학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 220건 | 목록 1~20
Academic Journal
Analele Universităţii Constantin Brâncuşi din Târgu Jiu : Seria Economie, Vol 1, Iss 6, Pp 147-156 (2017)
Academic Journal
Endocrine Abstracts.
Academic Journal
Endocrine Abstracts.
Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 388 Annotatsiya: ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz davomchisi – oila ma’naviyatini yuk- saltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili ekanligi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: oila, ma’naviyat, milliy g‘urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor, tarbiya, baxt, urf-odat va an’ana, qadriyat. “Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman” [1]- deya ta’kidlaydi Prezidentimiz Sh. Mirziyovev har safar ma’ruzalarida. Darhaqiqat, har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spesifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yu- radi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub-yekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir. Oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg‘ulari ham tarbiyala- nadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g‘am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada ke-rakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg‘ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar. Oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning mu- him omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi. Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nis- batan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mav-jud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi. O‘ROQOVA SHAROFAT SAIDQUL QIZI TerDU o‘qituvchisi MILLIY QADRIYATLARIMIZNI YUKSALTIRISH – SOG‘LOM BOLA VA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING ASOSIY OMILI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp388-391 STARS International University 389 Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-o- nalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bola-larning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foyda-laniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy ma-daniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi. Yurtboshimizning: «Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, mu-nosabat, tarrbiyaga alohida e’tibor berilmasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shu-ning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Ha bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir ne-varamning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”-degan so‘zlarifik-rimizning yaqqol isbotidir.[2] Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jami- yat aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog‘lom va mus-tahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g‘amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog‘liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog‘liq. Taniqli o‘zbek pedagogigi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi-dir» deb yozgan edi. [3]. Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g‘oya- si yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g‘urur, milliy iftixor, milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi. Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab-bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar va oila tarbiyasida metodik yordam beruv-chi oila kutubxonasi seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnali orqali, barcha yo‘nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pe-dagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasi-dir. Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg‘usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo‘shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvardir. Yurtboshimiz aytganlaridek: «Shu aziz Vatan barchamizniki, uning baxt-saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa jonni fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir». Vatan kela-jagi, xalqning baxt-saodati uchun milliy g‘ururi yuksak inson kurashadi. Milliy g‘urur esa milliy o‘zlikni anglash bilan bevosita bog‘liqdir. Zotan, milliy o‘zlikni anglash - va-tanparvarlikning yorqin namunasidir. Insoniyatning paydo bo‘lishi bilan asta-sekin Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 390 uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati; ezgulikni ifoda etuvchi axloq-o-dob normalari ham vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, ma’naviyati, xulq-odobi mezonlari, kelgusi farovon turmush haqidagi orzu-o‘ylari o‘z aksini topgan, Davr sinovlaridan o‘tgan ma’naviy va moddiy boylik-lar mazmunan boyib, sayqallanib qadriyat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda. Shuning uchun ham har bir xalqning, millatning o‘z tarixi, u bilan bog‘liq qadriyatlari mav-jud. Har bir xalqning o‘z tili, ma’naviyati va ma’rifati, tabiati, axloq-odob normalari, din-e’tiqodi, tarixi, adabiyot va san’ati, madaniy yodgorliklari, o‘ziga xos qadriyat-lari, urf-odatlari, an’analari, biologik-fiziologik, psixologik xususiyatlari, ichki muhi-ti, ijtimoiy taraqqiyoti va shu kabilar millatning o‘zligini tashkil qiladi. Milliy o‘zlikni anglash esa har bir millatning, elatning o‘z tarixi, moddiy boyligi, dini, madaniyati, adabiyoti, san’ati, axloqiy-ma’naviy xulq-atvori, xatti-harakat mezonlari, urf-odat va an’analarini mazmun va mohiyatan bilish, ulardan faxrlanish hamda ularni shakl va mazmun jihatidan boyitish, kelgusi avlodlarga yetkazish, shuningdek ularni boshqa millatlarga namoyish etish ehtiyojining qudrati demakdir. Milliy o‘zlikni anglash o‘zi dunyoga kelib o‘sgan oilasi, mahallasi, Vatanini sevish, ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, do‘st-u birodarlari, xalqi, millatiga chuqur hurmat va ehtiromdir. Ularning shajarasi, o‘tmish avlod-ajdodlari, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarning mukammal bilish va ulardan faxrlanish hissi demakdir. Xalq, Vatan manfaatlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yish kerak bo‘lsa, ularni har qanday dushmanlardan, salbiy ta’sirlardan himoya etish uchun jonni ham fido etish - o‘zlikni yuksak darajaga ko‘tarish demakdir. Millat, oila, vatan sha’ni, obro‘-e’tibori, qadr-qimmati, hamiyati, g‘ururi kamsitilgan, toptalgan vaqtda uni qo‘riqlash, himoya etish uchun birlashish, kurashish o‘zlikni anglaganlikning namunasidir. Milliy o‘zlikni anglash, millatning abadiyligini ta’minlovchi, uning moddiy va ma’na- viy boyliklarini, manfaatlarini himoya etish, ko‘z qorachig‘idek asrash, umrboqiyligini ta’minlashda har bir fuqaroni ongli ravishda jipslashishga, birlashishga da’vat etuvc-hi, o‘z mazmunida milliy g‘urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor kabi tus-hunchalarni mujassam etuvchi yuksak tuyg‘udir. Milliy o‘zlikni anglash umuminsoniy qadriyatlarni inkor etish yoki boshqa millat ma’naviy va moddiy boyliklarini hurmat qilmaslik holatidan uzoqroqdir. Aksincha, o‘zga millat va xalqlarning tili, dini, moddiy va ma’naviy qadriyatlari, an’analarini bi-lish; hurmat qilish zamirida o‘z milliy merosini shaklan va mazmunan boyitish o‘zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy o‘zlikni anglash millatchilik, mahalliychilik kabi holatlardan butunlay yiroqdir. O‘zligini anglagan inson hech qachon sotqinlikka, xiyonatga, razolatga qo‘l urmaydi. [4] O‘zbek millati tarixida milliy istiqlol tantanasi tub burilish yasadi. Milliy o‘zlikni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalqimiz asrlar davomidagi ong, tafakkur qulligidan ozod bo‘ldi. Sho‘rolar tuzumi davrida o‘z milliy ma’naviyatimiz, an’analarimiz, ruhiyatimiz, axloqiy-ma’naviy qad-riyatlarimiz umumsovet qozoniga qo‘shilib, o‘z qadr-qimmatini butunlay yo‘qota boshlagan edi. Ularni sof milliy qadriyat tarzida saqlamoqchi, umrboqiyligini ta’min-lamoqchi, shakl va mazmun jihatidan takomillashtirmoqchi, yosh avlodni milliy ruh-da tarbiyalamoqchi bo‘lgan millatimizning jasur farzandlari “xalq dushmani” yorlig‘i bilan qatag‘on qilindi, jisman yo‘qotildi. Shukrlar bo‘lsinki, mamlakatimiz mustaqilligi va istiqlol in’om etgan buyuk ne’mat- lardan biri erkinlik va o‘zligimizni anglash imkoniyati vujudga kelganligi bo‘ldi. STARS International University 391 O‘zbek oilasida otaning o‘ziga xos munosib o‘rni bor. U oilaning sarbonidir. Ota- ning oiladagi o‘rnini o‘lchaydigan toshu-tarozi yo‘q. Oilada otaning obro‘-e’tibori qadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi, faxrlanadi. Lekin oilada ota-ona qo‘sh-ho‘kiz. Ularni et bilan tirnoqday ajratib bo‘lmaydi. Oilalar bir xil emas. Ularni bir qolipga sig‘dirish mumkin emas. Ba’zan otasiz qolgan farzandlarni ona-lar o‘zlari ishlab bolalarni boqadi, o‘zlari tarbiyalaydilar. Biroq unday oila farzandlari tarbiyasida qandaydir nuqsonlar uchraydi. Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga yo‘l ochdi, mustaqillikni mustahkam-lashga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi. Ijtimoiy munosa-batlari o‘zgartiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllan-tirish, uni hayotga, mehnatgatayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mus-tahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi. Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p jihatdan oilaviy mada- niyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er va xo-tinning mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlaka-timiz milliy mustaqillik yillarida ma’naviy sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oila va ayol muqaddasligi O‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda, Qur’oni Karim oyatlarida ona va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashti-rishida muhim ahamiyatga ega. Zero, atoqli pedagogimiz Karimaxon Usmonovna o‘zining “Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy fazilatlarning o‘rni” nomli asarida aytganidek: “To‘g‘ri tarbi-ya – bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya – bizning kelajakdagi qayg‘u-hasratla-rimiz, ko‘z yoshlarimiz, butun jamiyat oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimizdir”.[5] Darhaqiqat, oilaga e’tibor, ota-ona mas’uliyatini oshirish, milliy qadriyatlarning davomiyligini ta’minlash, oila ma’naviyatini yuksaltirish – sog‘lom bola va barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy omili hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” Toshkent -2019-y, 3-bo‘lim. 3. “Oila – ijtimoiy tarbiyaning obyekti sifatida” Qosimova A.//Xalq ta’limi jurn. 2009. №6-91-93b 3. “Sog‘lom ona va bola” yili davlat dasturi. T. 2010-y4. Asqarova U. M va bosh. Pedagogika T. 2008 y5. A Avloniy “Turkiy guliston- yoxud axloq”. “Avesto” T. Sharq-2002- y6. Davlatshin M. “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T. 20047. Kaykovus. “Qobusnoma” T. Istiqlol nashriyoti 1994 y8. gazeta.uz 2018.25.07 9. “Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy fazilatlarning o‘rni” -Toshkent “Adolat - 2016”182-189-b
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:388-391
Mahmudxo‘ja behbudiy va ta’lim tili: STARS International University 201 Аннотация: Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishi-ni talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Таянч иборалар: ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlilik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqiyoti, salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston, ziyolilar. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim ti- zimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Mah-mudxo‘ja Behbudiy esa “Ikki emas, to‘rt til lozim” (1913) degan maqolasida: “Biz turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmog` lozumdur” 1 , - deb yozgan va bu tillardan har birining ta’lim tizimida tutgan o‘rnini alohida ochib bergan. Jadidlar-ning ibtidoiy maktab tili bolalarning ona tiliga asoslanishi kerakligi haqidagi mush-tarak fikri Saidrasul Аziziyning “Ustozi avval” (1900), Munavvar qori Аbdurashidxo-novning “Аdibi avval” (1907), Behbudiyning “Kitobi muntaxabi jo‘g‘rofiyai umumiy” (1906), “Kitob ul-atfol” (1908), Hamzaning “Yengil adabiyot” (1911), “O‘qish kitobi” (1911), “Qiroat kitobi” (1912), Аbdulla Аvloniyning “Birinchi muallim” (1912), “Ikkinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab gulistoni” (1917), El-bekning “O‘zbekcha o‘qish” (1922) kabi kitob (darslik)larida o‘z aksini topdi. Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshlanishi) to‘g‘risida- gi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. Bu o‘ta dolzarb ilmiy va ma’rifiy hamda madaniy masala qisman M.Qurbonova 2 , Y.Saidov 3 , T.Tog‘ayev 4 , Sh.Bobomurodova 5 ishlarida ko‘rilgan. 1913-1917 yillarda ko‘pgina jurnal va gazetalarda, chunonchi, “Sa- 1 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayyorlovchi V.Qosimov). T.: Ma’navshgg, 1997. B.6E. 2 Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48; Qurbonova M. Fitrat - tilshunos. T.: Universitet, 1996. B.32; Qurbonova M. Fchtratning tilshunoslik merosi. Fil. fan. nom.diss. avtoref. T.: 1993. B.29. 3 Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28. 4 Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28. 5 Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.-B.32. MUALLIF: O.H.HUKUMOV, STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI 1-kurs talabasihukumovogabek3@gmail.com ILMIY RAHBAR: М.N.RAHIMJANOV, STARS INTERNATIONAL UNIVERSITETI dotsenti, PhD masrur79@mail.ru; MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA TA’LIM TILI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp201-204 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 202 doyi Turkiston” gazetasi, “Oyina” jurnalida “Til masalasi” bo‘limi (rubrikasi) mavjud bo‘lib, bu bo‘limda til, atamashunoslik, imlo muammolariga doir maqolalar joylashti-rilgan. Jadidlarning tilga bag‘ishlangan maqolalari ko‘p. M.Behbudiyning “Ikki emas, to‘rt til lozim” (1913), “Til masalasi” (1915), “Sart so‘zi majquldir”, “Sart so‘zi ma’lum bo‘lmadi” (1916) Fitratning “Tilimiz” (1919) kabi maqolalari shular jumlasidandir. Bu maqolalarda, asosan, o‘zbek (turkiy) tilining asossiz xo‘rlanganligi, toptalganligidan chekilgan afsus va nadomatlar ko‘proq ifodalanganligini kuzatamiz. Bu borada M.Behbudiyning “Til masalasi” maqolasi boshqalaridan ancha farqlidir. Ikki qismdan iborat bu maqolaning “Oyina” jurnali (1915 yil 11-son)da bosilgan birinchi qismida turkiy tillarning sheva va lahjalari, Turkistonda turkiy va forsiy - ikki tillilik masalasi yoritilgan. Maqolaning “Oyina” jurnalining 12-sonida bosilgan ikkinchi qismida esa Turkiston uchun umumiy milliy-adabiy til masalasi, jumladan, ta’lim tili masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. M.Behbudiy 1910-1915 yillarda jadid matbuoti sahifalarida hukmron bo‘lgan “Tili- mizdan forsiy va arabiyni quvayluk” shiorini “Ko‘p yengil, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandur”, deb baholaydi va “butun Turkiston mintaqasi uchun yagona adabiy til yaratish mumkin emasligini arabiy va forsiy, oddiy turkiy lug‘at ila hozirgi sheva-larcha yoza bermoqdin boshqa iloj yo‘qtur”, - degan g‘oyani ilgari suradi 1 . Behbu- diyning fikricha, “Turkistonda yagona ona tilini ta’lim tizimiga joriy etishdan oldin okalarimizning o‘zlari bir necha avlod davomida me’yorlashtirilgan adabiy tilda o‘qi-tilgan bo‘lmog‘i lozim” (Bu fikr shu kecha-kunduz uchun ham o‘ta dolzarbdir). Jadidlarning fikricha, ta’lim tili turkiy bo‘lmog‘i lozim, biroq turkiy tushunchasi, uning mohiyati aniq emas edi. Juda ko‘p hollarda “turkiy” deganda jadidlar Ismo-il G‘aspirali tomonidan tashkil etilgan “Tarjumon” gazetasining qrim-tatar, turk-us-monlicha aralashmasidan iborat bo‘lgan “til”i tushunilar edi. I. G‘aspiralining jadidlarga, xususan, Rossiyadagi turkiyzabon jadidlarga ta’siri juda kuchli bo‘lganligini tarix sahifalaridan juda yaxshi bilamiz. Bu haqda Mahmu-dxo‘ja Behbudiy “Ismoilbek hazratlari” (vafotnomasi)da: “Shundayki, bu kunda Rusi-ya musulmonlari ichinda har bir muallim va har usuli savtiya maktablarining shogirdi va har bir jaridaxon va har bir jarida muharriri marhumning bilvosita shogirdonidan-durlar. Ya’ni ustozi muazzamning bu kun Rusiya musulmonlari arosinda milyo‘nlar ila ulamodan muharririn va muallimindan va o‘quvchilardan shogirdi bordur ham qanday shogird! Uttiz sanadan beri doimo onga dars o‘qiydurg‘on shogirdlardur” 2 , - deb I.G‘aspiralining jadid adiblari va ma’rifatparvarlari asarlari tiliga kuchli ta’sirini ko‘rsatganini e’tirof etadi. Аlbatta, jadidlarning kattagina qismining Turkiyada ta’lim olganligi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. M.Behbudiy ham o‘z maqo-lalarida turkiy til deganda, asosan, o‘zbekcha-turkiy-usmonlicha aralashma tilini tus-hunadi: “...turkiy bilinglar, - deb yozadi Behbudiy, - Firdavsiy, Bedil, Sa’diy “Masnaviy”dan qanday lazzat olsa, turkiy bilganlar Fuzuliy, Navoiy, Boqiy, Somiy, Аbdulhaq Homid, Аkrambek, Sanoyi, Nobiy, Nojiylardan, yana Tolsto‘y, Jul Vern va ulamoyi zamona-viy asarining turkiy tarjimasidan lazzat shunday oladur” 3 . Bu sirada sanalgan Fuzuliy, Navoiydan boshqa adiblarning barchalarining asarlari usmonli turk tilida yozilgan yoki usmonli turkchaga tarjima qilingan yozuvchilardir. 