘rinishda javob olinadi; 9) kattaliklarning qiymatlarini SI sistemasiga keltirib, o‘rniga qo‘yib, hisoblab, son qiymati topiladi; 10) olingan javob tahlil qilinadi, berilganlarning o‘zgarishi bilan noma’lum qan- day o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi. Masala doim shu reja asosida yechib borilsa, talabalar ko‘nikib qoladilar. Biror bosqich qolib ketsa, masala to‘g‘ri chiqmasligi mumkin. O‘qituvchi uni ko‘rsatib borishi lozim. Fizika masalalari: 1) mazmuniga ko‘ra, 2) shartiga ko‘ra va 3) yechishuslubiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.1) Mazmuniga ko‘ra masalalar mexanik, molekular fizika, elektr, optika, atom va yadro fizikasiga doir masalalarga bo‘linadi. Bundan tashqari konkret va abstrakt mazmunli masalalar ham mavjud. Abstrakt masalalarning mazmuni umumiylikka «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 260 ega bo‘lib, hodisalarning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Konkret mazmunli masalalar esa amaliyot va o‘quvchilarning hayotiy tajribalaribilan bog‘langanligi uchun katta ko‘rgazmalilikka ega. Konkret masalalar texnikmazmunli (politexnik ta’lim), tarixiy mazmunli (tarbiyaviy), qiziqarli mazmunli (qiziqishni uyg‘otuvchi) masalalarga bolinadi. Sodda masala yechish deganda uni yechish vaqtida bitta-ik-kita formula ishlatiladigan, bitta-ikkita xulosa chiqariladigan, formulaning maz-munini izohlashga, sodda tajribani bajarishga mo‘ljallangan masalalar tushuniladi. Murakkab masalalar - uni yechish vaqtida bir necha fizik qonuniyatlar qo‘llanadi-gan, fizikaning turli bo‘limlariga oid bilimlardan foydalaniladigan, bir necha xulosal-ar chiqariladigan, tajribani bajarishda yetarli malakaga ega bo‘lishni talab etadigan masalalardir. Bu masalalar muammoli vaziyat hosil qilishni va yangilik elementlarini o‘z ichiga olishi lozim. Ijodiy masalalar ikki xil bo‘ladi: qidiruv va konstruktorlik masalalari. 2) Masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli mas- alalarga bo‘linadi. 3) Yechish usuliga ko‘ra masalalar sifatga doir, hisoblashga doir, grafikli mas- alalar va eksperimental masalalarga ajratiladi. Sifat masalalarning mohiyati shun-daki, ular hodisalarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Fizik qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda mantiqiy fikrlash orqali hal qilin-adigan masalalar sifat masalalari deyiladi. Bunday tipdagi masalalarda hisoblash-lar bajarilmaydi. Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko‘pdir. Fizik qonunlarga asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo‘lgan masalalarni yechish metodi, fikrlashning ajoyib maktabi hisoblanadi. Sifat masalalari fizik hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi. O‘quvchilarda hisoblash ma-salalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalaydi, ularda har qanday masalani yechishni uni fizik mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o‘rgatadi. Darsda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida unga oid masalalar beriladi. Fizikaning gidro-dinamika bo‘limida asosan sifat masalalar beriladi. Hisoblashga doir masalalari bir necha matematik operatsiyalarni qo‘llash orqali yechiladi. Matematik apparatning qo‘llanilishiga qarab masalalarni yechish usullari arifmetik, algebraik va geometrik usullarga bo‘linadi. Masala yechishdagi mantiqiy uslublar - analitik va sintetik yoki analitik sintetik uslublardir. Analitik uslubda masalani noma’lum kattalikning topilishidan boshlab yechiladi. Uni bir necha sodda masalalarga bo‘lib yuboriladi. Sintetik uslubda masalada berilganlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlab borib, ox- iri topilishi kerak bo‘lgan bitta noma’lumga ega bo‘lgan tenglikka boriladi. O‘qituv-chi masala yechish orqali o‘quvchilarni tarbiyalaydi va masalalarni mustaqil yech-ishga o‘rgatadi. Fizika o‘qitishda amaliy metodlar ichida masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. O‘rta maktabda foydalanishuchun to‘plamlarda berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko‘ra klassifikasiyalash mumkin. Bilamizki, fizika qonunlarini bilish bu masalalarni yechishga imkon beradi. Mas- ala yechishni bilish, talabalarni mustaqil ijodiy ishlashiga, o‘rganilayotgan hodisani tahlil qilishga o‘rgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarini ajratib olishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda talabalarni masalalar yechishga o‘rgatishda, masala mazmunini muhokama qilish davomida rasm, chizma, sxemalarga katta e’tabor berish bilan birga masala mazmunidan kelib chiqib, bir usulda emas, balki bir nech- STARS International University 261 ta usullarda ham yechish mumkinligini o‘rgatib borish va ushbu masalani oson ye-chiladigan usulini oldindan ko‘ra olishga o‘rgatish maqsadga muvofiq deb o‘ylay-man. Mustaqil ravishda masala yechish talabaning fikrlash darajasini oshirishga juda foydali bo‘ldi. Fizikaviy masalalarni turli usullarda yechish metodikasini ta’lim bosqichiga qarab guruhlash o‘quvchi-talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasi-ni oshiradi deb hisoblayman. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 2. G‘aniyev A.G. Avliyoqulov A.K. Almardonova G.A. Fizika. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 3 qismli.-T.: O‘qituvchi. 2003. II-qism. 3. Xudayberganov A.M. Tursunmetov K.A. Fattoxov M.A. Fizika. Ma’ruzalar matni. Akademik listeylar uchun. III-qism.-T.: O‘qituvchi. 2001. 4. Y.G‘. Mahmudov Fizikadan savol - masalalar to‘plami. T. O‘qituvchi. 1994. 224b
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:257-261
O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi: STARS International University 379 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko ‘ rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar keltirib o ‘ tilgan. Kalit so‘zlar: maktab, ta’lim, inson, muvaffaqiyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy ma’no, iqtidor, qobiliyat, ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik. XXI asr jahon ta’limining rivojlanish tendensiyalari negizida ta’lim jarayoni sub- yektlari faoliyatini innovatsion tashkil etishni muvofiqlashtirish, har tomonlama bar-kamol shaxsni voyaga yetkazish, kompetensiyaviy yondashuvlar zamirida peda-gogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140- son “Umumiy o ‘ rta ta’lim to ‘ g‘risida”gi Nizomga binoan umumiy ta’limga qo‘yila- yotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasa-lari faoliyatini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-mi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi sifatida belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikr- lash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozir-laydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ona tili bo‘yicha muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi ona tili bo‘yicha o‘quv das-turlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uz-viy bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vata-niga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ona tili o‘qitish jarayoniga o‘qitishning NORQOBILOVA RAYXONA Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyas” kafedrasi o‘qituvchisi O‘QUVCHILARNING ONA TILI BO‘YICHA IQTIDORINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp379-381 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 380 zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish dolzarb ijtimoiy-peda-gogik ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning individual, ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatla-rini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish bugungi kunda-gi ta’lim oldida turgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazi-falarini amalga oshirish, o‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va shu asnoda rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixo-logik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. O‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish shaxsning hissiy, irodalilik jihatlari, shuningdek, xarakterni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik va pedagogik jarayondir. Iqtidorni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivo- jlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Psixolog olimlarning ta’biricha, “Iqtidor - insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyat- lari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi”. Iqtidor shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. “Iqtidor ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va mala- kalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi”. Demak, har qanday iqtidor shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoli-yatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois iqtidor deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga ja-vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha iqtidorlilar uc-hun tayanch xususiyat – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmasidir. Tadqiqotlarimiz davrida biz ilmiy ishlanmalar, adabiyotlarni tahlil etib, iqtidor, qo- biliyat tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qildik. M.Davletshinning ta’kidlashicha, iqtidor - shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyat-lar tizimini o‘z ichiga oladi. Demak, olimning ta’biricha, iqtidor umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Qobiliyat deganda esa yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobi- liyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. “Qobiliyatni ma’lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomil-lashtirishning maxsus vositalarini qo‘llash bilan uyg‘unlikda olib borish va boshqalar orqali rivojlantirish yo‘llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholik-da namoyon bo‘ladi”. Binobarin, qobiliyat - iqtidorlilikda o‘z ifodasini topadigan kon-sept sifatida tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan tushuncha. Har qanday faoliyat insondan bir qobiliyat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha qobiliyatlar bo‘lishini talab qiladi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanadiki, biron-bir xususiy qobiliyatning yetishmasligi, sust rivojlanishi boshqa kuchli rivojlanayotgan qobiliyatlar hisobidan STARS International University 381 qoplanishi mumkin va hokazo. Qobiliyatlarning bunday qoplanish xususiyati turli faoliyat turlarini egallash, kasb tanlash uchun juda keng imkoniyatlar beradi. Iqtidor – narsa, hodisa, obyektlar mohiyatini ijodiy tasavvur qilish, zehnli bo‘lish, bir faoliyatga yoki ko‘pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillik-da, intilishda namoyon bo‘ladi. Ona tilini o‘rganishda iqtidor o‘quvchilar ichki motivatsiyasining tabiiy asosini tas- hkil qiladi. