학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 30,489건 | 목록 1~20
Academic Journal
Scientific research of the SCO countries: synergy and integration.
Academic Journal
Культура і мистецтво у сучасному світі, Iss 24 (2023)
Academic Journal
Journal of the Grodno State Medical University. 22:288-292
Academic Journal
Культура і мистецтво у сучасному світі; № 24 (2023); 168-184
Culture and Arts in the Modern World; No. 24 (2023); 168-184
Культура и искусство в современном мире; № 24 (2023); 168-184
Academic Journal
45 J. Marshall L. Rev. 145 (2011-2012) / John Marshall Law Review, Vol. 45, Issue 1 (Fall 2011), pp. 145-174
Academic Journal
29 Cardozo Arts & Ent. L.J. 375 (2011) / Cardozo Arts & Entertainment Law Journal, Vol. 29, Issue 2 (2011), pp. 375-402
O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi: STARS International University 379 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko ‘ rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar keltirib o ‘ tilgan. Kalit so‘zlar: maktab, ta’lim, inson, muvaffaqiyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy ma’no, iqtidor, qobiliyat, ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik. XXI asr jahon ta’limining rivojlanish tendensiyalari negizida ta’lim jarayoni sub- yektlari faoliyatini innovatsion tashkil etishni muvofiqlashtirish, har tomonlama bar-kamol shaxsni voyaga yetkazish, kompetensiyaviy yondashuvlar zamirida peda-gogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140- son “Umumiy o ‘ rta ta’lim to ‘ g‘risida”gi Nizomga binoan umumiy ta’limga qo‘yila- yotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasa-lari faoliyatini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-mi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi sifatida belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikr- lash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozir-laydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ona tili bo‘yicha muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi ona tili bo‘yicha o‘quv das-turlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uz-viy bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vata-niga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ona tili o‘qitish jarayoniga o‘qitishning NORQOBILOVA RAYXONA Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyas” kafedrasi o‘qituvchisi O‘QUVCHILARNING ONA TILI BO‘YICHA IQTIDORINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp379-381 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 380 zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish dolzarb ijtimoiy-peda-gogik ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning individual, ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatla-rini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish bugungi kunda-gi ta’lim oldida turgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazi-falarini amalga oshirish, o‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va shu asnoda rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixo-logik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. O‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish shaxsning hissiy, irodalilik jihatlari, shuningdek, xarakterni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik va pedagogik jarayondir. Iqtidorni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivo- jlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Psixolog olimlarning ta’biricha, “Iqtidor - insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyat- lari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi”. Iqtidor shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. “Iqtidor ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va mala- kalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi”. Demak, har qanday iqtidor shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoli-yatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois iqtidor deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga ja-vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha iqtidorlilar uc-hun tayanch xususiyat – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmasidir. Tadqiqotlarimiz davrida biz ilmiy ishlanmalar, adabiyotlarni tahlil etib, iqtidor, qo- biliyat tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qildik. M.Davletshinning ta’kidlashicha, iqtidor - shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyat-lar tizimini o‘z ichiga oladi. Demak, olimning ta’biricha, iqtidor umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Qobiliyat deganda esa yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobi- liyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. “Qobiliyatni ma’lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomil-lashtirishning maxsus vositalarini qo‘llash bilan uyg‘unlikda olib borish va boshqalar orqali rivojlantirish yo‘llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholik-da namoyon bo‘ladi”. Binobarin, qobiliyat - iqtidorlilikda o‘z ifodasini topadigan kon-sept sifatida tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan tushuncha. Har qanday faoliyat insondan bir qobiliyat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha qobiliyatlar bo‘lishini talab qiladi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanadiki, biron-bir xususiy qobiliyatning yetishmasligi, sust rivojlanishi boshqa kuchli rivojlanayotgan qobiliyatlar hisobidan STARS International University 381 qoplanishi mumkin va hokazo. Qobiliyatlarning bunday qoplanish xususiyati turli faoliyat turlarini egallash, kasb tanlash uchun juda keng imkoniyatlar beradi. Iqtidor – narsa, hodisa, obyektlar mohiyatini ijodiy tasavvur qilish, zehnli bo‘lish, bir faoliyatga yoki ko‘pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillik-da, intilishda namoyon bo‘ladi. Ona tilini o‘rganishda iqtidor o‘quvchilar ichki motivatsiyasining tabiiy asosini tas- hkil qiladi. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. “Aynan aniq bir predmetga uzoq muddatli, chuqur, turg‘un qiziqishlar asosida ishtiyoq tarbiyalanadi va iqtidor rivojlantiriladi. Biroq “bola jalb qilingan har qanday faoliyat ham avtomatik ravishda uning ushbu faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirib, rivojlantiravermaydi”. Iqtidorni rivojlantirish uchun faqat tashqi sharo-itlar mavjudligi yetarli emas va, shuningdek, maxsus ichki sharoitlar, ya’ni muayyan zehn, iste’dod nishonalari ham muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zehn bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan quyidagi anatomo-fiziologik xususiyatlar ham hisobga olinadi: ko‘rish va eshitish analizatorlari fiziologiyada tashqi olamdan taassurotlarni qabul qilib oladigan tas-hqi apparatdan boshlanib, miyada tugaydigan murakkab nerv mexanizmining ay-rim tug‘ma xususiyatlari; vaqtinchalik nerv ulanishlarni shakllantirish tezligi, ularning mustahkamligi, diqqat bilan e’tiborni qaratish kuchi, asab tizimlarining bardoshliligi, aqliy ish qobiliyati bog‘liq bo‘lgan asab tizimlarining tipologik xossalari; birinchi va ikkinchi signal tizimlarining nisbati va rivojlanish darajasi; bosh miya yarim sharlari-ning ayrim hududlari tuzilishlarining individual xususiyatlari, shuningdek, umumiy va muayyan tuzilishlarning xarakteristikalari. Shuni ham ta’kidlash joizki, zehn iqtidorni o‘z tarkibiga olmaydi va uning rivojlanishiga kafolat bera olmaydi. Zehn - iqtidor-ning rivojlanishi uchun zarur shartlardan biri xolos. Ona tilini o‘rganishda ketma-ket, mantiqiy fikrlash qobiliyati notanish murakkab sharoitda yuzaga keladi. Maktabda tashkil qilinadigan ona tili bo‘yicha o‘tkaziladi-gan olimpiadalarda ana shunday kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday topshiriqlarni bajarish o‘quvchidan qo‘shimcha bilim emas, balki savol mazmunini ham to‘g‘ri tushunish va o‘ziga xos qobiliyatni, nostandart fikrlashni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ- 5712-сон “Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 06/19/5712/3034-сон. 2. Kovalchuk, M.B. (2018). Semantic aspects of algorithmic thinking. Physical and Mathematical Education, 3(17), 61-66. 