1 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B 167-170. 2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar T.: Ma’naviyat, 1997. B.163-164. 3 O‘sha asar. B.167. STARS International University 203 Jadid ma’rifatparvar adiblarining, xususan, M. Behbudiy, А. Аvloniy, Hamza, Mu- navvarqorining 1910-1917 yillarda yozilgan maktab ta’limiga mo‘ljallangan darslikla-rini til jihatidan tahlil etganimizda qiziq hodisaning guvohi bo‘lamiz. Mazkur asarlar-ning muqaddimalari usmonlicha-o‘zbekcha turkiy (aniqrog‘i, “Tarjumon” gazetasi-ning lisoniy me’yorlariga mos) bo‘lsa, berilgan matnlar, ibratli hikoyalar, she’rlar va boshqa asosiy o‘quv materiallarining tilidan eski o‘zbek tili ta’siri sezilib turadi. А. Аvloniyning “Birinchi muallim”idan olingan ikki parchani fikrimiz dalili sifatida solis-htiramiz: “Muqaddima”da: “....millat bolalarina foydabaxsh o‘lur umidinda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko‘b vaqt tajriba so‘ngindan bu risolai ojizonamni “Bi-rinchi muallim” ismi-la maydoni intishora qo‘ydim. ...Inson nuqsondan xoli o‘lmadig‘i kabi qilg‘on amali ham qusur va xatodan ori(y) o‘lmas. Shul sababli muallimlarimiz har bir kusur va kamchiliklarimizdan tanbih va tanqid ila ogoh qilsalar edi”. “Аsosiy matn”da: “Bir kishining Qosim ismli bir o‘g‘li bor edi. Ota va onasining so‘ziga kirmasdan har xil yomon ishlarni qilur edi. Bolalar birla urushub, yaqolashub kiyimlarini yirtub kelur edi. Uyda onasi mehmon uchun asrab qo‘ygan taomlarini yegon vaqtda, onasi: - “Qosim, o‘g‘lim! Taomni sen yedingmu?”, - desa, - “Men ye-ganim yo‘q, mushuk yegandur”, - der edi” 1 . Hech qanday tadqiqotsiz ham birinchi parchaning tili o‘zbek uchun sun’iy, ikkinc- hi parcha esa uning ona tili me’yorlarini aks ettirayotganini sezish qiyin emas. Chun-ki birinchi parcha asarning “Muqaddima”sidan, ikkinchi parcha esa o‘zbek bolalari o‘qib-o‘rganishi zarur bo‘lgan asosiy matndan olingan. Shunga o‘xshash hodisani barcha o‘zbek jadid ma’rifatparvarlari darsliklarida ham ko‘rish mumkin. Zero, ja-didlar I.G‘aspirali ilgari surgan, Turkiyada Аnvar, Rif’at, Tal’at “uchligi” targ‘ib etgan “umumturk adabiy tili” g‘oyasi o‘zbeklar uchun yot ekanligini tushunganlar. Shu bois maktab darsliklari “Muqaddima”larida, maqolalarida bu sun’iy tilga (davr siyosati bilan bog‘liq ravishda) tayanishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, haqiqatda asosiy tad-bil va bolalarga o‘rganishga mo‘ljallangan matnlarni o‘zbek adiblarining an’analari hamda mahalliy shevalarga tayangan holda yozganlar. Yuqoridagi parchalar qiyosi buning yorqin misolidir. Jadidlar ona tili ta’limi, ta’lim tilining nomlanishida ham yakdil bo‘lishmagan. Bu til- ni ular, asosan, “turkiy” deb ataydilar, lekin, aytib o‘tganimizdek, bu so‘zning ma’nosi o‘ta noaniqdir. Bizning aniqlashimizcha, birinchilardan bo‘lib 1913 yilda M. Behbudiy tomonidan til nomi sifatida “o‘zbekiy” istilohi qo‘llaniladi. Shunda ham “o‘zbekiy” so‘zini muallif turkiy so‘zining ma’nodoshi sifatida keltiradi: “Turkiy, ya’ni o‘zbekiy-ning sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbekiy so‘ylashur” 2 . Hamza ham o‘zbek tili deganda hozirgi jonli so‘zlashuv shevalariga yaqin bo‘lgan tilni nazarda tutadi: “...haqiqatda qasddan o‘zbek tilida ekan, biz o‘zbek tiliga yaqin-lashdurmoqqa kirishdik. Bu to‘g‘rilarda qusurlarimiza avlarim rijo va niyoz etarmiz” 3 . Haqiqatan ham, 1910-1920-yillarda hozirgi O‘zbekiston mintaqasining rasmiy nomi ham (Turkiston, Turon, Movarounnahr), xalqning nomlanishi (sort, sart, o‘zbek, tur-kistoniy, turkiy va b.) ham munozarali va rasmiylashmagan edi 4 . Jadid adiblarining ta’lim va uning tili masalasidagi qarashlariga oid fikrlarimizni yakunlab ayta olamiz-ki, ular maktab ta’limining tili ona tili - “o‘zbekiy” - turkiy til bo‘lishi g‘oyasini, uning 1 Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6. 2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar (Nashrga tayerlovchi B.Qosimov). T.: Ma’naviyat, 1997. B.160. 3 Hamza. To‘la asarlar to‘plami. 5 tomlik. T. 11. T.: Fan, 1988. B.68. 4 Qarang Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89; Behbudiy M. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997. B.171-179; Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxojdenie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 204 keng o‘quvchilar ommasiga tushunarli bo‘lishini targ‘ib etganlar va o‘z amaliyotla-rida shunga tayanib ish ko‘rganlar. Jadidlar nazariy jihatdan sun’iy umumturk tili-ni targ‘ib etganday bo‘lsalar-da, amaliyotda undan o‘z asarlarining muqaddimalari va jadidona kayfiyatdagi gazeta, jurnallardan tashqarida foydalanmaganlar. Jadid-larning sa’y-harakati bilan ma’rifiy-pedagogik adabiyotga “o‘zbekiy”, “o‘zbekcha”, “o‘zbek tili” atamalari ham kirib kela boshladi. XX asr boshlarida O‘zbekiston mintaqasidagi maktablarda dunyoviy-ma’rifiy ta’limni ona tilida yo‘lga qo‘yishda, zamonaviy ta’lim usullarini ommalashtirishda, ona tilida imlo, talaffuz va qiroat qoidalarini yo‘lga qo‘yishda jadidchilik harakatining ijobiy ta’siri sezilarli bo‘ldi. Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı: 1. Mirziyoyev. Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. 2. Mirziyoyev. Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017 3. Mirziyoyev. Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston, 2017 4. Abdurashidxonov Munavvar qori. Tanlangan asarlar.-T: Ma’naviyat, 2003.5. Abdurauf Fitrat- Tanlangan asarlar.B. Qosimov,-T., Ma’naviyat, 20036. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 1-Jild.7. A.Avloniy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006. 2-Jild.8. M.Behbudiy - Tanlangan asarlar. B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.9. Is’hoqxonto‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar.B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2005.10. Qosimov Begali. Milliy uyg‘onish .- T: Ma’naviyat. 2002.11. Qurbonova M Аbdurauf Fitrat va o‘zbek tilshunosligi (metodik qo‘llanma). T.: Universitet, 1997. B 48. 12. Saidov Yo. Fitrat badiiy asarlari leksikasi. Fil fanlari nom. diss. avtoref. T.: TАI, 2001. B 28. 13. Togaev T. Аshurali Zoxiriy va uning tilshunoslik merosi. Fil. fanlari nomzodi diss. avtoref. T.: TАI, 2005. B.28. 14. Bobomurodova Sh. O‘zbek tilshunosligi rivojida Elbekning roli. Filol. fanlari nom. diss. avtoref. T.: 2001.- B.32. 15. Аvloniy А. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov ) T.: Ma’naviyat, 1998. B.6. 16. Аbdurahmonov G‘. O‘zbek xalki va tilining shakllanishi xaqida,- T.: TDShI, 1999. B.89. 17. Popivanov Ye.D. Etnograficheskaya xarakteristika uzbekov. Vьsh. 1. Proisxoj- denie i naimenovanie uzbekov. T.: Izv, Uzb. gos., 1926. B.31.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:201-204
Temir yo‘l avtomatika resursini aniqlash dasturi va algoritmmini ishlab chiqish: «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I- Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) 93 TEMIR Y O‘L AVTOMATIKA RESURSINI ANIQLASH DASTURI VA ALGORITMMINI ISHLAB CHIQISH R.M. Aliev, Toshkent davlat transport universitety “Transportda axborot tizimlari va texnolagiyalari” kafedrasi D.A. Matvaliyev Toshkent davlat transport universitety “Transportda axborot tizimlari va texnolagiyalari” kafedrasi DOI: https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-v2-pp93-96 Annotatsiya: Maqolada temir y o‘l tarmog‘i korxonasida ma’lumotlar omborini boshqarish mavzusi, ya ’ni temir yo‘l avtomatlashtirish va telemexanika elementlarini qabul qiluvchi va ularga xizmat k o‘rsatadigan asbob-uskunalar, jumladan, yo‘l uchastkalari holatini boshqaruvchi eng muhim qurilma (element) relesi, temir yoʻl avtomatlashtirish relelarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish algoritmi ishlab chiqildi va dasturi tuzildi. Kalit s o‘zlar: temir yo‘lni avtomatlashtirish, rele, temir yo‘l sanoati, algoritm, dastur 1.KIRISH 1.1. Axborot tizimi tushunchasi. Ma ’lumotlar ombori, MS SQL va C# dasturlash tili haqida 1.1.1 C# dasturlash tili C# zamonaviy ob ’ektga yo‘naltirilgan, umumiy maqsadli dasturlash tili bo‘lib [1], Microsoft tomonidan .NET platformasi bilan birgalikda yaratilgan va ishlab chiqilgan. C# va .NET platformasida ofis ilovalari [2], veb-ilovalar, veb-saytlar, mobil ilovalar va shu kabi ishlab chiqilgan juda xilma-xil dasturiy ta ’minotlar mavjud [3]. C# yuqori darajali til boʻlib, u Java va C++ va maʼlum darajada Delphi, VB.NET va C kabi tillarga oʻxshaydi [4]. Barcha C# dasturlari obyektga yoʻnaltirilgan [5]. Ular usullar va usullarni o‘z ichiga olgan sinflardagi ta’riflar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular dastur manti g‘ini – kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi [6-9]. public partial class Splash : Form { public Splash() { InitializeComponent(); } int startPost = 0; private void timer1_Tick(object sender, EventArgs e) { startPost += 1; Myprogress.Value = startPost; PercentageLbl.Text = startPost + "%"; if (Myprogress.Value == 100) «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I- Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) 94 { Myprogress.Value = 0; timer1.Stop(); Login log = new Login(); log.Show(); this.Hide(); } Above the main loading part of our warehouse program. private void Splash_Load(object sender, EventArgs e) { timer1.Start(); } Bu hisoblaydigan va yuklashni boshlashga yordam beradigan taymer. Hozirgi kunda C# eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi [10]. U butun dunyo b o‘ylab millionlab dasturchilar tomonidan qo‘llaniladi [11]. C# Microsoft tomonidan ilovalarni ishlab chiqish va bajarish uchun zamonaviy platformasi, .NET Framework qismi sifatida ishlab chiqilganligi sababli, til Microsoftga y o‘naltirilgan kompaniyalar, tashkilotlar va individual dasturchilar orasida keng tarqalgan [12]. Ayni paytda, C# tili va .NET platformasi butunlay Microsoft tomonidan q o‘llab-quvvatlanadi va boshqariladi va uchinchi shaxslar uchun ochiq emas. Shu sababli, IBM, Oracle va SAP kabi boshqa barcha yirik dasturiy ta ’minot korporatsiyalari o‘z dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqishda Java tilidan asosiy til sifatida foydalanadilar. C# va .NET Framework dan farqli o‘laroq, Java tili va platformasi ochiq manbali loyihalar b o‘lib, ularda dasturiy ta’minot kompaniyalari, tashkilotlari va individual ishlab chiquvchilarning butun jamoasi ishtirok etadi. Java dasturlash tilidagi standartlar, spetsifikatsiyalar va barcha yangi xususiyatlar bir kompaniya emas, balki butun Java hamjamiyatidan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan (C# va .NET Framework misolida). 2. Natija va xulosa C# tili Common Language Runtime (CLR) deb nomlangan maxsus muhit bilan birga tarqatiladi. Bu muhit .NET Framework platformasining bir qismi boʻlib, u CLR, asosiy funksionallikni taʼminlovchi standart kutubxonalar toʻplami, kompilyatorlar, tuzatuvchilar va boshqa ishlab chiqish vositalarini oʻz ichiga oladi. Ramka tufayli CLR dasturlari k o‘chma bo‘lib, ular yozilgandan so‘ng turli apparat platformalari va operatsion tizimlarda juda kam yoki hech qanday o‘zgarishlarsiz ishlashi mumkin. C# dasturlari k o‘pincha MS Windows tizimida ishlaydi, lekin .NET Framework va CLR Windows Mobile, Windows Phone va Windows 8 asosidagi mobil telefonlar va boshqa portativ qurilmalarni ham q o‘llab-quvvatlaydi. C# dasturlari hali ham Linux, FreeBSD, iOS, Android ostida ishlashi mumkin. , MacOS X va boshqa operatsion tizimlar bepul .NET Framework Implementation Mono orqali, ammo Microsoft tomonidan rasman q o‘llab-quvvatlanmaydi. private void label1_Click(object sender, EventArgs e) { Employees Emp = new Employees(); Emp.Show(); this.Hide(); «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I- Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) 95 } WindowsForm xodimlarini chaqirish uchun label1 dan foydalanamiz private void CatCh_SelectedIndexChanged(object sender, EventArgs e) { populate(); } Bu yerda biz Populate usulini chaqiramiz, bu bizga keyinroq k o‘rib chiqiladigan ma ’lumotlar bazasini yaratishga yordam beradi. C# dasturlash tizimi va MySQL ma ’lumotlar bazasini boshqarish tizimi asosida buyurtmalarni bajarish uchun Axborot tizimi ishlab chiqilgan. Har bir foydalanuvchi yoki dasturning boshqa yaratuvchisi ushbu dasturning imkoniyatlarini kengaytirishi, undan keng foydalanishi va boshqa ishlab chiquvchilarga tavsiya qilishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O‘YXATI: 1. Xalmedova L., Aliev R. Using new site templates based on MS Sharepoint // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 17–20. 2. Алиев Р.М. и др. Методы Расчёта Коэффициентов Рельсового Четырехполюсника Бесстыковых Рельсовых Цепей / /Фундаментальная и Прикладная Наука: Состояние и Тенденции Развития. – 2022. – С. 60–75. 3. Aliev R.M. & Aliev M.M. Mathematical model of the sensor for controling the condition of the track section with an adaptive receiver at the free condition of the controlled section Journal of Physics: Conference Series this link is disabled, 2021, 1973(1), 01.2021. 4. Gulyamova M., Aliev R. MYSQlni ishlab chiqish va boshqarish vositalari // Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 196–198. 5. R.M. Aliev, E.T. Tokhirov, M.M. Aliev Mode Choice Model of Movement in Different Modes Наука, Общество, Образование в современных условиях: монография / Под общ. ред. Г.Ю. Гуляева – Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». – 2022. – C. 221–236. 6. Aliev R. Model Coordinate System of Interval Regulation Train Traffic // International Conference on Computational Techniques and Applications. – Springer, Singapore, 2022. – С. 459–467. 7. Алиев Р.М. Концепция разработки бесстыковых рельсовых цепей // Интерактивная наука. – 2021. – №. 6. – С. 56–57. 8. Tokhirov E.T., Aliev R.M., Aliev M.M. Modern Means and Methods for Monitoring the Condition of Track Sections // Наука, Общество, Технологии: Проблемы и перспективы взаимодействия в современном мире. – 2022. – С. 186–203. 9. Aliev R.M., Aliev M.M., Tokhirov E.T. Methods of Monitoring the Condition of Track Sections Наука, Общество, Технологии: Проблемы и перспективы взаимодействия в современном мире: монография/ [Абакирова Э.М. и др.]. – Петрозаводск: МЦНП «Новая наука», 2022. – C. 438. «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I- Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) 96 10. Aliev R.M., Aliev M.M., Tokhirov E.T. Solution to Security on Rail Transportation with the Help of a Database Наука, Общество, Технологии: Проблемы И Перспективы Взаимодействия В Современном Мире: монография/ [Абакирова Э.М. и др.]. – Петрозаводск: МЦНП «Новая наука», 2022. – C. 438. 11. Arkatov V.S. Rail chains of main railways / V.S. Arkatov, A.I. Bazhenov, N.F. Kotlyarenko. – M.: Transport, 1992, – P. 384. 12. Aliev R. Trends in Improving Sensors for Controlling the Condition of Track Sections E3S Web of Conferences this link is disabled, 2021, 264, 05045. 13. Gregor Theeg, Sergej Vlasenko Railway Signalling & Interlocking. International Compendium. Editors: A DVV Media Group publication. Eurailpress, 2009, – P. 448.
