학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 1,717건 | 목록 1~20
Academic Journal
Community Services: Sustainability Development. 2:171-176
Academic Journal
Journal of Social Sciences and Cultural Study. 2:01-05
Academic Journal
Sinektika: Jurnal Arsitektur. :15-23
Academic Journal
Ruang-Space: Jurnal Lingkungan Binaan, Vol 11, Iss 1, Pp 171-186 (2024)
Academic Journal
Jurnal Educatio FKIP UNMA, Vol 7, Iss 2, Pp 410-418 (2021)
Academic Journal
Riset Arsitektur (RISA). 4:138-154
Conference
2025 8th International Conference on Computing Methodologies and Communication (ICCMC) Computing Methodologies and Communication (ICCMC), 2025 8th International Conference on. :1765-1770 Jul, 2025
Conference
2025 IEEE 45th International Conference on Distributed Computing Systems Workshops (ICDCSW) ICDCSW Distributed Computing Systems Workshops (ICDCSW), 2025 IEEE 45th International Conference on. :408-411 Jul, 2025
Virtual olam va uning jamiyat hayotiga ta’siri: STARS International University 145 Annotatsiya: Ushbu maqola texnika taraqqiyoti asrida inson hayotiga kirib kelgan virtual olam, uning jamiyatga ta’siri, o‘smir yoshlarning ongiga olib kirgan salbiy illatlari hamda uni bartaraf etish istiqbollari haqidadir. Kalit so‘zlar: virtual olam, texnokratik, IT, in’ikos, ekzistensial, umumplanetar ong, aksiologiya, aksiosfera, dominant, kinematograf. Bugun insoniyat fan-texnika taraqqiyoti eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri- da yashayotganligi bilan ham faxrlanadi, ham sarosimaga tushadi. Garchi insoniyat ushbu voqelikka ulkan aql-idrok va salohiyat orqali erishgan bo‘lsa-da, ulardagi moddiylik xususiyati birlamchi mohiyatga ega bo‘lgani uchun bugun bir qancha muammolarni yuzaga chiqara boshladi. Shu ma’noda, bugun insoniyat ushbu so-hada vujudga kelgan salbiy holatni yumshatish uchun “insoniylik” mezonlariga asoslangan yangicha texnokratik qadriyatlar tizimini ishlab chiqishi zarur. Bizningcha, an’anaviy jamiyatlardagi barqarorlik omili fan-texnika yutuqlari bi- lan ijtimoiy xulq-atvor muvozanatiga erishilganidir. Zamonaviy jamiyatlarda esa IT rivoji jamiyat moddiy taraqqiyotiga xizmat qilib, ma’naviy munosabatlarni o‘z soyasida qoldirmoqda. Xususan, Yevropadagi Ilk sanoat to‘ntarish inqilobi ushbu voqelik uchun zarur bo‘lgan an’anaviy qadriyatlarni siqib chiqardi. Masalan, das-tlab texnikaning rivojlanishi qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish sanoati-ni inqirozga olib keldi, bu esa ushbu sohada band aholining qashshoqlashuviga, hatto voqelikka nisbatan keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi (Ludchilar harakatini eslang!). Bu jarayon bugungi kunga kelib birmuncha jiddiy tus oldi. “O‘tgan asrn-ing 80-90 yillarida АQSh po‘lat eritish kompaniyalarida, ishlab chiqarish ko‘lami o‘zgarmagani holda, ishchilar soni olti barobar, “Jeneral Elektrik” kompaniyasida uch barobar kamaygan” bo‘lsa, bugungi kunga kelib, umumjahon moliyaviy krizisi tufayli bu raqamlarning kundan kunga oshayotgani zamonaviy jamiyatlardagi tex-nika taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotdan uzoqlashuviga, aniqrog‘i, fan-texnika rivoji odamzodni saodatga emas, balki manfaatlar yo‘lida o‘zaro mux-olif tomonlar shakllanishiga xizmat qilmoqda. To‘g‘ri, ijtimoiy farovonlikka erishish uchun fan-texnika rivoji suv va havodek zarur. Lekin bunday ko‘rinishdagi taraqqiy-otning ma’naviy va atrof-muhitga salbiy ta’sirini hech ham oqlab bo‘lmaydi. Tursunbekov Xurshidbek Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti yo‘nalishi3-bosqich talabasi Saidova Hilolaxon, Qo‘qon davlat pedagogika institute Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi VIRTUAL OLAM VA UNING JAMIYAT HAYOTIGA