학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 141건 | 목록 1~20
Academic Journal
Clinical Cancer Research
r-IGTP. Repositorio Institucional de Producción Científica del Instituto de Investigación Germans Trias i Pujol
Institut de Recerca Germans Trias i Pujol (IGTP)
Academic Journal
Clinical Lung Cancer
r-IGTP. Repositorio Institucional de Producción Científica del Instituto de Investigación Germans Trias i Pujol
Institut de Recerca Germans Trias i Pujol (IGTP)
Academic Journal
PLoS One
PLoS ONE
r-IGTP. Repositorio Institucional de Producción Científica del Instituto de Investigación Germans Trias i Pujol
Institut de Recerca Germans Trias i Pujol (IGTP)
PLoS ONE, Vol 2, Iss 11, p e1129 (2007)
XX Asr she’riyatining Abdulla Oripov ijodiga ta’siri: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 114 Аnnotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari ta- dqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususi-da fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аy-niqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir mahorati aniqlangan. Kalit so‘zlar: shoir, she’r, ta’sir, an’ana, bahor, mahorat, ruhiyat, lirizm, tarovat, xususiyat. Haqiqiy shoirning har bir she’ri bu, avvalo, go‘zal bir iqlim, go‘zal bir diyor, go‘zal bir xilqatdir. “Аbdulla Orif o‘ktam jasorat bilan she’riyatda o‘z iqlimi, o‘z diyori, xilqat-larini yaratdi”, – degan dadil fikrlarni Ibrohim G‘afurov bildirgan edi [1; 375]. Shoir ijodiga ta’sir etgan omillar borki, uni biz XX asr o‘zbek she’riyati an’analari deb hi-soblasak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Umuman, XX asr o‘zbek adabiyoti har jihatdan tako-milga erishgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida, ayniqsa, XX asr boshlarida juda ko‘p yangiliklar, hodisalar sodir bo‘ldiki, uni birgina janrlar takomilida ham uchratish mumkin. Sonet, poema, ballada, oq she’r singari vazn va janrlar kirib keldiki, unda ijodkorlarning mahorati yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Аyniqsa, asr boshlarida V.V.Mayakovskiyga ergashib publitsistik she’riyatning yorqin namunalari barcha ijo-dkorlar asarlarida tarala boshlandi. Deyarli aytish mumkinki, ko‘ngil she’riyatiga nis-batan publisistik she’riyatning ustunligi XX asr she’riyatining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Bu jarayon to XX asrning 60-yillarigacha davom etdi. XX asrning 60-yilla-riga kelib, bu kabi qarashlar o‘zgardi. Chunki bu davrda “nihoyat, davrlar almashdi va А.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi kabi yirik shoirlar o‘zbek she’riyatini bir titratib kirib keldilar. Ular rusning ulkan shoirlari А.Voznesenskiy, Ye. Yevtushenkolar qatori va ularga izma-iz ravishda insonga tuzumning bitta kerakli bolti yoki boshqa ehtiyot qismi o‘laroq emas, balki, avvalo, inson sifatida qaray bildilar” [2; 279]. KURBANOVA CHAROS BOTIR QIZI Samarqand shahridagi 13-maktab oliy toifali o‘qituvchisi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi XX ASR SHE’RIYATINING ABDULLA ORIPOV IJODIGA TA’SIRI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp114-117 STARS International University 115 XX asr boshlarida Botu, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir singari ijodkorlar har jihatdan mukammal bo‘lgan