Academic Journal
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте. 2:93-96
O‘zbek tilida ko‘plik ifodalanishi (Ot so‘z turkumi misollari asosida): Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 148 Annotatsiya: O‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasining o‘rganilish mas- alalariga,tahliliga bag‘ishlanadi. Ko‘plik ma’nolarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo‘lla-nishini, o‘zbek tili tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari yozma manbalar asosida aniqlanishi, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologiyaga doir ishlarda ot turkumida gram-matik kategoriya sifatida o‘rganildi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, affiks, ko‘plik, birlik, son kategoriyasi, grammatika. til falsafasi, so‘z turkumlari, mantiqiy va grammatik son, morfologik tuzilishi, affiksatsiya usuli va sin-taktik usul. KIRISH O‘zbek tilshunosligi mustaqillik yillarida katta odimlar bilan rivojlanmoqda. Ay- niqsa, o‘zbek tilini sistem asosda o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar salmog‘i oshmoqda. Tilning grammatik kategoriyalari va uning tarkibiy qismlari an’anaviy tilshunos- likda keng o‘rganilgan, lekin uni sistem asosida o‘rganishga e’tibor berilmay kelin-moqda. Ko‘plik va jamlik kategoriyalarining til falsafasidagi xususiyatlari to‘g‘risida ham ilmiy qarashlar mavjud emas. Demak, ko‘plikning ilmiy talqini, unga yangicha qarash masalalari hozirgi davrda maxsus tadqiqot ishini talab qilishi tabiiy hol bo‘lib turibdi. Ma’lumki, grammatik son kategoriyasi jamlik ma’nosini ham o‘zida birlas-htiradi. Bu esa mazkur muammoni ko‘plik – jamlik ziddiyatida maxsus o‘rganishni taqozo qiladi. Ushbu hodisani o‘zaro ziddiyatda o‘rganish bu ikki lingvistik hodi-saning tabiatini ochishga imkoniyat beradi. Ko‘plik va jamlik ot turkumigagina xos emas, balki bu hodisalar grammatik sistemaning deyarli barcha qirralarida namo-yon bo‘la oladi va o‘ziga xos sistemani tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida bu mu-ammoga muayyan darajada e’tibor qaratilgan, lekin u yangi talqinlarda o‘rganilishi lozim. Ko‘plik shakllarining ilmiy talqini amalga oshirish, uning jamlik bilan o‘xshash va farqli xususiyatlarini belgilash ushbu ishning dolbzarbligini tashkil etadi. O‘zbek tilida ko‘plik ma’nosinining ifodalanishiga doir tadqiqotlarda ot katego- riya talqini keng o‘rin egallaydi. 1 Xususan ko‘plikning –lar morfologik ko‘rsatkic- 1 G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b ABRORXO‘JA MUHAMMADOV O‘ZBEK TILIDA KO‘PLIK IFODALANISHI (OT SO‘Z TURKUMI MISOLLARI ASOSIDA) https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp148-150 STARS International University 149 hi orqali ifodalanishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosiy qismni tashkil etadi. O‘zbek tilshunosligida ham son kategoriyasi tahliliga doir tadqiqotlarning ak- sariyati ko‘plikni ifodalash turlariga bag‘ishlangan. “O‘zbek tiliga nisbatan “faqat birlikda ishlatiluvchi otlar”, “faqat ko‘plikda ishlatiluvchi otlar” haqida emas, balki –lar affiksini oluvchi va –lar olmaydigan otlar haqida, bularning o‘z ichki ma’no gu- ruhlanishi haqida gapirish ma’qul. 1 -lar affiksining tarixiy kelib chiqishi va shakllanishi haqida turli qarashlar ham mavjud: “-lar affiksining boshqa barcha funksiyalarini son kategoriyasi doirasida izohlash ham o‘rinli emas. Son kategoriyasida beriladigan talqinlar orasidan -lar affiksining egalik va tuslovchi tarkibida qatnashuvini chiqarib tashlash lozim: bular son kate-goriyasining shakli emas, balki -lar ko‘rsatkichining boshqa grammatik kategoriya-larning formalari tarkibida qatnashuvidir 2 . Otlarning ko‘plik shaklini yashash uchun –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Kiyim+lar, bola+lar, stol+lar. –lar qo‘shimchasini olgan ot birdan ortiq ekanini o‘z o‘zidan ifo- dalaydi. –lar qo‘shimchasini quyidagi hollarda qo‘shilganda u modal ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. 1. Mavhum otlarga qo‘shilganda.2. Atoqli otlarga qo‘shilganda3. Inson tanasidagi asli bir dona bo‘lgan predmetlar bildirgan so‘zlarga qo‘shil- ganda; 4.Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda; 5. Vaqt ma’nosidagi otlarga qo‘shilganda; 6. Juft predmetni anglatgan otlarga qo‘shilganda; 7. Aniq va mavhum otlarga qo‘shilib, hurmat, kuchaytiruv-ta’kid, izzat ma’nosi ifodalanganda. Mavhum otlar (sevgi, iymon, baxt, omad), donalab sanalmaydigan predmetlami anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘, guruch, mosh kabi), yakka bir predmetni angla-tuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi). juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z. qosh, qo‘l, etik. paypoq kabi), atoqli otlar (Munira. Toshkent. Buxoro kabi) kiradi. Ayrim hol-larda bu otlarga -lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda -lar ko‘plik ma’nosi-ni emas. balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi: 1. Mavhum otlar, yakka bir pred-metni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda -lar affiksi qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy). 2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga -lar affiksi qo‘shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolami bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog‘-u bo‘stonlar (G‘ayratiy). 3. Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlas-htirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi. Shuningdek, qa-rindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin -lar affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi. Lekin –lar egalik qo‘shimchasidan oldin kelganda ko‘plik ma’nosini bildiradi: opalarim, akalarim, amakilarim. Otlarda ko‘plik ma’nosi leksik ma’nosi ko‘p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo‘lsa ham, bir turdagi predmetla- 1 O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b 2 O ‘ zbek tili grammatikasi, 1975: 126-127 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 150 ming to‘dasini, jamini bildiradi: to‘da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko‘plik ma’no-sining bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bun-day ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda (shaklan birlik, ya’ni –lar ishtirok etmaydi.), lekin semantik jihatdan ko‘plikda deb qaraladi. 3. Otlarda ko‘plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so‘zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko‘plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko‘p bola, uchta ki-tob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to‘da-to‘da odam kabi. Xulosa o‘rnida, o‘zbek tilida otlarning birlik ko‘rsatkichi yo‘q. Ko‘plik esa, aso- san, morfologik usul, ya’ni -lar affiksi bilan ifodalanadi. Ko‘plikni sintaktik usul bilan ham ifodalash mumkin: uch kishi, 5—6 ta odam kabi. Otga har 2 shaklni qo‘shib (4 ta kitoblar kabi) qo‘llash uslubiy xato hisoblanadi. Son kategoriyasi otlarning leksik-semantik guruhlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ushbu juftliklarning birinchi qismi — turdosh, aniq va yakka otlar birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llana oladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисуда бир тажриба. Биринчи китоб: Сарф. Танланган асарлар. V жилдлик. -Тошкент: Маънавият‚ 2006. –IV жилд. –Б. 140-175.2. Сафаров Ф. Ўзбек тилида сон-мидор микромайдони ва унинг лисоний-нутқий хусусияти: Филол.фан.номз.дисс.-Самарқанд,2004. 134б3. Sayfullayeva R.,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili / Darslik. – Toshkent: Universitet, 2010. -335 4. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 20055. M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O‘zbek tili. T.,1978 O‘zbek tili leksikologiyasi. T., 1981. 6. B.Mengliyev, O‘. Xoliyorov. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. T., 20077. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995.8. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 19969. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro, 200110. S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 200111. S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2003.12.G‘ulomov A. O‘zbek ilida ko‘plik kategoriyasi. –T: Fan. 1994-56 b13.O‘zbek tili gramatikasi I (Morfologiya). – T.: Fan 1975.-126 b 14. M.Hamroyev, D.Muhammedova va b. Ona tili –Toshkent 2007- 85b15.Dildoraxon Abdullayeva. Turkiy xalqlar adabiyoti , Toshkent-2014.16.Uchqun o‘g‘li S. E. et al. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYALARINING O‘RGANILISHI //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 1-7. 17.Abdullayeva O. O. Q., O‘g‘li T. D. R. OTLARDA KO‘PLIK SHAKLINING O‘RGANILISH TARIXIGA OID NAZARIY QARASHLARNING UMUMIYLIGI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. Special Issue 4. – С. 140-142.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:148-150
Biologiya darslarida bilingvizm amaliyotidan foydalanishning didaktik tamoyillari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 326 ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada bilingvizm tushunchasi, uning kelib chiqishi, mohiyati, biologiya darslarida bilingvizm amaliyotidan foydalanish, bilingvizm aso-sida o‘quvchilarda ikki tillilik kompetensiyasini shakllantirishning didaktik tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. KALIT SO‘ZLAR: bilingvizm, didaktika, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, in- tegratsiya, tilshunoslik, professional ta’lim, ikki tilli ta’lim. Bugungi kunda zamonaviy jamiyat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ijtimoiy-iqti- sodiy, texnologik sohada modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish inson faoliyatining turli sohalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonlariga bo‘lgan talabni oshiradi. Ilm-fan sohasida integratsion alo-qalarni kuchaytirish zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan mutaxassislar-ni tayyorlashni takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan keng ko‘lamli o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ilmiy harakatini ta’minlash zarur. Glob-allashuv va internet tarmog‘ining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi mehnat bozorida, xususan, yirik xalqaro kompaniyalarda takliflar oshishiga xizmat qilmoqda. Shu bi-lan bir qatorda, ikki tillilik asosida biologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash ham dolzarbdir. Bu ehtiyojning sabablaridan biri shundaki, katta hajmdagi biologik ma’lumotlar, ilmiy fundamental ishlar va biologiyadagi ilmiy kashfiyotlarning asosiy manbalari ingliz tilida taqdim etilgan. Bilingvizmga bo‘lgan ilmiy qiziqish XIX asrning oxirida paydo bo‘ldi va bevosita tilshunoslik va tegishli fanlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Bilinguizm haqidagi asosiy bilimlar I.Bodwin, De Courtenay, F. F. Fortunatova, L. V. Shcherba, E. D. Polivanov, A. A. Shaxmatov, U. Weinreich,A. Maye, G. Shuxardt, A. Martin, S. Rodesh, E. Haugen, S. Edvin, Ch. Osgood va boshqa olimlarning asarlarida keltiril-gan. Til va tilshunoslik fanining rivojlanishining hozirgi bosqichida xorijiy adabiyotlarda ko‘plab nashrlar chop etildi. Ilm – fanning turli sohalari (psixologiya, falsafa, iqtisodi-yot, didaktika, sotsiologiya va boshqalar) vakillari tomonidan bilinguizmni o‘rganish davrida yangi o‘rganish sohasi bilinguologiya paydo bo‘ldi. Ushbu fan doirasida MANNOBXONOVA MUQADDAMXON O‘KTAMXON QIZI Chirchiq davlat pedagogika universitaeti magistranti. RAXIMOV ATANAZAR KARIMOVICH CHDPU p.f.d, professor, Tabiiy fanlar fakulteti dekani BIOLOGIYA DARSLARIDA BILINGVIZM AMALIYOTIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp326-328 STARS International University 327 olimlar tomonidan ushbu hodisani o‘rganish yondashuvlarida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lgan «ikki tilli» ta’riflari mavjud. G. M. Vishnevskaya fikricha – «Tushun-chalarning barcha xilma-xilligi ikki qarama - qarshi guruhga bo‘linishi mumkin: bir guruh tushunchalar ikkinchi tilni o‘z oilasi bilan bir xil darajada egallashni nazarda tutadi, ikkinchisi ikki tilni bilishda sezilarli farqlarga imkon beradi, lekin tabiiy aloqa sharoitida ikkinchi tilni (mahalliy bo‘lmagan) ishlatishni o‘z ichiga oladi. Bu ikki tush-unchalar bilinguizmning tor (birinchi) va keng (ikkinchi) tushunchalarini aks ettiradi. Qanday bo‘lmasin, bilinguizm keyinchalik sodir bo‘ladi, qachonki ikki tilli shaxs ye-tarli darajada ikki tilning har birida nutq so‘zlashni samarali amalga oshirishsa”. Tadqiqotlarda biz ikki tilli kompetensiyani shakllantirish vositasi sifatida biologiya bo‘limlarini ikki tomonlama asosda o‘rganishni ko‘ramiz. Biologik til va ingliz tilida bir etimologiya mavjudligi sababli, biologik jihatdan, lotin tilidan olingan so‘lar ingliz tiliga kelib chiqqan holda, ushbu sohadagi tillarning yaqinligi haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Va yana agar biz biologik tilni va ingliz tilini tegishli til tizimlari deb hisobla-sak, yaqin qarindoshlik haqida gapirishimiz mumkin. Misol uchun, rus va ingliz tili-dagi ba’zi atamalar biologik mavzular bilan xorijiy matnlarni o‘rganishda taxminan bir xil va tushunarli. Ikki tilli biologik ta’limining asosiy maqsadlaridan biri biologiya darslarida o‘quvchilarda ikki tilli kompetensiyani shakllantirishdir. Ushbu kompeten-siya o‘z navbatida quyidagi ko‘’nikmalarni o‘z ichiga oladi: • chet tilida biologiya bo ‘ yicha ma’lumotni xorijiy manbalardan qabul qilish; • biologik ixtisoslashtirilgan axborotni qayta ishlash qobiliyati, mazmuni va haqiqiyligini tushunish ; • olingan m’’lumotlardan vosita sifatida foydalanish professional muhitda muloqot qilish; • bilingual kompetensiyani shakllantirishda mavzuni integratsiyalashgan ta’lim metodikasiga murojaat qilish mantiqan to ‘ g ‘ ri bo ‘ ladi. Mavzu va tilni o‘rganishni integratsiya qilish g‘oyasi chet tili o‘qituvchisining chet tili darslarida professional, tor yo‘naltirilgan mavzulardan foydalanishini yoki chet tilida o‘qitilmaydigan fanlarni o‘qitishni amalga oshiradigan ta’lim texnologiyasining asosidir. Shunday qilib, bilingvizmda chet tili aloqa va bilim vositasidir hamda ona tili va chet tillarini o‘rganish yagona jarayonga aylanadi. Ushbu g‘oya gumanitar va tabiiy fanlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. O‘quvchilarda ikki tomonlama kompetensiyani shakllantirish modeli biologiya darslarida bilingual kompetensiyani shakllantirish jarayoni natijasida ikki tomonlama ta’limni tashkil etish uchun ikki tomonlama o‘rganishga murojaat qilish tavsiya etila-di. Ushbu usulning asosiy maqsadi chet tiliga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish orqali mavzuni o‘rgatish va til o‘rganish xususiyatlarini yaxshilashdir. Bilingual ta’lim usuli sinovdan o‘tkazildi va Finlyandiya, Vengriya ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli kiritildi, shuningdek, ushbu ta’lim usuli Litva, Estoniya kabi Boltiqbo‘yi davlatlari tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu usulni muvaffaqiyatli joriy etish Qozog‘iston Respublikasida o‘rta va oily ta’lim tizimida amalga oshirildi. Bu yerda xalq ta’limining asosiy maqsadi ikki tilli va ko‘p tilli ta’limdir. Ushbu mamlakatlarda tajribaning ijobiy qo‘llanilishi bizga ikki tilli ta’lim usulining afzalliklarini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Ushbu usulning shubhasiz afzalligi shunda-ki, unda til bilimi va mavzu bilimlarini takomillashtirishda cheklovlar yo‘q. Yuqorida aytib o‘tilganidek, chet tilini tilsiz ta’limda o‘rganish muassasalari haqi- da hammasi bosqichlarida (umumta’lim maktablari, kollejlar, universitetlar) rasmiy Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 328 xususiyatga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklarga qo‘shimcha ravishda, ikki tilli ta’lim o‘quv rejasida qo‘shimcha soat talab qilmasdan chet tilini o‘rganishni kuchayt-irish imkonini beradi. Bilingual ta’limdan foydalanish odatda kontent, aloqa, fikrlash qobiliyati va madaniy bilimni hisobga oladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, bilingvizm amaliyoti o‘quvchilarda biologik bilimlar bilan bir qatorda ularning til kompetensiyalarini ham yaxshilaydigan hamda ta’lim samara-dorligining ortishini ta’minlaydigan o‘qitish uslubidir. Biologiya darslarida bilingvizm-ni qo‘llash orqali biz bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama ta’limni yo‘lga qo‘yish, o‘qu-vchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini kengaytirish va O‘zbekiston ta’lim tizimini jahon miqyosiga olib chiqishga erishamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Mirzayeva N.A “Methods of using creative tasks of the pisa program in the devel- opment of natural literacy”. Chirchiq Xalqaro konferensiyasi 2021. 1481-bet. 2.Mirzayeva N.A “Relevance and pedagogical basis development of environmen- tal competence in students” . Science and education 2020. 565 pages. 3.Raximov A.K, Mannobxonova M.O‘ “Advantages of bilinguism practice in teach- ing biology”. London Conference Proceedings 2021. 319 pages. 4.Raximov A.K, Mannobxonova M.O‘ “Integration of biology and english”. Ger- man conference 2022. 369 pages. 5.Вайнрайх, У. Одноязычие и многоязычие Текст. / У. Вайнрайх // Языковые контакты. Новое в лингвистике. Вып. 6. - М, 1972. - С. 25-60. 6.Oбучение на билингвальной основе как компонент углубленного языкового образования [Текст] / Н. Д. Гальскова [и др.] // Иностранные языки в школе. – 2003. – № 2. – С. 12-16 7.Вишневская, Г.М. Билингвизм и его аспекты Текст. : учеб. пособие / Г.М. Вишневская. Иваново, 1997. - 97 с. 8.Салехова, Л.Л. Дидактическая модель билингвального обучения математике в высшей школе [Текст] : дис. пед. наук : 13.00.01, 13.00.02 / Л. Л. Салехова ; Татар. гос. гуманитар.-пед. ун-т. –Казань, 2008. – 447 с.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:326-328