TA’SIRI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp145-149 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 146 Texnokratik qadriyatlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning tarkibiy qismlari- dan biri bo‘lgan virtual (lot. virtualis – mumkin bo‘lgan, muayyan shart-sharoitlar-da namoyon bo‘lishi mumkin yoki zarur) borliqni o‘rganish hamda uning insoniyat ongi va qalbiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini tadqiq etish zarurdir. “Virtual borliq” atamasini ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida Massachusets tex- nologiya instituti xodimi Jeron Lener ishlatgan bo‘lsa-da, “muomalaga amerika-lik kinematografchilar tomonidan kiritilgan.Ular muayyan sabablarga ko‘ra, tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar”. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatishga moslangan texnologi- yalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli sohalariga shiddat bilan kirib borayot-ganini kuzatishimiz mumkin. Qadriyatlarning makon bilan bog‘liq xususiyatlari IT ta’sirida yo‘qolib bormoqda, bu esa etnik birlik madaniyatlarining universallashuvi-ga, an’anaviy qadriyatlari va namunali ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining zaiflashu-viga sabab bo‘lmoqda. San’at, fan va ijtimoiy hayotning tegishli sohalariga texnologiya ta’siri natijasida butunlay o‘zgacha dunyo virtual olam vujudga keldi. Bu olamdagi narsa va hodisalar rivoji o‘ziga xos tarzda virtual tafakkurdagi insonlar jamoasini hamda qadriyatlarini shakllantiradi. Inson qachonki o‘zini virtual olamning ajralmas qismi sifatida his eta boshlasa, undagi narsa va hodisalar qadriyatga aylana boradi. Bizningcha, virtual olam tushunchasining tadqiqotimiz maqsadiga yaqinroq tahlili – moddiy ko‘rinish-dagi narsa va hodisalarni kompyuter grafikasi vositasida bo‘rttirib, xayoliy qayta shakllantirish yoki obyektiv borliqni subyektivlashtirishdir. Virtual olam ham tabiiy olam singari makon, vaqt, mavjudlik, yo‘qlik kabi qonuniyatlarga ega. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u real olamni o‘z imkoniyatlari doirasida tasavvur etishi, o‘zgartirishi, oq yoki qora rangda tasvirlashi mumkin, ya’ni u haqiqiy mustaqillikka ega. Аyni paytda “barcha boshqa realliklar bilan ulardan ontologik jihatdan mustaqil bo‘la turib o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin, aktual, ya’ni uni tug‘diruvchi reallik faol bo‘lgunga qadar mavjud bo‘ladi”. Virtual olamda ehtimollik, ideallik, loy-ihalashtirish, insoniy yoki hayvoniy qiyofa tanlash erkinligi, takrorlash, taqlid kabi barcha imkoniyatlar subyektning ixtiyorida bo‘ladi. Bu yerda real olamdagi barcha narsa va hodisalar faqat in’ikos etadi. Bu olam “tasvirlar dunyosi”dir. Virtual olam ijodkori va yaratuvchisi, shubhasiz, inson va uning tafakkuridir. Inson bu jarayonda real voqelikka qaraganda birmuncha erkin va keng imkoniyatlarga egadir. Virtual voqelikda inson faoliyatiga to‘siq bo‘luvchi omillarning yo‘qligi inson ongida mavjud bo‘lgan salbiy holatlarni erkin amalga oshirishga imkon beradi. Bu voqelikda aloqa imkoniyatlarining o‘sishi individning jamiyatdan ajralib qolishiga, ijtimoiy taraqqiyotdagi bo‘hronlar esa noinsoniy mayllarning rivojiga olib keladi. Bu olamda inson kundalik hayotida amalga oshira olmaydigan katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu unga har qanday ko‘rinishdagi tasavvurlarini moddiylashtirish uchun sharoit yaratadi. Subyektiv mazmundagi yangi qadriyatlar paydo bo‘ladi, ular bu olam uchun ahamiyatli, eng muhimi, ularni amalga oshirish mumkin. Inson bu olam ichiga kirib borgani sari dunyoqarashi, turmush tarzi, qiziqishlari o‘zgarib o‘ziga xos qadriyatlar tizimi shakllanadi va ular inson ma’naviy ongini yuksaltiradi