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. “Aynan aniq bir predmetga uzoq muddatli, chuqur, turg‘un qiziqishlar asosida ishtiyoq tarbiyalanadi va iqtidor rivojlantiriladi. Biroq “bola jalb qilingan har qanday faoliyat ham avtomatik ravishda uning ushbu faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirib, rivojlantiravermaydi”. Iqtidorni rivojlantirish uchun faqat tashqi sharo-itlar mavjudligi yetarli emas va, shuningdek, maxsus ichki sharoitlar, ya’ni muayyan zehn, iste’dod nishonalari ham muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zehn bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan quyidagi anatomo-fiziologik xususiyatlar ham hisobga olinadi: ko‘rish va eshitish analizatorlari fiziologiyada tashqi olamdan taassurotlarni qabul qilib oladigan tas-hqi apparatdan boshlanib, miyada tugaydigan murakkab nerv mexanizmining ay-rim tug‘ma xususiyatlari; vaqtinchalik nerv ulanishlarni shakllantirish tezligi, ularning mustahkamligi, diqqat bilan e’tiborni qaratish kuchi, asab tizimlarining bardoshliligi, aqliy ish qobiliyati bog‘liq bo‘lgan asab tizimlarining tipologik xossalari; birinchi va ikkinchi signal tizimlarining nisbati va rivojlanish darajasi; bosh miya yarim sharlari-ning ayrim hududlari tuzilishlarining individual xususiyatlari, shuningdek, umumiy va muayyan tuzilishlarning xarakteristikalari. Shuni ham ta’kidlash joizki, zehn iqtidorni o‘z tarkibiga olmaydi va uning rivojlanishiga kafolat bera olmaydi. Zehn - iqtidor-ning rivojlanishi uchun zarur shartlardan biri xolos. Ona tilini o‘rganishda ketma-ket, mantiqiy fikrlash qobiliyati notanish murakkab sharoitda yuzaga keladi. Maktabda tashkil qilinadigan ona tili bo‘yicha o‘tkaziladi-gan olimpiadalarda ana shunday kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday topshiriqlarni bajarish o‘quvchidan qo‘shimcha bilim emas, balki savol mazmunini ham to‘g‘ri tushunish va o‘ziga xos qobiliyatni, nostandart fikrlashni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ- 5712-сон “Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 06/19/5712/3034-сон. 2. Kovalchuk, M.B. (2018). Semantic aspects of algorithmic thinking. Physical and Mathematical Education, 3(17), 61-66. 3. O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUzFALSAFA 1/9 2022- 55-3. Kopa- ev, A.V. (2003). On the practical value of the algorithmic style of thinking. Informa-tion Technologies in a Secondary School, 6, 6-11 4.R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary Scho- ol Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:379-384
Biologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan interaktiv metodlar: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 12 Annotatsıya: Bu maqolada hozirgi kunda amalga oshirilayotgan yangiliklar, dars otish texno- logiyalari va tehnikalari haqida, ta’lim tizmimizda amalga oshirilayotgan eng qulay va samarali metodlar va uslublar xususida fikr yuritilgan bo‘lib, quyida keltirilgan texnologiya va metodlar yor-damida o‘quvchilar , tezkor, kreativ fikrlash va o‘tilgan mavzuni tahlil qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda ularning dunyoqarashini ham yetarli darajada rivojlantirib borish mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada o‘qitishda samarali bo‘lgan metodlar ko‘rsatib o‘tilgan. Misol uchun ortiqchasini top, decoder, buterburot, 1 daqiqa, zanjir va maktub metodlari. Bu metodlar o‘quvchilar uchun juda qulay bo‘lib ularni yuqori darajada bilimlarni egalllshi ya’ni bilimlarning yuqori darajada o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari dars jarayonida ularni rag‘bat-lantirish ham o‘quvchilarning o‘sha fanga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshishiga xizmat qiladi. Misol sifatida oddiy so‘zlar bilan, ya’ni barkalla, zo‘r, yaxshi, qoyilmaqom kabi so‘zlar bilan ham ularni rag‘batlantirish yuqoridagi metodlarning ajralmas qismi bo‘lib qolishi kerak. Shundan so‘nggina yangi mavzuga o‘tilsa, o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi. Bu texnologiya yorda-mida oliy toifali pedagok, falsafa fanlari doktori va UNISEF xalqaro treneri Dilafruz Xidoyatova o‘zining dars jarayonida ushbu metodlarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishgan. Bundan tas-hqari Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD) Mirzayeva Nodira o‘zining yuqori darajali malakasi yordamida o‘quvchilar bilan ishlashning yuqori texnikasiga ega hisoblanadi. Kalit so ‘ zlar : metod, top 5, decoder, davrlar stuli. Kirish Jadal globallashuv sharoitida yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga sa- marali integrallashuvi uning noyob kapitali – fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy barqa-rorligini ta’minlash, hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish-ga bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” qabul qilindi. Bugungi kunda 10 mingdan ortiq maktab, 6,3 mln dan or-tiq o‘quvchilar, 500 mingdan ko‘proq kadr mamlakat aholisinig deyarli 19% ni tashkil ABDUJABBOROV SARDOR SAIDRASUL O‘G‘LI Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya 2 - kurs 20.4 - guruh talabasi RAHMATULLAYEVA ANORA QAYRULLAYEVNA Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN INTERAKTIV METODLAR https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp12-15 STARS International University 13 qiladi. Shuning uchun xam maktab ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish umum-milliy harakatga aylandi va tizimni rivojlantirish masalasi shaxsan Prezident tomoni-dan nazoratga olingan. Endilikda maktab ta’limi o‘quvchilarni o‘qitish emas, o‘qish-ga o‘rganish, ularning qobiliyat va qiziqishlarini inobatga olgan holda, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, turli hayotiy vaziyatlarda mavjud bilim, ko‘nikmalarni amalda qo‘llay olish hamda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, milliy qadriyatlarni e’zozlaydigan, yurtiga xizmat qiladigan mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilmoqda. Bu jarayonda amalda joriy etilayotgan va yuqori darajada samarali bo‘lgan metodlarni qo‘llash mumkin.. Top 5 metodi : Bu metodda o‘quchilarga kerakli mavzular bo‘yicha tushunchalar berilgandan so‘nggina qo‘llay olish mumkin bo‘ladi. Bu metod o‘quvchilarni kreativ fikrlash, tezkorlik, bahs-munozarali vaziyatlardan qanday harakat qilish kerakligini o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar uchun ma’lum bir vaqt belgilangan bo‘ladi. O‘quvchilar ushbu vaqt davomida topshiriqni bajarishi kerak bo‘ladi. Vaqt tugagandan so‘nggina har bir o‘quvchi o‘zi yozgan so‘z yoki so‘z birikmasini gapirib tushuntirib berishi kerak. Bu bilan o‘quvchining mavzuni tushunganlik darajasi tek-shiriladi. O‘quvchi nechta so‘z yoza olsa va tushuntirib bera olsa unga o‘sha baho qo‘yiladi. Bu bilan o‘quvchilar raqobatda qanday ishlash kerakligini ham tushunib olishadi. Bu bilan o‘quvchining boshqalar oldida bemalol gapira olishini ya’ni notiqlik san’atini ham rivojlantirib keta olamiz. Bundan tashqari bu metod o‘quvchilarning bir biri bilan raqobat qilishi natijasi tezkorlik bilan ishlash qobiliyatini xam shakllantirib boriladi. Top 5 metodini mavzuga qarab o‘zgartirsa ham bo‘ladi. Mavzu kattaroq bo‘ladigan bo‘lsa, 5 sonini boshqasiga almashtirilsa bo‘ladi. So‘zlar Tushunchalar Fiziologiya Tirik organizmlarning nafas olishi, oziqlanish, suv almashinuvi, o‘sish va rivojlanish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi va o‘zganadi Anatomiya Organizmlarning ichki tuzilishini o‘rganadigan biologiyaning bo‘limi hisoblanadi Morfologiya Organizmlarning tashqi tuzilishini o‘rganadigan biologiyaning bo‘limi hisoblanadi Gigiyena Sog‘lom turmush tarzini o‘rganadigan biologiyaning bo‘limi hisoblanadi Sistematika Organizmlarni sistemaga solib o‘rganadigan biologiyaning bir bo‘limi hisoblanadi Decoder metodi : Bu metod o‘quvchilarning qaysi fan bo‘lishidan qat’i nazar, ularning qiziqishiga mos hisoblanadi. Bu metodni qo‘llash o‘quvchilarning mate-matik bilimlarni ham, shu bilan birgalikda alifboning yod olganliklari bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunda so‘zlar o‘rniga sonlar joylashtirilgan bo‘ladi. Har bis son har bitta harf degani. Bu xarflar jamlanmasi qaysidir mavzuning nomi yoki ma’lum bir mavzuga doir kalit so‘zlar xisoblanadi. Bu jarayoni, ya’ni bu metodni biologiya dar-sga qo‘llaydigan bo‘lsak unda bu metod faqatgina biologiyani qiziquvchi va uni o‘r-ganuvchi o‘quvchi uchungina emas, balki matematikani yoki ona tili va dabiyotga qiziquvchi o‘quvchilar uchun xam anchagina qiziqarli bo‘ladi va qarabsizki zerikarli Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 14 va hammani uyqisi kelib o‘tiradigan darsda xamma birdek qatnasha olish va o‘quv-chilar uchun pozitiv kayfiyat ulashgan bo‘lasiz. Siz birgina metodni yil yoki oy davomida qo‘llay olmaysiz. Bunda uning samarasi juda past ko‘rsatkichga kelib qoladi. Bu jarayonda yangicha qarshlar va yangicha metodlar qo‘llash kerak bo‘ladi. Shundagina o‘quvchilaringiz sizni darsingizni ishti-yoq bilan kuzatishadi va dars tugagandan so‘ng ular yana sizning darsingizni kelishni ishtiyoq bilan kutishadi. Ushbu metodga misol sifatida 7 sinfni olib qo‘llasak bo‘ladi. Mavzu:16,20,27,11,1,17,13,8,29 12,1,21,18,20.12,8.23, 7,14,3,8,18,1,11,17,6,1 13,14,18,11,1,27,8,27,1 Bu sonlar ketma-ketligi quyidagicha bayon etilgan:Mavzu: Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashushi Davrlar stuli metodi . Bu metodda olti-yettita savol bo‘ladi. Har bir savolda yos- hingiz nechida, oilangizda nechi kishisiz, nima haqida o‘ylayapsiz, sizni nima quvon-tiradi, statusingiz qanaqa, nimaga qiziqasiz degan savollar bo‘ladi. Va bu savollar-ga 2022-yilda beriladi va ularga javob beriladi. Shunda ular yozib bo‘lgandan so‘ng ularga yana shunday savollar beriladi va bu 2015-yil xuddi shu stulda otiribsiz va shu jarayonda savollarga javob berish talab etiladi. Darhol xamma o‘quvchi o‘sha vaqtda qanday bo‘lganliklari va qanday statusda ekanliklarini yoza boshlashadi. Shundan so‘ng yozib bo‘lgandan so‘ng davrlar stuli metodi tasavvur qiling 2030-yilga o‘tib qoldi, xuddi shunday savollarga qanday javob bergan bo‘lardingiz degan savollar beriladi. Bundan tashqari men shunday statusda bo‘laman men shuncha odamga yordam beraman degan g‘oyalarni ilgari surishadi. Bu oddiy jarayon bo‘lishi mum-kin, lekin kelajakga nisbatan intilish, maqsadga yo‘naltirilgan istak paydo bo‘ladi va shunga mos ravishda harakat qila boshlaydi. Quyidagi rasmda o‘quvchilar davr stuli metodi yordamida dars o‘tishlarini misol qilib keltirsak bo‘ladi va uning yon tarafida metodga mos ravishda yillar berilgan. Xulosa Bu metdolar o‘quvchilarning yuqori sifatli ta’lim olishlarini ta’minlaydi. Yuqori da- rajada rivojlangan davlatlar ta’lim timini oladigan bo‘lsak ularning ta’lim tizimida eng so‘nggi texnika va texnologiyalardan foydalanayotgan bir davrda biz ham ularga STARS International University 15 mos ravishda xarakat qilishimiz va ta’lim tizimimizni rivojlantirib yangi g‘oya va me-todlar bilan boyitib borishimiz talab etiladi. Oxirgi me’tod o‘quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasini, ya’ni har bir o‘quvchi o‘z hayotini tartibga sola olishi va uni maqsadli birlashtirishi kerak bo‘ladi. Bu metod o‘quvchining hozirda qanday natijaga erishilganligi haqida dastlabki fikrlarni o‘ylashlari, shundan so‘ng ular bundan 5 yoki 4 yil oldin qanday ahvolda bo‘lganini eslashlari va erishilgan natijalarini tahlil qila olishi mumkin bo‘ladi. Odatda qisqa vaqt ichida aytilgan maqsadlar yarim yoki bir necha soat o‘ylangandagi maqsad bilan o‘xshash bo‘larkan. Shunday ekan, ong osti-da ochilmagan qirralarni ochib ularni kelajak xaqida o‘ylashga majbur qilish o‘quvc-hining taffakkur qilish faoliyatini ham shakllantirib borish mumkin bo‘ladi. Used lıterature 1. A.T.Gafurov, J.Tolipova, S.S.Zire “ Lost In Test MatchT.Azimov, B.Akhmadalieva “general methodology of teaching biology” (educational-methodical manual). Tas-hkent-2005 2. M.M. Abdullaeva “improvement of cooperation in the development of creative activity of children with disabilities in secondary schools”. Chirchik. 2019 3. C.A.Tolipova. “The theory and practice of increasing the level of scientific and methodological training of a biology teacher”. –Tashkent, Tashkent, 2006 y 4.C.G‘.Yoldoshev., S.A.Usmonov. Pedagogical technology. Tashkent. Publishing house” teacher”. 2004 y. 5. Mirzaeva, Nodira (2019) “THEORY AND PRACTICE OF ECOLOGICAL COMPE- TENCE IN STUDENTS,” Central Asian Journal of Education: Vol. 3 , Article 3. Avai-lable at: https://uzjournals.edu.uz/cjedu/vol3/iss1/3 6. Мирзаева Нодира Абдухамидовна, СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ ВУЗОВ , Архив конференций: Вып. 4 №4 (2020): РДССШЭС, https://conferencepublication.com/index.php/aoc/issue/view/4 7. N.А Mirzayeva - Будущее науки-2017, elibrary.ru, axiological solution of prob- lem of human and nature. https://cyberleninka.ru/article/n/relevance-and-peda-gogical-basis-development-of-environmental-competence-in-students 8 А.Қ. Рахматуллаева, Ш.Қ.Мардонов (2021). биология дарсларида ўқувчиларнинг биологик иқтидорини ривожлантиришнинг назарий асослари. academic research in educational sciences, 2 (special issue 2), 68-74. 9. Rakhmatullayeva Anor Kairullayevna. modern PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES USED TO IDENTIFY GIFTED STUDENTS IN BIOLOGY TEACHING. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) No. 10, October 2021. Рр. 211-214 https://scholarzest.com/index.php/ejhea/article/view/1444/1206. 10. Raxmatullaeva Anor Qayrullayevna. O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK TA’LIM SIFATINI OS Н IRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Analytical Journal of Education and Development. (2022) 53-55 .
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:12-15
Ona tili va o‘qish sav odxonligi darslarida matn ustida ishlash yo‘llari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 288 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarni o‘rga- nishda bevosita asar matni ustida ishlashga bog‘liq bo‘lishi, matn ustida ishlashning xilma-xil usullari, ana shular orasidan obrazlarning portretini o‘rganish muhim hisoblani-shi, badiiy asarlarda qatnashuvchi qahramonlar ham bir-biridan farq qilishi, insonlar tashqi ko‘rinishi, xarakterlari, kiyinishi bilan bir-biriga o‘xshamasligi, har bir inson o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga va ichki xislatlarga ega bo‘lishi haqida fikr yuritildi. Kalit so‘zlar: lug‘at ustida ishlash, matn, obraz, asar qahramonlari, matn ustida ishlash, portret, badiiy asar, obrazlarning portreti. Boshlang‘ich sinf darsliklarida berilgan badiiy asarlarda qahramonlar va per- sonajlarning portreti ham bayon qilib boriladi. Badiiy asarlarda voqealar rivoji bilan bog‘liq ravishda unda qatnashuvchi obrazlarning tashqi ko‘rinishi ham aks ettiriladi. Yozuvchilar badiiy asarda olg‘a surgan g‘oyalarini amalga oshirishda unda qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini tasvirlashdan ham foydalanishadi. Odatda, ijobiy obrazlarning tashqi ko‘rinishi yoqimli tarzda tasvirlanadi. Kishilarn-ing yuz, quloq, ko‘z, burun va gavda tuzilishini tasvirlash o‘quvchida ma’lum bir obrazga nafrat uyg‘otsa, ba’zilariga nisbatan katta hurmat va cheksiz muhabbat uyg‘otadi. Chunki odatiy hollarda insonning ichki his-tuyg‘ulari va kechinmalari ularning ko‘z qarashida, yuz tuzilishida, qo‘l harakatida, imo-ishoralarida ham o‘z ifodasini topadi. Bo‘riboy Axmedovning “Elim deb, yurtim deb yashagan inson” asari parchasi- ni o‘qish davomida buyuk bobomiz Amir Temurning portreti tasvirlangan o‘rinlar-ni o‘qish orqali unga o‘quvchilarning mehr-muhabbati uyg‘otiladi. Matnning butun mazmunida Amir Temurning faoliyati, kurashi va g‘alabasi, o‘z eli va yurti manfaa-ti yo‘lida olib borgan ezgu ishlari bayoniga tashqi ko‘rinishi (portreti) tasviri ham qo‘shilib, buyuk inson to‘g‘risida har tomonlama bilimga ega bo‘lish imkoniyati-ni tug‘diradi. O‘quvchining unga nisbatan muhabbatini uyg‘otadi. Buyuk bobomiz Amir Temuruzoq o‘lkalarda, jang-u jadallarda, o‘z Vatani, eli va xalqi deb kurashdi. Bu yo‘lda ba’zan juda og‘ir voqealarni boshidan kechirganda ham, hech ikkilanmay ozodlik va erk yo‘lida ishonch bilan o‘ta tadbirkorlik ishlatib olg‘a boraveradi. O‘z ZOKIROV JAVOHIR G‘AYBULLO O‘G‘LI, Termiz davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH YO‘LLARI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp288-291 STARS International University 289 Vatanini faqat mustaqil davlatga aylantirib qolmay, uni butun dunyoga mashhur qil-ish sharafiga muyassar bo‘ldi. Dunyoning barcha o‘lkalarida buyuk Temur nomi ja-rangladi. Uning tabarruk nomi bilan birga turk xalqi ham yer yuziga tanildi. Shuning uchun asrlarosha xalqimiz Sohibqiron Amir Temurni alohida hurmat bilan tilga oladi. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlar va savollar qismida quyidagicha vazifani o‘qiymiz: “Amir Temurning ko‘rinishini kitobdagi rasmga qarab tasvirlab bering. Tasvirlashda matndagi rasmga oid o‘rindan foydalaning”. Yuqoridagi topshiriqni bajarish uchun matn diqqat bilan o‘qiladi. Amir Temur bobomizning yoshligi, o‘qish yillari, ulg‘ayish jarayoni, el va yurt uchun bir umr xizmat qilganligini bilib olishadi. Uning bo‘yi, yuzi, soqol-mo‘ylovi, ko‘zi, qoshi, qo‘li va kiyimlari haqida suhbat uy-ushtiriladi. Suhbat davomida tasvirlanayotgan inson azosini bayon qilishda ishlat-ilishi mumkin bo‘lgan so‘zlar majmuasi beriladi. Quyidagi namuna sifatida yuz tasviriga oid so‘zlarni keltiramiz:qalpoq sarg‘imtilcho‘zinchoq kulrangkulchabet nur sochib turadiqurumsoq loladekqip-qizil nuroniyShundan keyin o‘quvchilar diqqati portret tasvirini so‘z bilan bayon qilishda ni- malarga e’tibor berish kerakligiga qaratiladi. Buning uchun kishining tashqi ko‘rin-ishini tasvirlashda ishlatiladigan so‘zlar majmuasi beriladi. Yuqoridagi matn yuzasi-dan o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali vositani xattaxtaga ilib qo‘yadi. O‘quvchilar buyuk Amir Temur portretiga oid so‘zni topib, nuqtalar o‘rniga joy- lashtirib chiqadilar. Qo‘yiladigan so‘zlar jadvalning o‘ng tomonida aralash berilgan. O‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib chiqishlari lozim. 1-jadval Amir Temur portreti № Portret elementlari So‘zlar 1. Bo‘yi Keng 2. Qomati Yo‘g‘on 3 Kallasi Sersoqol 4. Peshonasi Yo‘g‘on 5. Yuzi Katta 6. Qo‘l-oyog‘i Oq-qizil 7. Yelkasi Semiz 8. Barmoqlari Kelishgan 9. Poychasi Qalin 10. Soqoli Baland 11. Qoshlari Keng 12. Ovozi Baquvvat 13. O‘ng qo‘li va oyog‘i Tik 14. Qaddi-qomati Zaxmdor Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 290 O‘quvchilar ko‘rgazmali vositada berilgan portret elementlari va unga mos so‘zni ikki qator qilib ko‘chirishadi. Natijada, bolalarning daftarlarida quyidagicha yozuv paydo bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun matndan foydalanishga ruxsat beriladi. Bo‘yi baland. Barmoqlari yo‘g‘on. Qomati tik. Poychasi semiz. Kallasi katta. Soqoli sersoqol. Peshonasi keng Qoshlari qalin. Yuzi oq-qizil. Ovozi yo‘g‘on. Qo‘l-oyog‘i baquvvat. O‘ng qo‘li va oyog‘i zaxmdor. Yelkasi keng. Qaddi-qomati kelishganBolalar yuqoridagi topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin Amir Temurning ko‘rinishi berilgan o‘rinni matndan qayta o‘qiydilar va uning tashqi ko‘rinishini og‘zaki tasvirlab berishga tayyorgarlik ko‘radilar. Matnda Amir Temurning tashqi ko‘rinishini tasvirlashda nechta rang ishlatilganligini aniqlash va har bir rang qaysi so‘z bilan tugatilganligiga e’tibor berish topshiriladi. O‘quvchilar to‘rt rang orqali ulug‘ bobomizning tashqi ko‘rinishi bayon qilganligini va bu gaplar “edi” so‘zi bi-lan tugaganligini aytadilar. Shundan keyin o‘qituvchi tomonidan kishining tashqi ko‘rinishi bayon qilinar ekan, bu gaplar ko‘proq ichki fe’l-atvori bilan birga bayon qilinishini tushuntiradi. Ushbu matnda bobomizning tashqi ko‘rinishi eng yaxshi fazilatlari bilan qo‘shib tasvirlanganini bayon qiladi va xattaxtaga quyidagi gaplarni yozib qo‘yadi: “U yolg‘onni yoqtirmaydigan, yutuqlardan shodlanib ketmaydigan odam edi. Qo‘rqmas, shijoatli, botir va mard kishilarni yoqtirardi”. Bu gapni o‘quv-chilar xo‘r bo‘lib o‘qishadi va daftarlariga ko‘chirib olishadi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning portret tasviri yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu tariqa portret tasviri orqali ko‘z, soch, yuz, soqol tasvirlari ham ko‘rgazma- li vositalar bilan o‘quvchilarga tushuntiriladi va Amir Temur bobomizning tashqi ko‘rinishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar. Yoshlarni jonajon O‘zbekistonimizga sodiq insonlar qilib tarbiyalash hamda ular- ga bugungi taraqqiyot talablari asosida bilim berish barcha xalq ta’limi xodimlari, maktab o‘qituvchilarining amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Biz bugungi kun o‘qituvchilari o‘z fikrini dadil himoya qiladigan va ijodiy fikrlashga qodir bo‘lgan avlodni tarbiyalab yetishtirishimiz kerak. Bu vazifani ro‘yobga chiqarish uchun, birinchi navbatda, o‘zimiz bugungi kun ilm-fan yutuqlarini o‘rganib, hayot bilan hamohang qadam tashlashimiz, o‘quvchining ko‘proq bilim olishi uchun xilma-xil samarali uslublarni izlab topib, dars jarayoniga tatbiq qilishimiz zarur. Shundagina yosh avlodning jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandlari bo‘lib yetishishi-ga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. A.B. Radjiyev, A.A. Ismailov, J.R. Narziyev, H.P. Tog‘ayeva, “O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqiotlar dastur”, Qo‘llanma, 2019-yil. 2. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz. STARS International University 291 3. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X. va boshqalar. “Ona tili o‘qitish metodikasi”. Toshkent, 2009. 4. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodx- onligi”. Respublika ta’lim markazi. Toshkent, 2021. 5. Yoqubov S., & Zokirov J. (2017). O‘quvchilarni savol berishga orgatish usullari. In Научный поиск в современном мире (PP. 110–112).
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:288-291
Ilmga baxshida umr: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 312 Annotatsiya: Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan, ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratgan ajoyib, fidoyi inson, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati va metodik tavsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Kalit so‘zlar: Tursunqul Almamatov, ilmiy meros, maqolalar va tezislar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, pedagogik texnologiya metodlari. Yillar o‘tishi bilan zamon o‘zgaradi. Insonlar ham shu yillar ketidan quvib hayot- da o‘z yo‘lini topishga va tanlagan yo‘lining kimlargadir nafi, foydasi tegishiga in-tilib yashaydi. Insonning insonligini ko‘rsatadigan bir jihat borki, uning nomini fazilat deyishadi. Xalq naqlida “Yaxshi fazilat insonga ziynat” deb zikr qilinadi va bu insoniy fazilatlar uning sohiblariga ulug‘lik baxsh etadi. Shu insoniy fazilatlardan biri kamtar-likdir. Darhaqiqat, kamtarlik bilan mehnatsevarlik egizak va ular sabab insonlar ka-molot sari odimlaydi. Mehnatsevarlik hamda kamtarlikni o‘ziga odat, doimiy hamroh qilib olgan shunday insonlardan biri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovdir. Tursunqul Almamatov o‘z sohasini mukammal biladigan, minglab talaba shogir- dlarni kamolga yetkazgan, ularning qalbini ilm-ziyosi bilan charog‘on etgan insondir. Ustoz o‘z umrini, mehnatini ona tili rivojiga, fanni o‘qitishda duch keladigan mua-mmolarni bartaraf etishga, darslarni qiziqarli va sifatli o‘tish uchun turli metodlardan foydalanish hamda darslarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar, qo‘llanmalar, metodikalar ishlab chiqishga bag‘ishladi. “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek til-ini o‘qitish metodikasi”, “Dialektologik praktika”, “ O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jad-vallarda hamda saytlarda”, “Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologi-yalardan foydalanish”, “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlari” kabi bir necha o‘nlab o‘quv va metodik qo‘llanmalar, monografiya, ilm-iy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. Quyida Tursunqul Almamatovning ona tilini o‘qitishda nimani, qanday o‘qitish kerakligi haqidagi ba’zi bir tavsiyalarini ko‘rib chiqamiz. Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quvchilar ongi, tafakkurini inobatga olgan holda dars o‘tishlari, mavzuni har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab turli metod-lardan foydalanishlari talab etiladi. Sababi “O‘quv materiallarini o‘quvchilar ongiga MAMATQULOVA MAFTUNA HAYITMUQOD qizi,magistrantAlmamatova Shahnoza,f.f.n dotsent ILMGA BAXSHIDA UMR https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp312-314 STARS International University 313 qulay, oson, kam kuch sarflash yo‘li bilan singdirish orqali yuqori natijalarga erishish davr talabidir. Bu talablarga javob beradigan bo‘lajak ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini nazariy hamda amaliy bilimlar bilan qurollantirishda “Ona tili o‘qitish metodikasi” katta ahamiyat kasb etadi.¹ Dotsent T. Almamatov “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi-dan amaliy mashg‘ulotlar” kitobida ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillarini keltirib o‘tar ekan, o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili juda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif “Ona tili predmetining ta-biati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab qiladi. Tildagi mavhumlik umumlashtirish, uning mohiyatini anglash va ongli o‘zlashtirish ko‘rgazmali vositalar yordamida jonli va qiziqarli bo‘ladi” deb hisoblaydi¹. Darhaqiqat, o‘quvchilar eshitgan narsalarini emas, ko‘rgan narsalarini uzoqroq vaqt eslab qoladi. T. Almamatov o‘qituvchi faoliyatini, darsdagi jarayonni tahlil etib, bilimlarni muammoli bayon qilish mavzuni o‘zlashtirishda ancha sermahsul bo‘lishini yozadi. Mavzuni o‘tish, tushuntirishdan oldin o‘qituvchi shu mavzuga aloqador qandaydir muammoni o‘rtaga tashlaydi. O‘quvchilar shu muammo yuzasidan o‘z fikr-mulo-hazalarini aytib bahs-munozaraga kirishadilar. Yakunda o‘qituvchi fikrlarni xulosal-ab umumiy bilimlarni o‘rganuvchilarga yetkazadi. Bu metod orqali o‘qituvchi darsni qiziq va sifatli bo‘lishiga erishadi. Biz “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vositalari” yoki “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi jadval-larda hamda saytlarda” kabi o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishish jarayonida tarqatma material, test, masala, topishmoqlar, savol-javob, krossvordlar, muammoli savollar asosiy mavzuni qamrab olishi kerak degan xulosaga kelamiz. Chunki taqdim eti-layotgan barcha materiallar mavzu mohiyatini ochishga xizmat qilgandagina sama-rali bo‘ladi. Buning uchun har bir darsda pedagogik texnologiyaning o‘tilayotgan mavzuga mos va qulay bo‘lgan metodlaridan foydalanish kerak¹. Bu faoliyatni amal-ga oshirish uchun esa o‘qituvchi yuksak pedagogik mahorat egasi bo‘lishi lozim. “Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qaysi metodidan foydalanishdan qat’i nazar, dars samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘lib, bunda pedagogik mahor-at hal qiluvchi omil hisoblanadi” deb ta’kidlaydi T. Almamatov. Darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyaning metodlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: - o‘quvchilarning bilish faoliyati oshadi; -eng dolzarb muammolarni hal qilish imkoniyati yuzaga keladi;-mashg‘ulot davomida o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munozara hosil bo‘lishiga erishiladi; -o‘quvchilar mashg‘ulotga katta qiziqish bilan qaraydilar.Bunday natijalarga erishish uchun esa har bir o‘qituvchi o‘z kasbiy pedagogik mahoratini oshirib borishi, shuningdek, o‘zi ishlab turgan maktab muhiti va istiqbol-lariga eng mufoviq bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri tanlay olishi zarur. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq ilmiy ishlar bilan tanishib “ijodiy tafakkur sohibini, ya’ni o‘sayotgan, taraqqi-yot sari yuz tutib rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan shaxsni tar-biyalab voyaga yetkazish ona tili ta’limi oldida turgan eng muhim va dolzarb vazi-fa”¹ekanligini qalban his etamiz. Ilm sarhadlari keng sahro, nihoyasi yo‘q dengiz. Uni qancha bilib borganimiz sari bilmaganlarimiz yana shu qadar cheksizligini anglab yetamiz. Ilm olishni igna bi-lan quduq qazishga mengzashadi. Bu yo‘lda ne bir mashaqqatlar-u sinovlar, qiyin- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 314 chiliklar bizni sinovdan o‘tkazadi. Ularning har birini zabt etganda armon ushaladi, orzular ro‘yobga chiqadi, hayotga muhabbat, yashashga ishtiyoq yangilanadi. Shun-ing uchun umr yo‘lida ezgu maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga chiqqan kishiga shamollar, bo‘ronlar kor qilmaydi, faqat oldinga intiladi. Ortida qolayotgan yillar zahmatida kelajak nasllarga ibrat bo‘lgulik saboqlar kitobi yaraladi. Tursunqul Almamatov ham umrini ilmga baxshida etdi. Ona tilini o‘qitishga doir ilmiy maqola, tezis, monografiya, qo‘llanma va metodik tavsiyalar ishlab chiqdi, kito-blar yozdi, ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘ldi. Ammo hozirgi shiddatkor zamon-da yozilgan kitoblar-u ilmiy unvonlar bilan odamlarni lol qoldirib bo‘lmaydi. Qachon-ki, olim o‘zida insoniy fazilatlarni ham saqlab qolgandagina hamma uchun birdek qadrli va suyukli bo‘ladi. Dotsent T. Almamatov ham olimlikni, ham insoniylikni bir tanaga sig‘dira olgan va shu sabab ko‘plarning qalbidan munosib joy olgan samimiy, mehribon, kamtar, mehnatsevar, shogirdlariga ajoyib yo‘lboshchi inson edi. Shun-day fidoyi insonlarga ergashib, qalbimizni ilm-u shuur bilan boyitish biz uchun ham farz, ham qarzdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jadvallarda hamda saytlarda. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2018. 2. Ona tili o‘qitishdagi ayrim muammolar. “Xalq ta’limi tizimida davlat talablari asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish-dagi muammo va yechimlar”. Respulika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Sa-marqand 2006-yil 19-20-dekabr. 3. O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vosita- lari. Toshkent 2017. 4. Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Metodik qo‘llanma. Toshkent- 2013.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:312-314
Xalq og‘zaki badiiy ijodida diniy motivlarning yoritilishi: STARS International University 187 Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarida diniy motivlar talqini “Ollonazar Olchinbek” dostoni misolida tahlilga tortiladi. Kalit so‘zlar: motiv, diniy motiv, syujet, folklor, qo‘shiq, doston. Ma’lumki, din va unda ilgari surilgan axloqiy qarashlar ibtidoiy davrlardan beri odamzodning hamrohi bo‘lib kelgan. Insoniyatning ilk ijodi bo‘lmish mifologiya ham qadimgi diniy qarashlar natijasi bo‘lib, butun jahon xalqlari folklori uchun xos bo‘lgan tarixiy-tipologik hodisadir. Sobiq sho‘rolar davrida folklorshunoslikda ham, yozma adabiyotda ham diniy masalalarga bir yoqlama mynosabatda bo‘lindi, aniqrog‘i, yo qoralandi yoki umu-man taqiqlandi, din vakillari, baxshi-shoirlar qatag‘on qilindi. Jahon folklorining barcha janrlarida diniy mavzu qadimdan alohida o‘rin tutgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida qadimiy dinlar o‘z izini qoldirgan va bu folklorshu-noslikda keyingi paytlarda maxsus o‘rganilmoqda. Islom dini va uning ta’limoti o‘z-bek xalq og‘zaki badiiy ijodida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan va bu hozirgi kunda ma’lum darajada namoyon bo‘lmoqda. Masalan, nikoh to‘ylarida kuylanadi-gan “Yor-yor” qo‘shiqlari quyidagi an’anaviy misralar bilan boshlanadi: Avval boshdan XudoniYod etaylik, yor-yor. Payg‘ambarlar ruhiniShod etaylik, yor-yor. Payg‘ambarning qiziniAli olgan, yor-yor. Yor-yor aytmoq bizlargaShundan qolgan, yor-yor. Zargar bitgan zanjirniUzib bo‘lmas, yor-yor. Olloh bitgan taqdirniBuzib bo‘lmas, yor-yor. Folklorshunos Muzayyana Alaviya rivoyatlarda Muhammad (s.a.v.)ning qizi Bibi SHAHNOZA QAHHOROVA, QarshiDU, Filologiya fanlari nomzodi, dotsentqahhorova7331@gmail.com XALQ OG‘ZAKI BADIIY IJODIDA DINIY MOTIVLARNING YORITILISHI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp187-189 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 188 Fotimaga Hazrat Jabroilning o‘zi osmondan Ali uchun sovchi bo‘lib kelgani haqi-da yozadi. Shuningdek, butun jahonda barcha insonlar nikohlar osmonda o‘qilishi-ga, ya’ni ularning ilohiyligiga ishonadilar. Bu fikrlar, bir tomondan, yor-yorlar kelib chiqishi bilan xalqning islom diniga e’tiqodini namoyon etsa, ikkinchi tomondan, diniy motivlar jahon folkloriga xosligini ko‘rsatadi. Diniy, islomiy motivlar an’anaviy o‘zbek folklori: qo‘shiqlar, termalar, dostonlarda katta o‘rinni egallagan va chuqur ildiz otgan. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘zbek mumtoz adabiyotida tasavvufiy g‘oyalar, xalq og‘zaki ijodida diniy, islomiy motivlarni o‘rganishga keng yo‘l ochilgan. Masalan, Janubiy O‘zbekiston dostonchiligida “sinovchi doston” sifatida kuylab kelingan “Ollonazar Olchinbek” dostoni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganildi, monografiya chop etildi, hat-to O‘zbekiston radiosidan “Xalq ijodiyoti” bo‘limida efirgauzatildi. An’anaviy qad-riyatlarimiz namunasi bo‘lgan bu doston xalqqa e’lon qilindi. “Оllаnаzаr Оlchinbеk” dоstоnidа mifоlоgiyagа nisbаtаn Islоm dinining tа’siri judа kuchli sаqlаnib qоlgаn vа u, mа’lum mа’nоdа, diniy-fаlsаfiy аsаrdir. Shu bоis hаm sоbiq tuzum dаvridа bu dоstоnni nаshr etish vа ilmiy istе’mоlgа kiritishning imkоni bo‘lmаgаn, u judа kаm kuylаb kеlingаn. Kishilаr ismlаri tаriхi qаdimgi tаsаvvurlаr, аnimizm, tоtеmizm, mifоlоgiya, shоmоnlik, mаgiya, bеvоsitа хаlqlаr tаriхi bilаn bоg‘liq. Mifоlоgik ishоnchlаrgа ko‘rа, kishilаr ismidа tаqdiri bitilishigа jаhоndаgi bаrchа хаlqlаr ishоngаn. Оnаsining irim bilаn bo‘lg‘usi bахshigа “Оllаnаzаr” ismini qo‘yishi, suqtumоr tаqishidа hаm kаttа mа’nо bоr. “Хаlq irimlаri хаlq pоeziyasining muhim ko‘rinish-lаridаn biridir, – dеydi F. Buslаyеv, – o‘zlаrining fаntаstik аsоslаrigа qаrаmаsdаn, irimlаr хаlq uchun o‘z turmush tаshvishlаridа аmаliy qo‘llаnilishi bilаn qаdrlidir”. Bo‘lg‘usi bахshigа Оllаnаzаr ismining bеrilishi, bоlаligidаn do‘mbirа chаlib, dоstоngа kirmаy tеrmа аytib yurishi vа tushidа Хizrni ko‘rib, tаnglаyigа bеrishini so‘rаshidа chinаkаm bахshi bo‘lish uchun, аvvаllо, Оllоh nаzаri, ya’ni u bеrgаn iq-tidоr zаrur vа bu iqtidоrni tushgа kirgаn hоmiy pir yеtkаzishi, bахshi ruhigа sing-dirishi kеrаk, dеgаn fikr yotаdi. Bахshining “Оllаnаzаr” dеb ism оlishiyoq хаlqning ishоnchlаri dоirаsidа uning chinаkаm bахshi bo‘lishini аnglаtаdi. Chunki hоzirgi pаytdа hаm kеksа kishilаr хаlq inоnchlаrigа аsоslаnib, ismigа qаrаb bоshqаlаr hаqidа ko‘p nаrsаni bilаdilаr. Mаsаlаn, Tursunbоylаr, аlbаttа, fаrzаndlаri turаvеr-mаgаn оilаdа, Jumаbоylаr jumа kuni tug‘ilgаn bo‘lаdi. Chinаkаm iqtidоrni yoshlikdа suqdаn, ya’ni yomоn ko‘zlаrdаn аsrаsh lоzim. Shu sаbаbli оnаsi Оllаnаzаrgа suqtumоr tаqib qo‘yadi. Bundаy ishоnch vа оdаt Jаnu-biy O‘zbеkistоn аhоlisi оrаsidа hоzirgаchа judа kuchli sаqlаnib qоlgаn. Оllаnаzаrning ustоz ko‘rmаgаnligini оqlаydigаn yanа bir jihаt хаlq ishоnchigа ko‘rа, ungа Оllоh nаzаr qilgаni vа tushigа Хizr pаyg‘аmbаrning kirib tаnglаyigа bе-rishi, ya’ni ruhigа bахshilik iqtidоrini singdirishidir. Bu iqtidоrni Bоbо shоir dаrhоl sеzаdi. Dоstоnning shu o‘rnidа kеltirilgаn “Nаzаr tеkmаy bеk bo‘lmаs, Хizr ko‘r-mаy bоy bo‘lmаs” mаqоli hаm bizning bu mulоhаzаlаrimizni quvvаtlаydi. Diniy mоtivlаr butun аsаr dаvоmidа uchrаydi. Аmmо ulаr Оllаnаzаrning Хоnkеl- digа аytgаn dunyoning yarаlishi, o‘tkinchiligi, qiz bоlаdаy bеvаfоligi vа dоimо bir kаmligi, insоn а’zоlаri vаzifаlаrining diniy tаlqini hаqidаgi tеrmаlаrdа, rivоyatlаr-dаgi G‘оyib vа Оshiq Оydinlаrning bоshqа bахshilаr bilаn аytishuvlаridа butun bir diniy mоtivlаr zаnjiri sifаtidа ko‘rinаdi: Bir kаmi bitmаydi eski dunyoning… STARS International University 189 Qizdаy qilig‘i bоr eski dunyoning…Оdаm Аtо, Mоmо Hаvо yarаldi,Hаr nе bo‘lsа, bir Xudоdаn so‘rаldi,Nеchа tоg‘lаr, qаnchа