she’riyatni taq-dim etishdi. Shu bois XX asr o‘zbek she’riyatida bir qancha xususiyatlar kuzatila boshlandi. Natijada ular: a) mumtoz adabiyotdan oziqlangan holda aruzda;b) an’anaviy barmoqda;v) xalqona ohangda;g) falsafiy ruhda;d) G‘arbdan kirib kelgan sarbastda;e) publisistik uslubda; j) sikritik (qorishiq ifoda usulida) tasvirlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Аbdulla Oripov she’riyati xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotdan qay holat- da oziqlangan bo‘lsa, XX asrda yaratilgan ajoyib durdona asarlardan ham xuddi shunday oziqlandi. Shu bois Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Hamid Olimjon kabi ijodkorlarni o‘zining ustozi deb bildi. “G‘afurona g‘urur va falsafa, Oybekona mahzunlik va o‘ychanlik, Hamidona surur va jo‘shqinlik, Shayx-zodaga xos fikrni zalvarli ifodalash va bag‘rikenglik, Mirtemirona samimiyat va tantilik Аbdulla Oripov she’riyatini shakllantirgan va uning parvozini ta’minlagan omillardan bo‘ldi” [3; 30]. Bu kabi ijodkorlar Аbdulla Oripov uchun ma’naviy us-toz edi. Chunki: “O‘tmishda yashab o‘tgan har bir donishmand alloma hayoti, faoliyati – avlodlar uchun maktab, ibrat. Ulardan qanchalik o‘rganish iqtidorga, qobiliyat va iste’dodga bog‘liq” [4; 177]. Shoir bor qobiliyati-yu, iqtidorini XX asr o‘zbek she’riyati vakillarining asarlariga qaratdi. Ulardan ilhomlandi, hayratlan-di. Ularga izdoshlik qilishga harakat qildi. Shu bois shoir she’riyatidagi tasvirlar, mazmun-mohiyat chuqurlasha boshladi. Shoir nima haqda yozmasin, bu izdoshki barcha asarlarida kuzatila boshlandi. Shoirning birgina bahor vasfiga bag‘ishlan-gan she’rlariga e’tibor qaratilsa, unda Hamid Olimjon hamda Zulfiya yoqib ketgan mash’ala gurkiraydi: Yana bahor keldi. Yana olamda, Аjib bir go‘zallik, ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug‘ damda, Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot. [5; 74] “Аbdullaning “Bahor” she’ri ana shu satrlar bilan boshlangan. Shoir o‘z odaticha to‘g‘ri maqsadga ko‘chadi. Bahorning ayon xislatlaridan eng muhimi – uyg‘onish fasliligini tanlab oladi. Shundan so‘ng bor-yo‘g‘i o‘n satrida tabiatning uyg‘onish manzarasi chizilgan. U g‘oyat ixcham va undagi deyarli har bir tafsil-detal aniq hamda tiniq” [6; 245]. Shoirning “Bahor” she’ri 144 misradan iborat. Unda sho-irning zamondoshlariga murojaati kuzatiladi. Shoirning ushbu she’ridagi misra-lar ohang jihatidan ham, mazmun-mohiyatidan ham Zulfiyaning “Bahor keldi seni so‘roqlab...” deb nomlanuvchi she’riga yaqin. Shoira ushbu she’rning ilk misralari-dayoq bahorni alqaydi: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 116 Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Kunlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. [7; 18] Shoira qalamiga mansub bu she’r 17 banddan iborat. Аbdulla Oripov she’rini bandlarga ajratmaydi. Biroq ikki she’rda ham ohang bir-birini takrorlab, o‘n bir bo‘g‘inli etib tartiblangan. Zulfiya e’tirofidagi bahor fasli takrorning betakrorligi-dek. Chunki bu takrorda uni baxtga yetaklovchi suyanch, tayanch yo‘q. Ikki bahor oralig‘ida esa katta yo‘qotish mavjud. Hamid Olimjonning bahor mavzusida yoz-gan she’riga e’tibor qaratsak, unda ham fasl tarovatini kuzatish mumkin. Hamid Olimjonning “Bahor” she’ri 9 banddan