Ta’limda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor va ehtirom: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 258 Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy tilimizning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Ona tilimizning jahonda tutgan o‘rnini va nufuzini oshirish uchun ishlab chiqilgan qarorlar va berilayotgan e’tibor to‘g‘risida mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, ajdodlarimiz merosi, Milliy dastur, zamonaviy texnologiyalar, o‘zbek tilshunosligi. Kechmishi olis tarixga borib taqaladigan, o‘zining betakror yozma manbalariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biri bu - o‘zbek tilidir. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiqni tashkil etadi. Darhaqiqat, o‘zbek tili shu kun-gacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda. Eng qadimiy manbalardan tortib, hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan adabiy ifoda-si, ma’no qatlamlari, lug‘at tarkibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar mavjud. O‘zbekning buyuk ma’rifatparvari A.Avloniy: “Har bir millatning dunyoda bor- lig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak mil-latning ruhini yo‘qotmakdur”, - deganlarida nechog‘li haq edilar. Adib o‘sha paytda ham tilimiz haqida qayg‘urib, “Milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unu-tib, yo‘qotmoqdamiz”, deya jon kuydirgan edi. Xo‘sh, bugun ajdodlarimizdan meros milliy tilimizni qay darajada saqlamoqda- miz? Bosh qomusimizning 4-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilganiga 33 yil to‘ldi. Bu yillar o‘zbek tilining jami-yatdagi mavqeini tiklash uchun oz davr emas. Hozirgi kunda bu xususda turli fikr va munozaralar olib borilmoqda. Lekin bu munozara va bahslar amalda ham o‘z ifodasini topyaptimi? Ko‘chalardagi, turli muassasalardagi yozuvlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligini ta’minlash borasidagi ishlar hamon to‘g‘rilanib kelmoqda. Bularning barchasi o‘zbek tiliga hurmat, ehtiromning faqat qog‘ozlarda ekanligini isbotlaydi. To‘g‘ri, bu borada talay ishlar olib borilmoqda, xususan, ajdodlarimiz merosi o‘rganilib, tadqiq qilinayotir. Lekin barcha ishlarning boshi ona tiliga hurmat va ehtiromdan boshlanmaydimi? Negaki oramizda hanuz-gacha o‘z ona tilini bilmaydigan, fikrlarini o‘z tilida ravon bayon qila olmaydigan Farg ‘ ona tumani 32-maktab ona tili va adabiyot fani o ‘ qituvchisi XAYDAROVA HAYOTXON; Farg ‘ ona tumani 19-maktab biologiya fani o ‘ qituvchisi YOQUBOVA XUSNİDA TA’LIMDA O‘ZBEK TILIGA BO‘LGAN E’TIBOR VA EHTIROM https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp258-260 STARS International University 259 kimsalar ham yo ‘ q emas. Afsuski, bunday kimsalar millat milliyligiga bepisand qa- rovchilardir. Menimcha, bugungi kunda ta’limga, yosh avlodga tilimizni bolalikdan singdiris- hga e’tiborni kuchaytirmog‘imiz zarur. Buning uchun ta’limning barcha bosqich-larida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’limda savodli pedagoglarni bunga targ‘ib qilish zarur. Chunki o‘zi yaxshi bilimga ega bo‘lmagan tarbiyachi-o‘qituvchi kelajak avlodni izi-dan ergashtirishi dargumon,albatta. Amalda Milliy dastur bo ‘ yicha yangi avlod darsliklarining bosqichma-bosqich tatbiq qilinayotgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, 6-sinf darsligida berilayotgan manbalar boshqa fanlar bilan uzviy bog ‘ liqlikni belgilab bermoqda. O ‘ quvchilar ona tili fani orqali tabiiy, aniq va gumanitar fanlarga bevosita murojaat qilgandek bo ‘ lishmoqda. Terminlarning to‘g‘ri yozilishi o ‘ rgatib borilgan. Yaqinda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbek tilini o‘rganish masalalari yuzasi- dan taqdimotlar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlov respublikadagi barcha o‘qituvchilarni o‘z ustida ijodiy ishlashga chorladi. Chunki ta’lim jarayonida har bir darsda yangi-liklar kiritish, mavzularning zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Mana o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganiga ham 33 yil to‘ldi. O‘tgan davr mobaynida tilimizning nufuzi va mavqeyi oshdi, ijtimoiy vazifasi va qo‘llanish doirasi kengaydi. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilmoqda. Istiqlol sharofati bilan o‘zbek tilida qator asarlar yaratilmoqda. Oliy ta’lim mu- assasalari va umumta’lim maktablarida barcha yo‘nalishlar hamda sohalar bo‘yic-ha yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi. Ayniqsa, o‘zbek tilshunosligi sohasida yuzlab, balki minglab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, mazkur soha bo‘yicha o‘zining yechimini kutayotgan ayrim nazariy muammolar o‘rganib ke-linmoqda. Shu o‘rinda Is’hoqxon To‘ra Ibratning: “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillar- ni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir ”, deb bir asr narida aytgan so‘zlarini keltirish mumkin. Albatta, mamlakatimiz ko‘pmillatli, har bir millat o‘z ona tiliga ehtirom ko‘rsatishi kerak, shu o‘rinda o‘zbek millati ham. So‘nggi yillarda o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirishga, tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan bir qancha samarali ishlar amalga oshiril-moqda.Bugun milliy yetakchimiz boshchiligida tilimizni asrab-avaylash maqsadida qonun, bir nechta farmonlar qabul qilingan. Qonun bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami kuni sifatida belgilanib,tilga bo‘lgan e’tibor amaliyo-tga ko‘chirilib, mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadri-yat ekanligi namoyon etilmoqda. Ayni damlarda butun mamlakatimiz bo‘ylab, jumladan, vazirliklar, agentliklar, qo‘mitalar, viloyatlardagi barcha idoralar, tashkilotlar, korxonalar, tumanlar va sha-har hokimliklarida 21-oktabr — “O‘zbek tili” bayrami kuni munosabati bilan o‘tka-zilayotgan tadbirlar ko‘lamining kengligidan bu yilgi bayramning har yilgidan ham boshqacha o‘tganini sezish mumkin. Bu esa Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi aniq. Zero, til mamlakat taraqqi-yoti va kelajagini belgilovchi asosiy omildir. Tilimiz o‘zbekning o‘ziday qadimiy va barhayotdir! Shuning uchun bugungi kun- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 260 da dunyo maydonida tik va mag‘rur, qaddi va qadri baland tilimizni asramoq va uni jahonga tanitmoq faqat va faqat o‘zimizning qo‘limizda. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, til - millat ko‘zgusi. Shunday ekan, til qonu- niyatlarini to‘liq anglab yetishlik har bir inson uchun muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ashrapova.T, Odilova. M. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” Qo‘qon 2008-yil 10-12-bet 2. Usmanov.N “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini milliy g‘oya targ‘ibotiga tayyorlashning pedagogic va texnologik asoslari” Toshkent 2012-yil 3. Qosimova K., Matchonov S. “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent 2009-yil.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:258-260
Germanistikada gapning ikkinchi darajali bo‘laklarini ifodalash usullari: 37 GERMANISTIKADA GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARINI IFODALASH USULLARI A.A. Tursunov (SamDCHTI) Nominativ holatdagi otlar germanistikada gapning asosan ikkinchi darajali bo‘laklarini ifodalash usuli sifatida deyarli qayd etilmagan. Agar bunday mulohazalar aytilsa, qoida tariqasida, ular nominativning als va wie bog‘lovchilari bilan birikmalarini anglatadi, ular taqqoslashning oddiy yoki alohida holatlari va predikativ atributlar sifatida talqin etiladi [Tsyganova, 166]. Ushbu morfologik shaklning obgleich bog‘lovchisi bilan ishlatilishining yagona misoli M. G. Arsenyeva va boshqalarning “Nemis tili grammatikasi” da keltirilgan [Arsenjewa 290], bu erda u istesno holat sifatida tavsiflanadi: Obgleich der Jungere , war Viktor Hübert gegenüber der überlegene und der Gebende (W. Bredel). Bog‘lovchisiz nominativning gapning tobebo‘lagi sifatida ishlatilishining barcha holatlari, sub’ekt va predikat funktsiyalaridan tashqari, tilshunoslar tomonidan “erkin ilovalar” deb tasniflanadi, garchi ba’zida bunday nominativ belgi bilan bir vaqtda bog‘lansa ham. Demak, aslida J.Erben quyidagi jumlalarda nominativda alohida ot bilan ifodalangan bo‘laklarni “to‘g‘ri qo‘llanish”dan ajratmaydi [Erben, 116]. Besitzerin eines Hauses mit vielen Mietern , glaubte sie mit ihrem guten Herzen immer wieder an Menschen, um immer wieder... um den Mietzins gebracht zu werden (V. Shmidtbonn); Ein Gespenst , ging er von uns (V. Shmidtbonn); Er hat, ein weiser Schüler des Ptolemäus und der griechischen Philosophen, die neuen Sterne beobachtet (St. Tsvayg). Bunday ajratilgannominativ komponentlarni baholash boshqa germanistlar orasida o‘xshashdir, agar ular bunday konstruktsiyalar haqida umuman fikr bildirgan bo‘lsalar [Jung, 85; Revzin, II, 173]. Alohida nominativ bilan bog‘langan mavzu deyarli har doim muhim mavzudir. Shunday qilib, ularning hol shakllari, son shakllari va ko‘pincha rod razryadlarining parallelligi haqida gapirish joizdir. Ajratilgannominativ sub’ektning belgisini ifodalaydi va unga boshqa ot beradi. Shu bilan birga, sub’ektning atributi faqat sub’ektning ob’ektiv belgilangan sifatini u amalga oshiradigan harakat (uning holati) bilan bir vaqtda konjugatsiya qilish sharoitida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, shaxs sifati ta’rif, ikkinchi bo‘lak, grammatik jihatdan faqat otga bo‘ysunuvchi shaklda emas, balki bosh bo‘lak orqali uzatiladi. Ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyalarning tizimli tashkil etilishi alohida ijobiy qo‘llanilishi bo‘lgan konstruksiyalardan farq qiladi. Ularning orasidagi farq, ajratilgan nominativ gap boshida bo‘lib, shaxs shaklidagi fe’ldan keyin kelganida yaqqol ko‘rinadi. So‘z tartibi mezoni nominativ komponentning birlamchi atamalar darajasiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Bunday tuzilmalarga o‘xshab, konstruktsiyalar ham o‘zgartirilishi mumkin (agar bunga bo‘lakning kontekstual ma’nosi to‘sqinlik qilmasa) va alohida nominativ boshqa pozitsiyani egallagan konstruktsiyalarbilan ham ifodalanadi: Ein weiser Schüler des Ptalemäus , hat er die neuen Sterne beobachtet. Aksincha, bunday bo‘laklarni birinchi navbatda nisbiy otga kontakt post pozitsiyasiga ko‘chirish dargumon yoki oddiygina imkonsizdir, shu bilan birga bunday o‘lchamdagi masofaviy ilovalar bilan bunday operatsiyani bajarish mumkin; Er, ein Gespenst , ging von uns. Alohida nominativning ustuvorligi uning gapning predikativ asosi bilan bog‘liqligini aks ettiradi, garchi uning mavjudligi predikatning valentligi bilan hech qanday tarzda bog‘lanmaydi. Birlamchi pozitsiya, predikatlarning mos kelmasligi, sub’ekt va predikat 38 bilan bir vaqtda konjugatsiya bizni ushbu nominativbo‘lakni determinantlar sinfiga kiritishga undaydi. Oddiy atamalar orasida uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri parallelligi yo‘q. Birinchidan, o‘zbek va nemis tillari o‘rtasidagi jumlalarni qurish tartibi, so‘zlar tartibidagi farqlar bunday bo‘laklarni bir xil talqin qilishga imkon bermaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra ushbu sintaktik sath uchun mo‘ljallanmagan morfologik shakl paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, alohida determinativ nominativ ko‘pincha sifat va haqiqatda shartli (kauzal, konsessiv) bo‘laklarni birlashtirganligi sababli, ular odatda xarakterlovchi intilish, masalan, predikativ atribut bilan oddiy determinantlar tomonidan etkazilmaydi. Uchinchidan, sifat va holat-sifat belgi bog‘lovchisiz ot deb ataladigan narsa bilan taqqoslash orqali alohida nominativda ifodalanishi mumkin. Ushbu omillarning kombinatsiyasi ko‘rib chiqilayotgan ajratilgan nominativning o‘ziga xosligini yaratadi. Birlamchi ajratilgan nominativ – aniqlovchining ichki tasnifi uchun uning gapdagi odatdagi va mumkin bo‘lgan joylashuvi, qolgan jumla bo‘laklari bilan turli semantik-sintaktik aloqalariga mos keladigan mezondan foydalanish tavsiya etiladi. Misollardan ko‘rinib turibdiki, har bir ajratilgan nominativni jumlaning oxiriga havola qilish mumkin emas: Du fliegst Vogel in Luften , schwimmst Fisch im Meer (H. Hesse) [Erben, 116]; Er ging von uns, ein Gespenst , lekin: Er hat die neuen Sterne beobachtet, ein weiser Schüler des Ptolemäus . Ushbu misollarni ko‘rib chiqamiz. U konstruksiyalarda uchraydi, ularning predmeti deyarli har doim shaxs otlari o‘rnini bosuvchi er/sie olmoshlari bilan, juda kamdan-kam hollarda 2-shaxs olmoshlari yoki otlar bilan ifodalanadi. Otlashgan shaxsni aniqlagan holda, ajratilgan nominativ bir vaqtning o‘zida predikat bilan sababiy yoki kontrastiv-konsessiv aloqaga ega. Sabab-sifat ma’nosining alohida nominativiga ega misollar: Ein Liebling des Glücks, heiratete er die Tochter seines reichen Chefs und wurde ein mächtiger Mann (W. Schmidtbonn) [Erben, 116]; Er hatte ein Stück von der Welt gesehen,.. war in Amsterdam und in Paris gewesen und hielt, ein aufgeklärter Mann, bei Gott nicht alles für verurteilungswürdig, was außerhalb der Tore seiner giebeligen Vaterstadt lag [Mann, Budd., 10]; Fronto hatte, der sehr kluge Mann, den fressenden Ärger über die Flavier, die ihn hier versauern ließen, hinuntergeschluckt (Feuchtw., Nero, 78). Ma’lum darajada, bu nominativ alohida ilova bilan taqqoslanadi, mavzuga bo‘ysunadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z tartibida unga ergashadi. Shuningdek, u predmetning predmet ta’rifini ham o‘z ichiga olishi mumkin, qandaydir tarzda predikat harakatining bajarilishini tushuntiradi. Biroq, sabab-oqibat ma’nosi (shaxsning harakat sifati) bu erda faqat qo‘shma va tasodifiydir; bundan tashqari, mavzu odatda ot bilan ifodalanadi. ...der Direktor, ernster und in geselligen Dingen unerfahrener Arbeitsmensch, wie er war, gedachte seine Mußestunden der intimen Häuslichkeit zu widmen... [Mann, Budd., 457]. Ko‘rib chiqilayotgan ajratilgan nominativ sabab bog‘lovchisi bilan tavsiflanganligi sababli, uni sabab holatlari bilan solishtirish tabiiydir. Ikkinchisi, oddiy jumlada, asosan, kombinatsiyalarning sababiy ma’nosini aniq ko‘rsatadigan va kontekstdan tashqari otlarni old qo‘shimchalar bilan birlashtirish orqali ifodalanadi; … wegen der Bauarbeiten, vor Kälte, aus Angst va boshqalar. Nominativ komponent esa faqat ma’lum bir semantik-sintaktik vaziyatdagina sabab ma’nosini oladi va shunga mos ravishda joylashishi bilan chegaralanadi. 39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Циганкова И.А. Проблема предикативного определения в современном немецком языке. Л., 1954. – С. 149 -169 2. Arssenjewa M.G. u.a. Grammatik der deutschen Sprache. M.,1960. – 436 S. 3. Erben J. Abriß der deutschen Grammatik. Berlin, 1964.- 316 S. 4. Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. Leipzig, 1966. 518 S.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :37-39
