학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 26건 | 목록 1~20
Nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlashlar: 10 NEMIS TILIDA ASTRONIMLAR ASOSIDA SHAKLLANGAN IKKILAMCHI NOMLASHLAR PhD B.M. Mirsanov (ToshDIUSF) Annotatsiya. Ushbu maqolada nemis tilida astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlanishlar va ularning motivlashuvi tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqot ishida nomlash jarayonida tilshunoslikda nom ko‘chishning lingvistik va ekstralingvistik omillariga e’tibor qaratiladi. Ikkilamchi nomlashning bu turi haqida fikr yuritishdan oldin biroz chekinish qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki Yerdan olisda bo‘lgan koinot inson uchun hamisha sirli bo‘lib tuyulgan. Koinotda inson ko‘ziga yaqqol tashlanib turadigan narsalar – Quyosh, Oy va yulduzlar edi. Insonlar ular haqida ko‘p narsa bilmas edilar. Koinot sirlarini bilishni o‘rganuvchi fan ham o‘z nomini yulduzlar bilan bog‘liq tarzda oldi (astron – yulduz). Keyinchalik osmon yoritqichlarining holatiga qarab fol ochish bilan bog‘liq fan – astrologiya paydo bo‘ldi. Insoniyat bilimi taraqqiyoti, qudratli teleskoplarning yaratilishi astrologiyaning soxta fan ekanligini isbotladi. Quyoshning chiqishi va botishi, Oyning chiqishi va botishi ham ana shu bilimsizlik davridagi tasavvurlarning natijasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aslida bu chiqish va botishlar bizga Quyosh va Oyning ko‘rinishi va ko‘rinmay qolishi ekanligi ma’lum bo‘lgach ham, biz chiqish va botish tushunchalarini saqlab qoldik. Biz bu so‘zlardan odatdagidek foydalanib kelmoqdamiz. Bugungi kunda shoirlarning o‘z sevgilisiga Oyni olib berishni va’da qilishlari hech kimni ajablantirmaydi. Bugun biz Johann Wolfgang Goethening Ich denke dein, wenn mir der Sonne Schimmer Vom Meere strahlt; Ich denke dein, wenn sich des Mondes Flimmer In Quellen malt. Ich bin bei dir, du seist auch noch so ferne. Du bist mir nah! Die Sonne sinkt, bald leuchten mir die Sterne. O wärst du da! (Nähe des Geliebten) kabi misralardan hayratga tushamiz. Chunki bular buyuk iste’dod egasining astronimlar asosida yuritgan assosiativ badiiy tafakkurning mahsulidir. Bunday assosiativ tafakkurning natijalari astranomlarning yulduz kartalari, atlaslarini tuzish jarayonida ham ko‘zga tashlanadi. Xususan, yulduz to‘dalarini tashkil etgan yulduzlarning bir-biriga nisbatan o‘rinlashuvi asosida to‘dalarga nom berilganida, zoonimlardan foydalanganliklarini kuzatsak, yulduz to‘dalariga jonivorlarning shaklini qanday joylashtirib chiqqanliklarini ko‘rib qoyil qolamiz. Natijada yulduz to‘dalari o‘z nomini zoonimlardan olganliklari va ular ham ikkilamchi nomlash mahsuli sifatida tarkib topganliklariga guvoh bo‘lamiz. O‘z navbatida, ko‘plab zoonimlar va juda kam hollarda fitonimlar astronimlarning ikkilamchi nomlanishi asosida yuzaga keladi. Ular asosan Yulduz, Oy, Quyosh astronimlari ishtirokida kechadi. Bu jarayon jonzotlar va o‘simliklar tanasida yoki ularning biror a’zosidagi rang – tus, naqshlar yoki shakliy belgilar bilan bog‘liq assosiativ tasavvurlar tufayli amalga oshadi va astronimlar jonzotlar va o‘simliklarning sifatlovchi aniqlovchisi mavqeida bo‘lib, farqlovchi belgisi vazifasini bajaradi. Quyida ularga misollar beramiz hamda ularning nomlanish motivlashuvini belgilaymiz. 11 Seesterne (Asteroidea), Klasse der Stachelhäuter mit etwa 1500 Arten von wenigen Zentimetern bis zu 1 m Spannweite. Ihr strahlenförmig gebauter Körper hat häufig 5 (manche bis 50) unverzweigte Arme. Die meisten Arten sind getrenntgeschlechtig. Der Mund liegt auf der Mitte der Unterseite, der After auf der Oberseite. Gemeiner S. und Kamm-S. leben in den europ. Meeren. Sie ernähren sich u. a. von Muscheln.[1:789] Ensiklopedik tavsifda bu jonivor nomining motivlashuvi izohlangan “qo‘llar” yoki nurlar bizning tushunchamizga ko‘ra, qirra deb ataladi. O‘xshashalik tasavvurlari assosiasiyasi mahsuli. Der Mondfisch (Molidae) gehört zu den Meeresfischen . Der Körper ist seitlich extrem abgeflacht und wirkt scheibenförmig. Er weicht von der typischen Fischgestalt etwas ab. Der Kopf ist groß, abgerundet und nimmt fast ein Drittel der Körperlänge ein. Im Anschluss an die sehr kleine Kiemenöffnung folgen die kleinen Brustflossen. Auch die Augen und das Maul sind im Verhältnis zum Körper sehr winzig. Die hoch angesetzte Rückenflosse und die Afterflosse stehen sich fast spiegelbildlich am Ende des Körpers gegenüber. Die Schwanzflosse sieht aus wie ein welliger fast gerader Saum. Der Mondfisch hat keine Bauchflossen und besitzt auch kein Schuppenkleid. Die 15 cm dicke Haut wirkt rauh und ledrig. Sowohl der Rücken als auch die Flanken weisen eine graue bis bläuliche Färbung auf. Er besitzt keine Schwimmblase.[3] Nom o‘xshatish assosiasiyasi mahsuli: baliqning disk shaklidagi tanasining qorin qismida yarim oy – yetti kunlik oy shaklida oppoq rangda ko‘rinadi. Bu hol rangli rasmda kuzatiladi. Nomning motivlashuvi rang – tusga asoslangan, metaforik ko‘chimga mansub. Die Mondscheinblume – Gänseblümchen ( Bellis perennis )- (zu den Korbblütlern gehörende) fast das ganze Jahr hindurch blühende, kleine Pflanze, deren Blüte aus einem gelben Körbchen und strahlenförmig darum angeordneten schmalen, weißen, an der Spitze oft rosa gefärbten Blütenblättern besteht.[3] Tavsifda gul nomining motivlashuviga ishora qiladigan jihat ko‘rinmaydi. Bu gulning kechasi ochilishi, uning oydinda ajoyib manzara kasb etishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Die Mondschlange (Oxyrhopus cloelia) / Orangefarbenen Schlange (Furina ornata) große Sandwüste, Westaustralien, Juni. Giftige Arten.[5] Nom rang-tus assosiasiyasi mahsuli. Uning motivlashuvi ensiklopedik tavsifdan anglashilib turibdi. Bu hol ilon harakatlangan paytda yaqqolroq ko‘zga tashlansa kerak. Mondaugen Hiodontidae, Familie der Messerfische.[6] Baliqning nomi tasavvurning rang-tus assosiasiyasiga asoslangan. Qo‘shma nomning birinchi komponenti metaforik xarakterda, biroq der Mond-oy-sifatlovchi komponentt baliqning a’zosi – das Auge-ko‘zga tegishli bo‘lgani uchun, ya’ni baliqning o‘zi – butunga nisbatan olinsa, qism nomi bo‘lgani uchun bu nom metonimiyaning bir ko‘rinishi sifatida baholanishi lozim. Demak, bunday yuzaga kelgan nom ikki ko‘chim natijasida sifatida baholanishi lozim. Buning sababi esa bosh sifatlanmish – der Fisch- baliq komponentining ellipsisga uchrashidir: Mondaugenfisch – oyko‘z b aliq ˃ Mondaugen- oyko‘zlar. Die Sternflunder (Platichthys stellatus) hat einen ovalen, asymmetrischen, seitlich stark abgeflachten Körper.Rücken-, Schwanz- und Afterflosse haben abwechselnd dunkle und helle (weiß oder orange) Zonen. Die Rückenflosse beginnt über der Mitte des oberen Auges. Die dunkelbraune oder fast schwarze Augenseite ist mit rauen, sternförmigen Schuppen bedeckt. Die Blindseite ist weiß oder cremefarben, in seltenen Fällen hat sie in Teilen oder komplett die gleiche Farbe wie die Augenseite. Die Schwanzflosse ist abgerundet. 12 Tavsifda ko‘zning to‘q jigarrang yoki deyarli qora tomoni yulduz shaklidagi tangachalar bilan qoplangan. Shu tufayli unga yulduz kambala deb nom berilgan bo‘lsa kerak. Sternschildkröte . Der Rückenpanzer ist dunkel mit bis zu acht gelben, ein sternförmiges Muster bildenden Streifen. Die Zeichnung reicht bis zum Bauchpanzer. Der Kopf ist dunkel mit gelben Flecken, die Beine gelb. [7] Nomning motivlashuvi tavsifda ayon bo‘lib turibdi. Sternhai , oder Plaquehai, oder Alligatorhai, oder Krokodilhai (lat. Echinorhinus brucus) ist eine von zwei Arten der Gattung der Plaquehaie aus der Familie der Sternhaie (Echinorhinidae). Diese Haie kommen in tropischen und gemäßigten Gewässern auf der ganzen Welt vor, mit Ausnahme des östlichen Pazifiks. Sie sind selten und bleiben in Bodennähe, normalerweise in Tiefen von 400 bis 900 m. Die maximal aufgezeichnete Länge beträgt 3,1 m. Diese Haie haben einen stämmigen, zylindrischen Körper mit einer kurzen Schnauze. Zwei kleine stachellose Rückenflossen sind zum Schwanz hin verschoben und liegen eng beieinander. Ihre Basis befindet sich am hinteren Rand der Basis der Bauchflossen. Die Afterflosse und die subterminale Kerbe am Schwanzstiel fehlen. Der Körper ist mit großen, stacheligen, oft verschmolzenen Schuppen bedeckt. Diese Haie ernähren sich hauptsächlich von Fischen (einschließlich anderer Haie) sowie von Krabben. Wahrscheinlich saugen sie ihre Beute aus. Plaque-Dorn-Haie reproduzieren sich durch aplazentare Ovoviviparität. Sie stellen keine Gefahr für den Menschen dar. Manchmal werden sie als Beifang in kommerziellen Netzen gefangen. [8] Die Sternmiere. Die Gewöhnliche Sternmiere (Stellaria media), auch Vogelsternmiere, Hühnerdarm oder Hustdarm genannt. Das weltverbreitete „Unkraut“ kann als Wildgemüse und Heilpflanze verwendet werden. [2: 257] Der Vogelmiere werden schmerzlindernde Heilpflanzenqualitäten zugeschrieben. Neben den möglichen Heilwirkungen verfügt diese Pflanze auch über einen Wert als Nahrungs- beziehungsweise Genussmittel. Ihr Geschmack erinnert an jungen rohen Mais. Bereits 50 Gramm Vogelmierensalat entsprechen in etwa dem Vitamin C-Bedarf eines Erwachsenen. Aufgrund des Saponingehalts sollten jedoch nicht zu große Mengen verspeist werden. [2: 257] Blaustern (m) – lat. Scilla bifolia;... Zweiblätt(e)riger Blaustern (m), zweiblätt(e)r- ige Meerzwiebel (f) Die Feldsternmiere... „In Deutschland wächst der Blaustern vor allem an Donau und Rhein sowie deren Nebenflüssen, außerdem auf bodenfeuchten Laubmischwäldern im Pfälzerwald und auf dem Hardt. Eines der nördlichsten Vorkommen liegt am Rande des Siebengebirges bei Bonn, am Übergang von Mittel-zu Niederrhein. Besonders große Blausternteppiche kann man in den Auwäldern der nördlichen Oberrheinebene bewundern”[2: 56] Das Sternkraut . Die ganze Pflanze ist giftig, besonders in den Beeren. Der Genuß mehrerer Beeren kann zu Brechreiz, Magenkrämpfen und zum Tod durch Atemlähmung führen. Das Rhizom ist für Gliedertiere und Fische tödlich giftig. Die ganze Pflanze wurde früher in der Volksmedizin gegen ansteckende Krankheiten angewandt. [2: 77]. Der Schwalbennestern [2: 231], der Bolstern [2: 131], der Nachtstern, der Sommerstern [2: 177]. Sternmiere Sternkraut , Stellaria , nahezu weltweit verbreitete Gattung der Nelkengewächse mit etwa 120 Arten. Ein- oder mehrjährige, stark verzweigte Kräuter mit einfachen Blättern und radiären weißen Blüten mit 5 tief eingeschnittenen Kronblättern sowie nur 3 Narben (das verwandte Hornkraut besitzt dagegen meist 5). Am bekanntesten ist die niederliegende, lockere Rasen bildende Vogelmiere (Hühnerdarm, Stellaria media; 13 Europa XVIII, Nelkenartige), eine wichtige kosmopolitische Pflanze der Hackunkrautfluren, die auch als Wildgemüse, Heilpflanze (enthält Saponine) und Ziervogelfutter geschätzt wird. Weitere einheimische Arten sind: Die große Sternmiere ( Stellaria holostea ; in frischen Laubmischwäldern z.B. des Carpinion betuli), die Wald- Sternmiere ( Stellaria nemorum ; in bachbegleitenden Erlenwäldern) und die Gras-Sternmiere ( Stellaria graminea ; in Magerrasen). Insbesondere die Große Sternmiere wird gelegentlich als Zierpflanze gezogen.[9] Ensiklopedik tavsifda nomning motivlashuviga oid hech qanday ma’lumot yo‘q. Der Schlanke Sonnenfisch (Ranzania laevis) oder Stutzmondfisch ist die kleinste Art aus der Familie der Mondfische (Molidae). Er ist die einzige Art der Gattung Ranzania. Stutzmondfische erreichen eine Länge von 70 bis 100 Zentimetern. Ihr Körper ist nicht diskusförmig, wie der seiner Verwandten, sondern bis zweimal länger als hoch. Der Rücken ist dunkel, die Flanken silbrig. Am Kopf und um die Augen befinden sich weiße Streifen. Er schwimmt wie alle anderen Mondfische durch rhythmische Bewegungen der Rücken- und der Afterflosse. Bauchflossen sind nicht vorhanden. Am Körperende ersetzt ein Flossensaum die Schwanzflosse, die bei der Larve noch vorhanden ist. [10] Xullas, astronimlar asosida shakllangan ikkilamchi nomlashlarning qisqacha bayoni shulardan iborat. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Der Brockhaus in einem Band 14., völlig neu überarbeitete Auflage. Brockhaus in Wissenmedia.2010. 1024 S. 2. Spiridonova G.J. Das Blumen-ABC oder deutsch-russisches etymologisches Wörterbuch der botanischen Pflanzennamen. Ischewsk. "Udmurtische Staatliche Universität" Institut für Fremdsprachen und Weltliteratur. 2015. – 302 S. 3. https://www.medienwerkstatt-online.de/lws_wissen/vorlagen/ showcard. 4. https://www.duden.de 5. https://www.alamy.de/mondschlange-orangefarbenen-schlange-furina-ornata- grosse-sandwuste-westaustralien-juni-giftige-arten-image 6. https://www.spektrum.de/lexikon/biologie/mondaugen 7. https://www.zootier-lexikon.org 8. https://www.giz.wiki/detial/ru 9. https://www.spektrum.de/lexikon/biologie/sternmiere/63807 10. https://www.biologie-seite.de/Biologie/Schlanker_Sonnenfisch
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :10-13
Raqamli iqtisodiyotni hozirgi hayotimizdagi o‘rni: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 270 Annotatsiya: Bu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin. “Raqamli iqtisodiyot haqida qisqacha malumot”, “Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari”, “Raqamli iqtisodiyotning salbiy tomonlari”, “Rivojlangan davlatlar asosida raqamli iqtisodiyot”, “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari”. Kalit so ‘ zlar: Digital economy,Deverloped countries,Information technology, Economic indicator, Technology infrastructure. So‘nggi vaqtlarda “Digital Economy” tushunchasi juda ko‘p marotaba ishlatilm- oqda. Darhaqiqat, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda digital economy ularning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmoqda. Keling, avvalo “Digital Economy”ning kelib chiqishi tarixini o‘rganaylik.Digital Economy bu uzoq vaqtlar oldin ya’ni 1995-yil Massachusets universtiteti olimi Nikolas Negroponte tomonida aniqlab berilgan.Olim axborot-kommunikatsi-ya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotni yangi iqtosodiy-otga o‘tishda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini aytib bergan. Digital Economy - bu xo‘jalik faoliyatini yuritishdir, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omili raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, kat-ta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qur-ilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq ye-chimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli komputer texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyat. Digital Economy raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes va elektron tijorat bilan bog‘langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etilayotgan iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faolyatdir. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tatbiq qilinishi evaziga kundalik hay- otimizda juda ko‘plab qulayliklar paydo bo‘lmoqda. RAQAMLI IQTISODIYOTNI HOZIRGI HAYOTIMIZDAGI O‘RNI https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 2 6 8 - 2 7 1 G‘AYBULLAYEV SARVAR O‘KTAM O‘G‘LI O‘zMUJF, o‘qituvchi JARASHEVA GO‘ZAL BAHODIR QIZI, O‘zMUJF, talabaE-mail: dilshodbekshodlikov@gmail.com STARS International University 271 Tajribalar natijasida digital economy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda teng huquqli qoidalarini, o‘yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil imkonyat be-radi. Bularga AQSH, Buyuk Britanya, Daniya, Finlandiya,Singapur,J anubiy Korya, Gonkong, Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya kiradi. Demak, digital economy rivojlanishi uchun davlat hammaga teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qonun-qoidalari, shartnomalar shaffof bo‘lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o‘yin ishtirok-chilari uchun erkinlik berishi zarurdir. Zamonaviy ilm-fanning cho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘zga tashlanadi. Zero, digital economy aql bovar qilmas katta hajmda raqamli ma’lumo-tlarni to‘plashda va to‘laqonli taqdim etishni davom etmoqda. 2022-yilda global IP trafik hajmi 150 700 Gbit/s (solishtirish uchun 2017-yil 45 000 Gbit/s) chiqi-shi ko‘zda tutilayotgan edi. Shuningdek, texnologiya olamida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan “Microsoft” korparatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikri bor. “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalari mavjud bo‘ladi. Birinchisi, Internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompanyalardir”. Xususan, Digital Economy afzalliklari va salbiy tomonlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak. Albatta, Information technology texnologiyalarning rivojlanishi, zamonaviy tex- nologiyalarning hayotimizga tatbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy im-konyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga zarur mahsulotlarni arzon sotib olish bilan yetarlicha pul mablag‘larini tejash mumkin. Shuningdek, information technology quyidagi afzalliklarni berishi mumkin:•ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish; •ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi; •kompaniyalarning raqobatdoshligini o‘sishi;•yangi ish o‘rnini yaratilishi;•yangi zamonaviy kasblarning paydo bo‘lishi;•kambag‘allikni yengishning yangicha usuli.Bu raqamli iqtisodiyotni bor-yo‘g‘i bir nechta afzalliklaridir.Digital Economy rivojlanishini bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko‘plab qo‘shimcha imkonyatlar beradi va qolaversa, bo-zorning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlab berishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflardanbirinchi o‘rinda Kiber hujum xavfidir. Bunda asosan shaxsiy hujjatlarni va shaxsiy ijtimoyi-iqtisodiy huquqlarini oshkor qilish kabi muammolarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishda digital econo- my alohida faolyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat ob’yektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlan-adigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar hisoblanadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillarga ko‘ra digital economy yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuningdik, xufyona iqtisodiyotga bar-ham beradi. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 272 O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mex-anizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlan-malarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlarining uz-viy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xi-zmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi. Xulosa: Aql-zakovat va ilm — taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘zga tashlanadi. To‘rtinchi sa-noat inqilobi taraqqiyotning yangi ko‘rinishi-“Digital Economy” boshlanganini an-glatadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191. 2.Хакимов О. М., Курбанов З. Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в на-шей республике //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176-181. 3.Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие ту- ризма в Узбекистане //Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375-378. 4.Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics Activities //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY AND ECONOMY. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 39-43. 5.Ҳосилмуродов И., Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафий-мето- дологик таҳлили //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 549-551. 6.Nodira T. INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346-351. 7.Ali o‘g‘li A. O. STATISTICAL STUDY OF DIRECT MAINTENANCE OF SMALL BUSINESS ACTIVITIES IN THE REGIONS //EPRA International Journal of Economic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 30-33. 8.Норбеков, Х., & Туйчиева, Н. (2022). Формирование конкурентных преи- муществ компании. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 589–592. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5351 9.Nasirov B. U., Boltaeva M. J. Genesis And Transformation Of The Public Catering System In Uzbekistan During The Soviet Period //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume. – Т. 12. – С. 5834-5841. 10.Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT ACCOUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 32-36. STARS International University 273 11.Nodira T., Rashid X. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155-164. 12.Abdusattarovich M. B. CALCULATING ECONOMIC EFFICIENCY IN THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 1189-1194. 13.Khakimov O. SOCIAL GOALS OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION // International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 55-59. 14.Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDUCATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 15.Alimov N., Gulrukh F. Dependence of psychological maturity on the strength of family relationships //Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. – 2022. – Т. 6. – С. 38-41. 16.Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDUCATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 17.Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communication as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. 18.Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WORLD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(10), 410-414. 19.Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communication as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. 20.Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WORLD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(10), 410-414.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:270-273
Mahmudxo‘ja behbudiy va ta’lim tili: STARS International University 201 Аннотация: Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishi-ni talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Таянч иборалар: ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlilik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqiyoti, salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston, ziyolilar. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim ti- zimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Mah-mudxo‘ja Behbudiy esa “Ikki emas, to‘rt til lozim” (1913) degan maqolasida: “Biz turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmog` lozumdur” 1 , - deb yozgan va bu tillardan har birining ta’lim tizimida tutgan o‘rnini alohida ochib bergan. Jadidlar-ning ibtidoiy maktab tili bolalarning ona tiliga asoslanishi kerakligi haqidagi mush-tarak fikri Saidrasul Аziziyning “Ustozi avval” (1900), Munavvar qori Аbdurashidxo-novning “Аdibi avval” (1907), Behbudiyning “Kitobi muntaxabi jo‘g‘rofiyai umumiy” (1906), “Kitob ul-atfol” (1908), Hamzaning “Yengil adabiyot” (1911), “O‘qish kitobi” (1911), “Qiroat kitobi” (1912), Аbdulla Аvloniyning “Birinchi muallim” (1912), “Ikkinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab gulistoni” (1917), El-bekning “O‘zbekcha o‘qish” (1922) kabi kitob (darslik)larida o‘z aksini topdi. Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risida- gi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. Bu o‘ta dolzarb ilmiy va ma’rifiy hamda madaniy masala qisman M.Qurbonova 2 , Y.Saidov 3 , T.Tog‘ayev 4 , Sh.Bobomurodova 5 ishlarida ko‘rilgan. 1913-1917 yillarda ko‘pgina jurnal va gazetalarda, chunonchi, “Sa- 1 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayyorlovchi V.Qosimov). T.: Ma’navshgg, 1997. B.6E. 2 Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48; Qurbonova M. Fitrat - tilshunos. T.: Universitet, 1996. B.32; Qurbonova M. Fchtratning tilshunoslik merosi. Fil. fan. nom.diss. avtoref. T.: 1993. B.29. 3 Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28. 4 Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28. 5 Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.-B.32. MUALLIF: O.H.HUKUMOV, STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI 1-kurs talabasihukumovogabek3@gmail.com ILMIY RAHBAR: М.N.RAHIMJANOV, STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI dotsenti, PhD masrur79@mail.ru; MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA TA’LIM TILI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp201-204 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 202 doyi Turkiston” gazetasi, “Oyina” jurnalida “Til masalasi” bo‘limi (rubrikasi) mavjud bo‘lib, bu bo‘limda til, atamashunoslik, imlo muammolariga doir maqolalar joylashti-rilgan. Jadidlarning tilga bag‘ishlangan maqolalari ko‘p. M.Behbudiyning “Ikki emas, to‘rt til lozim” (1913), “Til masalasi” (1915), “Sart so‘zi majquldir”, “Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi” (1916) Fitratning “Tilimiz” (1919) kabi maqolalari shular jumlasidandir. Bu maqolalarda, asosan, o‘zbek (turkiy) tilining asossiz xo‘rlanganligi, toptalganligidan chekilgan afsus va nadomatlar ko‘proq ifodalanganligini kuzatamiz. Bu borada M.Behbudiyning “Til masalasi” maqolasi boshqalaridan ancha farqlidir. Ikki qismdan iborat bu maqolaning “Oyina” jurnali (1915 yil 11-son)da bosilgan birinchi qismida turkiy tillarning sheva va lahjalari, Turkistonda turkiy va forsiy - ikki tillilik masalasi yoritilgan. Maqolaning “Oyina” jurnalining 12-sonida bosilgan ikkinchi qismida esa Turkiston uchun umumiy milliy-adabiy til masalasi, jumladan, ta’lim tili masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. M.Behbudiy 1910-1915 yillarda jadid matbuoti sahifalarida hukmron bo‘lgan “Tili- mizdan forsiy va arabiyni quvayluk” shiorini “Ko‘p yengil, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandur”, deb baholaydi va “butun Turkiston mintaqasi uchun yagona adabiy til yaratish mumkin emasligini arabiy va forsiy, oddiy turkiy lug‘at ila hozirgi sheva-larcha yoza bermoqdin boshqa iloj yo‘qtur”, - degan g‘oyani ilgari suradi 1 . Behbu- diyning fikricha, “Turkistonda yagona ona tilini ta’lim tizimiga joriy etishdan oldin okalarimizning o‘zlari bir necha avlod davomida me’yorlashtirilgan adabiy tilda o‘qi-tilgan bo‘lmog‘i lozim” (Bu fikr shu kecha-kunduz uchun ham o‘ta dolzarbdir). Jadidlarning fikricha, ta’lim tili turkiy bo‘lmog‘i lozim, biroq turkiy tushunchasi, uning mohiyati aniq emas edi. Juda ko‘p hollarda “turkiy” deganda jadidlar Ismo-il G‘aspirali tomonidan tashkil etilgan “Tarjumon” gazetasining qrim-tatar, turk-us-monlicha aralashmasidan iborat bo‘lgan “til”i tushunilar edi. I. G‘aspiralining jadidlarga, xususan, Rossiyadagi turkiyzabon jadidlarga ta’siri juda kuchli bo‘lganligini tarix sahifalaridan juda yaxshi bilamiz. Bu haqda Mahmu-dxo‘ja Behbudiy “Ismoilbek hazratlari” (vafotnomasi)da: “Shundayki, bu kunda Rusi-ya musulmonlari ichinda har bir muallim va har usuli savtiya maktablarining shogirdi va har bir jaridaxon va har bir jarida muharriri marhumning bilvosita shogirdonidan-durlar. Ya’ni ustozi muazzamning bu kun Rusiya musulmonlari arosinda milyo‘nlar ila ulamodan muharririn va muallimindan va o‘quvchilardan shogirdi bordur ham qanday shogird! Uttiz sanadan beri doimo onga dars o‘qiydurg‘on shogirdlardur” 2 , - deb I.G‘aspiralining jadid adiblari va ma’rifatparvarlari asarlari tiliga kuchli ta’sirini ko‘rsatganini e’tirof etadi. Аlbatta, jadidlarning kattagina qismining Turkiyada ta’lim olganligi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. M.Behbudiy ham o‘z maqo-lalarida turkiy til deganda, asosan, o‘zbekcha-turkiy-usmonlicha aralashma tilini tus-hunadi: “...turkiy bilinglar, - deb yozadi Behbudiy, - Firdavsiy, Bedil, Sa’diy “Masnaviy”dan qanday lazzat olsa, turkiy bilganlar Fuzuliy, Navoiy, Boqiy, Somiy, Аbdulhaq Homid, Аkrambek, Sanoyi, Nobiy, Nojiylardan, yana Tolsto‘y, Jul Vern va ulamoyi zamona-viy asarining turkiy tarjimasidan lazzat shunday oladur” 3 . Bu sirada sanalgan Fuzuliy, Navoiydan boshqa adiblarning barchalarining asarlari usmonli turk tilida yozilgan yoki usmonli turkchaga tarjima qilingan yozuvchilardir. 1 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B 167-170. 2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar T.: Ma’naviyat, 1997. B.163-164. 3 O‘sha asar. B.167. STARS International University 203 Jadid ma’rifatparvar adiblarining, xususan, M. Behbudiy, А. Аvloniy, Hamza, Mu- navvarqorining 1910-1917 yillarda yozilgan maktab ta’limiga mo‘ljallangan darslikla-rini til jihatidan tahlil etganimizda qiziq hodisaning guvohi bo‘lamiz. Mazkur asarlar-ning muqaddimalari usmonlicha-o‘zbekcha turkiy (aniqrog‘i, “Tarjumon” gazetasi-ning lisoniy me’yorlariga mos) bo‘lsa, berilgan matnlar, ibratli hikoyalar, she’rlar va boshqa asosiy o‘quv materiallarining tilidan eski o‘zbek tili ta’siri sezilib turadi. А. Аvloniyning “Birinchi muallim”idan olingan ikki parchani fikrimiz dalili sifatida solis-htiramiz: “Muqaddima”da: “....millat bolalarina foydabaxsh o‘lur umidinda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko‘b vaqt tajriba so‘ngindan bu risolai ojizonamni “Bi-rinchi muallim” ismi-la maydoni intishora qo‘ydim. ...Inson nuqsondan xoli o‘lmadig‘i kabi qilg‘on amali ham qusur va xatodan ori(y) o‘lmas. Shul sababli muallimlarimiz har bir kusur va kamchiliklarimizdan tanbih va tanqid ila ogoh qilsalar edi”. “Аsosiy matn”da: “Bir kishining Qosim ismli bir o‘g‘li bor edi. Ota va onasining so‘ziga kirmasdan har xil yomon ishlarni qilur edi. Bolalar birla urushub, yaqolashub kiyimlarini yirtub kelur edi. Uyda onasi mehmon uchun asrab qo‘ygan taomlarini yegon vaqtda, onasi: - “Qosim, o‘g‘lim! Taomni sen yedingmu?”, - desa, - “Men ye-ganim yo‘q, mushuk yegandur”, - der edi” 1 . Hech qanday tadqiqotsiz ham birinchi parchaning tili o‘zbek uchun sun’iy, ikkinc- hi parcha esa uning ona tili me’yorlarini aks ettirayotganini sezish qiyin emas. Chun-ki birinchi parcha asarning “Muqaddima”sidan, ikkinchi parcha esa o‘zbek bolalari o‘qib-o‘rganishi zarur bo‘lgan asosiy matndan olingan. Shunga o‘xshash hodisani barcha o‘zbek jadid ma’rifatparvarlari darsliklarida ham ko‘rish mumkin. Zero, ja-didlar I.G‘aspirali ilgari surgan, Turkiyada Аnvar, Rif’at, Tal’at “uchligi” targ‘ib etgan “umumturk adabiy tili” g‘oyasi o‘zbeklar uchun yot ekanligini tushunganlar. Shu bois maktab darsliklari “Muqaddima”larida, maqolalarida bu sun’iy tilga (davr siyosati bilan bog‘liq ravishda) tayanishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, haqiqatda asosiy tad-bil va bolalarga o‘rganishga mo‘ljallangan matnlarni o‘zbek adiblarining an’analari hamda mahalliy shevalarga tayangan holda yozganlar. Yuqoridagi parchalar qiyosi buning yorqin misolidir. Jadidlar ona tili ta’limi, ta’lim tilining nomlanishida ham yakdil bo‘lishmagan. Bu til- ni ular, asosan, “turkiy” deb ataydilar, lekin, aytib o‘tganimizdek, bu so‘zning ma’nosi o‘ta noaniqdir. Bizning aniqlashimizcha, birinchilardan bo‘lib 1913 yilda M. Behbudiy tomonidan til nomi sifatida “o‘zbekiy” istilohi qo‘llaniladi. Shunda ham “o‘zbekiy” so‘zini muallif turkiy so‘zining ma’nodoshi sifatida keltiradi: “Turkiy, ya’ni o‘zbekiy-ning sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbekiy so‘ylashur” 2 . Hamza ham o‘zbek tili deganda hozirgi jonli so‘zlashuv shevalariga yaqin bo‘lgan tilni nazarda tutadi: “...haqiqatda qasddan o‘zbek tilida ekan, biz o‘zbek tiliga yaqin-lashdurmoqqa kirishdik. Bu to‘g‘rilarda qusurlarimiza avlarim rijo va niyoz etarmiz” 3 . Haqiqatan ham, 1910-1920-yillarda hozirgi O‘zbekiston mintaqasining rasmiy nomi ham (Turkiston, Turon, Movarounnahr), xalqning nomlanishi (sort, sart, o‘zbek, tur-kistoniy, turkiy va b.) ham munozarali va rasmiylashmagan edi 4 . Jadid adiblarining ta’lim va uning tili masalasidagi qarashlariga oid fikrlarimizni yakunlab ayta olamiz-ki, ular maktab ta’limining tili ona tili - “o‘zbekiy” - turkiy til bo‘lishi g‘oyasini, uning 1 Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6. 