yoki zaiflashtiradi. Аloqa vositalarining takomillashuvi hosilasi sifatida net-o‘yinlari paydo bo‘ldi. Internet makoni darvozasi keng ochilgan, u ma’naviy qadriyatlar dunyosini shid- STARS International University 147 dat bilan o‘zgartirib, qayta qurmoqda, insonning virtual olamga kirib borishi o‘zi-ga bo‘lgan ishonchni kuchaytirib, masofali muloqot orqali o‘z “men”ini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyojini to‘laligicha qondirishga yordam beradi. Аlbatta, virtual olamdagi voqelik real olamdan qiziqroq va afzaldir. Bugun ushbu hodisa aksari-yat odamlar uchun muammo va tashvishlarga to‘la haqiqiy olamdan voz kechtirish (vaqtincha) omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Virtual olamda inson faoliyati cheg-aralari keng bo‘lib, dunyo jiddiy to‘siq sifatida yo‘q bo‘ladi, chunki bu olamda ham-masini yangidan boshlash, ya’ni bemalol “xato” qilish mumkin bo‘lib, o‘z faoliyati oqibati uchun hech kim yoki hech narsa oldida javobgar bo‘lmaydi. Virtual olamda shakllangan qadriyatlar tizimi inson turmush tarzi va faoliyatiga salbiy ta’sirlari esa quyidagilarda ko‘rinadi: Birinchidan, real olamdagi eng oliy qadriyat sanalmish inson hayoti bu olam- da umuman qadr-qimmatga ega emas. Chunki oddiygina “qayta yuklash” im-koniyati virtual olamning o‘ziga xosligini tushunish uchun yetarli. Inson hayoti qadrsizlanishining oliy ko‘rinishi 2016–2017-yillarda ommalashgan “ko‘k kit” in-ternet o‘yinida namoyon bo‘ladi. Yoshlar ongiga psixologik hujum qilish orqali ularni tashqi olamdan uzish, virtual olamning dahshatlarini ommalashtirish ush-bu o‘yinning asosiy maqsadi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘yinga kirish uchun o‘yin ma’murlari, eng avvalo, 18 yoshga to‘lganlik yoki to‘lmaganlik haqi-da ma’lumot so‘raydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, moderatorlar yoshlarning ongi va ma’naviy dunyosi endi rivojlanib kelayotganidan g‘araz maqsadlarida foydal-anishni niyat qilgan. O‘yin ishtirokchilariga elikka yaqin hayot uchun xatarli top-shiriqlar beriladi. Ular qatorida tana a’zosining biror qismiga “Ko‘k kit” (“Siniy kit”) degan yozuvni tilib yozish yoki yurib ketayotgan mashina oldidan yugurib o‘tish kabi inson hayoti uchun xavfli ishlarni ko‘rsatish mumkin. O‘yin xatarli ekanligini an-glab,undan voz kechmoqchi bo‘lgan o‘smirga psixologik hujum boshlanadi, ma’lu-motlar bazasidagi axborotlardan foydalanib, “Sen mana bu manzilda yashaysan, o‘yin shartlarini yakunlamasang, yaqinlaringni o‘ldiramiz”, degan iskanjaga olinadi. Oxiroqibat, o‘yinning sharti bo‘yicha o‘z joniga qasd qilish bilan o‘smirning hayo-tiga nuqta qo‘yiladi. Inson qadr-qimmati oddiy virtual o‘yin ta’sirida yakun topadi. Ikkinchidan, ushbu olam “asiri”ga aylangan inson ongida voqelik zerikarli va rangsiz ko‘rinadi va ekzistensial muammolar yechimini xayollar dunyosidan izlaydi, shuningdek, giyohvandlikning “kimyoviy bo‘lmagan” ko‘rinishiga tobe bo‘ladi. Uchinchidan, muayyan o‘yin qahramoniga, boshqaruvchisiga aylangan shaxs ma’naviy qiyofasi bir necha “qatlamlarga ajralishi” mumkin, ya’ni bir shaxs o‘yin davomida xohlagan jins, yosh, e’tiqod yoki guruh ko‘rinishida mavjud bo‘la oladi. Ma’lum ma’noda, ushbu fikrlar biz yashab turgan olamga ham tegishli bo‘lib, inson o‘z hayoti va faoliyati davomida bir necha qiyofada (masalan, oilada hukmron er-kak, ish joyida tobe xodim) namoyon bo‘lishga majbur bo‘ladi. Bu jarayonda “men” va “virtual men” kategoriyalari qanday o‘zaro ta’sirga kirish- adi? Bizningcha, voqelik bilan aloqaning uzilishi natijasida ontogenezda qadriyat-larga asoslangan munosabatlar asosiy belgilarining bir yoshdan boshqasiga siljishi sodir bo‘ladi. Bu qadriyatlardagi vorisiylik tamoyilining buzilishi va inson hayotida