Chet tillarni o'qitishda couching usulining samaradorligi va uslublari: 163 Если наблюдать за тем, как люди в действительности говорят, то в коротких диалогах не сразу бросаются в глаза речевые акты. Самый распространѐнный вид речи - это рассказ, нередко даже пересказ, который нисколько не является только практическим упражнением, а может иметь даже большую коммуникативную ценность. Рассказ представляет собой систематически построенное сообщение, которое требует более обширного владения грамматическими структурами, чем короткий диалог. Например, для рассказа нужно хорошо владеть системой времѐн глагола, лексикой. Ознакомление студента с рассказом через текст для чтения, который принят в наших учебниках десятилетиями, казалось бы соответствует эмоциональным потребностям обучаемого. Разумеется, что диалоги одновременно с чтением текстов и их пересказом могут дополнительно мотивировать курсантов. В заключение разрешите ещѐ одно замечание общего характера. В школе или в университете учатся не только иностранному языку. Они также учатся самому учению, то есть они должны развивать учебные стратегии для усвоения иностранного языка. Преподаватель может помочь школьнику или студенту в приобретении учебных стратегий. Рекомендуется не скрывать от школьников и студентов, что овладение иностранным языком, в конечном счѐте, дело нелѐгкое. Методика же должна устранять ненужные трудности. Однако она не может и не должна ограничивать усердие и прилежание школьника и студента, когда учащиеся, например, учит новые слова, он обычно должен упорно трудиться, и выполнение этих требований уже вопрос общего воспитания, а не вопрос специальной методики. Как воспитатели мы обязаны не развлекать учащихся на занятиях применением множества методов, а предъявлять к ним серьѐзные требования. Этим мы показываем своѐ уважение к преподаваемому предмету и к своим курсантам. ЛИТЕРАТУРА : 1. М. Э. Парецкая, «Современный учебник русского языка для Иностранцев». 2014., стр. 3-9 . 2. Лебедев О.Е. «Компетентностный подход в образовании // Школьные технологии». 2004., № 5. 3. Самсонова И.Г., «Методика проектирования учебного занятия». 2017., стр. 18-21. 4. https://www.kommersant.ru/doc/3917583 5. http://idum.uz/ru/archives/11744 CHET TILLARNI O„QITISHDA COUCHING USULINING SAMARADORLIGI VA USLUBLARI Djampulatova N.M. o‘qituvchi, O‘zbek va xorijiy tillar кafedrasi, TTA, O‘zbekiston e-mail: djampulatovanigora@gmail.com tel: +99897 1875000 Annotatsiya: Maqola chet tillarini o‗qitishning yangi eksperimental usuli haqida bo‗lib, unda yangi usul couching haqida so‘z yuritiladi. Uning o‗ziga xos xususiyatlari ko‗rib chiqiladi, asosiy tamoyillari tavsiflanadi va chet tillarini o‗qitish amaliyotida qo‗llanilishi asoslanadi va til bo‗yicha kouchingdan foydalanishga alohida e‘tibor beriladi. Muallif ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif beradi, uning an'anaviy o'qitish usullaridan ajralib turadigan xususiyatlarini ko'rib chiqadi, chet tilini o'qitish amaliyotida qo'llanilishini asoslaydi. Kalit so'zlar : murabbiylik, til bo'yicha kouching, samarali o'rganish strategiyalari, hamkorlik, chet tillarini o'rgatish usullari. Аннотация: В статье речь идет о новом экспериментальном методе обучения иностранным языкам, который представляет собой новый метод коучинга. Рассмотрены его специфические особенности, описаны его основные принципы и основано на применении в практике обучения иностранному языку, особое внимание уделено использованию языкового коучинга. Автор дает определение этому понятию, рассматривает его особенности, отличающие его от традиционных методов обучения, обосновывает его применение в практике обучения иностранному языку. Ключевые слова: коучинг, языковой коучинг, эффективные стратегии обучения, сотрудничество, методы обучения иностранному языку. Annotation: The article is about a new experimental method of teaching foreign languages, which is a new method of couching. Its specific features are considered, its basic principles are described and based on its application in the practice of foreign language teaching, and special attention is paid to the use of 164 language coaching. The author defines this concept, considers its features that distinguish it from traditional teaching methods, substantiates its application in the practice of teaching a foreign language. Keywords: coaching, language coaching, effective learning strategies, collaboration, foreign language teaching methods. Hozirgi kunda avtomatik yoki mashinali tarjimaning jadal rivojlanishiga (Google Translate, Yandex Translate va boshqalar kabi xizmatlardan foydalangan holda tarjima qilingan) va uning tarjima faoliyati sohasidagi ulushi ortib borayotganiga qaramay, xorijiy tillarni o'rganish asosiy vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Yoshlar zamon bilan xamnafas bo‘lish va martaba qurishda muvaffaqiyatga erishishga intilishmoqda va chet tilining o‘rni va ahamiyatini tobora chuqur anglashmoqda. O‘zbekiston ta'lim tizimi talabalarning chet tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi, chunki har qanday davlatning ta'lim tizimining samaradorligi mezoni ushbu tizim ijtimoiy buyurtmani qanchalik darajada bajarishidir. An‘anaviy, shakllangan o‗qitish usullari bilan bir qatorda eksperimental metodlar ham qo‗llaniladi, bu esa zamonaviy gumanitar fanlarda fanlararo yondashuv va o‗zlashtirilgan bilimlarning pragmatik jihatiga e‘tibor qaratilishi bilan bog‗liq. Ushbu usullardan biri "til bo'yicha murabbiylik" (boshqa terminologiyada "lingvo couching"). Agar murabbiyning o'zi (inglizcha koaching - trening, konsalting) murabbiy deb ataladigan mutaxassis, talaba yoki mijozni ma'lum bir shaxsiy yoki professional maqsadga erishishda qo'llab-quvvatlaydigan va o'rgatadigan rivojlanish usuli bo'lsa [1], u holda til bo'yicha kouching erishish yo'lidir. Kouching insonning potentsialini ochish usuli sifatida mavjud bo'lib, ko‘pgina mamlakatlarda o‘z samaradorligini isbotladi. Chet tillarini o'rgatish bo'yicha mutaxassis (murabbiy-chet tili o'qituvchisi) va talaba o'rtasida, talabaning talabani o'rganishda kerakli natijaga erishgunga qadar qo'llab-quvvatlash va unga hamrohlik qilishdan iborat bo'lgan professional munosabatlarni ishlab chiqadi. Kouchingning an'anaviy shakllaridan asosiy farqi shundaki – talabaning ichki salohiyatiga e'tibor qaratiladi va bu yondashuv an'anaviy o'quv jarayonidan farqli o'laroq, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi hamkorlikni o'z ichiga oladi. Koucning jarayonida qo‗yilgan vazifaga erishish uchun ichki resurs izlanishi bo‗lgani uchun, ochiq savollardan (nima? qanday? nima uchun?) foydalanishni nazarda tutuvchi shaxsga yo‗naltirilgan usul qo‗llaniladi. O'qituvchi-murabbiy talabaga nima qilish kerakligini aytmaydi, balki evristik savollar berish orqali o'quvchiga o'quv topshiriqlarini bajarish zaruriyatiga kelishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bunday individual yondashuv talabaning maqsadga erishish uchun allaqachon mavjud ish strategiyalarini aniqlashga qaratilgan. Misol uchun, talaba ilgari boshqa chet tilini o'rganish uchun kartalar yordamida yangi so'zlarni yodlash texnikasidan foydalangan bo'lishi mumkin. Agar texnika rejalashtirilganidan oldin natijaga olib kelgan bo'lsa, uni yana ishlatish tavsiya etiladi. An'anaviy o'qitish usullaridan farqli o'laroq, o'qituvchi oldindan tuzilgan dars rejasiga ega va o'qituvchi dars rejaga mos kelishi uchun ortiqcha narsalarni "kesib qo'yishga" majbur bo'ladi, bu esa talabaning ijodiy qobiliyatini qat'iy dars rejasi bilan cheklaydi. Kouching yondashuv talabaning individual imkoniyatlarini ham hisobga oladi, ba'zan o'quvchida yoqimsiz his-tuyg'ularni keltirib chiqaradigan va o'quvchiga ko'proq yoqimli bo'lgan boshqalar bilan almashtiriladigan vazifalardan qochadi. Shunday qilib, faqat yakuniy maqsad qat'iy belgilangan bo'lib qoladi va unga erishish yo'llari sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Shuningdek, to'rtta nutqiy kompetensiya o'rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir: ikkita passiv - yozma nutqni tushunish va nutqni tinglash va ikkita faol - gapirish va yozish. Til o‗rgatish metodi bilan dars o‗tishda o‗qituvchi qo‗llayotgan usullar haqida iloji boricha talabaga ko‗proq ma‘lumot berish maqsadga muvofiqdir. Bu talaba tomonidan sheriklik munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. Nutq kompetensiyalarining to'rt turi o'rtasidagi muvozanatni saqlash muhimligini tasdiqlash uchun, shuningdek, ushbu kompetensiyalar bo'yicha malaka darajasini samarali tahlil qilish uchun siz masalan, "g'ildirak" vositasidan foydalanishingiz mumkin, unga ko'ra doira to'rtga teng qismlarga bo'linadi, ularning har biri u yoki bu nutq qobiliyatini anglatadi. Keyin o'n balli o'lchov shkalasiga taqlid qilib, aylananing bo'linish o'qlarida belgilar qo'yiladi. Talabadan ma'lum bir malakaga egalik darajasini baholash so'raladi. Segmentlarni ulashda raqam olinadi, so'ngra uning qanchalik aylanaga o'xshab ko'rinishi va "bunday g'ildirak qanday yurishi" baholanadi. Keyin tilning umumiy darajasini oshirish uchun eng "kam " kompetensiyalarni ajratib ko'rsatish va ular ustida ishlash taklif etiladi. Talabadan tez natijaga erishadigan beshta oddiy harakat ro'yxatini tuzish so'raladi va talaba bu harakatlarni bajaradigan vaqt belgilanadi. Bunday sodda va vizual usulni murabbiy, kouch Pol J.Mayer tomonidan hayot muvozanatini saqlash va ustuvorliklarni aniqlash uchun ixtiro qilingan [2]. Ushbu vosita kouchingda keng qo'llaniladi, lekin u tilni o'rganishda ham foydali bo'lishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, tilni o'rgatish bo'yicha o'qitishning aksariyat usullari va shakllari talabaning aniq maqsadi bilan belgilanadi. Gap shundaki, chet tilini o'rganishdan umidsizlik hissi, qoida 165 tariqasida, noto'g'ri belgilangan maqsad bilan bog'liq. "Chet tilini o'rganish"ning eng keng tarqalgan maqsadi juda mavhum, o'ziga xos bo'lmagan va shuning uchun taraqqiyotni o'lchash va sezish qiyin, buning natijasida talaba tezda motivatsiyani yo'qotadi. Faqat aniq nutq kompetensiyalari o'lchanadi: gapirish, yozish, o'qish, tinglash. Dastlabki bosqichda to'rtta kompetentsiyadan qaysi biri talaba uchun haqiqatan ham zarurligini aniqlash eng samarali bo'ladi, qaysi kompetentsiyani rivojlantirish unga sarflangan sa'y-harakatlardan maksimal darajada qoniqish hissini keltiradi. Baholash mezonining yo'qligi va noto'g'ri qo'yilgan maqsad talabaning grammatika ustida qattiq ishlashi va yozma mashqlarni bajarishi va chet tilida gapirishga harakat qilganda, u hech narsa aytolmasligiga olib kelishi mumkin. Bu umidsizlikka olib keladi va natijada tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishni yo'qotishi mumkin. Shuning uchun boshlang'ich bosqichda murabbiy-o'qituvchi ochiq savollar yordamida o'quvchining maqsadini yozma ravishda aniqlaydi. Xulosa Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, til bo'yicha kouching murabbiy (maslahatchi, trener) tomonidan interfaol muloqot shaklida individual o'qitish usuli sifatida chet tilini, ayniqsa o'rganishning dastlabki bosqichida o'qitishning ancha samarali usuli hisoblanadi. xorijiy tillarni o'rganish bo'yicha mini-guruhlarda ushbu usuldan foydalanish ham istiqbolli ko'rinadi. ADABIYOTLAR: 1. Eremina N.V., Kabanova O.V., Terexova G.V. Nolingvistik mutaxassislik talabalarini lingvokommunikativ tayyorlash tajribasi. // Orenburg davlat universiteti. - 2015. - No 2. Orenburg: Universitet nashriyoti. - S. 47-53. 2. Passmore J. Murabbiylikdagi mukammallik: Sanoat bo'yicha qo'llanma. London: Kogan sahifa nashriyoti. - 2006. - 306 b. 3. Bitner, T. Sizning g'ildirakingiz qanday ko'rinishga ega. - 2015. [Elektron resurs]. URL: https://www. icfaustin.org/Resources/Documents/Wheel%20of%20Life%20Article%20for%20Coaches%20Week.pdf (Kirish 14/09/2019) 4. Renton J. Kaoching va murabbiylik: ular nima va ulardan qanday qilib maksimal darajada foydalanish mumkin. - Nyu-York: Bloomberg Press. - 2009. - 326 b. 5. Dauni M. Samarali murabbiylik: murabbiylar murabbiyidan saboqlar: ish jarayonida xodimlarni o'qitish va rivojlantirish orqali tashkilotni rivojlantirish texnologiyalari. - M.: "Yaxshi kitob" nashriyoti, 2013. - 279 b. RELEVANCE OF THE PROBLEM OF DEVELOPING CREATIVE SKILLS OF STUDENTS IN THE ENGLISH LESSON Eskaraeva S. A. Senior teacher, KarSU named after Berdakh, Nukus, Uzbekistan Nowadays, the problem of the formation of students' creative abilities in the process of teaching English is of particular relevance. In modern conditions of the pedagogical process of the university, it is a significant scientific problem of historical, ethnic, cultural and socio-pedagogical significance. The development of students' creative abilities is impossible without generalizing the experience of using English classes in the system of education and upbringing. The study of the English language, the history of its development, folk culture and everyday life should be considered not only as an activity of students aimed at learning English, but also as one of the conditions for teaching a foreign language and developing the creative abilities of students on specific life material. A foreign language, as a general educational subject, can and should contribute to the development of students' creative abilities. Having a huge upbringing, educational and developing potential of students' creative abilities, a foreign language can realize it only in the course of implementing the practical goal of learning, that is, only if the student in the process of foreign language communicative and cognitive activity (listening, speaking, reading, writing ) will expand their general educational horizons, develop their thinking, memory, feelings and emotions; if in the process of foreign language communication the social and value qualities of the individual will be formed: worldview, moral values and beliefs, character traits. Creativity is a mental and practical activity, the result of which is the creation of original, unique values, the identification of new facts, properties, regularities, as well as methods of research and transformation of the material world or spiritual culture; if it is new only for its author, then the novelty is subjective and has no social significance [Pavlenko, 2019:191].
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :164-166
Boshlang‘ich sinfda ot so‘z turkumini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 62 Annotаtsiya : Bugungi kunda darslarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holdadarslarni ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan savol, test topshiriqlardan ham o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshiradi, o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam beradi hamdasifatini oshiradi. Tayanch so‘zlar: interfaol, metod, o‘qish, organayzerlar, ilg‘or pedagogik tex- nologiyalar. O‘quvchilarnihar tomonlama barkamol inson bo‘lib shakllantirishda o‘quv-tarbi- ya jarayoni sifatinioshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbeki- ston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida alohida ta’kidlanganidek: “ Yosh- larimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Ta’lim sifati va samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, hayot bilanbog‘liqligi, shuningdek, ta’limmazmuniga mos axborot va ilg‘or pedagogiktexnologiyalar majmuasi tanla- nishi bilan ta’minlanadi. Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda dars rejasi(loyihasi)ni interfaol metod- lar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aniq va mukammal ishlab chiqish ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatini oshirishning muhim omilidir. O‘qitish metodlari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga er- ishish yo‘lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘qu-vchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo‘llaniladigan metod va usullarni mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar SATTOROVA X.J, Nizomiynomidagi TDPU dotsenti BOSHLANG‘ICH SINFDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp 62-65 STARS International University 63 tayyorlashda o‘z samarasini beradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faol- likni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samara-dorligini oshirishga yordam beradi. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida if- odalanib, lug‘aviy nuqtayi nazardan “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yoz-ma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va boshqalar. Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar. In-terfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv, ma’lum ma’noda, strategik yondashuvga qiyo-slanishiga asoslaniladi. Aslida, bu strategiyalar ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa-lar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda mashg‘ulotlardagi asosiy fikrlar turli grafik shakllarning yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslanadi. Aslida, bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlari, ko‘pincha, turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari tex- nologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Interfaol metoddan foydalanish o‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish,dars ja-rayonida mustaqil fikrini bildira olish qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijodkorlik qobili-yatining shakllanishiga zamin yaratib boradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologi-yalar qo‘llanilgan mashg’ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari kelt-irib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivo-jlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimla- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 64 rini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish , taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Tizimli fikrlash, solishti-rish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, Ot, sifat so‘z turkumi Venn diagrammasida tasvirlanadi. Sifat so‘z turkumi So‘z turkumi Ot so‘z turkumi “Nima uchun” texnikasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. O‘qituv-chi tinglovchilarni “Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi. Alohi-da kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rovini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadi va javoblar guruhlarda umumlashtiriladi. “Nima uchun” grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari:1. Aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki boshqa turdagi shakllardan foydalanishni o‘zin- giz tanlaysiz. 