bоg‘lаr burаldi,Xayoliga kelmas, eski dunyoning. Kеlgаn ko‘zin bir-bir yoshlаr, Оldin – kеtin yo‘lni bоshlаr, Fаqаt qilgаn ishin tаshlаrKеtmаsdаn insоn qоlmаydi. Dоstоndа bu kаbi diniy mоtivlаrgа kеng o‘rin bеrilgаni tаbiiy hоldir, аlbаttа. Nеgаki u bizgаchа yеtib kеlgаn bаrchа аn’аnаviy dоstоnlаr kаbi o‘zbеk epоsining islоmiylаshgаn dаvridа pаydо bo‘lgаn. Asarning O‘zRFA Til, adabiyot va folklor instituti va shaxsiy arxivlarda saqla- nayotgan beshta variant mavjud bo‘lib, ular orasida “Ozbekiston xalq baxshisi” faxriy unvoni sohibi Abduqahhor Rahimov varianti badiiy jihatdan eng mukamma-lidir. Dostonda hikoya qilinishicha, baxshichilik san’atini egallagan Ollonazar Ol-chinbek ustozi Bobo shoirdan duo olib, do‘sti Omonbek bilan Buxoro amiri e’lon qilgan baxshilar ko‘rik-tanloviga otlanadi. Yo‘lda Xonkeldiboy xonadonida meh-mon bo‘lib, boyning og‘riq nuqtasi – o‘g‘li yo‘qligini terma qilib aytib, uning meh-rini qozonadi, boy bilan Xudoni o‘rtaga qo‘yib, ota-bola tutinadi. Bundan bexabar Xonkeldiboyninbg qizi Ollonazarni sevib qoladi. Barcha variantlarda Xonkeldiboyning qizi Oyzumrad – ideal darajadagi go‘zal qiz. Oyzumrad har xil bahonalar bilan otasini aldab, baxshilar ko‘rik-tanlovida bi-rinchi o‘rinni olib, amirning yorlig‘i bilan qaytayotgan Ollonazarni Buxoro yo‘lida kutib turadi va unga sevgi izhor qiladi. Biroq Ollonazar Xonkeldiboy bilan ota-o‘g‘il tutinganini aytib, Xudoni o‘rtaga qo‘yib, qizning sevgisini rad etadi. Qiz hatto ota-siga: “Menga tegindi”, – deb baxshi yigitga tuhmat ham qiladi. Dostonda shunday vaziyat paydo bo‘ladiki, Ollonazar yo Oyzumrad bilan qovushishi yoki uning qo‘li-dagi zaharni ichishi kerak edi. Dоstоnning kulminatsion nuqtasida baxshi yigit bilan qiz o‘rtasida savol-javob bo‘lib o‘tadi. Shu o‘rinda yigitlik оntining mаs’uliyati vа hirsning bеllаshuvi o‘tа nо-ziklik bilаn tаsvirlаngаn. Аsаrdа аsоsiy kоnflikt kuchli tаbiiy sеvgi bilаn undаn hаm kuchlirоq mа’nаviy e’tiqоd o‘rtаsidа nаmоyon bo‘lаdiki, bu “Оllаnаzаr Оlchinbеk” dоstоnining yuksаk, mа’rifiy, tаrbiyaviy, g‘оyaviy-estеtik аhаmiyatini ko‘rsаtаdi. Xulosa qilib aytganda, dostonda diniy motivlarning yoritilishi o‘quvchilarga mil- liy urf-odatlarimiz haqida ma’lumot berishi bilan birga yoshlarni umuminsoniy qad-riyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda, shakllanib kelayotgan yosh avlodni ma’na-viy kamolot sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı 1. Буслаев Ф.О литературе: Исследования; Статьи // Сост., вступ. Статья. Э. Афанасьева. – М.: Худож., лит., 1990. 2. Суперанская А.В. Имя – через века и страны. – М.: Наука, 1990. 3. Qahhor baxshi Rahimov Ollonazar Olchinbek. Doston. Qo‘lyozma. Shaxsiy arxiv.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:187-189
Maktablarda fransuz tilini o‘qitishda zoonimlar bilan bog‘liq frazeologik birliklarning o‘rni: 284 MAKTABLARDA FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA ZOONIMLAR BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O‘RNI R.Sindorov (SamDCHTI doktoranti) Annotation: This article discusses the psychological characteristics of adolescents. Teaching through games. The main purpose of the games. Аннотация: В данной статье рассматриваются психологические особенности подростков. Обучение через игры. Основная цель игр. Hammamizga malumki, chet tilini o‘qitishda turli bosqichga tegishli yoshlarda og‘zaki nutq ko‘nikma va malakalarini tez va oson tarzda shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus metodlar mavjud. Jumladan, maktab yoshidagi o‘quvchilarni qiziqtirish uchun asosan ko‘rgazmmali metodlardan foydalaniladi. Masalan, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning asosan eslab qolishi ko‘rish orqali ko‘proq samara beradi. Bunga asosiy sabablardan biri o‘smir yoshdagi bolalarning dunyoqarashida atrof- muhitning, ayniqsa flora va faunaning o‘rni yuksakligidir. Ming yillar ilgari qadimgi odamlar o‘zlarining hayotlarini yanada qulay va barqaror qilish uchun uy sharoitiga birinchi qadamlarni qo‘yishgan. Odam uy hayvonlaridan nafaqat moddiy mahsulotlar (go‘sht, sut, tuxum), balki estetik zavq ham olgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarining birinchi avlodi bo‘lgan va birinchi uy hayvonlari tosh asridan oldin ham paydo bo‘lgan. Odam hayvonlarni qachon qo‘lga kiritganligi haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q, xuddi ularning kelib chiqishi haqida juda kam ma’lumot. Muqaddas kitoblarda uy hayvonlari dehqonchilik va chorvachilik uchun keng tarqalgan vosita sifatida aytilgan. Odatda maktab o‘quvchilari frazeologik birliklarga, bunday birliklarning nutqda tayyor holda qo‘llanishiga unchalik ahamiyat berishmaydi, ayniqsa maktab yoshidagi bolalar frazeologiyalarrning ma’nosini tushunib olishda qiynalishadi, shuning uchun ular o‘z nutqlarida sodda so‘zlarni ishlatishni ma’qul ko‘rishadi. Ramziy ma’nodagi so‘zlar odamni o‘rab turgan, narsalar va hodisalarni ramziy ma’noda tushunishdan boshlanadi. Bu ayniqsa hayvonlarning ramziylashtirish ma’nosida sodir bo‘ldi. Hayvonlarni kuzatishlari natijasida odamlar ularda insoniy xos xususiyatlarni ko‘ra boshlaydilar. Asta – sekinlik bilan hayvonlar inson fazilatlarining ramziy timsoliga aylanib bordi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘smir yoshlarning fikrlash darajasi kengayishida zoonimlardan foydalanish juda kata samara beradi. Bunga asosiy sabablardan biri bu yoshdagi bolalarning multfilmlar, ertaklarga qiziqishlari hali yuqori darajada bo‘ladi. O‘g‘il bolalarga asosan kuch timsoli bo‘lgan hayvonlar yoqadi, qizlar esa chiroy timsoli bo‘lgan hayvonlarni yaxshi ko‘rishadi. Ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarning hayvon va qushlarga munosabati kichik yosh davrida, xususan maktabgacha ta’lim davrida shakllana boshlaydi. Shu boisdan bugungi kunga kelib, yurtboshimizning tashabbusi bilan maktabgacha bo‘lgan ta’limga ham katta etibor qaratilmoqda. [5] Jumladan, bog‘chalarda flora va faunaga bog‘liq turli xil sahna ko‘rinishlarini bolajonlarimiz tomonidan amalga oshirilishi, bunday sahna ko‘rinishlari doirasida o‘simliklar va hayvonlar haqidagi ertaklardan unumli foydalanish o‘z samarasini bermoqda. Bizga ma’lumki, nutqiy faoliyat jarayonida frazeologik birliklardan unumli foydalana bilish insonga oddiy so‘zlarga nisbatan kuchliroq ta’sir etadi. Har bir millatda atrof-muhit, 285 xususan hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklar yetarli miqdorda mavjud, bunday frazeologik birliklarni dars jarayonida to‘g‘ri ishlata bilish esa chet tili o‘qituvchisining mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan fransuz tilida hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularda frazeologik birliklarning qo‘llanish va ishlatilish darajalari juda rang- barang ekanligining guvoh bo‘lamiz. Masalan, xo‘roz so‘zi fransuz xalqining milliy-madaniy ramzi hisoblanadi va bu so‘z asosida bir qator frazeologik birliklar yaratilgandir. Fransuz tilida dastlabki muloqot shakllarini o‘zlashtirish uchun, bizning nazarimizda, bolalarga fransuz tili grammatikasidan mukammal bilim berish shart emas. Grammatik qoidalar bolalar uchun zerikarli bo‘lishi tabiiy. Psixologik tadqiqotlar asosida kichik yoshdagi bolalarda o‘yinga moyillik kuchliligi, ularning o‘yinda yutib chiqishga bo‘lgan shijoati yuksak bo‘lishi isbotlangan. Demak, bolalarga taqdim etiladigan til materiali eng avvalo qiziqarli va bolalar uchun tushunarli hamda zavq bag‘ishlaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bizningcha, kichik yoshdagi bolalarga fransuz tilini o‘rgatishda atrof-muhitni ifodalovchi turli surat va plakatlarni kuy-qo‘shiqlar bilan uyg‘unlashtirish zarurdir. Zero, bolalarga ashulalar orqali nafaqat leksikani o‘rgatish, balki butun til materialini yaxshi tushunib olish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Masalan, “ Quel animal est-ce?” ashulasi orqali bolalarga fransuz tilida hayvon nomlarini va bu hayvonlarga xos xususiyatlarni qanday so‘rash va unga javob berishni o‘rgatish mumkin: Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce? C’est mouton, c’est mouton, mouton, mouton, mouton. Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce? C’est chien, c’est chien, chien, chien, chien. Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce? C’est cheval, c’est cheval, cheval, cheval, cheval. Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce? C’est lion, c’est lion, lion, lion, lion. Biz ushbu qo‘shiqni bolalar jo‘r bo‘lib 4-5 marta aytishni tavsiya etamiz. Bu orqali, bolalar hayvonlar to‘g‘risida savol-javob qurilmalarini mustaqil ravishda o‘rganib oladilar. Keyin mavzuni mustahkamlash uchun uchun ular sinfda xohlagan hayvon rasmini olib, qo‘shiq uslubida savol berishlari mumkin, qolganlari esa qo‘shiqda bo‘lgani kabi javob berishlari mumkin. Agar bu topshiriq guruhlarda raqobat shaklida o‘tkazilsa, bolalarning mavzuga qiziqishi yanada ortib, ular materialni tezroq o‘zlashtiradilar. O‘z navbatida, bolalar dars jarayonida bunday qo‘shiqlar o‘zlashtirishlari natijasida o‘zlarida asta-sekin talaffuz va grammatikaga oid ko‘nikma va malakalarni ham shallantirib boradilar. Bolalar hayvon nomlarini bilib olishgangandan keyin ularga unchalik qiyin bo‘lmagan frazeologik birliklarni ham o‘rganib borishni tavsiya etamiz. Masalan, kichik yoshdagi bolalarga quyidagi frazeologik birliklarni izohi bilan tushuntirish maqsadga muvofiqdir: Chien de la maison – uy iti Chien couchant – uyquchi it Piquer un chien – uxlamoq, itdek qotmoq Demak, bolalarda hayvonlarga bo‘lgan mehr 7-14 yosh oralig‘ida ancha kuchli bo‘ladi, shu sababli ham ularda hayvon nomlari bilan bog‘liq so‘zlar tez va oson xotiralarida qoladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, dunyoning aksariyat tillaridagi hayvonlarning nomlarini inson nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadida majoziy ma’noda qo‘llash holatlari uchraydi. Bunday frazeologik birliklar Hind-Yevropa tillarida insonning o‘jarligi, 286 ikki yuzlamachiligi, yomon odatlari va xulq-atvori hamda boshqa axloqiy va intellektual kamchiliklari kulgi va qiyoslash bilan hajv qilinadi. Albatta, hayvonlarning tasvirlari kuch, jasorat kabi tushunchalarni hamda bu tushunchalarga mos harakatlarni ifodalaganda ijobiy ma’noni ifodalashi mumkin. Frazeologiyani bilish tili o‘zlashtirishning asosiy tamoyilidir. Ma’lum bir tilning frazeologik boyligini o‘zlashtirish, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish yoshlarning nutq madaniyatini oshirishga, taffakkurini rivojlantirishga, ularning lingvistik qobiliyatlarini mukammal darajaga olib chiqishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jalolov. J. Chet tili o‘qitish metodikasi "O‘qituvchi" Nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2012 2. Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С. Илғор педагогик технологиялар. – Т.: Ўқитувчи, 2004. 3. Рўзиева Д., Усмонбоева М., Ҳолиқова З. Интерфаол методлар: моҳияти ва қўлланилиши / Мет.қўлл. – Т.: Низомий номли ДТПУ, 2013. – 115 б. 4. O‘.Hoshimov., I. Yoqubov. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2003. 5 . HTTPS://LEX.UZ/DOCS/-4646908O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan. 595. 6. Сувонова Н. Н. и др. LEKSIK V А FR А Z ЕО L О GIK А NT О NIMIY А HODIS А SINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (fransuz tili materialida) //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. – 2021. – Т. 4. – №. 5.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :284-286
Joriy nazoratni baholashda multimedia texnologiyalarini joriy etishning afzalliklari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 212 Annotatsiya: Maqola ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda multimedia texnologiyalarining ahamiyatiga bag‘ishlangan. Muallif inson hayotining har bir ja-bhasini, jumladan, fan, axborot, texnologiyalarni muhokama qiladi. Hattoki ta’lim sohasida ham texnologik o‘zgarishlar yangi sahifani boshlagani borasida fikrlar ay-tiladi. An’anaviy o‘qitish usullari o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tas-hqari, ushbu maqolada baholash jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydala-nish imkoniyatlarining dolzarb muammosi yoritilgan. Maqolada ijtimoiy masofaning ahamiyati va www.kahoot.com saytining afzalliklari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: multimedia texnologiyalari, joriy nazorat, baholash, pandemiya. 2020-yil inson hamjamiyati tarixidagi eng murakkab yillardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida paydo bo‘lgan koronavirus qisqa fursatda keng quloch yoyib, insoniyat turmush tarzini butkul o‘zgartirib yubordi. Ketma-ket karantin tadbirlari, o‘zgargan ish uslublari va tinimsiz ortib borayotga xavf-xatarlar har bir sohani tubdan isloh etishni talab et-moqda. “Bu o‘ta muhim favqulodda choralarni talab etuvchi o‘ta muhim favqulodda vaziyat bo‘lib, biz butun dunyo hamjamiyati, xususan, jismoniy shaxslar, korporat-siyalar, fondlar, hukumatlar va boshqa tashkilotlarni birdamlikka chaqiramiz”, - deb ta’kidlaydi YUNICEFning ijrochi direktori Genrietta For. O‘rnatilgan karantin chora-tadbirlari mamlakatlarning deyarli barcha sohalarida o‘ziga xos sinov bo‘ldi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Maxsus Komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida 2020-yil 1-aprel-dan boshlab masofadan turib faoliyat olib borildi va 2019 – 2021 o‘quv yili masofaviy tarzda yakunlandi. Deyarli 7 oy davom etgan karantin chora-tadbirlari natijasi o‘la-roq kuz oylariga kelib, mamlakatimizda koronavirusning tarqalish ko‘lami nazoratga olindi va bosqichma-bosqich ta’lim muassasalari faoliyatini an’anaviy tarzda davom ettirishga ruxsat berildi. O‘z navbatida, mutaxassislar kasallik tarqalish tezligi jilov-landi, degani kasallik butkul yo‘q bo‘ldi, degani emasligini qayta-qayta takrorlab, fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chorlashmoqda. “Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unu- XODJIMURATOVA MALIKA VALIYEVNA, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ТАТU Chet tillar kafedrasi assistenti JORIY NAZORATNI BAHOLASHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING AFZALLIKLARI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp212-215 STARS International University 213 tish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, – dedi Nurmat Otabekov OAV muxbirlari bilan suhbatda. Shuning uchun ham sohalardagi faoliyat qayta tiklangani bilan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish uchun ish uslublari ayrim jabhalarda qisman, ayrimlarida esa butkul yangilanishlarni talab etmoqda. Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida ham pedogog-o‘qituvchilar tala- balar hamda o‘z sog‘liqlariga ziyon yetkazmaydigan yangi metod va uslublar yor-damida ta’lim sifatini oshirishga intilib kelmoqdalar. Yaxshi ma’lumki, o‘qituvchilar o‘tilgan mavzuni turli usullardan foydalangan holda talabalar bilim, ko‘nikmalarini baholab boradilar. Kichik test, yozma mashqlar yoki savol-javoblar shular jumlasi-dandir. Ammo imkon qadar o‘zaro yaqin aloqani cheklash talab etilayotgan bugungi dolzarb vaziyatda o‘zaro qog‘oz ayirboshlash virus tarqalishiga olib kelishi mumkin. Til - bu inson hayotining ko‘zgusidir. Zero, u inson shaxsiyatini bildiruvchi omildir. U go‘yoki axborot olamini jamlovchi kosmik stansiyaga o‘xshaydi. AKT inson hayo-tining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan bir zamonda, ingliz tili ham o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari bilan global tus oldi. Bir so‘z bilan aytganda, u olam ko‘z-gusiga aylandi. Ingliz tili nafaqat Buyuk Britaniyaning, balki Kanada, AQSH, Yangi Zelandiya kabi ko‘plab mamlakatlarning ona tilidir. Qolaversa, u Nigeriya, Gana kabi ko‘plab mamlakatlarda ikkinchi til sifatida ham ishlatiladi. Ingliz tili dunyo xalqlari orasida biznes va o‘zaro aloqalar uchun qulay vositaga aylandi. Bundan tashqari, tibbiyot, muhandislik, ta’lim, san’at va huquq, musiqa kabi har qanday sohada ingliz til hamda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarining roli katta. Har qanday sohada bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga AKTning kirib kelishi sohamiz- dagi tub burilishga sabab bo‘ldi. O‘qitishning an’anaviy usullari o‘quvchilarga u qa-dar ham katta ta’sir ko‘rsatmas edi. Texnologiya o‘quvchilarning yangilikka bo‘lgan ishtiyoqini oshirdi, ularning o‘qishga bo‘lgan shijoatini uyg‘otdi. Natijada, ingliz tilini qo‘shimcha til sifatida o‘rganuvchilar bugungi kunda bemalol mahalliy inglizlar bilan raqobatlasha olmoqdalar. Bu vaziyatda biz joriy baholash uchun AKTdan foydalangan holda qiziqarli inte- raktiv metodni tavsiya qilamiz. Demak, bizga sifatli internet aloqasi, proyektor va kompyuter kerak bo‘ladi(1-rasm). 1 – rasm. Dastavval, o‘qituvchi www.kahoot.com saytida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z profiliga ega bo‘lishi kerak. Mazkur sayt masofadan turib, o‘quv jarayonlarini tashkil etishning qu-lay vositasidir. “Biz qachon va qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, bilim olishingiz uchun hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaymiz. Ta’lim muassasa-sidan tashqarida bo‘lgan paytingizda ham o‘quvchilarni bilim olishga jalb qiling…”, Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 214 deya barchani qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, sifatli ta’lim jarayonini tashkil-lashtirishga undaydi sayt tashkilotchilari. Nafaqat masofaviy ta’lim jarayonida, balki ushbu saytning ko‘pgina qiziqarli funksiyalarini auditoriyaga olib kirib ham o‘zaro masofani cheklagan holda mashg‘ulotlarni interaktiv tarzda tashkil etish mumkin. Ayniqsa, onlayn viktorinalar, musobaqalar uyushtirish o‘quvchilarning fanni o‘zlash-tirishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi. O‘qituvchidan talab eti-ladigani faqatgina mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun beriladigan turli vazifa-larni saytdagi o‘z profilida viktorina savollar ko‘rinishida tashkillashtirishdan iborat. Dars jarayonida esa mana shu sayt orqali o‘yin tashkil etiladi. Proyektor yordamida katta ekranda savol ko‘rsatiladi (2-rasm). Talabalar savolning javobini qo‘llaridagi gadjet orqali belgilaydilar (telefon, planshet, netbuk, noutbuk va h.k.) (3 - rasm). Har bir to‘g ‘ri javob avtomatik tarzda baholanadi(4 – rasm) va ekranda kim qanday javob bergani statistika ko‘rinishida berib boriladi (5 – rasm). Qizig‘I, o‘rganuvchilar to‘g ‘ri javobni belgilash uchun sarf etgan soniyalariga ko‘ra ballarni qo‘lga kiritadi-lar, ya’ni to‘g ‘ri javobni tanlagan talaba tezkorligiga ko‘ra ballni qo‘lga kiritadi. Ushbu texnologiyani mashg‘ulotlarda qo‘llash orqali biz Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) o‘zaro ijtimoiy masofani saqlash haqidagi yo‘riqnomalariga amal qilgan bo‘lamiz. Zero, 7 iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda JSST yuqum-li kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha texnik direktori Benedetta Allegransi koronavirusning havo orqali yuqishi haqida dalillar borligini ta’kidlagan. STARS International University 215 “Odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylarida, yopiq va shamollatilmagan xonalar-da koronavirusning havo orqali yuqishini istisno qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, ta’lim jarayonida raqobat muhitini yarata olamiz va talabalarni ko‘proq o‘qishga, o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil izlanishga ishtiyoqini oshirishga erishamiz. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, har qanday vaziyatda ham ta’lim-tarbiya jarayonida sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan, har bir mutaxassis karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘z darslarini tashkil etishga va multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifatini yaxshilashga intilmog‘i darkor. Multimedia texnologiyalarining baholash jarayoniga tatbiq etilishi o‘qitishning mu-him tarkibiy qismi bo‘lib, bu talabalarga o‘z qobiliyatlarini o‘rganishga yordam be-radi. Agar talabalar darsdagi faoliyatini tahlil qila olsalar, kuchli va zaif tomonlarini tushuna olsalar, ular dars materialini tushuna oladimi yoki yo‘qmi, buni tezda aniq-lash mumkinBu ularga ijobiy turtki beradi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish va o‘z sohasida mukammallikka erishish uchun ilhomlantiradi. Ularning kurslardagi natijalarini bilish o‘z-o‘zini baholash shakliga olib keladi, bu ularga yanada qattiqroq ishlashga imkon beradi va shu bilan ularning sifati va darajasini, shuningdek, dars samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Xodjimuratova Malika Valievna 1 ,Umarxo‘jaeva Hilola Sirojiddinova 2 , “The Impor- tance of Authentic Materials in Increasing The Effectiveness of Teaching Foreign Languages: In The Example of Teaching English”, The American Journal of Social Science And Education Innovations, vol. 2, pp. 376-379, 2020. https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume02Issue07-50%202.Malika Xodjimuratova, & Umarxo‘jayeva Hilola Sirojiddinovna. (2022). THE IM- PORTANCE OF WEB APPLICATION BASED ASSESSMENT IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 4, 54–60. http://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/53 3.Olga A. Koryakovtseva 1 , Julia I. Doronina 2 , Tatiana M. Panchenko 3 , Irina S. Ka- rabulatova 4 , Zishana M. Abdullina 5 “Research of Category “Motivation” as a Basic Tool of Personnel Management” International Review of Management and Marke-ting, 6(S1) pp. 293-299, 2016. 4 . h t t p s : / / w w w . u n i c e f . o r g / u z b e k i s t a n / u z / c o v i d 1 9 - b i r d a m l i k - j a m - g % E 2 % 8 0 % 9 8 a r m a s i 5.https://kun.uz/uz/news/2021/01/23/nurmat-otabekov-fevral-oyida-karan- tin-cheklovlari-qayta-tiklanishiga-oid-xabarlarga-izoh-berdi 6.https://kahoot.com/schools/distance-learning/
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Boshlang‘ich sinfda ot so‘z turkumini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 62 Annotаtsiya : Bugungi kunda darslarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holdadarslarni ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan savol, test topshiriqlardan ham o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshiradi, o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam beradi hamdasifatini oshiradi. Tayanch so‘zlar: interfaol, metod, o‘qish, organayzerlar, ilg‘or pedagogik tex- nologiyalar. O‘quvchilarnihar tomonlama barkamol inson bo‘lib shakllantirishda o‘quv-tarbi- ya jarayoni sifatinioshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbeki- ston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida alohida ta’kidlanganidek: “ Yosh- larimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Ta’lim sifati va samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, hayot bilanbog‘liqligi, shuningdek, ta’limmazmuniga mos axborot va ilg‘or pedagogiktexnologiyalar majmuasi tanla- nishi bilan ta’minlanadi. Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda dars rejasi(loyihasi)ni interfaol metod- lar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aniq va mukammal ishlab chiqish ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatini oshirishning muhim omilidir. O‘qitish metodlari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga er- ishish yo‘lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘qu-vchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan metod va usullarni mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar SATTOROVA X.J, Nizomiynomidagi TDPU dotsenti BOSHLANG‘ICH SINFDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp 62-65 STARS International University 63 tayyorlashda o‘z samarasini beradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faol- likni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samara-dorligini oshirishga yordam beradi. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida if- odalanib, lug‘aviy nuqtayi nazardan “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yoz-ma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va boshqalar. Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar. In-terfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv, ma’lum ma’noda, strategik yondashuvga qiyo-slanishiga asoslaniladi. Aslida, bu strategiyalar ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa-lar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda mashg‘ulotlardagi asosiy fikrlar turli grafik shakllarning yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslanadi. Aslida, bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlari, ko‘pincha, turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari tex- nologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Interfaol metoddan foydalanish o‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish,dars ja-rayonida mustaqil fikrini bildira olish qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijodkorlik qobili-yatining shakllanishiga zamin yaratib boradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologi-yalar qo‘llanilgan mashg’ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari kelt-irib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivo-jlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimla- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 64 rini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish , taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Tizimli fikrlash, solishti-rish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, Ot, sifat so‘z turkumi Venn diagrammasida tasvirlanadi. Sifat so‘z turkumi So‘z turkumi Ot so‘z turkumi “Nima uchun” texnikasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. O‘qituv-chi tinglovchilarni “Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi. Alohi-da kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rovini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadi va javoblar guruhlarda umumlashtiriladi. “Nima uchun” grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari:1. Aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki boshqa turdagi shakllardan foydalanishni o‘zin- giz tanlaysiz. 2. Chizmaning ko‘rinishini – mulohazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz. 3.Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni, dastlabki holatdan izlanishga- cha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi. Misol: «Nima uchun?» metodi orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan bilimlari mustahka- mlanadi. Bunda “nima uchun?” savoli orqali voqea-hodisalar ketma-ketlikda bayon qilinadi. Oxirgi «nima uchun?»savolida voqeaning yechimi topiladi. “Sinkveyn” metodi “O‘qituvchi” bilimli, dono o‘qitadi , yozadi O‘qituvchi darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholadi. muallim STARS International University 65 “Klaster” metodi Ushbu metodlarni mashg‘ulot jarayonida yoki bosqichida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. «Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada samara-dorlikka erishishni ta’minlaydi» 1 . Demak, ilg‘or pedagogik va interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar texnologi- yalardan foydalanish o‘quvchining o‘rganish jarayonini jadallashtiradi, mustaqilfikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatini tahlil qilish, murakkab muammo-li vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrinitahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirish-ishga o‘rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B. 2.Azizxo‘jaevaN.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2006. 3 G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 3-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2016.-240 b. 4.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi ” 1- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ nashriyoti. 2021yil. 208 b 5.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonli- gi ” 2- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ 1 Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Met.qo‘llanma.T.:TDPU, 2013 y.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Savol, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어