qadriyatli nomutanosiblikni yuzaga keltiradi, chunki “o‘yin qadriyati maktabgacha bolalarning qadriyatlar ierarxiyasining dominantasi bo‘lib xizmat qiladi. Katta yosh-dagi bolalar va kattalarda qadriyatlar ierarxiyasiga boshqa dominanta – qadriyat-larga asoslangan o‘zlikni anglash, o‘z hayoti ma’nosini mustaqil tarzda aniqlashga Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 148 intilish xosdir”. Аyniqsa, virtual olam ko‘rinishlari endi o‘sib kelayotgan bolalar ruhiy dunyosiga birmuncha salbiy ta’sir etadi, “oqilona, mantiqiy narsalar va hodisalar olamiga bolaning erta kirishi uni emotsiyalardan, boshqalarga nisbatan hamdardlik hissidan mahrum etishi mumkin. Kattalar bilan normal aloqa qilmaslik natijasida bolalarda aqliy qoloqlik alomatlari tobora ko‘p kuzatilmoqda”. Virtual olam o‘z “asir”iga boshqalarga tobe bo‘lmasdan huzur-halovatda ya- shash, o‘zini turli xil yo‘llar bilan doimo xursand qilib yurish imkoniyatini beradi. Bu “erkinlik” to‘laqonli muloqot qilish imkoniyatini yo‘qotishga olib keladi, “axborot uzatish” bundan mustasno. Virtual dunyo asiriga tushish turli ijtimoiy nizolarga, qadriyatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Insoniyatning virtual olam ta’sirida “bir o‘lchovli odam”lar jamiyatiga aylanib qolish xavfi haqida o‘tgan asrning 60-yil-laridayoq G.Markuze ogohlantirgan edi. Bugun yoshlar orasida internet va uyali telefonning ommaviylashib ketayotgan- ligini inobatga olsak, jamiyat ma’naviy muhitini barqaror saqlashga ehtiyoj ortib borayotganligi namoyon bo‘ladi. Bizningcha, jamiyat ma’naviy muhitining buzilishi-da zamonaviy axborot vositalarini “aybdor” sifatida ko‘rsatish to‘g‘rimi? Balki ayb-ni hissiz, jonsiz kompyuterlarga emas, millatimiz axloqi, turmush tarzi, mentalite-ti, an’ana va qadriyatlariga zid bo‘lgan turli shakldagi ma’lumotlarni yuklayotgan “zamonamiz qahramon”lariga qo‘ysak, adolatdan bo‘lar! Bu masalani X.Lenk quy-idagicha izohlaydi: “Kompyuterlar ijtimoiy, ma’naviy mavjudot emas, ular biror-bir ongli jarayonni amalga oshirmaydi. Shu bois axborot tizimlari ma’naviy javobgar-likni o‘z zimmasiga olishi mumkin emas. Qabul qilingan qarorlar uchun ma’naviy javobgarlikni kompyuterlar zimmasiga yuklashga urinish muayyan odamlar yoki odamlar guruhining javobgarlikdan bo‘yin tovlashga urinishidan boshqa narsa emas, bunday javobgarlikni mashinaga yuklab bo‘lmaydi”. Yangi axborot makoni umumplanetar ongda chuqur aksiologik o‘zgarishlar- ni amalga oshirmoqda. Insoniyat shu kungacha e’zozlab, qadrlab kelgan an’ana va urf-odatlar virtual olam qadriyatlari oldida ko‘p holatlarda ojiz qolmoqda. Xu-susan, virtual makonda shakllanayotgan qadriyatlar tizimi insoniyat tomonidan yuqori tezlikda qabul qilinibgina qolmasdan, balki haqiqiy olamga ma’naviy hayot bag‘ishlab turgan an’anaviy qadriyatlarga qarshi kurash usuliga aylanib, oila, un-umli faoliyat (ish), ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylikdan uzoqlashishga olib kelmoqda. “Bizning kelajagimiz, agar u bor bo‘lsa, bugungi texnologik jarayonlarga munosa-batimizga bog‘liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog‘liq ekan-miz, insoniyat jamiyatidan “post-insoniyat” jamiyatiga o‘tish dinamikasini yaxshi anglab yetishimiz darkor. Аyniqsa, tuzoq qayerda joylashganini, muqarrar o‘lim-ga olib borishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni payqay bilishimiz zarur”. Shuningdek, “...yoshlarda internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalan-ish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish” masalasi 2017-yil 28-iyuldagi Prezidentimiz Sh.Mirziyo-yevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 3160-sonli Qarorida keltirib o‘tildi. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy rivojlanish jarayonida qadriyatlar o‘zgaradi, mu- kammalashadi. O‘tmishda insoniyat uchun qadrli bo‘lgan narsa va hodisalar bugun qadriyat bo‘lmasligi mumkin, kelajakda esa yangi qadriyatlar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda o‘tmishdagi qadriyatlarga “qaytish” mumkin. Bugun aksiologiya sohasi o‘z rivojining yangi bosqichida turibdi. Katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan axborot STARS International University 149 va aloqa texnologiyalari hozirda nafaqat insoniyatning o‘zaro yaqinlashuvini te-zlashtirmoqda, balki qadriyatlar tizimi modernizatsiyasiga sharoit yaratmoqda. Bu jarayonlar tadqiqi quyidagicha xulosa beradi: insoniyat – ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va eng yangi axborot inqilobi ko‘rinishida – hozirgi zamon aksiosferasi doirasida yangi qadriyatlarning vujudga kelishini kuzatmoqda. Jamiyat uchun eng yaxshisi – qadriyatlarning yangilanish bosqichini chuqur tahlil qilgan holda foy-dali va ijobiy tomonlarini hayotga tatbiq etish.Jarayonni tahlil qilish va idrok etish uchun keng dunyoqarash hamda ozuqaviy ma’naviyat zarur. Aytaylik, yaqin yillar-da hayotimizga kirib kelishi kutilayotgan sun’iy intellektga munosabatimiz qanday bo‘ladi, tasavvur qilish qiyin, lekin biz muhokama qilib turgan virtual olam tushun-chasi 15-16 yillar oldin tasavvurimizda mavjud bo‘lmagan edi. Bu borada Preziden-timiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘ara-zli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularn-ing hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”. Bir so‘z bilan aytganda, shiddatli taraqqiyot davrida zamon tahlikalarini tog‘ri qabul qila oladigan ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga urg‘u berish jamiyatning ustuvor maqsad va yo‘nalishlaridan biri hisoblanmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 3160-sonli Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soxani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori 2017-yil, 28-iyul. 2. Bahodir Zokir Globalllshuv ziddiyatlari. “Tafakkur”,2000-yil 35-bet.3. Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi. T.: NISHON-NOSHIR. 4. Михайлов А.Н. Диагностика виртуальной образности [Текст] А.Н. Михай- лов, Н.А. Носов. М.: 2008. – С. 8. 5. Каган М.С. Философская теория ценностей [Текст] / М.С. Каган. – СПб.; ТОО ТК «Петрополис», 2007. – стр. 153. 6. Mavluda Yoqubova Ijtimoiy taraqqiyot va madaniyatning globallashuvi. T.:NISHON-NOSHIR, 7. Маркузе Г. Техногенная цивилизация. – М.: Элигия, 1998. – С. 45.8. Х. Ленк. Размышления о современной технике. – М., 1996. – С. 141.Ник Бостром Ph.D., is Director of Oxford University’s new Future of Humanity Institute. Угрозы существованию человечества. Анализ сценариев вымира-ния. // 2007. http://www.nickbostrom/com.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Conference
2024 58th Asilomar Conference on Signals, Systems, and Computers Signals, Systems, and Computers, 2024 58th Asilomar Conference on. :694-700 Oct, 2024
Conference
2024 IEEE 25th International Workshop on Signal Processing Advances in Wireless Communications (SPAWC) Signal Processing Advances in Wireless Communications (SPAWC), 2024 IEEE 25th International Workshop on. :596-600 Sep, 2024
Report
FORTE 2025 - 45th International Conference on Formal Techniques for Distributed Objects, Components, and Systems, Carla Ferreira, Claudio A. Mezzina, Jun 2025, Lille, France
Conference
2024 19th International Symposium on Wireless Communication Systems (ISWCS) Wireless Communication Systems (ISWCS), 2024 19th International Symposium on. :1-6 Jul, 2024
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Jeron, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어