2. Chizmaning ko‘rinishini – mulohazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz. 3.Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni, dastlabki holatdan izlanishga- cha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi. Misol: «Nima uchun?» metodi orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan bilimlari mustahka- mlanadi. Bunda “nima uchun?” savoli orqali voqea-hodisalar ketma-ketlikda bayon qilinadi. Oxirgi «nima uchun?»savolida voqeaning yechimi topiladi. “Sinkveyn” metodi “O‘qituvchi” bilimli, dono o‘qitadi , yozadi O‘qituvchi darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholadi. muallim STARS International University 65 “Klaster” metodi Ushbu metodlarni mashg‘ulot jarayonida yoki bosqichida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin. «Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada samara-dorlikka erishishni ta’minlaydi» 1 . Demak, ilg‘or pedagogik va interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar texnologi- yalardan foydalanish o‘quvchining o‘rganish jarayonini jadallashtiradi, mustaqilfikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatini tahlil qilish, murakkab muammo-li vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrinitahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirish-ishga o‘rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B. 2.Azizxo‘jaevaN.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2006. 3 G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 3-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2016.-240 b. 4.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi ” 1- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ nashriyoti. 2021yil. 208 b 5.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonli- gi ” 2- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ 1 Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Met.qo‘llanma.T.:TDPU, 2013 y.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Uilliam shekspirning 'makbet' tragediyasida mistik va paranormal obrazlilikning lingvopoetik ifodalanishi haqida: 193 UILLIAM SHEKSPIRNING “MAKBET” TRAGEDIYASIDA MISTIK VA PARANORMAL OBRAZLILIKNING LINGVOPOETIK IFODALANISHI HAQIDA Z.Ashurova (SamDCHTI magistranti) Annotation: This article is about the life, works of the famous English writer William Shakespeare. One of the royal works of his playwright, the historical events that form the basis of the Macbeth tragedy, are based on a plot in Scottish history. Key words: Literature, roman, tragedy storytelling, criticism and reputation. Biz tanigan va yoshligimizdan hayoti va ijodi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lgan yozuvchi shoirimiz Uillam Shekspir 1564 yilda Stratford-apon-Avonning kichik shahrida tug‘ilgan. Shoirning dunyoga kelgan kunining sanasi aniq emasligi aytilgan va o‘sha vaqtlarda chaqaloqning suvga cho‘miltirish haqidagi yozuvi bor xolos. Uillam Shekspir teatr aktyori va dramaturgi sifatidagi ish faoliyatini 1580-yildan boshlangan bo‘lib u 1603-yildan keyin o‘zining sahnalarda ro‘l o‘ynagani haqida birorta ham informatsiya yo‘ q. Lekin u oʻzining „Lordkamerger xizmatkor lari“ truppasi uchun pyesalar yozgan, va bu truppa Yakov I ning taxtni egallaganidan so‘ng qirol truppasi deb nomlana boshlagan va o‘sha truppadagilar uchun pyesalar yozgan. 1612-yilda Stratfordga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirening sahnadagi aktyorlik faoliyati 15 yil davom etgan. Uillam Shekspir Angliyada eng yaxshi deb nomlagan truppasida ikkinchi darajali rollarni ijro etib kelgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan. "Makbet" tragediyasi Shekspir ijodidagi yolg‘iz asar bo‘lib, unda olijanob insonning yomon va yovuz insonga aylanishi tasvirlangan. Makbet xonim asar boshida qo‘rqmas jangchi shu bilan birga u o‘z qiroli Dunkanning sodiq xizmatchilaridan biri bo‘lgan. Lekin uning, hokimiyatga bo‘lgan hirsi uning yuragiga kirib oladi. Bunday hislar uni o‘z – podshohni joniga qasd qilib uning davlatiga erishmoqchi bo‘ladi. U o‘zining qonli hatti-harakatlari bilan qirol davlatiga erishmoqchi bo‘lgan yovuz kuchlarga yo‘l ochib beradi. Makbet xonim, qirolni joniga qasd qilishni rejalashtirganining oqibatini o‘ylab ko‘radi. Bu asar ertangi hayot va yuksaklardagi adolat haqida emas, shunchaki yer yuzidagi haqqoniy o‘ch olish haqida edi. Abadiy jangning qo‘rquvi Makbet xonimni yanada ko‘proq yangi jinoyat qilishga majbur qilar edi, chunki bir jinoyatni yashirish uchun yana boshqa bir jinoyatni sodir qilar edi. Tragediyaning asosiy markazi Makbet xonimning qalb kechinmalarini tahlil qilish bo‘lib, uning bu obraziasardagi boshqa ko‘rinishlarga xalaqit bergan. Uning halokatli yordamchisi – uning turmush o‘rtog‘i obrazi bundan mustasno edi xolos. tragediyaning boshida Makbet xonim qo‘rqmas va olijanob jangchi bo‘lgan, u o‘z qirolga sadoqat ila xizmat qilgan. Biroq uning ko‘ngl tubidagi shuhratparastlik va taxtga intilish orzusi yotar edi. Keyinchalik vaziyat hayajonli taassurotlar va uning rasfiqasining maslahatlari tufayli unda shuhratparastlik taxtni egallash istagi kuchayib boradi va oxir oqibatda uni jinoyat yo‘liga olib kiradi. Lekin u o‘zi tanlagan yo‘idan chekinmaydi. U qilgan jinoyatlari uchun hech qanday pushaymonlikni his qilmay qo‘yadi. U bu fikrda butun umr qoladi hech qachon o‘zgartirmaydi. Makbet tragediyasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan tarixiy hodisalarni Uilliam Shekspir R.Xolinshedning “Angliya, Shotlandiya va Irlandiya yilnomalari” asaridan olgan. Shu bilan bir qatorda ingliz dramaturgi voqea va hodisalarning rivojlanish vaqtini sezilarli darajada qisqartirgan. 194 Makbet xonim tush ko‘radi va uning qo‘llaridagi qonni yuvishga harakatlari va yuqori ovozda so‘zlashlari uning fikr hayollari xiralashganidan belgi berar edi. Shekspirning she’r yozish taktikasi yozgan pyesalari tili o‘sha davr pyesalari uchun umumiy hisoblanar edi. She’riyatda ko‘p holatlarda qiyin metafora judaham ko‘p uchrab turadi. Uilliam Shekspir an’anaviy oq oyatni o‘zlashtirgandan so‘ng, she’r satrlari oxiridagi jumlalarni to‘xtatib, uni asta sekin o‘zgartira boshlagan. Bu usuldan foydalanish she’riyat ahliga kuch va moslashuvchanlikni beradi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak "Yuliy Tsezar" va "Hamlet" asarlari. Shekspir undan hayratda qolgan Gamletning his -kechinmalarini yetkazishda foydalangan. Buyuk shoir va dramaturg Uillam Shekspir hayot paytida buyuk dramaturg deb hisoblanmagan va u o‘zining shoh asarlari uchun maqtovlarga erishgan. 1598 yilda ruhoniy yozuvchi Frensis Meris uni ingliz yozuvchilaridan komediya va fojiyada "eng zo‘r" deb aytadi. O‘'yin kitobining mualliflari "Parnass" Shekspirni Chaucer, Gauer va Spenser bilan taqqoslab solishtiradi. Dastlab Folioda Ben Jonson Shekspirni shunday chaqirdi: "Qarsaklar, zavq -shavqqa loyiq asr ruhi, bizning sahnamiz mo‘'jizasi". Romantik davrda Shekspir shoir va adabiyot faylasufi deb nom olgan Samuel Teylor Kolridj tomonidan yuqori baholandi; Tanqidchi Avgust Vilgelm Shlegel o‘z pyesalarini nemis romantizmi ruhida nemis tiliga tarjima qilgan. Shekspirga qoyil qolish ko‘pincha 19 -asrda xushomad va xushomadgo‘ylikda namoyon bo‘lgan. Rus yozuvchisi Lev Nikolaevich Tolstoy o‘zining "Shekspir va drama to‘g‘risida" tanqidiy maqolasida Shekspirning eng mashhur asarlari, "Qirol Lir", "Otello", "Falstaff", "Hamlet" asarlarini batafsil tahlil qilishga asoslangan. "Makbet" trageriyasida Shekspir faqatgina o‘tgan zamondagi shiddatli ehtiroslari va kuchli siyosiy qo‘zg‘olonlar va janglarni o‘z asarida gavdalantirganligiga qaramasdan, ularda qahramonlar ko‘p hollarda jinoyat bilan birga bo‘lgan, lekin uyg‘onish davriga xos va mos bo‘lgan hamma qadriyatlarni qayta baholash, ma’naviy ong inqirozi. Har qanday insondagi bu tuyg‘u asardagi fojianing ochilish sahnasidagi yovuzlarnning hayqiriqlarida ifodalangan bo‘lib, u asar davomida tushkun kayfiyat uyg‘otuvchi muqaddima vazifasini o‘tagan: Yomonlik yaxshi, yaxshilik yomon. Keling, nopok tumanda uchamiz. ADABIYOTLAR: 1. Anikst, Shekspir, M., 1964; 2. Anikst, Shekspir, Remeslodramaturga, M., 1974; 3. Qayumov O., Vilyam Shekspir, T., 1964; 4. Sulaymonova F., Shekspir Oʻzbekistonda, T., 1971; 5. Deych A., Abror Hid oyatovning uch qahramoni [Oʻzbekiston qalbi], T., 1974; 6. www.ziyo.uz
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :193-194
Nemis tilida ot va olmoshlarning bog‘lanishi haqida: 46 NEMIS TILIDA OT VA OLMOSHLARNING BOG‘LANISHI HAQIDA A.A.Tursunov (SamDCHTI) Ko‘pgina tilshunoslar ilovani – otlashgan atributni ajratib ko‘rsatadigan olmoshlar bilan biriktirishga misollar keltiradi, masalan: Er, Franz , war sein bester Freund [Gulyga, Nathanson, 32]; Wir, Studenten des dritten Studienjahres , können schon über viele Themen deutsch sprechen; ...daß ich kranker Mensch für die Nacht ein ordentlichen Bett haben müsse (Heine) [Arssenjewa u. a., 266]; Mavjud bo‘lakning ketma-ketligi, olmosh va otning hol shakllarining parallel kelishi bunday komponentlarni qo‘shimchalarning umumiy sinfiga kiritishni asoslaydi. Biroq, bunday misollar hukmron otlar bilan qo‘llanilishiga misollar bilan birga keltiriladi va alohida izohlanmaydi. Natijada ot va olmoshlarning bog‘lanishlari qo‘llanmalar bilan bir xil degan taassurot paydo bo‘ladi. Aslida, bu aloqalar bir xil emas.Otlashgan so‘zlarning turli sinflariga mansub bo‘lgan ot va olmoshlar umumlashgan ma’no xarakteri, morfologik belgilari va sintaktik ritorikasiga ko‘ra farqlanadi. Ularning birikish shakllari ham har xil. Germanistikada keng tarqalgan nazariyaga ko‘ra, olmoshlar umumiy tavsif ma’nosi ot va sifatning o‘rnini bosuvchi vazifasini bajarish qobiliyatiga ko‘ra nutq qismlarining maxsus sinfiga birlashtirilgan. Olmoshlarning ot yoki sifatlar bilan bog‘lanishi va ular bajaradigan sintaktik vazifalari olmoshlarni mazmun va sifatlarga bo‘lish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Sifat olmoshlari aslida rod, son, holat va har qanday ot uchun kelishilgan ta’rif sifatida qo‘llanilishi bo‘yicha nisbiy toifalarida bir xildir. Otlashgan olmoshlar morfologik va sintaktik xususiyatlariga ko‘ra bir rodli bo‘ladi. Ayrim tipdagi otlashgan olmoshlarning atributiv komponentlar bilan birikmasidagi oʻziga xosligi ularning oʻzaro bogʻliqligi, sinsemansiyasi xususiyatiga koʻra juda aniq namoyon boʻladi [Erben, 192]. Ba’zi otlashgan olmoshlar uchun tobe birikma nolga tushiriladi, bir nechtasi uchun u iborada amalga oshiriladi (masalan: einer / keiner der Anwesenden, jemand am Tisch), ko‘pchilik uchun u faqat taklifda beriladi. Ularning batafsil tavsifi hali ham germanistikada yo‘q. Ularni tizimlashtirishga birinchi urinishlardan biri N. I. Filicheva [Filicheva, 185-188] tomonidan amalga oshirilgan, ammo otlashgan iboralar sohasi muallif tomonidan, ko‘rinishidan, asossiz ravishda keng talqin qilingan. Olmoshlarning cheklangan tobe imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning katta qismi ularning ko‘pchiligining mazmunli ilovalar bilan birga bo‘lish qobiliyatiga ega bo‘ladi. A.M.Peshkovskiyning tarkib va tobelik o‘rtasidagi munosabat to‘g‘risidagi bayonotini izohlab, aytishimiz mumkinki, otlar uchun ibora va gapda ularga bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi elementlar fonida faqat epizod bo‘lsa, olmoshlar uchun esa qo‘llanishi ko‘pincha tobe elementlarning asosiy turlaridan yagona yoki hech bo‘lmaganda biri hisoblanadi (bu erda olmoshlarning ergash gaplar bilan bog‘lanishlari hisobga olinmaydi). An’anaga ko‘ra, otlashgan olmoshlar bilan alohida alohida bo‘lmagan ilovalarni farqlash odatiy holdir. Ikkinchisi odatda faqat 1 va 2-shaxsning shaxs olmoshlari bilan mumkin deb hisoblanadi. Lekin bunday bog‘lanishlarning faqat gapdagi ko‘rinishi, tinish belgilarining shartliligi, mavjudligi yoki yo‘qligi ko‘pincha alohida alohida bo‘lmagan qo‘shimchalarni farqlash mezoni sifatida qo‘llaniladi. Demak, barcha sifatdosh qo‘shimchalarni ajratilgan bo‘laklar bilan birga gapda ham ma’lumot sifatida ko‘rib chiqish tabiiydir, shu bilan birga, qo‘llanish elementlarining burilish xususiyati va qo‘llanilishni olmoshdan uzoqlashtirish imkoniyati emasligi hisobga olinadi. Bu komponentlar bilan dominant so‘z o‘rtasida ozmi-ko‘pmi yaqin bog‘lanish mavjud. 47 Qo‘shimchaning olmoshga bo‘ysunishi, umuman olganda, alohida qo‘shimcha bilan ot o‘rtasidagi bog‘lanish kabi sintaktik vositalarga asoslanadi, biroq olmoshlarning morfologik va semantik xususiyatlari ularning qo‘shimcha otlar bilan bog‘lanish dizaynida o‘ziga xos iz qoldirishi mumkin. Demak, shaxs olmoshlari bilan qo‘llanish sifatdosh kelishilgan ta’rifli ot yoki asoslangan sifatdosh (bo‘lak) bilan ifodalangan bo‘lsa, sifatlar modeliga ko‘ra rad etilgan qo‘llanish komponenti ham kuchli, ham kuchsiz holda ishlatilishi mumkin. Turli tilshunoslarning asarlaridan olingan va birlik olmoshlar uchun ilovalarni o‘z ichiga olgan Duden grammatikasidan misollarni solishtiramiz [Duden, 209]: mir junge m Kerl, mir närrische m Ding, von Dir junge m Schnaufer – mir kranke n Sohn der Musen. Shunday qilib, aniqlangan olmosh belgisiz shaklda kelishik va qaratqich kelishigida kelishi mumkin. Bu bizni o‘zgarmagan etwas, nichts bilan ilovalar va otlarni ham ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Misol uchun: Ja, die Sache sei die: Sie müsse etwas zu tun haben, eine sollte Beschäftigung, eine richtige Arbeit [Kellermann, Tunnel, 148]; Er strich ihr wieder übers Haar und über die Stirn, als gäbe es da etwas wegzuwischen, den Schleier auf jedwedem Gesicht , auch wenn es so sorglos wie ihres war [Seghers, Entsch., 280]. Bu yerda qo‘shimcha otning hol shakli aniqlanayotgan ot shakliga o‘xshamaydi, odatda qo‘llashda bo‘ladi, lekin tilshunoslarning fikriga ko‘ra, o‘zgarmas etwas “har xil holatlar va bog‘lovchilarning vazifalarida predloglar bilan qo‘llaniladi ” [Moskalskaya, I, 210]. Bundan tashqari, olmoshlar va olmoshlar bilan old qo‘shimcha konstruktsiyalarni parallel ishlatish imkoniyatini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ikkinchi holda, sath qo‘shimchali ot asosan o‘zgarmas so‘z bilan "qo‘shiladi": Wovon erzählst du uns heute, von deiner Reise in die BRD oder von der Wanderung durch die Krim, an der du teilgenommen hast ? Va nihoyat, biz otlashgan va sifatdosh qo‘shimchalardan foydalanishdagi quyidagi farqni qayd etishimiz mumkin. Ilova bilan birga kelgan ot, qoida tariqasida, har qanday holatda paydo bo‘lishi mumkin, garchi bu erda dominant qaratqichli aniqlovchi holati eng kam uchraydi. To‘ldiruvchi olmoshlarda qo‘llash umuman sodir bo‘lmaydi – so‘roq-nisbiy olmoshlar bundan mustasno, masalan: Wessen Heft ist das, deines Bruders oder deiner Shvester ? Olmoshlarga bog‘langan qo‘shimcha turkumlarning tuzilishi, gapdagi o‘rni, shuningdek, vazifaviy maqsadi "bosh olmoshning tabiatiga ma’lum darajada bog‘liqdir. Mohiyatli qo‘llanishli konstruksiyalardan farqli o‘laroq, bu yerda ayrim turlarni belgilash mumkin. Olmoshlar orqali gapga kiritilgan holda ular bilan mos keladigan va so‘z tartibiga ta’sir qilmaydigan otlashgan elementlar otlar bilan alohida qo‘llanish turkumining sintaktik belgilariga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Жумаев О. К. О ЛЕКСИЧЕСКОЙ ЭМОТИВНОСТИ //Ученый XXI века. – 2016. – С. 52. 2. Москальская О.И. Грамматика немецкого языка. Морфология. М., 1956, 394 с. 3. Пешковский А.М. Русский синтаксис в научном освещении М., 1954. 511 с. 4. Филичева Н.И. О словосочитаниях в современном немецком языке. Автореф. канд. дис. Яраславль, 1968. 15 с. 5. Arssenjewa M.G. u.a. Grammatik der deutschen Sprache. M.,1960. – 436 S. 6. Der große Duden. Grammatik. L., 1962.- 699 S. 7. Erben J. Abriß der deutschen Grammatik. Berlin, 1964.- 316 S. 8. Gulyga E.W., Nathanson M.D. Syntax der deutschen Gegenwartssprache. M.-L., 1966.226 S. 9. Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. Leipzig, 1966. 518 S.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :46-47