2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B.160. 3 Hamza. To‘la asarlar to‘plami. 5 tomlik. T. 11. T.: Fan, 1988. B.68. 4 Qarang Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89; Behbudiy M. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997. B.171-179; Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxojdenie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 204 keng o‘quvchilar ommasiga tushunarli bo‘lishini targ‘ib etganlar va o‘z amaliyotla-rida shunga tayanib ish ko‘rganlar. Jadidlar nazariy jihatdan sun’iy umumturk tili-ni targ‘ib etganday bo‘lsalar-da, amaliyotda undan o‘z asarlarining muqaddimalari va jadidona kayfiyatdagi gazeta, jurnallardan tashqarida foydalanmaganlar. Jadid-larning sa’y-harakati bilan ma’rifiy-pedagogik adabiyotga “o‘zbekiy”, “o‘zbekcha”, “o‘zbek tili” atamalari ham kirib kela boshladi. XX asr boshlarida O‘zbekiston mintaqasidagi maktablarda dunyoviy-ma’rifiy ta’limni ona tilida yo‘lga qo‘yishda, zamonaviy ta’lim usullarini ommalashtirishda, ona tilida imlo, talaffuz va qiroat qoidalarini yo‘lga qo‘yishda jadidchilik harakatining ijobiy ta’siri sezilarli bo‘ldi. Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı: 1. Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. 2. Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017 3. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017 4. Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.5. Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 20036. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.7. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.8. M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.9. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.10. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.11. Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48. 12. Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28. 13. Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28. 14. Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.- B.32. 15. Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6. 16. Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89. 17. Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxoj- denie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:201-204
Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘rni: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 324 RAQAMLI IQTISODIYOTNING BUGUNGI KUNDAGI O‘RNI XOLIQULOV ABDINUR MUXAMMAT O‘G‘LI, O`zMUJF, talaba G‘AYBULLAYEV SARVAR O‘KTAM O‘G‘LI, O‘zMUJF, o‘qituvchiE-mail:elyorjonxoliqulov@gmail.com Annotatsiya: Bu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida quyidagi ma’lumotlarni olis- hingiz mumkin. “Raqamli iqtisodiyot haqida qisqacha ma’lumot”, “Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari”, “Raqamli iqtisodiyotning salbiy tomonlari”, “Rivojlangan davlatlar asosida raqamli iqtisodiyot”, “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari”. Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, rivojlangan davlatlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiy ko‘rsatkich, texnologik infratuzilma. So‘nggi vaqtlarda “Digital Economy” tushunchasi juda ko‘p marotaba ishlatil- moqda. Darhaqiqat, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda digital economy ularning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmoqda. Keling, avvalo “Digital Economy”ning kelib chiqishi tarixini o‘rganaylik.Digital Economy bu uzoq vaqtlar oldin, ya’ni 1995-yil amerikalik olim, Massachu- sets universtiteti professori Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining intensiv rivojlanishini ortidan eski iq-tisodiyotni yangi iqtosodiyotga o‘tishda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinli-gini aytib bergan. Digital Economy - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yor-damida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmat-lar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli komputer texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyat. Digital Economy raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes va elektron tijorat bilan bog‘langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etilayotgan iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy faolyatdir. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik ha- yotimizda juda ko‘plab qulayliklar paydo bo‘lmoqda. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp324-327 STARS International University 325 Tajribalar natijasida digital economy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda teng huquqli qoidalarini, o‘yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil imkonyat be-radi. Demak, digital economy rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qonun-qoida shartnomalar shaffof bo‘lishi, qo-nunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya’ni bozordagi rivojlanish tendensi-yalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o‘yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarurdir. Zamonaviy ilm-fanning cho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘z- ga tashlanadi. Zero, digital economy aql bovar qilmas katta hajmda raqamli ma’lu-motlarni to‘plashda va to‘laqonli taqdim etishni davom etmoqda. 2022-yilda glo-bal IP trafik hajmi 150 700 Gbit/s(solishtirish uchun 2017-yil 45 000 Gbit/s) chiqishi ko‘zda tutilayotgandi. Shuningdek, texnologiya olamida ko‘pchilikka ma’lum bo‘l-gan “Microsoft” korparatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikri bor. “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalari mavjud bo‘ladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompanyalardir”. Xususan, Digital Economy afzalliklari va salbiy tomonlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak. Albatta, Information technology texnologiyalarning rivojlanishi, zamonaviy tex- nologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko‘plab ijobiy imkonyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson,unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko‘plab pul mablag’larini tejash mumkin. Shuningdek information technology quydagi afzalliklarni berish mumkin: • ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish; • ishlab chiqarishdagi harajatlarni kamayishi; • kompaniyalarning raqobatdoshligini o‘sishi; • yangi ish o‘rnining yaratilishi; • yangi zamonaviy kasblar paydo bo‘lishi; • kambag’allikni yengishning yangicha usuli; Bu raqamli iqtisodiyotning bor yo‘g’i bir nechta afzalliklaridir.Digital Economy rivojlanishini bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta’sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko‘plab qo‘shimcha imkonyatlar beradi va qolaversa, bo-zorning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlab berish mumkin. Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflargabirinchi o‘rinda kKiber hujum xavfidir. Bunda asosan shaxsiy xujjatlarni va shaxsiy ijtimoyi-iqtisodiy xuquqlarini oshkor qilish kabi mommolarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishda digital eco- nomy alohida faolyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat ob’yektlari, xizmat-larda axborot texnologiyalardan faol foydalanishni anglatada. Agar oddiy iqtisodi-yotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillarga ko‘ra digital economy yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuningdek, xufiyona iqtisodiyotga barham beradi. O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturining ishlab chiqilishi va ha- yotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizm-larni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 326 joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlarining uzviy hamkorli-gini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “ax-borotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi. Xulosa: Aql-zakovat va ilm — taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho‘qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko‘zga tashlanadi. To‘rtinchi sa-noat inqilobi taraqqiyotning yangi ko‘rinishi-“Digital Economy” boshlanganini ang-latadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191. 2. Хакимов О. М., Курбанов З. Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в нашей республике //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176-181. 3. Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие туризма в Узбекистане //Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375-378. 4. Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics Activities //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY AND ECO-NOMY. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 39-43. 5. Ҳосилмуродов И., Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафий- методологик таҳлили //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muam-molari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 549-551. 6. Nodira T. INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE HIG- HER EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educati-onal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346-351. 7. Ali o’g’li A. O. STATISTICAL STUDY OF DIRECT MAINTENANCE OF SMALL BUSINESS ACTIVITIES IN THE REGIONS //EPRA International Journal of Econo-mic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 30-33. 8. Норбеков, Х., & Туйчиева, Н. (2022). Формирование конкурентных преимуществ компании . Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Mu-ammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 589–592. Ret-rieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5351 9. Nasirov B. U., Boltaeva M. J. Genesis And Transformation Of The Public Ca- tering System In Uzbekistan During The Soviet Period //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume. – Т. 12. – С. 5834-5841. 10. Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT AC- COUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and manage-ment. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 32-36. 11. Nodira T., Rashid X. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155-164. STARS International University 327 12. Abdusattarovich M. B. CALCULATING ECONOMIC EFFICIENCY IN THE DIGI- TAL ECONOMY IN UZBEKISTAN //Web of Scientist: International Scientific Rese-arch Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 1189-1194. 13. Khakimov O. SOCIAL GOALS OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION //In- ternational Bulletin of Applied Science and Technology. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 55-59. 14. Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDU-CATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 15. Alimov N., Gulrukh F. Dependence of psychological maturity on the stren- gth of family relationships //Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. – 2022. – Т. 6. – С. 38-41. 16. Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDU-CATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 17. Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communicati- on as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. 18. Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WORLD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(10), 410-414. 19. Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communicati- on as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WOR- LD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(10), 410-414.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:324-327
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 232 Annotatsiya: Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganilgan . Kalit so ‘ zlar: ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar, matn, o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at, nutq, tafakkur, ma’noli so‘zlar, til birliklari. Kichik maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishida ularning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri, dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi. Bolalar nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlanadi. Bolaning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining o‘sishida uning nutqi juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon, so‘z boyligi ko’p bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida kattalar nutqi asosida rivojlanadi, bu tabiiy hodisa. Bola rivojlanishiga irsiyat, tashqi muhit bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir. Va shu o’rinda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlar ta’lim sifatiga va shu bilan birga, bola tarbiyasiga juda katta ta’sir etishini ta’kidlash o’rinli, deb bilamanki, zero, ta’lim va tarbiyada ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo’yilgan qadamning debochasi sanaladi. XUSANOVA GULRUXSOR TO‘QIN QIZI O‘qituvchi, Farg‘ona davlat universitetigulruxsorxusanova@gmail.com KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI https://doi.org/10.47689/STARS.uni-versity-pp232-235 STARS International University 233 Til - tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda bolalarga nafaqat ular qarab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va ularni qiziqtirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi. Ko‘pincha, bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so‘raydi: «Falon narsa qayerda?», biroq biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli aloqani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan u ushbu so‘zning ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa qayerda?» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda, bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat qayerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Biroq bu o‘rinda savol emas, aynan soatni ko‘rib va eshitib qabul qilish vaqtlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning faqatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga qiziqarli qilib qo‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutqi birmuncha o‘ziga xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda qaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin qisqa, biroq ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz qilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoqlar, shaxsiy gigiyenaga oid narsalar, ovqat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa qanchalik qiziqarli bo‘lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (qo‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, qo‘lga olishi, qimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa, ta’mini ko‘rishi) mumkin.Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik, psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni tanlash, izohlashda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan talablarga mos holda bolaning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashidan kelib chiqildi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini o‘stirish, nutq boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun muhim lingvodidaktik vositalarni yaratish harakatlari yaqinda boshlandi. Yaratilayotgan lug‘atlarning barchasini bir maqsad — maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning boy ma’naviy, madaniy, tarixiy merosi, milliy qadriyatlariga sodiq, ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash hamda so‘z zaxirasini boyitish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, to‘g‘ri va ravon gapirish ko‘nikmasini o‘stirish maqsadi birlashtiradi. Biroq bolalar uchun lug‘at yaratishning so‘zlarni tanlash, izohlash, kitobning estetik didga mos, rangli-bezakli bo‘lishi bilan bog‘liq va boshqa o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 234 Bolalarning nutqiy salohiyatini o‘stirish,so’z boyligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinayotganini bolaning kattalar tomonidan o‘qib yoki aytib berilgan jumla, so‘zlar ma’nosini anglashi, ularni amalda qo‘llay olishi, turli qiyin vaziyatlarda kattalar ko‘magisiz muammolarni hal etishga urinishi, aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyatining ortishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishida ko‘rish mumkin. Albatta, bu jarayon kattalar — tarbiyachi va pedagoglardan - alohida ko‘nikma va mahoratni, qolaversa, maxsus zaruriy ta’limiy vositalar, qo‘llanmalarni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy savodxonligini oshirishda lug‘atlarning o‘rni muhimligi jahon tajribasida to‘la isbotlangan. Lug‘atlar bilan ishlash nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki o‘z ona tilidan mukammal foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish, xususan, tinglab tushunish, amalda qo‘llash, o‘rnida ishlatish, o‘xshash so‘zlarni farqlash, to‘g‘ri talaffuz etish kabi kommunikativ(lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik) kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.Jahonning bir qancha taraqqiy etgan davlatlarida maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlar uchun leksikografiyaning maxsus lug‘atlar yaratish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i shakllangan bo‘lib, uning, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar ishlab chiqayotgan tarmog‘i nihoyatda jadallashgan. Dunyoning turli tillarida sohaning maxsus termin, tushuncha va ruknlari ham paydo bo‘lgan bo‘lib, bu masalaning naqadar dolzarb ekanini isbotlaydi. Masalan, ruslarda “Учебник до-школьника”, “Мой первый словарик”, inglizlarda “Сollins first school dictionary”, “Macmillian first dictionary”, “Merriam Webster’s first dictionary”, “Scholastic children’s dictionary”, “Children’s dictionary”, “Dictionary for kids”, “Learning dictionary”, xitoyliklarda “Booculchacha”, ukrainlarda “Miнi – пiдручник для до-шкiльнят” ruknlari ostida son-sanoqsiz lug‘atlar yaratilgan, leksikografiyada учебный словарь, школьный словарь, первый словарь дошкольника; school dictionary, educational dictionary, children’s dictionary, dictionary for kids, learning dictionary kabi faol terminlar paydo bo‘lgan. Ushbu lug‘atlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda poydevor vazifasini bajaradi deb ayta olamiz. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kratkiy slovar kognitivnyx terminov / Pod red. E.S. Kubryakovoy. - M., 1996.- 245 s. 2. Masharipova U.A. Metodika formarovaniya kultury rechi uchashchixsya nachalnyx klassax v usloviyax innovatsionnogo obrazovaniya: ped.fan.dok. (PhD) dis. – T.: 2018. 38-bet. 3. Akramjonovna, S. R. (2022). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI “TILGA E’TIBOR-ELGA E’TIBOR” RUHIDA TARBIYALASH. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM , 2 (18), 833-836. 4. Turgunboev, T., Saidov, A., & Eshkobilova, M. (2021). Energy Storage Systems in Electric Vehicles. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 11(1), 35-43. STARS International University 235 5. Turgunboev, T. T., & Saidov, A. A. (2019). Prospective of hydrogen in automobile transport. ACTA of Turin Polytechnic University in Tashkent, 9(3), 100-103. 6. Akbarova, Z. A. (2020). THE STUDY OF THE CONCEPT OF” LANGUAGE CARRIER” IN LINGUISTICS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF HISTORY, CULTURAL STUDIES AND PHILOLOGY (pp. 14-19). 7. Akmaljonovna, A. Z., & Alijonovna, B. N. (2022). The Main Stages of Speech Development of Young School Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 405-409. 8.Khusanova, G. T. K. (2021). VERBAL CALCULATION AND MENTAL ARITHMETIC IN PRIMARY SCHOOL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences , 1 (11), 34-37. 9.Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent Reading Skills In Primary School Pupils. JournalNX , 21-24. 10.Sodikova, G., & Boboeva, Z. G. (2020). Boshlang ‘ich sinflarda oqish malakalarini shakllantirish. Молодой ученый, (15), 451-453.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:232-235
Yog‘ochlarda aks etgan san’at asarlari: STARS International University 7 RASULOV MURAD ABSAMATOVICH, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at kafedrasi katta o‘qituvchisi ABDURASHIDXONOVA MUSLIMAXON BAHODIRXON QIZI, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi YOG‘OCHLARDA AKS ETGAN SAN’AT ASARLARI Annotatsiya: Ushbu maqolada amaliy san’at turi bo‘lmish yog‘och o‘ymakorligi buyumlarining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. Bu maqolada Vatanimizda azaldan yog‘och o‘ymakorligi san’ati qayerlarda qo‘llanilganligi, ularning rivojlanishi tarixi haqida fikrlar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: kompozitsiya, kalka qog‘oz, grix, islimiy, simmetriya, pista ko‘mir, axta, xoka, yog‘och lak. Amaliy san’at turlarining talaygina turlari mavjud. Har bir san’at turi o‘z qadr- qimmatiga ega. Amaliy san’at qo‘l mehnati asosida bajariladiga san’at turidir. Atrof olamimizdagi o‘simliklarda amaliy san’at turlarida foydalaniladigan naqsh elementlarini ko‘rishimiz mumkin. Naqshlar ham o‘simliklardan qiyos qilib olinadi. Amaliy san’at turida keng o‘rin egallaydigan yog‘och o‘ymakorligi san’at turi ko‘p yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Bu san’at ko‘p zamonlardan beri ota-bobolarimiz tomonidan ham rivojlantirilgan. Qadim zamonlardan beri O‘zbekistonda yog‘ochdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘lgan. Xonalar shiftini qoplaydigan me’moriy o‘ymakorlik san’atini ham ko‘rish mumkin. Hozirda ham qurilayotgan masjid va maqbaralarda yog‘och o‘ymakorligi san’atiga guvoh bo‘lamiz. Bu amaliy san’at turi o‘z qadr-qimmatini hali ham saqlab, yuksaltirib kelmoqda. Yog‘och o‘ymakorlik amaliy san’ati rivojiga usta ustozlarimiz hissa qo‘shishgan va hali ham uni rivojlantirib kelishmoqda. An’anaviy Toshkent yog‘och o‘ymakorligining ham me’morchilik, ham uy- ro‘zg‘or buyumlarini bezashda qo‘llaniladigan asosiy qismlari Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabining asoschisi Maqsud Qosimov ijodida yorqin ifodasini topgan. Ular o‘z ishlarini boshlagan jarayonda yuqori qiziqish va zehn bilan ijod qilganlar. Shogirdlar tayyorlab, o‘z hunar va ijodlarini ularga meros qilib qoldirganlar. Xalq amaliy san’atida qadimiy an’analarni saqlab qolishga ustalar tayyorlash tizimi yordam beradi. Yog‘och o‘ymakorligi azaldan ham, hozirgi kunda ham arxitektura bilan bog‘liq. Mamlakatimizda yaratilayotgan milliy inshootlar peshtoqlarida, eshiklarda hattoki mebel jihozlarida ham keng qo‘llanilmoqda. Biz hozirda yog‘och o‘ymakorligidagi https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp7-11 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 8 ishlatiladigan va bu amaliy san’at turiga mos keladiga yog‘och turlari bilan sizni tan-ishtiramiz. Bunda foydalaniladigan yog‘och turlari ham ma’lum qoidalarga asoslan-ib tanlanadi. Yong‘oq daraxti po‘stlog‘i kulrang,qalin,yog‘ochi qizg‘ish tusli,qattiq og‘ir bo‘ladi. Bu daraxtdan ishlangan buyumning bahosi ham yuqori bo‘ladi. Chinor daraxti po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq, yog‘ochi qizg‘ish pushti rangda, bu daraxt yog‘ochidan yog‘och o‘ymakorligi uchun asosiy materiallardan tashqari yordamchi asboblar va moslamalar tayyorlanadi. Shu tariqa mos yog‘ochlar sifati va holati aniqlanadi. Biz sizga navbatdagi bosqichda yog‘och o‘ymakorligi buyumining tayyorlanish jarayonini tanishtirib o‘tamiz. Bu jarayonda sakkiz qirrali qutichaning tayyorlanish ketma-ketligini tushuntiramiz. O‘ymakorlik ishini boshlashdan oldin yarim tayyor mahsulot, ya’ni “yong‘oq daraxti”dan tayyorlangan qutichani tanlab olamiz. Ish boshlashdan avval bu qutichaning sifatini va holatini e’tibor bilan tekshirib ko‘rish kerak. So‘ngra qutichaning o‘lchamini olamiz va buning uchun kalka qog‘ozidan foydalanamiz. Qutichaning qirralari sonini sanab, uning qirralari sonini bo‘lib olamiz,ya’ni sakkizga bo‘lamiz, so‘ngra bir bo‘lagi uchburchak holga kelib qoladi,uchburchak holga kelgandan keyin uning o‘lchamini olamiz. Bu o‘lchamni aniq qilib, uni kalka qog‘oziga chizamiz. Qutichamizning ustki, ya’ni qopqoq qismi uchun esa kompozitsiya yaratishni boshlaymiz. Kompozitsiyani qaysi naqsh turidan foydalanib tuzishimizni aniqlab olishimiz kerak. Biz kompozitsiyani “Islimiy”, “O‘simliksimon” naqsh turidan foydalanib tuzamiz. Kompozitsiyani ma’lum qoidalarga asoslanib yaratish kerak. Bu qutichaga simmetriya qoidasi to‘g‘ri kelganligi uchun shu asosida kompozitsiya tuzamiz. Kompozitsiyamizni tuzib olgach, uning kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz. Kamchiliklarini to‘g‘rilab bo‘lgach, uni qutining qopqoq qismiga tushirib olish uchun kalka qog‘ozimizning tagiga yumshoq mato qo‘yib, uning orasini igna yordamida 1-2 mm. qilib teshib chiqamiz, so‘ngra pistako‘mirdan tayyorlangan xokani matoga tugun qilib tugib olamiz. Keyingi jarayonda haligi kalka qog‘ozimizni qutichamizdagi bir bo‘lak uchburchak ustiga qo‘yib,uning ustiga tayyorlangan tugunchadagi xokani asta sekin bosib chiqamiz va xoka qutida nuqta-nuqta shaklida iz qoldirayotganiga ishonch hosil qilamiz. Bosib chiqish jarayoni tugagach, kalka qog‘ozni astalik bilan ko‘tarib olamiz. Joriy bosqichda qutida kalka qog‘ozdagi naqsh kompozitsiyasi aks etganini ko‘ramiz va uni yumshoq HB yoki B qalam yordamida nuqta bo‘lib tushgan naqsh ustidan chizib chiqamiz. Keyin esa quticha ustidagi xoka qoldiqlarini puflab yoki yumshoq mato yordamida o‘chirib olamiz. Shunda bu jarayon yana yetti marta xokada kompozitsiyani tushirish bilan davom etadi, so‘ngra qutichaning ustki, ya’ni qopqoq qismiga naqsh kompozitsiyasi to‘liq tushirib olinadi. Keyingi kompozitsiya qismlari to‘liq tushirilganidan keyin uni “yog‘och o‘ymakorligi” kesish uskunalari yordamida kichik raqamga mos tushadigan naqsh elementlaridan boshlab katta raqamga mos keladigan elementlarga qarab kesib chiqiladi. E’tibor bilan qarab, aniq mos keladigan raqamdagi uskunalar bilan kesib chiqish kerak. Sababi, bu kesish jarayonida adashilsa, kompozitsiyaning qutiga kesish qismi sifatsiz holatga kelib qolishi mumkin. Kesish jarayoni tugagach, o‘yuvchi uskunalar yordamida kompozitsiyaning o‘yib chiqarib tashlanadigan qismi bajariladi. Bunda kichik o‘yuvchi uskuna mos keladigan qismi I, II va katta raqamdagi o‘yuvchi uskuna mos keladigan qismi katta III, IV va yana bundan katta STARS International University 9 uskuna yordamida mahorat bilan o‘yib chiqarib tashlanilishi kerak. O‘yib olingan bo‘laklar tekis qilib yana bir ishlab ko‘rib chiqiladi. So‘ngra mayda raqamdagi qumqog‘oz bilan silliqlanadi. Keyingi bosqichda “chakich” uskunasidan foydalanib, o‘yilgan qismlari chakichlab chiqiladi. Qumqog‘oz qilish jarayoni yana bir marta davom ettiriladi. Qumqog‘oz shiqalanish jarayonida yog‘ochning o‘suvchi yo‘li tarafiga qarab va unga qarshi tarafga qarab shiqalanadi. Bu jarayon ham yuqori mahorat bilan qutichaning qirralarini yo‘qotmagan holda silliqlanishi kerak. Keyingi jarayonda yog‘och o‘ymakorligida foydalaniladigan lak turlaridan foydalanamiz. Agar chakichlangan qismini marilka bilan bo‘yashni xohlasak, uni asta-sekin kichkina raqamli kist yordamida chakich qilingan joylariga surib chiqiladi. Qutichani yana bir marta yengil qumqog‘oz bilan silliqlab olamiz. Navbatdagi ish jarayonida lakni chakichlangan qismga tekizmay turib, ustki qismiga asta suritib olamiz va lak surilgandan keyin uning qotishini kutamiz. Shu tariqa ishni qutining ichiga mato qoplash bilan davom ettiramiz. Mato qutiga tushadigan qilib kesib olinadi va kley yordamida yopishtirib chiqiladi. Shu tariqa bu qutining yasalish jarayoni yakunlanadi. Yog‘och o‘ymakorligining insonga foyda keltiruvchi tomonlari ko‘p hisoblanadi. Bu san’at turi insonga nafaqat zavq beruvchi, balki insonning stressdan, g‘azabdan chiqishiga ham ko‘maklashuvchi sanaladi. Har bir inson g‘azablanganda negativ emotsiyasi oshadi. Shu sababli bu vaziyatda ko‘proq mehnat qilish talab etiladi. Bu paytda “yog‘och o‘ymakorligi”ning ham nafi katta hisoblanadi. Bu amaliy san’at turida uskunalarga to‘qmoq yordamida urilganda yog‘ochda go‘zal bir ko‘rinishlar, ya’ni naqsh elementlari va kompozitsiyalar, san’at asari shakllanadi. Bu go‘zal ko‘rinish ham insondagi g‘azab va asabiylikning yo‘qolishiga sabab bo‘la oladi va kishiga quvonch bag‘ishlaydi. Shu kabi har bir amaliy san’at turining inson psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi tomonlari mavjud. Ular bilan shug‘ullangan shaxs dunyodan go‘zallik izlovchi,mehrli va ijodkor bo‘lib shakllanadi. Xulosa qilib aytganda, bizning bu maqolamizdan maqsadimiz milliy hunarmandchiligimiz bilan tanishtirish va bu hunarlarga qiziqish uyg‘otishdir. Mamlakatimizda san’at turlariga va amaliy san’at turlariga qiziqqan va bu san’at turlari bilan shug‘ullangan insonlar ko‘p bo‘lsa, san’at ham rivojlanadi va ularninguzoq umr ko‘rishi haqiqatdir. Yosh avlod vaqtini unumli o‘tkazishi va hunarli bo‘lishi bu, avvalo, Vatanimiz uchun, xalqimiz uchun katta foyda keltiradi, deb o‘ylayman. Vatan ravnaqiga hissa qo‘shish bu katta sharafdir. Yog‘och o‘ymakorligi bu insoniyatni ma’naviy ulg‘ayishga va estetik teran bo‘lishga undaydi. Vatanimizda milliy hunar turlari ko‘p. Bu san’at turlarini o‘rganishda o‘ziga xos mashaqqatlari va qiyinchiliklari bor. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Талипов Н., & Талипов Н. (2021). Талабаларни бадиий таълим орқали қо- билиятларини ривожлантириш. Зберник наукових праць ΛΌГOΣ. 2. Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of students’creative activity through art education. Зберник наукових праць ΛΌ-ГOΣ. 3. Халимов М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проек- тора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графи- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 10 ки / М.