3. O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUzFALSAFA 1/9 2022- 55-3. Kopa- ev, A.V. (2003). On the practical value of the algorithmic style of thinking. Informa-tion Technologies in a Secondary School, 6, 6-11 4.R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary Scho- ol Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:379-384
'O‘qituvchilarning hissiy charchash sindromi' – o‘qituvchilarning hissiy charchashining oldini olish: STARS International University 237 Annotatsiya: Maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur xususiyatlarni aniqlash orqali “O‘qituvc-hilarning hissiy charchash sindromi” -o‘qituvchilarning hissiy charchashining oldini olish qanchalik ahamiyatli ekanligi e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar: OTM pedagoglarining kasbiy xususiyatlari, “O‘qituvchilarning hissiy charc- hash sindromi”, emotsional zo‘riqish, kasbiy zo‘riqish, hissiy charchash, stress,diagnostika, korreksiya, profilaktika. Psixologik salomatlikni og‘irlashtiradigan o‘qitish va pedagogik ishning ko‘plab qiyinchiliklari orasida uning yuqori ruhiy tarangligi ajralib turadi. Bu-ning oqibati aqliy funksiyalar barqarorligining zaiflashishi, mehnat qobiliyati-ning qisman yo‘qolishi va hatto somatik kasalliklar (L.A. Kitaev-Smyk, R.O. Se-rebryakova va boshqalar) bo‘lishi mumkin, bu psixologik moslashuvning pa-sayishiga, aqliy qobiliyatning buzilishiga olib keladi. Natijada, ushbu kasb va-killari orasida funksional holatning tez-tez uchraydigan salbiy ko‘rinishlaridan biri bu “hissiy charchash” holati yuz beradi. Ushbu sindrom ko‘plab tashqi va ichki sabablar ta’sirida kuchli professional muloqot sharoitida yuzaga kela-di va o‘zidagi his-tuyg‘ularning “o‘chirilishi”, his-tuyg‘ular va tajribalar keskin-ligining yo‘qolishi, muloqotdagi sheriklari bilan nizolar sonining ko‘payishi si-fatida namoyon bo‘ladi. Boshqa odamning tajribalariga befarqlik, hayotning qadr-qimmatini his qilishni yo‘qotish, o‘z kuchiga ishonchni yo‘qotish kabi ruhiy toliqishlar yuzaga keladi. Aniqlanishicha, “hissiy charchash” yosh mutaxas-sislarda ham, ko‘pincha, ishning uchinchi yilida, keyin esa kasbiy inqiroz davrida sodir bo‘ladi. Aksincha, ruhiy tushkunlik, hissiy qattiqlik va hissiy vayronagarchi-lik – bu o‘qituvchi to‘laydigan mas’uliyat narxidir. Savollar tug‘iladi: bizning bo-lalarimizni kim o‘qitadi va tarbiyalaydi? Bunday azob-uqubatlarga duchor bo‘l-gan odam o‘sib kelayotgan avlodga muvaffaqiyatli ta’sir qila oladimi? Bilimlarni uzatish texnologiyasi o‘qituvchining o‘quvchi shaxsini rivojlantirish uchun yara-tadigan atmosferaga nisbatan orqa fonga tushadi. Hissiy charchagan o‘qituvc-hi o‘quvchilarning idrokida buzilishlarga ega, bu esa o‘quv ishlarida inersiyaga JUMABOYEVA MAHLIYO XUDAYBERGAN QIZI Urganch davlat universiteti Psixologiya (f.t.b.) yo‘nalishi magistranti “O‘QITUVCHILARNING HISSIY CHARCHASH SINDROMI” – O‘QITUVCHILARNING HISSIY CHARCHASHINING OLDINI OLISH https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp237-240 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 238 olib keladi. Agar tizim o‘quvchilar va o‘qituvchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, ta’lim maqsadlari, asosan, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini, ma’nosini yo‘qotadi. Hissiy charchash shaxsning kasbiy deformatsiyasiga olib keladi, o‘qituvchilar va yaqin odamlar hamda o‘quv jarayoni subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘unligini buzadi. Profilaktik chora-tadbirlar hissiy charchash xavfini kamaytiradi, o‘qituvchilarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi, ishda yuqori natijalarga erishis-hga imkon beradi. Maqola hissiy charchashning hozirgi darajasini quyidagi diagnos-tika qilish va profilaktika choralarini o‘z ichiga oladi: 1-bosqich: Aniqlash. Ushbu bosqichda o‘qituvchilarning hissiy charchash muammosi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish (2009-yil sentyabr), profilaktika chorala-rini amalga oshirish uchun diagnostika vositalari va uslubiy asoslarini tanlash (2009-yil oktyabr-noyabr), o‘qituvchilarning psixodiagnostik tekshiruvi, hissiy char-chash sindromining mavjudligi yuzasidan o‘tkazildi. Ma’lumotlar tizimlashtirildi va talqin qilindi (2009-yil dekabr). 