Ramziy obraz Doris lessing hikoyalari talqinida: 102 RAMZIY OBRAZ DORIS LESSING HIKOYALARI TALQINIDA Temirboyeva M. Talaba, O‘zDJTU, Toshkent, O‘zbekiston Scientific advisor: Mukhammedova N.E. PhD, docent, Ingliz tili amaliy fanlar 2, O‘zDJTU, Toshkent, O‘zbekiston Tel: +998933964528 Annotasiya: Mazkur maqolada ramziy obraz tushunchasi ingliz adabiyoti misolida tahlil qilinadi. Ingliz adabiyoti tarixida ramziy obraz tushunchasi turli adiblar ijodida koʻzga tashlanadi. XX asr ingliz adabiyotining taniqli adibasi Doris Lessingning "Parvoz" (Flight, 1957) hikoyasida ramziy obraz tushinchasi turlicha talqin qilinadi. Mohir iste'dod sohibasi Doris Lessing hikoyasi sarlavhasida ozodlik, hurriyat va yangi hayot boshlash uchun tashlangan ilk qadamni ilk marotaba parvoz etishga chog‘langan qushning boshidan kechirgan qiyinchiliklariga qiyoslab tasvirlaydi. Kalit so‟zlar: iste'dod, madaniyat, ramz, ehtiros, ozodlik, qat‘iyat. Abstract : The presented article deals with the analysis of the concept of symbolic image in modern English literature. In the history of English literature, the novel of the British writers illustrate different concepts of the symbolic image. Famous English writer of the XX century Doris Lessing's story entitled "Flight ", has a lot to convey to readers. With a single title "Flight", Doris Lessing describes the first step to freedom, liberty and a new life as if the bird was flying for the first time and therefore experiencing hardships Key words: talent, culture, symbol, passion, freedom, precession. O‗z asarlaridagi g‗oyani ramziy ma‗no tufayli o‗quvchi yoshlarga va kitobxonlarga yetkazib berayotgan yozuvchilar talaygina. Ramz so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, "ishora qilmoq" degan ma‘noni anglatadi [Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M.: 2013]. Ramziy obraz tushunchasi qadimdan barcha xalqlar folklori va adabiyotida ma‘lum va mashhur. Ayris Myerdok, Jon Le Kar, Joan Xarris, Julian Barns, Doris Lessing kabi ingliz ijodkorlari va O‘tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatov, Xudoyberdi To‘xtaboyev , O‘lmas Umarbekov kabi mashhur yozuvchilarimiz ramziy obrazlardan mohirona foydalanishgan. Buni birgina Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasida foydalangan "shoxdor ona bug‘u" so‘zi orqali ezgulik, yaxshilik, oliyjanoblik, mehr-oqibat kabi tuyg‘ularni, "baliq" obrazi orqali esa erk va qudratni ifodalashi yozuvchining yuksak iste‘dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Ingliz adabiyotining yetakchi vakillaridan biri sanalgan Doris Lessing ko‘plab romanlar, hikoyalar, adabiyotshunoslik muammolariga bag‘ishlangan esselar va novellar muallifidir. U o‘z asarlari orqali ko‘pincha insonlarning zamonaviy hayot tarzi hamda shu zamondagi ijtimoiy adolatsizliklarni ko‘rsatib berishga harakat qilgan. "Maysa kuylamoqda" (The Grass is singing, 1950), "Zo‘ravonlik bolalari" (The Children of Violence), "Yaxshi qo‘shnining kundaligi" (Diary of a Good Neighbour, 1983), "To‘rt darvozali shahar" (The Four-Gated City, 1969) kabi asarlari shular jumlasidandir. Yozuvchi asarlarining aksariyati tarjimai hol mazmunidagi asarlar bo‘lib, ularda Afrikadagi ijtimoiy va siyosiy kurashlar, ruhiy iztiroblar, madaniyatlar to‘qnashuvi, mustamlakachi va qora tanlilar o‘rtasidagi munosabatlar to‘grisida hikoya qilinadi. Lessing yuksak va samarali adabiy faoliyati uchun 2007-yil 11-oktabr kuni Shvetsiya Fanlar akademiyasi tomonidan "Nobel mukofati"ga loyiq yozuvchi deb topildi. U ushbu mukofotini 88 yoshida olgan, eng keksa mukofotlanganlar orasida uchinchi keksa Nobel mokofoti sovrindoriga aylandi. U adabiyot bo‘yicha "Nobel mukofoti"ga sazovor bo‘lgan 11-ayol edi. Lessing asarlarini ayol tajribasidan paydo bo‘lgan ehtiros, shubha va kelajakka bo‘lgan qarashlarini boy kolleksiya o‘laroq saqlab qolinishi kerakligini ta‘kidlaydi. Doris Lessing ijodi davomida ramziy obrazlardan yuksak did ila, mohirona foydalangan yozuvchi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz bu so‘zlarni isboti sifatida uning qalamiga mansub bo‘lgan "Parvoz" (Flight, 1957) hikoyasini keltirishimiz mumkin. Yozuvchi ushbu mo‘jazgina hikoyasi va birgina "Parvoz" -Flight so‘zi orqali, hayotimizda juda katta ahamiyat kasb etgan erkinlik, ozodlik, mas‘uliyat, barcha go‘zal qizlarga xos qat‘iyat, sevgi va erkinlikka intilish tuyg‘ularini samimiy tarzda tasvirlab bergan. Ushbu hikoyada yozuvchi endigina tuxumdan chiqqan polaponni inidan olib qo‘ygan insonni qushchani parvozga undashini qanchalik mohir tarzda tasvirlaganligiga guvoh bo‗lamiz: "Above the old manʼs head was the devocate, a tall wire-netted shelf on stills, full of strutting, preening birds. The sunlight broke on their grey breasts into small rainbows. His ears were lulled by their crooning, his hands stretched up towards the favorite, a homing pigeon, a young plump-bodied bird which stood still when it was saw him and cocked a shrewd bright eye. "Pretty, pretty" he said, as he grasped the bird and drew it down, feeling the cold coral claws tighten around his finger. Content, he rested the bird lightly on 103 his chest and leaned against a tree, gazing out beyond the devocate into the landscape of a late afternoon [Lessing: 1957] Lessing polapon bilan Elis ismli sho‘x, go‘zal, qat‘iyatli, 18 bahorini qarshilagan qizning hayotiga ramziy ma‘noda qiyoslaydi: " His eyes travelled homewards along this road until he saw his granddaughter swinging on the gate underneath a frangipani tree. Her hair fell down her back in a wave of sunlight and long bare legs repeated the angels of the frangipani stems, shining brown stems among patterns pale blosssom. Her grandfather's mood shifted. He delibrately held out his wrist for the bird to take a flight and caught it again at the moment it spread it's wings " [Lessing D.: 1957]. Chunki Elis Stiven ismli yigitni yoqtirib qoladi va u bilan turmush qurish niyatida ekanligini bobosiga bildiradi. Lekin bobosi uning bu fikriga qarshilik qiladi, Elis esa o‘z fikrini o‘zgartirish niyati yo‘q ekanligini aytadi va o‘z uyini tark etadi. " Alice was just waiting Steven in front of the gate, but her grandfather wass upset from this. Alice said that l feel in love with him, Weʼll marry soon. Steven came suddenly with a present for her. The couple were sauntering among the bushes, laughing. As he watched his granddaughter escape from youth a sudden mischevious movement and run off through the flowers with Steven in persuit." [Lessing D.; 1957]. Bobosi o‘zi yolg‘iz qoladi, keyin esa xayolga berilib ketadi: ertalab daraxt shoxidagi qushlarning inini va polaponni koz oldiga keltiradi va hammasini tushunib yetadi." He looked at his granddaughter with sardonic hatred, hating himself. They were caught and finished both of them but the girl was still running free. Now, you can go, he said aloud. He held the bird poised, ready for flight while he looked down the garden towards the boy and the girl. Then clenched in the pain of loss, he lifted the bird on his wrist and watched it soar. A whirr and a spatter of wings and a cloud of a bird rose into the evening from the dovecote" [Lessing D.: 1957]. U o‘ziga nabirasi Elis ulg‘ayib qolganini va yangi hayot sari parvoz qilish vaqti kelganini tushunib yetadi. Xuddi, qushlar katta bo‘lib, uchishni o‘rganganini va erkin, ozod holda parvoz qilganini kabi. Ramziy obraz muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Masalan: sher- mardlik, tulki - makkorlik, boʻri - ochkoʻzlik, gul - goʻzallik va boshqalar. Baʼzi ijodkorlar anʼanaviy ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detallardan ramziy tasvir uchun foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy maʼnoga ega boʻladi. Lekin mohir ingliz adibasi Doris Lessing "Parvoz" (Flight,1957) hikoyasida ramziy obrazdan noanʼanaviy tarzda foydalangan va u birgina sarlavha uchun foydalangan "Parvoz" soʻzi orqali juda koʻp maʼnolarni tasvirlab bergan. ADABIYOTLAR : 1. Quronov.D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toskent. Akademnashr. 2013. 2. Normatov U. "Ijod sehri". "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent -2007. 3. Jovliyev B. "Til va adabiyot" jurnali. 2013- yil 25- iyul. 4. Ulugʻov A. "Adabiyotshunoslik nazariyasi". Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2018. 5. Lessing D. ―Flight‖ in Short Story Collection ―The Habit of Loving‖. 1957. ИНГЛИЗ-ЎЗБЕК ТИЛЛАРИДА ЕНГИЛ САНОАТГА ОИД ТЕРМИНЛАРНИ ИШЛАБ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АҲАМИЯТИ Сратдинова Г.Б. Ассистент, Бердақ номидаги ҚДУ, Нукус, Ўзбекистон e-mail: gulbaharsratdinova@gmail.com tel: +99891 3732232 Ҳозирги глобаллашув даврида амалга оширилаѐтган ислоҳатлар халқимизнинг турмуш фаровонлигини юксалтиришда муҳим аҳамият касб этувчи соҳаларни ривожлантиришга қаратилган. Жамиятдаги маънавий ва техник ривожланишлар илм-фаннинг тилшунослик соҳасида ўз таъсири билан яққол кўзга тошланади. Шунки жамиятдаги маданий ва техник ривожланишлар тилнинг лексик бирликларида катта ўзгаришларни келтириб чиқаради, яъни ҳар қандай соҳадаги янгилик дастлаб тилнинг лексик системасида, терминлар орқали ифода қилинади. Шу боис тилшунослар ҳар бир соҳа бўйича терминларни алоҳида шакллантиришга эътибор қаратиб, уларни ўз илмий ишларининг текшириш объектига айлантирди. Махсус сўзларни яратиш, мавжуд терминологик тизимларни такомиллаштириш, янги термин ва уларнинг тизимларини яратишнинг мақбул усулларини аниқлаш, билимларнинг турли
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :103-104
Frazeologik sinonimlarning matn hosil qilish xususiyatlari: 124 FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING MATN HOSIL QILISH XUSUSIYATLARI B.Sherbekov (SamDCHTI) Yuqoridagi boblardan ko‘rinadiki, frazeologik birikmalarning nafaqat boshqa bir tildagi ekvivalentlarini balki aynan shu tildagi muqobil variantlarni topish sodda jarayon emas. Shundan kelib chiqib endi biz nemis tilidagi frazeologizmlarning sinonimlari va o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini topish hamda ularni qiyoslash to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz. Ularni tahlil qilish uchun dastlab frazeologik sinonim tushunchalarning ta’rifi xususiyatlari, frazeologik sinonimlarning oz’bek tiliga tarjima qilinishi va muqobil tanlash, ularning morfologik hamda semantik jihatdan farqi, o‘xshashligi va boshqa xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tilda har bir narsa o‘z nomiga ega, jumladan har bir narsa-buyum, har bir harakat, xususiyat, borinki narsa-buyum orasidagi munosabatham. Ularning nomlari esa biror so‘z yoki so‘z birikmasi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Shuning bilan birga har bir tilda ushbu so‘zlarning to‘liq yoki qisman mazmuniy mos keluvchi ekvivalentlari mavjud. Bunda boshqa chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar va ularning ma’nolari alohida ahamiyatga molikdir. Biz ba’zan so‘zlarni boshqa tildan o‘z tilimizga o‘zlashtirayotganda ularning yangi ma’nolari bilan birga o‘zlashtirib olamiz. Oldindan biror xalq yoki hududda mavjud bo‘lgan tushuncha va narsalar nomlari esa har doim ham boshqa tildan o‘zlashtirib olinavermaydi, ularning nomlarini shu til doirasidagi so‘zlardan kelib chiqib aniqlanadi, masalan, shevalarda mavjud bo‘lgan so‘zlarning adabiylashishi orqali. Mavjud tushunchaning boshqacha nomi so‘z ma’nosining o‘zgarishi natijasidan ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, nemis tilidagi hammamiz foydalanadigan „Kopf“ so‘zini olaylik. Aslida bu so‘z o‘rnida „Bosh“ tushunchasini ifodalash uchun „Haupt“ so‘zi qo‘llanilgan, hozirda ko‘pchilik foydalanadigan „Kopf“ so‘zi esa ilgari „ichimlik uchun idish“ degan ma’noni anglatgan. Tilning shu paytgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichi jarayonida turli sabablarga ko‘ra „Kopf“ so‘zi o‘z ma’nosini o‘zgartirib bordi va hozirgi zamonaviy nemis tilida bu so‘z „Haupt“ so‘zi kabi „bosh“ ma’nosini anglatadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, „Kopf“ so‘zi stilistik jihatdan neytral va yuqori so‘zlashuv uslubiga xosdir. „Haupt“ so‘zidan farqli o‘laroq u xalq orasida keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi misolda ko‘rilganidek, biror bir yoki aynan shu tushunchani ifodalash uchun tildagi ikki yoki undan ortiq so‘zlar ma’no jihatidan to‘liq mos kelishi hamda m’ano turi, uslubiy bo‘yoqdorligi va qo‘llanilishi jihatidan qisman farqlanishi mumkin. Bundan so‘zlar sinonimlar deb ataladi. Sinonimlar har doim gapning bir xil qismiga tegishli bo‘ladi (hubsch-schon, Haupt-Kopf), sinonim so‘zi aslida grek tilidan olingan bo‘lib, „bir xil nomli“ degan ma’noni bildiradi. Tilshunos olim Raxmonov qoida bo‘yicha biror so‘z bir qancha ma’noga ega ekanligi va odatda o‘zining bir ma’nosi bilan boshqasiga sinonim bo‘la nolishi mumkinligi, bunday holda, so‘zning bir xil ma’nodagi varianti yoki ma’nodosh so‘zlar sinonim hisoblanishi to‘g‘risida aytib o‘tadi. Shunday qilib sinonimlik til birliklari orasidagi ma’noviy kichik bir sistema hisoblanadi. Shu sistemani tiladagi boshqa qatlamlar qatori frazeologik iboralar qatlamida ham uchratish mumkin. Nemis tilida bir-biriga sinonim bo‘lib keladigan frazeologik birliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biz bu ikki iborani sinonim deya olishimiz uchun ular ayni bir ma’noni anglatishi shart. Bularsiz ma’nodoshlik to‘g‘risida so‘z yuritib bo‘lmaydi. Lekin iboralarda uchraydigan bir ma’nolikni teng ma’nolik deb tushunib bo‘lmaydi. Chunki har bir ibora boshqa iborada takror qo‘llanilmaydigan o‘ziga xos bir ma’no nozikligiga ega hisoblanadi. 125 Tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va shuningdek iboralar ham asosiy va ikkilamchi ma’nolari bilan boshqa so‘zlarga sinonim bo‘lib kela oladi. Tilshunoslar shu xususiyatga ko‘ra ularni bir qancha turlarga ajratganlar. Ikki so‘zning asosiy ma’nosidagi sinonimiya, asosiy ma’nodagi bir so‘zning ikkilamchi ma’nodagi boshqa so‘zga sinonimligi, ikkilamchi ma’nodagi ikki so‘zning sinonimligi. Quyida ushbu turlarga misollar va ularning ta’riflariga to‘xtalamiz. a) Ikki so‘zning asosiy ma’nosidagi sinonimiya: das Meer-die See; die Frau-das Weib. Bu so‘zlarning ikkalasi ham bir ma’noni „daryo“ va „ayol“ ma’nolarini anglatadi gapda bir birini sinonim sifatida to‘ldirish mumkin. b) Asosiy ma’nodagi bir so‘zning ikkilamchi ma’nodagi boshqa so‘zga sinonimligi: fahren-gehen. c) Ikkilamchi ma’nodagi ikki so‘zning sinonimligi: sich aufklaren va sich aufhellen so‘zari ob-havoga nisbatan yorishmoq ma’nosini bildiradi. Sinonimning bu uch ko‘rinishiga yana ikki asosiy qismlar mansub: d) O‘z ma’nosidagi bir so‘zning frazeologik ibora bilan sinonimligi: „faulenzen“ fe’li „auf der Barenhaut liegen“ iborasiga sinonim bo‘lib, „bekor yurmoq“, „tanballik qilmoq“, „dangasalik qilmoq“ ma’nolarini bildiradi. e) Ikki va undan ortiq frazeologik iboralarning sinonimiyasi: den Mund voll nehmen, eine grosse Klappe haben, grosse Bogen spucken, auf die Rauke hauen frazeologik iboralari bitta ma’noni, ya’ni „maqtanmoqni“ bildiradi. Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarni qiyoslab o‘rganish ekan, biz endi frazeologizmlar sinonimiyasini chuqurroq tahlil qilib chiqamiz. Umuman olganda frazeologik ma’nodoshlik va ko‘pma’nolik muammolarning o‘rganilishi o‘tgan asrning 50- yillar o‘rtalarida boshlangan bo‘lib tilshunoslikning boshqa sohalari kabi frazeologiya fanining ham rivojlanish natijasidir. So‘z va so‘z birikmasida uchraydigan bir-biriga yaqin ma’no kasb eta olish xususiyati singari, frazeologizmlarda ham bir-biriga to‘laligicha mos keladigan yoki umumiy ahamiyati ma’lum semantik ko‘rinishlarni aks ettiruvchi, turli tizimga xos xususiyatli bir qancha muhim birikmalarni kuzatish mumkin. Frazeologik sinonimiya frazeologiyaning muhim bir bo‘limi bo‘lib, nemis va o‘zbek tilshunosligida uning roli beqiyosdir. „Frazemalarning ayni bir ma’noni anglatishi asosida guruhlanishi frazeologik sinonimiya deyiladi“,-deydi tilshunos olimlardan Tursunov, Muxtorov va Rahmatullevlar. Aniqroq qilib aytganda frazeologik sinonimiya- frazeologik birliklarning o‘zaro ma’nodosh (sinonim) bo‘lib kelishidir. Frazeologik sinonimiya tushunchasi haqida ko‘pchilik olimlar o‘z fikrlarini bildirib uning lug‘aviy sinonimiyaning bir turi hisoblanishini ta’kidlab o‘tadilar, jumladan, Zibutsayte E.I. o‘z ilmiy ishida frazeologik sinonimiyani „Frazeologik sinonimlar- bu aniq bir muloqot aktida bir tushunchali mazmun bilan qo‘llana oladigan tildagi bir xil yoki ma’no jihatdan yaqin har xil frazeologik birliklardi“ deb ta’riflaydi (Chernisheva 1970,81). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Vinogradov V.S. Leksikologiya i Leksikografiya. – M., 1977. 2. Vinogradov V.S. Perevod. Obshie i leksicheskie voprosi. – M., Universitet, 2006. 3. Gak V.G. Lvin Yu.I. Kurs perevoda. – M., 1970. 4. Imyaminova Sh.S. Olmon tili leksikologiyasi (ma’ruzalar matni, olmon tilida). –T. Universitet, 2000. 5. Musaev K. Leksiko- frazeologicheskie voprosi xudojestvennogo perevoda. – T. 1980. 6. Rayxshteyn A.D. Nemitskie ustoychivie frazi.- L. 1971. 7. Ашуров, Шахобиддин, and Фарида Шукурова. "Инглиз ва ўзбек тилларидаги фразеологик бирликлар этимологиясига оид айрим мулоҳазалар ." международный журнал искусство СЛОВА 3.2 (2020).