К. Халимов Р.Р. Жабборов Б.Х. Абдуханов А.А. Мансуров. – Текст: непосредственный // Молодой ученый. – 2018. – № 6 (192). – С. 203–205. – URL: https://moluch. ru/archive/192/48066/. 4. Kholmatova Feruza Muhammad Umar Kizi. (2022). Methodology of teaching students to artistic perception of painting works in fine arts classes. Current research journal of pedagogics, 3(02), 125–135. https://doi. org/10. 37547/pedagogics-crjp-03-02-21. 5. Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). the importance of folk applied art in the formation of youth creative activity. Current research journal of pedagogics, 3(02), 142–156. https://doi. org/10. 37547/pedagogics-crjp-03-02-23. 6. Khalimov Mokhir Karimovich. (2022). Elements of student space imagination in the teaching of graphic sciences and methods of using it. Current research journal of pedagogics, 3(02), 103–116. https://doi. org/10. 37547/pedagogics-crjp-03-02-19. 7. Nazirbekova, S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi. org/10. 36074/logos-19. 03. 2021. v4. 35. 8. Jabbarov R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics ofcomposition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. DOI: http://dx. doi. org/10. 52155/ ijpsat. v17. 1. 1424. 9. Nazirbekova S., Talipov N., & Jabbarov R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364–367. DOI: http://dx. doi. org/10. 52155/ijpsat. v15. 2. 1192. 10. Нуртаев У.Н., & Махкамова С.Б. (2016). Вопросы подготовки студентов к художественно-творческой деятельности. Молодой ученый, (7), 687–691. 11. Абдирасилов С.Ф., & Исахожаева Н.А. (2017). Изобразительные умения и навыки в процессе выполнения набросков будущих дизайнеров. Молодой ученый, (7), 411–414. 12. Абдирасилов С.Ф., & Назирбекова Ш.Б. (2017). Компьютеризация и информатизация художественно-практические занятия в обучении сту-дентов. Инновации в науке, (12 (73)), 21–23. 13. Абдирасилов С.Ф. (2016). Художественные традиции как основа про- фессионального мастерства. Наука и образование сегодня, (2 (3)). 14. Abdurashidxonova M., & Rasulov M. (2021). Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства. Об-щество и инновации, 2(5/S), 130–137. https://doi. org/ 10. 47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp130-137. 15. Rustam Ravshanovich J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre “Landscape” of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://sjss. indexedresearch. org/index. php/sjss/article/view/1. 16. Holmuratovich M.K. (2019). Implementation of independent educational activities of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12). 17. Muratov H. (2021). The importance of organization and management independent education in the learning process. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. STARS International University 11 18. Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students’ creative abilities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi. org/10. 36074/logos-30. 04. 2021. v2. 09 19. Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). Questions of preparing future teachers for artistic gafur abdurakhmanov analysis of works of fine art in school. Euro-Asia Conferences, 5(1), 13–18. Retrieved from https://papers. euroasiaconference.com/index. php/eac/article/view/437 20. Jabbarov R. (2021). Уникальное направление, вдохновленное твор- чеством Камолиддина Бехзода, великого миниатюриста Восточного Воз-рождения. Общество и инновации, 2(5/S), 59–67. https://doi. org/ 10. 47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67. 21. Аbdirasilov S., & Maxkamova S. (2019). Research of Structure of Fractals in a Life of Mankind and Fine Arts Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 302–305. 22. Rasulov Murad Absamatovich, & Abdurashidkhonova Muslimahon Bahodirhon Kizi. (2021). Methodological Basis of Creation, Organization and Decoration Of Platter’s Artisticcomposition In Applied Art. The American Journal of Applied Sciences, 3(04), 298–310. https://doi. org/10. 37547/tajas/ Volume03Issue04-42. 23. Абдирасилов С.Ф., Назирбекова Ш.Б., & Махкамова С.Б. (2016). Художе- ственно-культурные традиции узбекского народного искусства на уроках изобразительного искусства. Личность, семья и общество: вопросы педаго-гики и психологии, (11 (68)), 32–42.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:7-11
O‘zbek tilida ko‘plik ifodalanishi (Ot so‘z turkumi misollari asosida): Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 148 Annotatsiya: O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish mas- alalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘lla-nishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram-matik kategoriya sifatida o‘rganildi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, affiks, ko‘plik, birlik, son kategoriyasi, grammatika. til falsafasi, so‘z turkumlari, mantiqiy va grammatik son, morfologik tuzilishi, affiksatsiya usuli va sin-taktik usul. KIRISH O‘zbek tilshunosligi mustaqillik yillarida katta odimlar bilan rivojlanmoqda. Ay- niqsa, o‘zbek tilini sistem asosda o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i oshmoqda. Tilning grammatik kategoriyalari va uning tarkibiy qismlari an’anaviy tilshunos- likda keng o‘rganilgan, lekin uni sistem asosida o‘rganishga e’tibor berilmay kelin-moqda. Ko‘plik va jamlik kategoriyalarining til falsafasidagi xususiyatlari to‘g‘risida ham ilmiy qarashlar mavjud emas. Demak, ko‘plikning ilmiy talqini, unga yangicha qarash masalalari hozirgi davrda maxsus tadqiqot ishini talab qilishi tabiiy hol bo‘lib turibdi. Ma’lumki, grammatik son kategoriyasi jamlik ma’nosini ham o‘zida birlas-htiradi. Bu esa mazkur muammoni ko‘plik – jamlik ziddiyatida maxsus o‘rganishni taqozo qiladi. Ushbu hodisani o‘zaro ziddiyatda o‘rganish bu ikki lingvistik hodi-saning tabiatini ochishga imkoniyat beradi. Ko‘plik va jamlik ot turkumigagina xos emas, balki bu hodisalar grammatik sistemaning deyarli barcha qirralarida namo-yon bo‘la oladi va o‘ziga xos sistemani tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida bu mu-ammoga muayyan darajada e’tibor qaratilgan, lekin u yangi talqinlarda o‘rganilishi lozim. Ko‘plik shakllarining ilmiy talqini amalga oshirish, uning jamlik bilan o‘xshash va farqli xususiyatlarini belgilash ushbu ishning dolbzarbligini tashkil etadi. O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot katego- riya talqini keng o‘rin egallaydi. 1 Xususan ko‘plikning –lar morfologik ko‘rsatkic- 1 G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b ABRORXO‘JA MUHAMMADOV O‘ZBEK TILIDA KO‘PLIK IFODALANISHI (OT SO‘Z TURKUMI MISOLLARI ASOSIDA) https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp148-150 STARS International University 149 hi orqali ifodalanishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning ak- sariyati ko‘plikni ifodalash turlariga bag‘ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat birlikda ishlatiluvchi otlar”, “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki –lar affiksini oluvchi va –lar olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no gu- ruhlanishi haqida gapirish ma’qul. 1 -lar affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham mavjud: “-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash ham o‘rinli emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan -lar affiksining egalik va tuslovchi tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kate-goriyasining shakli emas, balki -lar ko‘rsatkichining boshqa grammatik kategoriya-larning formalari tarkibida qatnashuvidir 2 . Otlarning ko‘plik shaklini yashash uchun –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Kiyim+lar, bola+lar, stol+lar. –lar qo‘shimchasini olgan ot birdan ortiq ekanini o‘z o‘zidan ifo- dalaydi. –lar qo‘shimchasini quyidagi hollarda qo‘shilganda u modal ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. 1. Mavhum otlarga qo‘shilganda.2. Atoqli otlarga qo‘shilganda3. Inson tanasidagi asli bir dona bo‘lgan predmetlar bildirgan so‘zlarga qo‘shil- ganda; 4.Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda; 5. Vaqt ma’nosidagi otlarga qo‘shilganda; 6. Juft predmetni anglatgan otlarga qo‘shilganda; 7. Aniq va mavhum otlarga qo‘shilib, hurmat, kuchaytiruv-ta’kid, izzat ma’nosi ifodalanganda. Mavhum otlar (sevgi, iymon, baxt, omad), donalab sanalmaydigan predmetlami anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘, guruch, mosh kabi), yakka bir predmetni angla-tuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi). juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z. qosh, qo‘l, etik. paypoq kabi), atoqli otlar (Munira. Toshkent. Buxoro kabi) kiradi. Ayrim hol-larda bu otlarga -lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda -lar ko‘plik ma’nosi-ni emas. balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi: 1. Mavhum otlar, yakka bir pred-metni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda -lar affiksi qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy). 2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga -lar affiksi qo‘shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolami bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog‘-u bo‘stonlar (G‘ayratiy). 3. Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlas-htirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi. Shuningdek, qa-rindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin -lar affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi. Lekin –lar egalik qo‘shimchasidan oldin kelganda ko‘plik ma’nosini bildiradi: opalarim, akalarim, amakilarim. Otlarda ko‘plik ma’nosi leksik ma’nosi ko‘p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo‘lsa ham, bir turdagi predmetla- 1 O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b 2 O ‘ zbek tili grammatikasi, 1975: 126-127 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 150 ming to‘dasini, jamini bildiradi: to‘da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko‘plik ma’no-sining bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bun-day ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda (shaklan birlik, ya’ni –lar ishtirok etmaydi.), lekin semantik jihatdan ko‘plikda deb qaraladi. 3. Otlarda ko‘plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so‘zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko‘plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko‘p bola, uchta ki-tob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to‘da-to‘da odam kabi. Xulosa o‘rnida, o‘zbek tilida otlarning birlik ko‘rsatkichi yo‘q. Ko‘plik esa, aso- san, morfologik usul, ya’ni -lar affiksi bilan ifodalanadi. Ko‘plikni sintaktik usul bilan ham ifodalash mumkin: uch kishi, 5—6 ta odam kabi. Otga har 2 shaklni qo‘shib (4 ta kitoblar kabi) qo‘llash uslubiy xato hisoblanadi. Son kategoriyasi otlarning leksik-semantik guruhlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ushbu juftliklarning birinchi qismi — turdosh, aniq va yakka otlar birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llana oladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисуда бир тажриба. Биринчи китоб: Сарф. Танланган асарлар. V жилдлик. -Тошкент: Маънавият‚ 2006. –IV жилд. –Б. 140-175.2. Сафаров Ф. Ўзбек тилида сон-мидор микромайдони ва унинг лисоний-нутқий хусусияти: Филол.фан.номз.дисс.-Самарқанд,2004. 134б3. Sayfullayeva R.,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili / Darslik. – Toshkent: Universitet, 2010. -335 4. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 20055. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O‘zbek tili. T.,1978 O‘zbek tili leksikologiyasi. T., 1981. 6. B.Mengliyev, O‘. Xoliyorov. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. T., 20077. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.8. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 19969. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro, 200110. S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 200111. S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2003.12.G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b13.O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b 14. M.Hamroyev, D.Muhammedova va b. Ona tili –Toshkent 2007- 85b15.Dildoraxon Abdullayeva. Turkiy xalqlar adabiyoti , Toshkent-2014.16.Uchqun o‘g‘li S. E. et al. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYALARINING O‘RGANILISHI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 1-7. 17.Abdullayeva O. O. Q., O‘g‘li T. D. R. OTLARDA KO‘PLIK SHAKLINING O‘RGANILISH TARIXIGA OID NAZARIY QARASHLARNING UMUMIYLIGI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. Special Issue 4. – С. 140-142.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:148-150
Chet tillarni o'qitishda couching usulining samaradorligi va uslublari: 163 Если наблюдать за тем, как люди в действительности говорят, то в коротких диалогах не сразу бросаются в глаза речевые акты. Самый распространѐнный вид речи - это рассказ, нередко даже пересказ, который нисколько не является только практическим упражнением, а может иметь даже большую коммуникативную ценность. Рассказ представляет собой систематически построенное сообщение, которое требует более обширного владения грамматическими структурами, чем короткий диалог. Например, для рассказа нужно хорошо владеть системой времѐн глагола, лексикой. Ознакомление студента с рассказом через текст для чтения, который принят в наших учебниках десятилетиями, казалось бы соответствует эмоциональным потребностям обучаемого. Разумеется, что диалоги одновременно с чтением текстов и их пересказом могут дополнительно мотивировать курсантов. В заключение разрешите ещѐ одно замечание общего характера. В школе или в университете учатся не только иностранному языку. Они также учатся самому учению, то есть они должны развивать учебные стратегии для усвоения иностранного языка. Преподаватель может помочь школьнику или студенту в приобретении учебных стратегий. Рекомендуется не скрывать от школьников и студентов, что овладение иностранным языком, в конечном счѐте, дело нелѐгкое. Методика же должна устранять ненужные трудности. Однако она не может и не должна ограничивать усердие и прилежание школьника и студента, когда учащиеся, например, учит новые слова, он обычно должен упорно трудиться, и выполнение этих требований уже вопрос общего воспитания, а не вопрос специальной методики. Как воспитатели мы обязаны не развлекать учащихся на занятиях применением множества методов, а предъявлять к ним серьѐзные требования. Этим мы показываем своѐ уважение к преподаваемому предмету и к своим курсантам. ЛИТЕРАТУРА : 1. М. Э. Парецкая, «Современный учебник русского языка для Иностранцев». 2014., стр. 3-9 . 2. Лебедев О.Е. «Компетентностный подход в образовании // Школьные технологии». 2004., № 5. 3. Самсонова И.Г., «Методика проектирования учебного занятия». 2017., стр. 18-21. 