2-bosqich: Shakllantiruvchi. Shakllantirish bosqichi hissiy charchashning oldini olish va ta’lim muassasalari- da o‘qituvchilarning psixologik salomatligi holatini tuzatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar trening shaklida o‘tkazildi (“Mening kasbiy salomatligimni qanday saqlash kerak?” treningi), pedagogik kengashlarda, xodimlar yig‘ilishlarida o‘qituvchilar bilan ish olib borildi. 3-bosqich: Nazorat. Ushbu bosqichda “Mening kasbiy salomatligimni qanday saqlash kerak?” tre- ningi o‘tgandan so‘ng o‘qituvchilarning holatini tashxislash, psixologik ta’sirdan ol-din va keyin tadqiqot ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish amalga oshiriladi. Bosqich o‘quv jarayoni sharoitida o‘qituvchilarning ruhiy holatini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ta’lim muassasalari ma’muriyati uchun o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini psixologik qo‘llab-quvvatlash, xodimlarni moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlash va muassasada qulay psixologik muhitni yaratish bilan ya-kunlanmoqda. “Hissiy charchash” hodisasi 1982-yilda Maslach, Pelman va Xartman tomonidan batafsil bayon qilingan. Mualliflarning oxirgisi “tuyganlik”ning ko‘plab ta’riflarini umumlashtirgan holda uchta asosiy komponentni aniqladi: hissiy va/yoki jismoniy charchoq, depersonalizatsiya va mehnat unumdorligining pasayishi. Hissiy charchoq haddan tashqari hissiy zo‘riqish hissi va bo‘shliq hissi, hissiy resurslarning charchas-hida namoyon bo‘ladi. Odam avvalgidek ishtiyoq, istak bilan ishlashga o‘zini bera olmasligini his qiladi. Depersonalizatsiya o‘z ishining tabiati bilan xizmat qiladigan odamlarga befarq va hatto salbiy munosabatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ular bilan aloqalar ras-miy, shaxssiz bo‘ladi; paydo bo‘ladigan salbiy munosabatlar dastlab yashirin bo‘lishi va ichki jilovli tirnash xususiyati bilan namoyon bo‘lishi mumkin, bu oxir-oqibat ni-zolarga olib keladi. Shu kabi sharoitlar uzoq vaqt davomida (olti oygacha) birgalik-dagi faoliyatni amalga oshiradigan yopiq mehnat jamoalarida sodir bo‘ladi. Mehnat unumdorligining pasayishi o‘z malakasining, o‘z-o‘zini hurmat qilishning pasayishida STARS International University 239 (o‘zini professional sifatida salbiy qabul qilishda), o‘zidan norozilikda va shaxs sifa-tida o‘ziga salbiy munosabatda namoyon bo‘ladi. “Hissiy charchash”da muhim rol o‘ynaydigan uchta asosiy omil quyidagilardan iborat: shaxsiy, rol va tashkiliy. Freun-denberg “kuyish”ga hissa qo‘shadigan shaxsiy xususiyatlar orasida empatiya, inson-parvarlik, muloyimlik, maftunkorlik, idealizatsiya, introversiya, fanatizmni ta’kidlay-di. Ayollarning hissiy charchoqni erkaklarga qaraganda tezroq boshdan kechirishi haqida dalillar mavjud, garchi bu barcha tadqiqotlarda tasdiqlanmagan bo‘lsa-da. A. Pines va uning hamkasblari kasbiy yuksalish, avtonomiya va boshqaruv tomo-nidan nazorat darajasi va ish joyidagi o‘z-o‘zining ahamiyatlilik hissi bilan “tuygan-lik” o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatdilar. Ishning ahamiyati “tuyganlik”ning rivojlanishiga to‘siqdir. Shu bilan birga, kasbiy o‘sishdan norozilik, qo‘llab-quvvatlash zarurati, av-tonomiyaning yetishmasligi “tuyganlik”ka yordam beradi. V.D. Kovalchuk o‘z-o‘zini hurmat qilish va nazorat qilish joyi kabi shaxsiy xususiyatlarning rolini ta’kidlaydi. Emotsional toliqishlarning u qadar kuchli bo‘lmagan darajasi hech qanday asorat qoldirmaydi va bir necha kundan so‘ng mutlaqo barham topadi. Emotsional toliqish belgilarni uchta guruhga birlashtirish mumkin:1. Zo‘riqish, tushkunlik, charchoq va insonning boshqa odamlar bilan muloqotida- gi “sovuqqonlik” hissi sifatida. 