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :124-125
O'zbek tilidagi matematik terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlari: 71 united by one idea in its various modifications. This ability of the lexeme is formally reflected at different levels - morphological, syntactic. In the linguistic literature, it is unanimously indicated that the participial forms have a relative temporal meaning, that is, simultaneity and precedence of the main action. The difference between a participle and a verb is found in the "point of reference". In verbs, it is the moment of speech, in participles - some other main action in relation to it. The main means of forming the opposition "simultaneity - precedence" are participle I and II. REFERENCES : 1. Chomsky , N. The logical Basis of Linguistic Theory / N. Chomsky. - «Preprints of Papers for the 9-th International Congress of Linguistics». Cambridge.Mass.1962.-137p. 2. Curme , G. English Grammar / G. Curme. - New York.1966.320 p. Israel ; Johnson , Ch ., Brooks , P.J. Cognitive Linguistics / M. Israel, Ch. Johnson, P.J. Brooks // From states to events: The acquisition of English passive participles II - 1/2. - 2000. - P. 103-129. 3. Leech , G.N. An A-Z of English Grammar and Usage / G.N. Leech. - London Melbourne Auckland, 1989. - 578 p. 4. Swan, M. Practical English Usage / M. Swan. - M.: Vysshaya Shkola, 1984. -552 p. O„ZBEK TILIDAGI MATEMATIK TERMINLARNING SINTAKTIK-DERIVATSION XUSUSIYATLARI. Ruzmetova O.A. tayanch doktorant, ―Ingliz tili va adabiyoti‖ kafedrasi, Xorijiy filologiya fakulteti Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston e-mail: ozoda2019581@gmail.com Annotatsiya: Matematika sohasiga oid terminlar yasalishida sintaktik derivatsiya muhim ahamiyatga ega. Sintaktik usulda matematika sohasia oid terminologiya birliklarini hosil qilishning bir necha ko‗rinishlari mavjud. Maqolada belgilangan sintaktik aloqalarga ko‗ra matematik terminlar struktur komponentlarini aniqlash to‗g‗risida muhokama boradi. Kalit so‟zlar: sintaktik derivatsiya, termin, komponent, so‗z birikmasi, ikki komponentli termin. Аннотация: Синтаксическая деривация важна при формировании математических терминов. Существует несколько способов синтаксического создания математической терминологии. В статье рассматривается определение структурных компонентов математических терминов по выявленным синтаксическим связям. Ключевые слова: синтаксическое деривация, термин, компонент, словосочетание, двухкомпонентный термин. Annotation: Syntactic derivation is important in the formation of mathematical terms. There are several ways to create mathematical terminology syntactically. The article deals with the issues of the structural components of mathematical terms based on the identified syntactic links. Keywords: syntactic derivation, term, component, word combination, two-component term. Matematika sohasiga oid terminologik birliklarning shakllanishida sintaktik derivatsiya o‗ziga xos xarakterga ega hisoblanadi. Sintaktik xarakterdagi terminologik birliklar so‗z birikmalari bo‗lib, ular ikkita alohida mustaqil bo‗lgan birliklarning semantik jihatdan yaxlit birikmaga birlashtirish orqali hosil qilingan bo‗ladi . Sintaktik derivatsiya derivatsiyaning formal turi sifatida qaraladi, chunki bunda so‗zda semantik jihatdan emas, forma ya‘ni shakl jihatdan o‗zgarish kuzatiladi. Sintaktik derivatsiyaning shakllanishi uchun tayanch struktura asos bo‗lib xizmat qiladi, ya‘ni tayanch strukturasiz sintaktik derivatsiya shakllanmaydi. Demak derivat tayanch struktura orqali shakllanadi. Sintaktik usulda matematika sohasia oid terminologiya birliklarini hosil qilishning bir necha ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, ular quyidagicha: - so‗zlarni qo‗shish; - bir necha komponentlarni qo‗shish; - abbreviatsiya. Belgilangan sintaktik aloqalar orqali matematik terminlar struktur komponentlarini aniqlash mumkin. Muhokama asosan terminlar komponentlarining maksimal miqdori xususida boradi. D.S.Lotte terminlarning komponentlari borasida, agar uning tarkibiy qismlarini cheklamasa, termin hosil qilish oson, lekin bunday termin bir so‗zli termin uchun xos bo‗lgan yasamalilik xususiyatiga ega emas, degan fikrni bildirgan [1]. So‗z birikma terminlarining tarkibiy qismlarini chegaralash muammosi ancha murakkab hisoblanadi. Bu terminologiya nazariyasi va uning amaliy sohalarining dolzarb 72 muammolaridan biri bo‗lib kelgan[2]. Komponentlarning maksimal soni xususida S.V Grinevning fikriga ko‗ra, terminologik birikmalarnig komponentlari soni chegarasi yettitadir deb ta‘kidlaydi va buni inson xotirasida saqlab qolishi mumkin bo‗lgan so‗zlar soni bilan bog‗laydi[3]. B.N Golovin va R. Yu Kobrin ba‘zan birikma terminlar o‗ntagacha komponentdan tashkil topgan deb ta‘kidlaydilar[4]. Bir necha komponentlar orqali yasalgan matematika sohasiga oid birikma terminlarni biz quyidagicha tasnifladik: - ikki komponentli; - uch komponentli; - to‗rt va undan ortiq komponentli; Ikki komponentli birikmalarning asosiy tiplarini quyidagicha tasniflash mumkin: - Birinchi komponent sifat va ikkinchi komponent, ya‘ni bosh bo‗lak ot bilan ifodalangan so‗z birikma terminlar. Bunday birikmalarning tuzilish modeli Sifat + Ot ko‗rinishida bo‗ladi: harfiy ifoda, erkli o‗zgaruvchi, egri chiziq; - O‗zbek tilidagi Sifat + Ot ko‗rinishidagi modelli birikmalar ingliz tilida –ing hozirgi zamon sifatdoshi bo‗lgan uch komponentlibirikma orqali berilgan bo‗lishi mumkin: qavsli ifoda - expression involving parentheses - Ikki komponentli terminologik birliklarning har ikkala qismi ham ot orqali ifodalangan bo‗lishi ham mumkin. Ular Ot + Ot shaklidagi model bilan belgilanadi: burchak gradusi, koordinata o‗qi; O‗rganilayotgan sohamizda ham ingliz va o‗zbek tillarida ham so‗z birikma terminlarning komponentlari miqdoriga ko‗ra eng keng tarqalgani ikki komponentli termin birikmalardir. Bunda asosan asosiy bosh komponent bosh kelishik shaklidagi ot orqali ifodalanadi va asosiy ma‘noni anglatuvchihisoblanadi. Tobe bo‗lak asosiy tayanch komponentni to‗ldirib keladi. ADABIYOTLAR: 1. Лотте, Д. С. Образование системы научно-технических терминов: основные требования, предъявляемые к термину Москва, 1948. С154. 2. Волкова, И. Н. Стандартизация научно-технической терминологии. Москва, 1984. С79. 3. Гринев, С. В. Введение в терминоведение. Москва. Издательский центр «Академия», 2008. С83. 4. Головин, Б. Н., Кобрин, Р. Ю. Лингвистические основы учения о терминах. Москва. Высшая школа, 1987. С100. ОТРАЖЕНИЕ КУЛЬТУРЫ В ПОСЛОВИЦАХ АНГЛИЙСКОГО И КАРАКАЛПАКСКОГО ЯЗЫКОВ (лингвокультурологический анализ) Сарсенбаева З.Ж. Докторант, НГПИ имени Ажинияза, Нукус, Узбекистан e-mail: zoe.sarsenbaeva@list.ru Процессы глобализации в современном мире способствуют развитию международных отношений на экономическом, политическом, культурном и дипломатическом уровнях и играют важную роль в изучении иностранных языков. Формирование межкультурной компетенции студентов является одним из важнейших компонентов в процессе изучения иностранных языков. В процессе обучения межкультурной компетентности формируются социокультурные знания студентов. Изучение как иноязычной культуры, так и родной языковой культуры способствует наиболее успешной подготовке к реальному межкультурному общению студентов и дает им возможность увидеть не только различия, но и найти общие черты в этих двух культурах. Развивающие лингвокультурные компетенции погружаются в грамматические структурные секреты каракалпакского и английского языка, понимают законы правил в речи, усваивают механизм построения предложений. А без компетентности недокументированные навыки теоретической комплементарности превращаются в подготовку единого плато. В осознанном масштабе языковые компетенции учащихся становятся необходимым условием организации их языковых навыков и умений. В некоторых других случаях текст метафоричен настолько ясно, что смысл можно определить, не обращаясь к форме пословицы и ее значению, как в следующем, далее примеры даны на каракалпакском и английском языках: 1. Appearances deceive; the cover is not the best guide to the book – Sırtqı kórinis aldamshı, Sırtı pútin, ishi tútin – Внешность обманчива; обложка не лучший путеводитель по книге [Рушди, 1998: 257].
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :272-273
Patent
Ingliz tili grammatikasini akt bilan o‟qitish: 178 imply that Quizlet can be considered a good candidate for both teachers and students for vocabulary instruction and learning. REFERENCES : 1. Solidjonov, D.Z. (2021). The impact of the development of internet technologies on education at pandemic time in Uzbekistan. In Студент года 2021 (pp. 108-110). 2. Solidjonov, D. Z. (2021). The impact of social media on education: advantage and disadvantage. Экономика и социум, (3-1), 284-288. 3. Solidjonov, D. (2021). Modern education and useful methods for teaching. Scienceweb academic papers collection. INGLIZ TILI GRAMMATIKASINI AKT BILAN O‟QITISH Norqulova M.B. Tayanch doktorant, Ajiniyaz nomidagi NDPI Nukus, O‘zbekiston Hozirgi kunda dunyoda innovatsion texnologiyalarni ko‘payishi hamda jahon hamjamiyatlari o‘rtasidagi globallashuvni rivojlanishi ta‘lim va tarbiyada shu bilan bir qatorda yurtimizda chet-tili sifatida o‘qitilayotgan jahon tillaridan biri hisoblangan ingliz tilini o‘qitish va o‘rgatishda yangi yondashuv va uslublarni talab qilmoqda. Ingliz tilida to‘g‘ri va ravon so‘zlashish uchun uning grammatikasi qonun-qoidalaridan boxabar bo‘lish juda muhim. XXI asr axborot kommunikatsion texnologiyalari asri, biz hayotimizning har bir jabhasida ularning turli tumanlaridan foydalanayabmiz. Zamonaviy yoshlarimiz AKT ning qulayligi, qiziqarliligi va samaradorligi yuqori bo‘lganligi sababli ham ularni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari yuqoridir. Yurtimizda ko‘plab olimlar ingliz ili o‘qitish metodikasi yuzasidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borishgan, masalan Chet tilini AKT yordamida o‘qitish ustida G.K.Bakiyeva, L.T.Ahmedova, N.P.Babaniyazova, M.Muhiddinova, G.S.Sobirova kabi olimlarimiz ishlashgan. Ingliz tili grammatikasini o‘qitish juda qadimgi metodlarimizdan biri hisoblanib mamlakatimizda va jahonda ko‘plab ilmi ziyolilar fikr yuritishgan. R.V.Rogova [Rogova, 1991: 287] fikriga qo‘shilgan holda, shuni ta‘kidlash joizki, «Grammatikasiz nutqning har qanday shaklini o‘zlashtirish imkoni mavjud emas, chunki grammatika so‘z va tovush tarkibi bilan birga nutqning moddiy asosi hisoblanadi». Semenovning [Semenov, 2006:143] fikriga asosan «AKT hayotimizning ko'plab sohalariga hukmron sifatida bostirib kirdi va o‘zgartirdi, lekin AKT ning o‘zi iste‘molchilar tomonidangina boshqariladi» . "Hozir hamma narsa o'zaro platforma. Bu biz yashayotgan haqiqatning bir qismi - ko'p qirrali, multimediali dunyo - va men buning bir qismi bo'lganimdan juda xursandman" deya ta‘kidlaydi Robert J. Sozyer [R.Sozyer, 2002:67]. Ishonamizki, dunyoning aksariyat maktablarda o'qituvchilar so'z boyligini oshirish uchun qo'llashlari mumkin bo'lgan raqamli vositalar va axborot texnologiyalari mavjud va ularning soni yanada oshadi deb umid qilamiz. Bu vositalar o'quvchilarning qiziqishini oshiradi va so'zlardan foydalanib, grammatik qoidalarga asoslangan to‘g‘ri va ravon gapirishlariga ko‘maklashadi. Mening ilmiy ishim mavzusi o‘rta maktablarda ingliz tili grammatikasini AKT yordamida o‘qitish bo‘lganligi sababli ham, bu metodni maktablarda eksperiment sifatida sinab ko‘rish va uning samaradorlik darajasi necha foizligi, o‘quvchilarning chet-tili grammatik kompetensiyasini oshirishdagi yordamini aniqlash mening vazifalarimdan biridir. Shu sababli ham biz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta‘lim vazirligi ministridan eksperiment o‘tkazish uchun yozma ruxsat olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining besh ta tumanida tajriba sinovlardan oldin, o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish bo‘yicha grammatikaga doir mashqlar va yigirma ta savoldan tashkil topgan so‘rovnomalarni to‘ldirib berishlarini so‘radik. O‘quvchilarga ta‘lim beradigan ingliz tili muallimlarining ham fikrlari biz uchun qiziq bo‘lganligi va dissertatsiya ishimizga aloqasi bo‘lganligi sababli ham ulardan ham anketalar olindi. Umumiy hisobda 6 ta maktab, 19 ta sinf, 426 ta o‘quvchi va 32 ta o‘qituvchi qatnashdi. A2 darajali o‘quvchilar 5-9 sinflarda ta‘lim olishadi, biz shundan faqat 7-8 sinflarni olishga qaror qildik. Grammatika qismi 7-8 sinf o‘quvchilaring darslik kitoblarida berilgan mavzulardan berilgan, bilim darajalariga mos mashqlardan tashkil topgan. O‘quvchilar tajriba sinov ishlarida qatnashayotganlaridan mamnun holda anketalarni to‘ldirib berishdi. 205 ta o‘quvchi eksperiment guruh, 221 o‘quvchi nazorat guruhlarda ta‘lim olishadi. Ingliz tili grammatikasini o‘z ichiga olgan mashqlar kesimida 30 ta savolni o‘z ichiga olgan edi. O‘quvchilar qay darajada yecha olishgani quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. 7-sinflar 25-30 19-24 18< 1 Nazorat guruhi 7 % 21 % 62 % 179 2 Tajriba-sinov guruhi 8 % 23 % 69 % 8-sinflar 25-30 19-24 18< 1 Nazorat guruhi 10 % 17 % 73 % 2 Tajriba sinov guruhi 11 % 16 % 73 % Bu jadvalda sinflar, guruhlar, nechtadan savolga javob berishgani va necha foiz o‘quvchi to‘g‘ri yechgani haqidagi ma‘lumotlar foizda ko‘rsatilgan. Tajriba sinov ishlarimizning birinchi bosqichi shulardan iborat, hozirgi kunda nazariy metodologik qismidamiz, yaqinda A2 darajali o‘quvchilarning leksik va grammatik kompetensiyasini shakllantirishga oid ta‘lim platforma va inglizcha so‘zlarni o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillariga tarjimasi berilgan kompyuter va telefonda foydalanish mumkin bo‘lgan elektron lug‘atni maktab o‘quvchilariga foydalanishga beramiz. Eksperimentimiz keyingi bosqichlari haqida kelgusi maqola va tezislarimizda axborot berib boramiz. Yosh avlod juda zukko va bilim olishga chanqoq, xotirasi tezkor, ishonamizki zamonaviy innovatsion texnologiyalariga asoslangan chet tili grammatikasini o‘rtgatadigan yangi platforma ular uchun qulay va qiziqarli bo‘ladi. Ingliz tili xususidagi bilimlarini oshirib, Grammatik kompetensiyalarini rivojlantirishga yordamlashadi. ADABIYOTLAR: 1. Рогова Г.В. Методика обучения иностранным языкам в средней школе. – М.: Просвещение, 1991. – 287 с. 2. A. Semenov ICT tools and environments of child development M. 2006- 143. 3. Robert.J.Sozyer ICT in education. Canada. 2002. 67. KEEPING INTERACTIVE IN ONLINE TEACHING: METHODS THAT WORK Melieva S.G. Master of Linguistics, EFL Teacher at Yeoju Technical Institute in Tashkent, Tashkent, Uzbekistan e-mail: sabinamelieva95@gmail.com Abstract: In this article we explore ways of keeping students engaged in online classroom. These methods include online games and teamwork which enable students to be motivated and participate in the lesson with equal enthusiasm as in traditional classroom. Key words : online learning, online games, engagement, Kahoot, Quizizz, Padlet, breakout rooms, face- to-face learning, teamwork. Online education has become a broad field for scientific research in recent years since the demand for online learning has increased due to pandemic procedures; however, it would be wrong to claim that Covid-19 was the only booster of e-learning as the growth of students enrolled in online courses has been witnessed for the last decade caused by the urge of seeking more flexible alternatives to traditional, face-to-face instruction (Capra, 2014). Ironically the shift to online learning also means that educators around the world are facing a number of challenges as it imposes adaptation of students to new culture of learning and even more student-centered approach (Edmundson, 2007). This adaptation may discourage some students to achieve the same results as in face-to-face classes and participate actively during online classes due to lack of teacher control. As motivation is considered as one of the most powerful catalysts in ESL learning (Iaremenko, 2017) this article will research methods of keeping the students engaged in online classes as well as share the results of survey conducted among second-year students. Methods that have been used in online classes in Yeoju Technical Institute in Tashkent (YTIT) to keep students engaged include: Use of online game quizzes such as Kahoot, Quizlet, Quizizz We are living in the golden age of technology and digital literacy which leads to using and incorporating digital games in second and foreign language teaching processes (Halim, 2020). According to the qualitative research, conducted Turgut and Irgin (2009) young learners who played computer games in cyber cafes improved their language skills in general and their lexical resource in particular. This research illustrates effectiveness of online games while practicing new vocabulary. In online lessons we also use quizzes which must be played online in teams or individually. Due to pandemic, Kahoot
Academic Journal
Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке. :179-180
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Lekin, M.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어