4. https://www.kommersant.ru/doc/3917583 5. http://idum.uz/ru/archives/11744 CHET TILLARNI O„QITISHDA COUCHING USULINING SAMARADORLIGI VA USLUBLARI Djampulatova N.M. o‘qituvchi, O‘zbek va xorijiy tillar кafedrasi, TTA, O‘zbekiston e-mail: djampulatovanigora@gmail.com tel: +99897 1875000 Annotatsiya: Maqola chet tillarini o‗qitishning yangi eksperimental usuli haqida bo‗lib, unda yangi usul couching haqida so‘z yuritiladi. Uning o‗ziga xos xususiyatlari ko‗rib chiqiladi, asosiy tamoyillari tavsiflanadi va chet tillarini o‗qitish amaliyotida qo‗llanilishi asoslanadi va til bo‗yicha kouchingdan foydalanishga alohida e‘tibor beriladi. Muallif ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif beradi, uning an'anaviy o'qitish usullaridan ajralib turadigan xususiyatlarini ko'rib chiqadi, chet tilini o'qitish amaliyotida qo'llanilishini asoslaydi. Kalit so'zlar : murabbiylik, til bo'yicha kouching, samarali o'rganish strategiyalari, hamkorlik, chet tillarini o'rgatish usullari. Аннотация: В статье речь идет о новом экспериментальном методе обучения иностранным языкам, который представляет собой новый метод коучинга. Рассмотрены его специфические особенности, описаны его основные принципы и основано на применении в практике обучения иностранному языку, особое внимание уделено использованию языкового коучинга. Автор дает определение этому понятию, рассматривает его особенности, отличающие его от традиционных методов обучения, обосновывает его применение в практике обучения иностранному языку. Ключевые слова: коучинг, языковой коучинг, эффективные стратегии обучения, сотрудничество, методы обучения иностранному языку. Annotation: The article is about a new experimental method of teaching foreign languages, which is a new method of couching. Its specific features are considered, its basic principles are described and based on its application in the practice of foreign language teaching, and special attention is paid to the use of 164 language coaching. The author defines this concept, considers its features that distinguish it from traditional teaching methods, substantiates its application in the practice of teaching a foreign language. Keywords: coaching, language coaching, effective learning strategies, collaboration, foreign language teaching methods. Hozirgi kunda avtomatik yoki mashinali tarjimaning jadal rivojlanishiga (Google Translate, Yandex Translate va boshqalar kabi xizmatlardan foydalangan holda tarjima qilingan) va uning tarjima faoliyati sohasidagi ulushi ortib borayotganiga qaramay, xorijiy tillarni o'rganish asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Yoshlar zamon bilan xamnafas bo‘lish va martaba qurishda muvaffaqiyatga erishishga intilishmoqda va chet tilining o‘rni va ahamiyatini tobora chuqur anglashmoqda. O‘zbekiston ta'lim tizimi talabalarning chet tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi, chunki har qanday davlatning ta'lim tizimining samaradorligi mezoni ushbu tizim ijtimoiy buyurtmani qanchalik darajada bajarishidir. An‘anaviy, shakllangan o‗qitish usullari bilan bir qatorda eksperimental metodlar ham qo‗llaniladi, bu esa zamonaviy gumanitar fanlarda fanlararo yondashuv va o‗zlashtirilgan bilimlarning pragmatik jihatiga e‘tibor qaratilishi bilan bog‗liq. Ushbu usullardan biri "til bo'yicha murabbiylik" (boshqa terminologiyada "lingvo couching"). Agar murabbiyning o'zi (inglizcha koaching - trening, konsalting) murabbiy deb ataladigan mutaxassis, talaba yoki mijozni ma'lum bir shaxsiy yoki professional maqsadga erishishda qo'llab-quvvatlaydigan va o'rgatadigan rivojlanish usuli bo'lsa [1], u holda til bo'yicha kouching erishish yo'lidir. Kouching insonning potentsialini ochish usuli sifatida mavjud bo'lib, ko‘pgina mamlakatlarda o‘z samaradorligini isbotladi. Chet tillarini o'rgatish bo'yicha mutaxassis (murabbiy-chet tili o'qituvchisi) va talaba o'rtasida, talabaning talabani o'rganishda kerakli natijaga erishgunga qadar qo'llab-quvvatlash va unga hamrohlik qilishdan iborat bo'lgan professional munosabatlarni ishlab chiqadi. Kouchingning an'anaviy shakllaridan asosiy farqi shundaki – talabaning ichki salohiyatiga e'tibor qaratiladi va bu yondashuv an'anaviy o'quv jarayonidan farqli o'laroq, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlikni o'z ichiga oladi. Koucning jarayonida qo‗yilgan vazifaga erishish uchun ichki resurs izlanishi bo‗lgani uchun, ochiq savollardan (nima? qanday? nima uchun?) foydalanishni nazarda tutuvchi shaxsga yo‗naltirilgan usul qo‗llaniladi. O'qituvchi-murabbiy talabaga nima qilish kerakligini aytmaydi, balki evristik savollar berish orqali o'quvchiga o'quv topshiriqlarini bajarish zaruriyatiga kelishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bunday individual yondashuv talabaning maqsadga erishish uchun allaqachon mavjud ish strategiyalarini aniqlashga qaratilgan. Misol uchun, talaba ilgari boshqa chet tilini o'rganish uchun kartalar yordamida yangi so'zlarni yodlash texnikasidan foydalangan bo'lishi mumkin. Agar texnika rejalashtirilganidan oldin natijaga olib kelgan bo'lsa, uni yana ishlatish tavsiya etiladi. An'anaviy o'qitish usullaridan farqli o'laroq, o'qituvchi oldindan tuzilgan dars rejasiga ega va o'qituvchi dars rejaga mos kelishi uchun ortiqcha narsalarni "kesib qo'yishga" majbur bo'ladi, bu esa talabaning ijodiy qobiliyatini qat'iy dars rejasi bilan cheklaydi. Kouching yondashuv talabaning individual imkoniyatlarini ham hisobga oladi, ba'zan o'quvchida yoqimsiz his-tuyg'ularni keltirib chiqaradigan va o'quvchiga ko'proq yoqimli bo'lgan boshqalar bilan almashtiriladigan vazifalardan qochadi. Shunday qilib, faqat yakuniy maqsad qat'iy belgilangan bo'lib qoladi va unga erishish yo'llari sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Shuningdek, to'rtta nutqiy kompetensiya o'rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir: ikkita passiv - yozma nutqni tushunish va nutqni tinglash va ikkita faol - gapirish va yozish. Til o‗rgatish metodi bilan dars o‗tishda o‗qituvchi qo‗llayotgan usullar haqida iloji boricha talabaga ko‗proq ma‘lumot berish maqsadga muvofiqdir. Bu talaba tomonidan sheriklik munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. Nutq kompetensiyalarining to'rt turi o'rtasidagi muvozanatni saqlash muhimligini tasdiqlash uchun, shuningdek, ushbu kompetensiyalar bo'yicha malaka darajasini samarali tahlil qilish uchun siz masalan, "g'ildirak" vositasidan foydalanishingiz mumkin, unga ko'ra doira to'rtga teng qismlarga bo'linadi, ularning har biri u yoki bu nutq qobiliyatini anglatadi. Keyin o'n balli o'lchov shkalasiga taqlid qilib, aylananing bo'linish o'qlarida belgilar qo'yiladi. Talabadan ma'lum bir malakaga egalik darajasini baholash so'raladi. Segmentlarni ulashda raqam olinadi, so'ngra uning qanchalik aylanaga o'xshab ko'rinishi va "bunday g'ildirak qanday yurishi" baholanadi. Keyin tilning umumiy darajasini oshirish uchun eng "kam " kompetensiyalarni ajratib ko'rsatish va ular ustida ishlash taklif etiladi. Talabadan tez natijaga erishadigan beshta oddiy harakat ro'yxatini tuzish so'raladi va talaba bu harakatlarni bajaradigan vaqt belgilanadi. Bunday sodda va vizual usulni murabbiy, kouch Pol J.Mayer tomonidan hayot muvozanatini saqlash va ustuvorliklarni aniqlash uchun ixtiro qilingan [2]. Ushbu vosita kouchingda keng qo'llaniladi, lekin u tilni o'rganishda ham foydali bo'lishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, tilni o'rgatish bo'yicha o'qitishning aksariyat usullari va shakllari talabaning aniq maqsadi bilan belgilanadi. Gap shundaki, chet tilini o'rganishdan umidsizlik hissi, qoida 165 tariqasida, noto'g'ri belgilangan maqsad bilan bog'liq. "Chet tilini o'rganish"ning eng keng tarqalgan maqsadi juda mavhum, o'ziga xos bo'lmagan va shuning uchun taraqqiyotni o'lchash va sezish qiyin, buning natijasida talaba tezda motivatsiyani yo'qotadi. Faqat aniq nutq kompetensiyalari o'lchanadi: gapirish, yozish, o'qish, tinglash. Dastlabki bosqichda to'rtta kompetentsiyadan qaysi biri talaba uchun haqiqatan ham zarurligini aniqlash eng samarali bo'ladi, qaysi kompetentsiyani rivojlantirish unga sarflangan sa'y-harakatlardan maksimal darajada qoniqish hissini keltiradi. Baholash mezonining yo'qligi va noto'g'ri qo'yilgan maqsad talabaning grammatika ustida qattiq ishlashi va yozma mashqlarni bajarishi va chet tilida gapirishga harakat qilganda, u hech narsa aytolmasligiga olib kelishi mumkin. Bu umidsizlikka olib keladi va natijada tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishni yo'qotishi mumkin. Shuning uchun boshlang'ich bosqichda murabbiy-o'qituvchi ochiq savollar yordamida o'quvchining maqsadini yozma ravishda aniqlaydi. Xulosa Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, til bo'yicha kouching murabbiy (maslahatchi, trener) tomonidan interfaol muloqot shaklida individual o'qitish usuli sifatida chet tilini, ayniqsa o'rganishning dastlabki bosqichida o'qitishning ancha samarali usuli hisoblanadi. xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha mini-guruhlarda ushbu usuldan foydalanish ham istiqbolli ko'rinadi. ADABIYOTLAR: 1. Eremina N.V., Kabanova O.V., Terexova G.V. Nolingvistik mutaxassislik talabalarini lingvokommunikativ tayyorlash tajribasi. // Orenburg davlat universiteti. - 2015. - No 2. Orenburg: Universitet nashriyoti. - S. 47-53. 2. Passmore J. Murabbiylikdagi mukammallik: Sanoat bo'yicha qo'llanma. London: Kogan sahifa nashriyoti. - 2006. - 306 b. 3. Bitner, T. Sizning g'ildirakingiz qanday ko'rinishga ega. - 2015. [Elektron resurs]. URL: https://www. icfaustin.org/Resources/Documents/Wheel%20of%20Life%20Article%20for%20Coaches%20Week.pdf (Kirish 14/09/2019) 4. Renton J. Kaoching va murabbiylik: ular nima va ulardan qanday qilib maksimal darajada foydalanish mumkin. - Nyu-York: Bloomberg Press. - 2009. - 326 b. 5. Dauni M. Samarali murabbiylik: murabbiylar murabbiyidan saboqlar: ish jarayonida xodimlarni o'qitish va rivojlantirish orqali tashkilotni rivojlantirish texnologiyalari. - M.: "Yaxshi kitob" nashriyoti, 2013. - 279 b. RELEVANCE OF THE PROBLEM OF DEVELOPING CREATIVE SKILLS OF STUDENTS IN THE ENGLISH LESSON Eskaraeva S. A. Senior teacher, KarSU named after Berdakh, Nukus, Uzbekistan Nowadays, the problem of the formation of students' creative abilities in the process of teaching English is of particular relevance. In modern conditions of the pedagogical process of the university, it is a significant scientific problem of historical, ethnic, cultural and socio-pedagogical significance. The development of students' creative abilities is impossible without generalizing the experience of using English classes in the system of education and upbringing. The study of the English language, the history of its development, folk culture and everyday life should be considered not only as an activity of students aimed at learning English, but also as one of the conditions for teaching a foreign language and developing the creative abilities of students on specific life material. A foreign language, as a general educational subject, can and should contribute to the development of students' creative abilities. Having a huge upbringing, educational and developing potential of students' creative abilities, a foreign language can realize it only in the course of implementing the practical goal of learning, that is, only if the student in the process of foreign language communicative and cognitive activity (listening, speaking, reading, writing ) will expand their general educational horizons, develop their thinking, memory, feelings and emotions; if in the process of foreign language communication the social and value qualities of the individual will be formed: worldview, moral values and beliefs, character traits. Creativity is a mental and practical activity, the result of which is the creation of original, unique values, the identification of new facts, properties, regularities, as well as methods of research and transformation of the material world or spiritual culture; if it is new only for its author, then the novelty is subjective and has no social significance [Pavlenko, 2019:191].
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :164-166
Ingliz aviaslenglarining lingvomadaniy xususiyatlari: 216 INGLIZ AVIASLENGLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI N. S. Abdulvohidova (TerDU) Аннотация. Данная статья посвящена изучению сленга, который является единицей лексикологии. Статья посвящена сленгу, используемому в авиации, его лингвокультурологическим особенностям. Лингвокультурологическое изучение авиасленгов позволяет изучающим язык преодолевать проблемы аксиологической и межкультурной коммуникации. Ключевые слова: термин, сленг, лингвокультурный особенность, лексика, единицы речи, экипаж Annotation. This article is devoted to the study of slang, which is a unit of lexicology. The article focuses on slang used in aviation and their linguistic and cultural characteristics. Linguocultural study of aviaslengs allows language learners to overcome the problems of axiological and intercultural communication. Key words: term, slang, linguocultural feature, vocabulary, speech units, crew Bugungi kunda fan va texnika taraqqiyoti, ularning alohida tarmoqlarining rivojlanishi barcha sohalar singari tilshunoslikda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda ilm-fanning barcha sohalarida erishilgan sezilarli yutuqlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar oqimining tobora ortib borishi sohalarga oid terminlar muammosi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar oldiga nazariy va amaliy jihatdan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bundan tashqari, boshqa sohalar kabi aviatsiya sanoatining ham rivojlanishi, aviatsiya texnologiyalari tizimlarining murakkablashuvi aviatsiya faoliyati sohasida terminlar tadqiqi muammosiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Hech kimga sir emaski, aviatsiya texnologik jihatdan jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning samaradorligi aviatsiya tarmog‘i doirasida faoliyat yuritadigan xodimlarining kasbiy mahorati va malakasiga bog‘liq. Shu sababli ushbu keng qamrovli soha bilan o‘z kelajagini barpo etmoqchi bo‘lganlar va ayni shu jabhada faoliyat olib boruvchilar chuqur bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lish bilan bir qatorda soha doirasida qo‘llaniluvchi til xususiyatlari va unda qo‘llaniluvchi so‘zlarning madaniyat jihatidan muvofiq kelish holatlarini ham batafsil o‘rganmog‘i e’tiborga molik jihatlardan biri hisoblanadi. Mavzuga chuqurroq yondashishdan oldin sleng so‘zining ma’nosi haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. “Sleng” – muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhning og‘zaki nutqida qo‘llanadigan emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z va iboralar. “Sleng” termini ilk bor yozma ravishda XVIII asrda Angliyada qayd qilingan va o‘sha davrda “haqorat” ma’nosini anglatgan. 1850-yildan esa “noqonuniy” oddiy leksikaning ifodasi sifatida keng qo‘llanila boshladi. “Sleng” muayyan guruhga xos so‘zlar bo‘lib, og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham bunday so‘zlardan foydalanish kuzatiladi [Xolmanova, 2019:32]. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan shuni anglash mumkinki, slenglar ma’lum bir guruh a’zolari nutqiga xos so‘zlar bo‘lganligi sababli keng ma’noda emas, balki tor ma’noda qo‘llaniladi, ya’ni ular ommaning barcha vakillari tomonidan emas, faqatgina muayyan guruh doirasidagi muloqot jarayonida foydalaniladi. Shuning uchun ham bunday so‘zlar hamma uchun birdek tushunarli bo‘lavermaydi. Slenglar jamiyatda mavjud barcha sohalarni chetlab o‘tmagani singari aviatsiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Aniqroq qilib olganda, bunday so‘zlarning inglizcha shakllarini aviatsiya sohasida faoliyat olib boradigan 217 xodimlar, ayniqsa, samolyot uchuvchilari va ekipaj a’zolari nutqida ko‘plab uchratish mumkin. Ana shunday slenglar, notanish so‘zlar va nutq birliklarining tilga xos bo‘lgan xususiyatlarini madaniy jihatdan tahlil etish maqolaning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jihatga yanada kengroq nazar tashlaydigan bo‘lsak, aviatsiya sohasidagi eng mas’uliyatli va murakkab kasb egalari bu – uchuvchilardir. Bu kasb ulardan yuksak darajadagi bilim, tajriba, ehtiyotkorlik, ziyraklik kabi bir qator muhim jihatlar hamda ko‘nikmalarni talab qiladi. Samaradorlik va aniqlik harbiy parvoz vaqtidagi aloqa jarayonlarida asosiy vazifalardan biri hisoblanadi va fuqaro aviatsiyasida ham muhim vazifa bo‘lishi kerak [2]. Boshqa soha vakillari kabi ular ham parvoz vaqtida va boshqa vaziyatlarda ularga hamroh bo‘lgan uchuvchilar bilan muloqot jarayoniga kirishadi. Tabiiyki, bunday muloqot va nutq vaqtida ular o‘z kasblari taqozo etgani bois turli xil qisqartma so‘zlar, qolgan kishilarga notanish bo‘lgan birliklar va slenglardan keng foydalanishadi. Ushbu so‘zlar uchuvchilarning muloqot jarayonida qanday mavzu (samolyot turlari, aerodrom, ob-havo, samolyot qismlari, aeroportlar, geografik nomlar, yo‘lovchilar kabi) yuzasidan so‘zlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ularning nutqida tez-tez uchraydigan slenglarga quyidagicha misol keltirish mumkin: 1) base – ekipaj va samolyotning uy aeroporti hisoblanadi, samolyotlar ko‘plab shaharlarga oldinga va orqaga uchib ketsa-da, ular bitta joyda "asoslangan" bo‘ladi, uchuvchilar va ekipaj tunni dunyoning ko‘plab shaharlarida o‘tkazishadi va ular boshqa joydagini "uy" deb atashlari mumkin, ammo ular boshqa shahardagi ekipaj stansiyasidan tashqarida joylashgan; 2) cockpit – “parvoz palubasi” deb ham ataladi, bu parvoz davomida uchuvchilarning ofisi va u ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi; 3) George – avtomatik parvoz uchun uchuvchilar ishlatadigan so‘z; 4) go-around – ba’zida samolyot qo‘nishi uchun sharoitlar mos kelmaydi, shuning uchun uchuvchilar uchish-qo‘nish yo‘lagida boshqa yondashuvni Havo harakati nazorati (inglizchada ATC) bilan muvofiqlashtiradi, ular yana bir marta urinib ko‘rish uchun osmonda “aylanib yuradilar”; 5) gone tech – bu samolyotdagi texnik nosozlik bo‘lib, uning parvoziga to‘sqinlik qiladi; 6) Met – meteorologik holatlar uchun qisqartma, boshqacha qilib aytganda, “Ob- havo qanday” deb so‘rash uchun ishlatiladi; 7) box – bortdagi elektron jihozlar, shu jumladan, avionika va “qora quti” lar ham shular jumlasidandir; 8) black box – bu qora emas, balki yorqin to‘q sariq va ko‘pincha bitta quti ham bo‘lmaydi, bular parvoz ma’lumotlari va uchuvchilar palubasining ovoz yozish moslamalari bo‘lib, parvoz paytida tizimlar va uchuvchi aloqalarining ishlayotgan yozuvlarini saqlaydi, ular "qora quti" deb ataladi, chunki 1942-yilda Finlandiya aviatsiya muhandisi Veijo Hietala tomonidan ixtiro qilingan birinchi zamonaviy versiya bitta qora quti edi [2]. Yuqorida keltirilgan namunalardan ko‘rinib turibdiki, ularning hech biri oddiy xalq ishlatadigan muloqot so‘zlari orasida uchramaydi. Bundan anglashiladiki, slenglar duch kelgan odam ishlatadigan so‘zlar emas, aksincha, ular ma’lum bir guruh yoki kasb egalari tomonidan o‘z ma’nolaridan butunlay boshqa ma’nolarda foydalaniladi va ushbu sohaga aloqasi bo‘lmaganlarga umuman tushunarsiz bo‘lib ko‘rinadi. Buning natijasida esa bunday “notanish” so‘zlar kishilar nazdida qo‘pol va madaniyat jihatidan so‘zlashuv jarayoniga mos emas, deya topilishi tabiiy holdir. Ammo yuqorida misol tariqasida kiritib o‘tilgan bunday slenglarni tahlil qilib, ularning kimlar tomonidan, qaysi mavzuda qo‘llanilishi, asl ma’nosi va tarjimasi kabi muhim jihatlari ustida tegishli izlanishlar olib borish natijasida xulosa 218 qilish mumkinki, ular tilning madaniyatga mosligi jihatidan qaralganda butunlay “benuqson”. Ya’ni ushbu sohada ishlatiladigan barcha terminlar va slenglar o‘zbek madaniyati, qolaversa, dunyo davlatlarining barchasi uchun lingvomadaniy jihatdan to‘g‘ri keladi, sababi ularning ichki xususiyatlari orasida birorta ham nomaqbul va salbiy ma’nolar mavjud emas. O‘ylaymanki, ushbu maqola aviatsiya kabi keng qamrovli soha doirasidan tashqarida bo‘lgan oddiy xalq vakillari va ushbu sohaga qiziqish bildiradigan barcha kishilar va ilm ahli uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Z.Xolmanova. Tilshunoslik nazariyasi : darslik.-Toshkent: Nodirabegim, 2019. – 260 b. 2. https://www.travelandleisure.com/airlines-airports/pilot-slang
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :216-218
Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik mashg'ulotlari vazifalari xususida F��ruza Yuldash��va, ADU Maktabgacha ta'lim fakult��ti 2-bosqich talabasi Annotatsiya T��zisda kichik yoshdan bola og'zaki nutqini shakllantirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, bu borada ota-ona va tarbiyachining mas'uliyati to'g'risida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar: nutq madaniyati, muomala, so'z boyligi, to'g'ri talaffuz, gapning grammatik qurilishi, tarbiyachi mas'uliyati. Annotation The thesis focuses on the aspects that should be considered in the formation of a child's oral speech from an early age, the responsibility of parents and caregivers in this regard. Keywords: speech culture, behavior, vocabulary, correct pronunciation, grammatical structure of speech, educator responsibility. ������������������ �� ���������������������� �������������������������� ���������������� ���� ����������������, �������������� �������������� ������������������ ������ ������������������������ ������������ �������� �������������� �� �������������� ����������������, ������������������������������ ������������������ �� ������������������������ �� ���������� �� ��������. ���������������� ����������: ���������������� ��������, ������������������, ������������������ ����������, �������������������� ������������������������, ���������������������������� ���������� ��������, ������������������������������ ����������������������. Turkiy dunyo faxri bo'lgan mutafakkir ajdodimiz Alish��r Navoiy 'Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin' d��r ekan, so'zlash orqali inson aziz bo'lganini uqtiradi. L��kin hayvondin farqlagan jihat faqat so'zlash qobiliyatigina emas, ayni paytda tom ma'noda madaniyat va salohiyat bilan so'zlash har bir insonni b��zashiga ishora qilinmoqda. Shu bois odam bolasini kichik yoshdan to'g'ri, to'liq va o'rinli so'zlashga o'rgatiladi. L��kin bu o'z holicha, stixiyali tarzda yuz b��radi d��b qarash noto'g'ri, chunki hamma tarbiya turida bo'lgani kabi og'zaki nutq tarbiyasi ham o'z yo'rig'i, usullariga ega. Bolalar kichik yoshdan anglashlari k��rakki, insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, madaniyati uning tili orqali namoyon bo'ladi. Chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, fahm-farosati, fikrlash doirasining k��ngligi yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor emasligi uning nutqida o'z aksini topadi. Kimning tili boy bo'lsa, kim so'zlarni adabiy til asosida to'g'ri, aniq, ravon, ifodali va tushinarli talaffuz qilsa, o'z ona tiliga chuqur hurmat va extirom bilan qarasa, u bilimli sanalib, kishilar orasida obro'-e'tibor qozonadi. Hayotni kuzatar ekanmiz, so'z boyligi kam, tili qashshoq, so'zlari qovishmagan, o'z fikrini aniq ifoda eta olmaydigan yoshlar ham uchrab turishina guvoh bo'lamiz. Ba'zi yoshlar orasidagi ruscha, ayrimlari esa ko'pchilik tushunmaydigan so'zlarni qo'shib odamlar orasida gapiradilar. YOshlikdan badiiy adabiyotga m��hr qo'yish, uni o'qishga ko'nikma hosil qilish va ko'p o'qish va o'z fikrlarini k��rakli joyda to'g'ri ayta bilishi yuksak ma'naviyatlilikni, boy, go'zal, ta'sirchan tilga ega bo'lishni ta'minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlaridan biri nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa ��� 'Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik' mashg'ulotlari oldida quyidagi maxsus vazifalar qo'yiladi: - og'zaki nutqning asosi bo'lmish tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish; - asta-s��kin so'z zaxirasini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; - og'zaki nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllanganligiga e'tibor qaratish; - nutq ravonligiga e'tibor b��rish; - maktab ta'limiga nutqiy tayyorlash. Og'zaki nutqini o'stirish bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlarda asosan bolalarning so'zlarni to'g'ri bog'lash, qo'shimchalarni o'rinla ishlatish, tovushlar talaffuzi aniqligiga diqqat qilish muhim sanaladi. SHuningd��k, gaplar faqat sodda gaplardan iborat bo'lib qolmasligi, o'rni bilan qo'shma gaplarni qo'llash, gapirganda so'z turkumlarini, xususan, sonni otga, sifatni otga, sifatni f��'lga to'g'ri bog'lash malakalarini takomillashtirish, so'zlarning mantiqiy muvofiqligiga, shuningd��k, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e'tibor b��riladi. Og'zaki nutqini o'stirishda mustaqil hikoya qilishga o'rgatish katta o'rin egallaydi. Bunda bolalalar o'z hayotlarida uchragan voq��alar ko'ra, suratlarga qarab yoki tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o'rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog'langan, ma'lum izchillikda, grammatik tomondan to'g'ri tuzilgan bo'lishi k��rak. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko'ngil ochishni, ermakni xohlaydilar. Chunki bu narsalar ular hayoti davomida tabiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o'yin va so'zlar orqali o'zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o'z ona tillarining har tomonini, ya'ni nozik taraflarini ham o'rgatib boradi. CHunki so'z orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi k��ngayadi va tili ravon, aniq so'zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so'z, ibora va gaplarni qiziqib o'rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg'ulotlar ularning hayotiga yo'l ochib b��radi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so'zlarni o'rgatayotganida o'yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi. O'yin orqali bola o'zining lug'at boyligini k��ngaytirib to'playdi. L��kin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o'rganayotgan so'zlarning ma'nosini to'g'ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o'yinlar, t��z aytishlar, ertaklar aytib b��rish yoki suratlarga qarab ertak o'ylab topish, sh��'r va ashulalarni yod olish ham katta samara b��radi. Tarbiyachi o'z mashg'ulotlarini shunday o'tishi k��rakki, bolaning o'z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan hosil qilishlari k��rak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-tuman rangli va qiziqarli suratlarga boy bo'lishi darkor. Bunday kitoblarni ko'rgan har qanday bolaning adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar uchun yaaratlgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o'rab turgan yashil va jumboqli tabiatni asrab-avaylashga, hayvonot dunyosini bilishga va s��vishga, murg'ak qalblarini m��hrga to'ldiradi, onglarini rivojlantiradi. SHular asosida bolaning lug'at boyligi ortadi va nutqini o'stiradi. Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta'sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga o'rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi sh��'r va qo'shiqlar bolaning nutqini ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarda tabiatga m��hr uyg'otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar xaqidagi kichik xajmdagi sh��'rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushintirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda k��ltirishi shu kichik sh��'r orqali ifadolanganini aytish zarur. Sh��'rni yoki qo'shiqni aytishdan oldin ular haqidigi rangli rasmlarni ko'rsatib o'tish va suhbatlashish shart. SHundagina bolaning tasavvuri, xayolot olami k��ngayib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o'stirishda xalq og'zaki ijodi namunalaridan, jumladan, turli mavzudagi maqollardan, topishmoqlar, t��z aytishlardan tarbiyachi o'z mashg'ulotlarida foydalanish zarur. Bular bolaning nutq t��xnikasini rivojlantiradi, so'zlaganda ifodalalikka e'tibor b��ra boshlaydi. Bu borada tarbiyachining o'zi o'rnak bo'lishi lozim. U istisnosiz hamma mashg'ulotlarda og'zaki nutq madaniyatini bolalarga o'z nutqi orqali namoyon qilib borishi katta didaktik ahamiyatga ega bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vahobova F.N., Rasulova M. SH. va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. Toshk��nt: 2008. 2. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va m��todikasi o'stirish m��todikasi. Toshk��nt: 2006. 3. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. Toshk��nt: 2003
Academic Journal