2. Depersonalizatsiya mashg‘ulotlariga nisbatan salbiy yoki loqayd munosabatni nazarda tutadi. 3. O‘z kasbiy sohasini yaxshi bilmaslik hissining vujudga kelishida namoyon bo‘luv- chi reduksiya, undagi muvaffaqiyatsizlikni anglash, kasbiy o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan intilishning pasayishi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlashni istardimki, hissiy kasbiy charchash juda mu- rakkab jarayondir, chunki bu sindromga moyil bo‘lgan odam, ko‘pincha, uning alo-matlarini bilmaydi. U o‘zini tashqaridan ko‘ra olmaydi va unga nima bo‘layotgani-ni tushunmaydi. Shuning uchun unga qarama-qarshilik va ayblov emas, balki qo‘l-lab-quvvatlash va e’tibor kerak. Ushbu sindromning paydo bo‘lishining oldini olish, zaiflashtirish yoki bartaraf etish uchun profilaktika choralarini ko‘rish kerak. An’a-naviy tarzda aytishimiz mumkinki, charchash juda yuqumli va xodimlar orasida tez tarqalishi mumkin. Kuchlanishga moyil bo‘lganlar kinik, negativist va pessimistlarga aylanadi va ular boshqa odamlar bilan ish joyida o‘zaro munosabatda bo‘lib, tezda butun jamoani “tuyganlik” to‘plamiga aylantirishi mumkin. Shu sababli kasbiy hissiy charchashning oldini olish ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida mu-him yo‘nalishga aylanishi kerak. Bizning bolalar bog‘chamiz uchun loyiha ishlab chiqish vaqtida professional his- siy charchash muammosi dolzarb bo‘lib qoldi. Haqiqiy ish sharoitlarini kuzatish va o‘qituvchilar bilan suhbatlarda professional hissiy charchash belgilarining ko‘rinishi-ni tobora ko‘proq ko‘rish mumkin: – hissiy charchoq (o‘qituvchilar ish tufayli hissiy bo‘shliq va charchoqni his qi- lishdi) ; – depersonalizatsiya, ishga va uning obyektlariga nisbatan beadab munosabat (ko‘pincha, o‘qituvchilar hamkasblar, ota-onalar va bolalarni barcha muammolari bi-lan tirik odamlar sifatida emas, balki “mashina” sifatida ko‘rishadi, buning uchun siz smenani ishlab chiqishingiz kerak; shuning uchun ularda bir-biriga, ota-onalarga, bolalarga nisbatan befarq, ba’zan g‘ayriinsoniy munosabatlar yuzaga keladi) ; Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 240 – kasbiy yutuqlarni kamaytirish (o‘qituvchilarda o‘zlarining kasbiy sohalarida qo- biliyatsizlik hissi, undagi muvaffaqiyatsizlikni anglashlari, ishni o‘zgartirish istagi bor edi) . Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı: 1. ДружининB.H. Экспериментальная психология. 2-е изд., перераб. и доп. СПб: Изд-во «Питер», 2000. – С. 320. 2. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya / Z. Nishanova, D. Qarshieva, N. Atabaeva, Z. Qurbonova. Toshkent – 2013. – B. 323. 5. B.Nurullayeva, Pedagoglarda kasbiy zo‘riqish va uning korreksiyasi’’ 2019-yil.3. https://lex.uz/docs/-3334234.4. www.ziyouz.com kutubxonasi.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:237-240
News
Globe & Mail (Toronto, Canada). April 5, 2025, B16
Academic Journal
Naukovyy Visnyk Dnipropetrovs'kogo Derzhavnogo Universytetu Vnutrishnikh Sprav. 5:201-206
Conference
2025 IEEE XVII International Scientific and Technical Conference on Actual Problems of Electronic Instrument Engineering (APEIE) Actual Problems of Electronic Instrument Engineering (APEIE), 2025 IEEE XVII International Scientific and Technical Conference on. :1-4 Nov, 2025
Conference
2025 15th International Conference on Advanced Computer Information Technologies (ACIT) Advanced Computer Information Technologies (ACIT), 2025 15th International Conference on. :159-162 Sep, 2025
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Kovalchuk, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어