Nemis tilida yoyiq aniqlovchining tuzilishi: 32 NEMIS TILIDA YOYIQ ANIQLOVCHINING TUZILISHI Sh.U. Azizqulova (SamDCHTI), V.Nishonova (SamDCHTI magistranti) Gapda bayon etilgan fikrni to‘laroq ifodalash zaruriyati bosh bo‘laklar yoki bosh bo‘lak ma’nosini to‘latish, izohlash, aniqlashtirishni talab qiladi. Bu bilan gap tarkibida bosh bo‘laklardan tashqari, ularga ergashtiruvchi bo‘laklarni qo‘llash zaruriyati tug‘ildi. Bunday bo‘laklar bosh bo‘laksiz yolg‘iz qo‘llanmaydi. Gapdagi bunday izohlovchi va aniqlashtiruvchi bo‘laklar to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmay bir-birini izohlashlari, bir-biriga bog‘lanishi mumkin, ular bir-birining ma’nosini bevosita izohlab, to‘ldirib, aniqlab, shular orqali gapdagi bosh bo‘lak ma’nosini to‘latishga ko‘maklashadi. Bevosita bosh bo‘lakka o‘rin bilan bir-biriga bog‘langan, o‘zlari bog‘liq bo‘lgan bo‘lakni izohlovchi, aniqlashtiruvchi, to‘ldiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo‘laklar deb yuritiladi. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklardan biri aniqlovchidir. Aniqlovchining nemischa “Attribut”tushunchasi uning hamma ma’nolarini tushuntirish, aniqlash, tartiblash bilan xulosalanadi. Aniqlovchi tushunchasi nemis tili grammatikasida juda ko‘p tadbiq etiladi. Nimaiki biz aniqlovchi deb atasak, har xil shakllariga, ko‘plab uchraydigan to‘ldiruvchilar va hollar bilan bir xil shaklga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘zining sintaktik belgisi bor. Aniqlovchi fikrning mazmuni uchun katta ahamiyat kasb etsa ham gap tuzilishida qatnashmaydi. Shuning uchun u gap bo‘lagi deb yuritiladi, bu aniqlovchi ot bilan ifodalangan har bir gap bo‘lagining qismi bo‘lib kelishi mumkinligini bildiradi. Nemis tilidaaniqlovchi sifatdosh yoki sifat kabi o‘z ma’nosini aniqlaydigan va to‘ldiradigan so‘zlarga ega bo‘lishi mumkin. Mana shu so‘zlar ma’lum bir sintaktik guruhni tashkil etadi va yoyiq aniqlovchi deb yuritiladi. (Das erweiterte Attribut)Partisiplar o‘zlari tobe so‘zlar (to‘ldiruvchi va hollar) bilan birgalikda aniqlovchi birikmasini tashkil etadi. Artikl bilan ot o‘rtasida qo‘llanib. aniqlovchi birikmasini hosil qilgan tobe so‘zlar artikl va ot bilan birga maxsus ramkani tashkil etadi. Bu ramka yoyiq aniqlovchi deyiladi. Partisip bevosita otdan oldin, qolgan tobe so‘zlar esa artikl bilan partisip orasida turadi. Der bauende Ingenieur. Der diese Brücke bauende Ingenieur. Die gebaude Brücke. Die im vorigen Jahr unter der leitung des Ingenieurs K. gebaute Brücke. Der bei der Pressekonferenz anwesende iranische Chefunterhändler für Atomprogramm, Ali Larijani, nannte diese Aufforderung irrational. (Standard. 14. April. 2010. S. 16). Sich olmoshi odatda tobe so‘zlardan oldin, yoki bevosita artikldan keyin qo‘yiladi. Die sich im Sanatorium erholende Mädchen ist aus unserer Gruppe. Tobe so‘zlar qo‘shila borgan sari, yoyiq aniqlovchi ham kengayib boraveradi. Artikl esa o‘z otidan shuncha uzoqlashaveradi. Der sich jedem Tag früh am Morgen nach dem Gymnastik mit kaltem Wasser waschende Junge Ende 1933 entstanden die ersten Aufnahmen in den neu adaptierenden Rosenhügel Ateliers, einem riesigen Gelände am Stadtrand. (Standard. 14. April. 2010. S.2). Yoyiq aniqlovchi badiiy adabiyotga nisbatan ilmiy asarlarda ko‘proq qo‘llanadi. Aniqlinlish vosita kelishiklarida predlog bilan ham kelishi munkin. Bunda predlog aniqlanlishining artiklidan oldin keladi. 33 Artikl o‘rnida ko‘rsatish, egalik, gumon va bo‘lishsizlik olmashlari, shuningdek sanoq sonlar kelishi munkin Ba’zan aniqlanlish artiklsiz yoki artikl o‘rnida qo‘llanuvchi so‘zlarsiz ham kelishi munkin. Gapda yoyiq aniqlovchi bilan birga qaratqichli aniqlovchi kelgan bo‘lsa, qaratqichli aniqlovchi yoyiq aniqlovchidan oldin keladi. Lisas lang bewimperte Lider flatterten (L.Frank). Yoyiq aniqlovchi sostavidagi boshqaruvchi sifat yoki sifatdagi aniqlanlishi ot oldidan qo‘llangan. Mit großem Interesse betrachteten wir das vom berühmten russischen Baumeister Karlo Rossi am Anfang des XIX Jahrhunderts errichtete Gebaude. Biz katta qiziqish bilan XIX asr boshida mashhur rus arxitektori Karlo Rossi tomonidan qurilgan binoni ko‘rib chiqqan edik. Yoyiq aniqlovchining o‘zak so‘zi sifat yoki sifatdagi hisoblanadi. Yuqoridagi misolda sifatdagi II- errichtete va u izohlovchi so‘zlar bilan ya’ni hol yoki to‘ldirovchilar bilan ajratiladi. Biz yuqorida keltirgan misolda to‘ldiruvchi guro‘hi „Vom berühmten russischen Baumeister Karlo Rossi“ va hol guruhi „am Anfang des XIX Jahrhunderts“. Nemis tilidagi yoyiq aniqlovchi o‘z to‘zilishi bilan rus tilidagi sintaktik oborotdan keskin farq qilinadi va uning aniqlanishi va tarjimasida ham murakkabliklar mavjud. Rus tilida aniqlayotgan so‘zlar sifat yoki sifatdoshdan so‘ng, nemis tilida esa oldinda qo‘yiladi. Rus tilida qo‘yidagicha aytilad i.“Igrayuщiy na beregu morya malchik uvidel priblijayuщuyusya lodku. (Dengiz qir g‘og‘ida o‘ynayetgan bola yaqinlashib kelayetgan qayiqni qurdi). Nemis tilida Der am Strande spielende Knabe erblickte ein herannahendes Boot. Nemis tilida yoyiq aniqlovchilar vergul bilan ajratilmaydi. Yeyiq aniqlovchi va aniqlayetgan otning joylashish tartibini qo‘yidagi sxema ko‘rinishida ko‘rish munkin. Bu tuzilmaning ahamiyati shundaki, ma’noli munosabatdagi ancha muhim va sintaktik jihatdan bir-biri bilan ancha tor bog‘langan elementlardan iborat. Keng yoyilgan aniqlovchining ko‘rsatilgan tuzilmaga ko‘ra va uning ifodalanayotgan otga munosabati joyiga ko‘ra, ko‘pgina hollarda ikki xizmatchi so‘zlarning to‘qnashuvi kuzatiladi, ulardan birinchisi aniqlanuvchi otga, ikkinchisi keng yoyiluvchi so‘zlarga taaluqli. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Arsenjewa M.G. u.a. “Garmmatik der deutschen Sprache”. Moskau 1963. 2. AdmoniW.“Der deutsche Sprachbau” Leningrad 1960. 3. AdmoniW. Der deutsche Sprachbau. Leningrad, 1973. 4. Begmatov M. B. Features of the organization of an integrated introductory phonetic course of german as a second foreign language in a non-linguistic higher educational institutions //Theoretical & Applied Science. – 2020. – №. 7. – С . 265-268. 5. Hennig Brinkmann. Die deutsche Sprache. Gestalt und Leistung. Düsseldorf, 1962; 1971 6. Duden. Grammatik Band 4, Berlin, 2003. 7. HelbigG., BuschaI. Deutsche Grammatik. Berlin, 1973 8. Johannes Erben. Abriß der deutschen Grammatik. 8. Aufl. Berlin, 1965.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :32-33
Raqamli texnologiyaning ta‟lim berishdagi o'rni: 282 535 540 545 550 555 560 point-edge point 2 point 1 P L i n t e n s i t y , a r b . u . Wavelength, nm Рис. 1. Спектры ФЛ при 77 К (№2-1) исходного (кривая 1) и (№2-3) облученного рентгеновскими лучами (кривая 2) образца с тремя тунельно-связанными квантовыми ямами.  exc = 0.488 мкм, P exc = 5 Вт/см 2 СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ: 1. Venger E.F., Sadof‘ev Yu.G., Semenova G.N. et. Al.// SPIE Proccedings. 1998. V.3890. P.170-176; P.537-541. 2. Брайловский Е.Ю., Здебский А.П., Корчная В.Л. и др.// Письма в ЖТФ. 1987. Т.13. N20. С.1310-1313. 3. Bagaev V.S., Zaitsev V.V., Onishchenko E.E., Sadofyev Yu.G.// Abstr. of 9 th Intern. Conf. ―II-VI Compounds‖, Kyoto. Japan. 2007 4. Иванов С.В., Торопов А.А.,Сорокин С.В. и др.//ФТП.-1998.-Т.32.-С. 1272. RAQAMLI TEXNOLOGIYANING TA‟LIM BERISHDAGI O„RNI Saparniyazova Z.M., Saparniyazova R.M. Berdaq nomidagi QDU, Nukus, O‗zbekiston e-mail: mzlixa@mail.ru Bugungi kunda raqamli vositalarsiz ta‘limni yuqori qobiliyatga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlashni tassovvur qilish qiyin bo‘lib qoladi. Biz o‗zimiz ham ta‘lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanamiz va talabalarimizga tajribali mutaxassislar yordamida bu jarayonlarni optimallashtirish uchun raqamlashtirish vositalarini tushunib urganishga yordam beramiz, bu raqamli texnologiya talabalar bilan masofada ishlashni tezlashtirish va o‘qituvchi xodimlarining mehnat unumdorligini oshiradi. Ma‘lumki, Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi ―Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora – tadbirlari tuǵrisida‖gi PQ-4699-sonli Qarori qabul qilingan. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bu, tálim tizimining barcha yónalishlaridaraqamli texnologiyalardan keng turda foydalanish va zamonaviy iqtisodiyot uchun mutaqassislarning raqamli bilimlarning darajasin oshirish, tálim infrastrukturasini rivojlantirish va «Beshta tashabbus» loyihasini amalga oshirish borasida 2022 yilgacha respublikaning barcha joylarida raqamli bilimlarga óqitib tálim berish markazlarini ochishdir [1]. 283 Shuni aytib ótish kerakki, ―COVID-2019‖ pandemiyasi barcha sohalar singari tálim tizimiga óz tásirini ótkazdi, shu jumladan boǵcha, maktab va oliy tálim muassasalarining barchasi ommaviy ravishda muddatidan oldin tátilga chiqishdi. Pandemiya o‗quv jarayoniga, davlat muassasalariga va biznes kompaniya faoliyatiga o‗ziga xos o‘zgarttirishlar kiritdi – ko‗pchilik masofadan ishlashga o‗tdi. Bizining eng aktual muammolarimizdan biri talabalar bilan masofaviy guruhlar bilan ishlash bo‘ldi. Ta‘lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanib ta‘lim jarayonlarini olib borilganligi sababli muammolarga to‘qnashmadi, va o‘zlarining yutuq va kamchiligini ko‘rib to‘g‘rilashga imkon berdi. Har bir oliy ta‘lim professor-o‘qituvchisi o‘zining uy kompyuterida MOODLE masofaviy tálim platformasi, ZOOM dasturida talim jarayonlarini olib borib bu dasturlarning keng imkoniyatlari bilan tanishib bordi. Bu masofaviy tizim dasturlari bizning professor-o‘qituvchilarimizga amaliy tajriba bo‘lib, ular ta‘lim jarayonida qaysi raqamlashtirish vositalari va texnologiyalarini qo‗llashlari mumkinligini darhol anglab olishlari va qaror qabul qilishlari mumkinligini o‘rgandi. Oxirgi ikki yil davomida dunyo sayyoramiz aholisiga korona virusi ko'rinishidagi kutilmagan sovg'a taqdim etdi. Biz deyarli har kuni atrofimizdan pandemiya, vaktsinatsiyalash kabi so‘zlarni esitish odat tusiga aylanib qolgan. Korona virusi kirib kelishi bilan barcha sohalarning ish faoliyati o'zgara boshladi. Dunyo pandemiyadan keyin hayotning deyarli barcha sohalari avvalgidek bo'lmasligini, yangi o‘zgarishlar bo‘layotganining guvohi bo‘lyapmiz. Albatta, bu ta'limga ham tegishli bo‘lib, shaxsning pul topish yoki ta‘lim olishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‗lishi uchun masofaviy mehnat va masofaviy ta‘lim joriy etildi. Albatta, masofaviy ta'limni joriy etish shoshilinch va zarur edi, biroq buni hozirgi sharoitlar talab qilardi. Biz, o'qituvchilar, eng qisqa vaqt ichida biz uchun mutlaqo yangi faoliyat turini o'zlashtira boshladik. O'qituvchi va talabalarning o'zaro masofadan turib o'zaro ta'siri, to'liq va samarali amalga oshirilishi uchun o'quv jarayonini kengaytirish, texnologiyalar yoki interaktivlikni ta'minlaydigan boshqa vositalar kerak edi. Pandemiya o‗quv jarayoniga, davlat muassasalariga va biznes kompaniya faoliyatiga o‗ziga xos o‘zgarttirishlar kiritdi – ko‗pchilik masofadan ishlashga o‗tdi. Bizining eng aktual muammolarimizdan biri talabalar bilan masofaviy guruhlar bilan ishlash bo‘ldi. Ko'pchiligimiz dastlab telegram, Zoom, Moodle platformasidan talabalar va ularning ota-onalari uchun onlayn darslar va maslahatlar berish uchun foydalanganmiz. Keyinchalik biz HEMIS ta'lim platformasi bilan tanishdik. Ushbu dastur o'quv materialini amalga oshirishda etakchi, asosiy platformaga aylandi. Ishimda birinchi marta ZOOM va MOODLE platformasidan foydalandim va HEMIS bilan tanishganimdan so'ng biz ushbu ta'lim platformasidan foydalanishga qaror qildik, chunki bu platformaning ishlash imkoniyatlari keng bo‘lib, bizni qog‘ozvozlikdan qutqaradi. Tabiiyki, darslik va ish daftarlari uchun ham topshiriqlar bor edi. Darsga tayyorgarlik qanday shaklda yuzma-yuz yoki masofadan o'tkazilishidan qat'i nazar, doimo ko'p vaqtni oladilar. Masofadan o'qitish - bu oliygohlarda yangi, va barcha yangi o‘zgarishlar qiziqarli. An'anaviy ta'limni to'liq almashtirmastan mustaqil darslarda va nazorat turlaida qo'shimcha xizmat ko'rsatishi mumkin. Raqamlashtirishning abzalliklari • Mustaqil taılim olishni o'rganish. • Qog‘ozvozlikdan qutilish. • O‗qituvchilar mehnatini soddalashtirish. • Kelajakka qadam. Onlayn ta'limning kamchiliklari • Salbiy natijaning xavfi. • Ijodkorlikning yo'qolishi. • Aqliy faoliyatning pasayishi. • Past ijtimoiylashuv. • Mutlaq nazorat. ADABIYOTLAR: 1. Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi ―Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari tóg‘risida‖gi PQ-4699-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4800657 2. Gaffarova G.G., B. Kodirov. Raqamlashtirish – innovatsion rivojlanish omili sifatida// Academic research in educational sciences. Vol. 1. No. 2. 2020. P.104-112.
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :283-284
Sanskrit tilining hindyevropa tilllar oilasida tutgan o‘rni: 126 SANSKRIT TILINING HINDYEVROPA TILLLAR OILASIDA TUTGAN O‘RNI P.E.Xatamov (SamDCHTI) Sanskrit tili Hindyevropa tillar oilasining ildiziga mansub bo‘lib, eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Sanskrit shimoliy Hindiston tillarining shakillanishida juda kata o‘rin egallaydi. Bugungi hindu, urdu, bengal, maratxi, kashmir, panjob, nepal tillarining ildizi deb hisoblasak bo‘ladi. Dunyoga keng tarqalgan hindyevropa tillari oilasining shakillanishida Sanskrit tilining jarangdorligi, fonetikasi bilan bog‘liq bo‘lib silavyan, qadimgi arman, frakiy, alban, roman tillariga buyuk ko‘chish davri natijasida keng ta’sir o‘tkazgan. Bugungi kunda Hindiston va dunyoning mashxur tilshunos olimlarining taxlillariga ko‘ra qadimgi fors tili, avesti tillari, hind tillari qolaversa slaviyan, roman-german tillarining ildizi Sanskrit tiliga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bugungi tahlillarga ko‘ra G‘arbiy Osiyo, Sharqiy Yevropa tillaridagi otlarning, sifatlarning, fe’llarning negizi qadimgi Sanskrit tili ildiziga borib yetadi. Sanskrit va rus tili. Hozirgi hindyevropa tillari oilasining juda ko‘pso‘zlari qardosh so‘zlar hisoblanadi. Ma’nosi: Sanskrit tili: Rus tili: Dva два Tri три Catvari четыре Sata сто Tat тот Uda вода Dvar дверь Matr мать Bhatr брать Da дать Dhr,dhar дертат Icchati искать Priya приятель Hozirda jahoning bir nechta oliy o‘quv yurtlarida tilshunos olimlari,,Sanskrit’’ so‘zi qadimgi xunda sam skrita,,mukammal,,,,, sayqallangan,, ma’nolarini bildirib hindyevropa tillari oilasiga kiritdi,qadimgi hind tillari kelib chiqqanligini takidlashadilar. Qadimgi hind laxjalari asosida shakllangan va mil.av.1-asrda shimoliy Hindistonda tarqalgan Sanskrit tilining bir nechta turlari mavjud :yopiq Sanskrit,,Maxabaxarata’’ va,,Ramayana’’ tili, klassik Sanskrit qa’tiy me’yorga tushirilgan mil.av.4-arsda yaratilgan Panini grammatikasida o‘z ifodasini topgan, budda yoki gibrid Sanskrit budda dini bilan bog‘liq adabiy til, jayn Sanskrit jayn diniga oid adabiy tili veda tili Sanskrit. Sanskritda 7 ta kelishik, 3 ta jins, 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Felda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlanlangan.Nutqda so‘z va morfemalarning qo‘shilishi qoidalari turli tuman. Qo‘shimcha so‘zlar keng qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda bitta qo‘shimcha so‘z butun bir gapga to‘g‘ri keladi. Sanskritda juda ko‘p diniy falsafiy ilmiy asarlar yaratilgan ayniqsa ba’diy adabiyaot keng rivojlangan.Sanskrit Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tili ham hisoblanadi.Tor doiralarda olim braxmanlar Sanskritdan so‘zlashuv tili 127 sifatida foydalanadilar.Sanskrit tilida yaratilgan ma’daniy meros qo‘shni mintaqalar Janubiy Sharqiy va Markaziy Osiyoga 18 asr oxirlaridan boshlab esa Evropa va Amerikaga ham ta’sir o‘tkazgan. Qiyosiy –tarixiy tilshunoslikning boshlanishi Sanakritning kashf etilishi va o‘rganilishi bilan bog‘liq. Sanskritdagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli braxmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (qxaro‘shtxi, gupta, kushon yozuvi va b) foydalanilgan. Sanskritni o‘rganish 2500 yil oldin boshlangan. Sanskrit tili bugungi kunda o‘lik til hisoblanib juda qiyin sintaktik grammatikaga ega. Hozirda 14346 ming kishi Sanskrit tilini ona tilisi deb hisoblashadilar. O‘tgan asrning 60-yillarida mashhur hind sanskritalogi Durga Prasad Shastri Rossiyada ikki haftalik sayohatda bo‘ladi va natijada u shunday fikrga keladi.,,Agar mendan dunyoda ikkita yaqin tillar haqida so‘rashganda, men hech ikkiklanmasdan bular Sanskrit va Rus tillari deb aytgan bo‘lar edim’’ deydi. U o‘z sayohati davomida o‘z tarjimonining Sanskrit tilini o‘zgartirgan shaklda gapirishini tahlil qiladi va Sanskrit va Rus tillarining bir-biriga juda o‘xshashligini aniqlab yetadi. Durga Prasad Shastri shunday xulosaga keladiki dunyo tillari oilasida lotin nemis,fransuz,fors,sanskrit, rus, portugal, arman, moldavan, ukrain, polyak, va h. tillaridagi minglab so‘zlar aynan o‘xshashligini tahlil qilib yetadi. Xulosa qilib aytganda Sanskrit tili dunyo tillari oilalarining,,Hindyevropa tillari oilasining ‘’ ota tili hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek jahonning yetakchi Oliy o‘quv yurtlari tilshunos olimlari tomonidan o‘rganilmoqda va tahlil qilinmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. A.Shleyxer, ,Санскрит древнейший индоевронейский язык’’ XIX века 2. F.I.Knauer, ,Учебник сансрит c кого языка’’ 1907г 3. A.Kochergina, ,Санскритско – русского словаря’’ МГУ 2001г.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :126-127
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Oldin, B.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어