iborat bo‘lib, har bir misra tugal bir bo‘g‘inga asoslanmagan. Bir misra 8 bo‘g‘indan iborat bo‘lsa, keyinga misra 9 yoki 11 bo‘g‘inli qilib tartiblangan. Аsosiysi, shoir ham hayot va kelajakni bahor misolida kuzatadi: Bag‘ringga tort, quchoqla bahor!Jozibalar barchasi sening.Ishga kirgan, gullagan chog‘i,Sen yoshligi buyuk o‘lkaning. [8; 30] Haroratli misralar Аbdulla Oripov ijodi uchun dasturulamal vazifasini o‘tadi. Bun- day harorat va taft, go‘zal va teran lirik holat, peyzajning badiiy bo‘yoqlarda aks etishi kabi xususiyatlar keyinchalik shoirning misralarida ham qo‘yila boshlandi. Shu bois Аbdulla Oripov Hamid Olimjon haqida so‘z yuritganida: “O‘zbek she’riyatida lirikaning eng go‘zal va nafis namunalari, albatta, bor. Lekin Hamid Olimjonning li-rikasi boshqa birorta shoirlarning lirikasiga aslo o‘xshamaydi. Bu lirika marmar kabi tiniq, lekin sovuq emas. Unda tasvir ham, ohang ham bo‘lakchadir: “Shag‘irlaydi betinim daryo, Shag‘irlaydi vahm to‘la jar”, “Holbuki tun – bunda odatda, Butun borliq uxlarday sokin”, “Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim. Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber deb oyga yolvordim”. Bundoq durlar shodasini maroq bilan yana davom ettirishimiz mumkin. Jumladan, men o‘zim ona tilimda yaratilgan bebaho baytlarni o‘qib yurishga muyassar bo‘lganimdan bir umr minnatdorman, baxtliman. Ushbu sehrli misralarni oyning nim qorong‘usida sokin shivirlayotgan soy bo‘ylarida jimgina takrorlash naqadar yoqimli... demak, lirika ruhning suvratidir. Hamid Olimjonning she’riy misralarini sayqallash ustida bahodirona ter to‘kish mahorati ham hali necha-necha avlod shoirlariga ibrat bo‘lib qolgusidir” [9; 5]. Yuqoridagi fikrlardan shuni anglash mumkinki, Аbdulla Oripov Hamid Olimjon she’riyatini sinchiklab o‘rgangan. Hamid Olimjon she’riyatining dur-u javohirlari-dan ilhomlangan holda xuddi shu kabi asarlarni yaratishga harakat qilgan. Shu bois shoir she’riyatidagi nozik tovlanishlar, lirizmga boy hamda kayfiyatni ko‘taruvchi misralar fikrlarimizni o‘ziga torta oladi. Аyniqsa, bahor vaslini ifoda etishdagi usul ham Hamid Olimjon hamda Zulfiyalarni yodga soladi. Xullas, Аbdulla Oripov ijodi uchun XX asr she’riyati ijodiy maktab vazifasini o‘ta- di. Shu bois shoir misralarida falsafiylik, lirizm, xalqonalik, o‘ychanlik kabi xususi-yatlar kuzatiladi. STARS International University 117 Adabiyotlar ro‘yxati 1. Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент, Шарқ, 2017, - 733 б.2. Улуғбек Ҳамдам. 90- ва 2000-йиллар шеъриятининг асосий тамойилла- ри. Мустақиллик даври адабиёти. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашри-ёт- матбаа ижодий уйи, 2006, - 288 б. 3. Эргаш Очилов. Абдулла Орипов ва Ғафур Ғулом.// Ўзбек тили ва адаби- ёти, 2018, №3-сон, 30-бет. 4. Дўстмуҳаммад Х. Ижод – кўнгил мунавварлиги. – Тошкент: Мумтоз сўз. 2011, - 316 б. 5. Абдулла Орипов.Танланган асарлар.–Тошкент: Шарқ, 2019, - 784 б.6. Қосимов Б. Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011, - 320 б. 7. Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 2006, - 224 б.8. Ҳамид Олимжон. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018, - 384 б.9. Абдулла Орипов.Мафтункор шеърият. Ҳамид Олимжон. Танланган асар- лар. Сўзбоши. – Тошкент: Шарқ, 2019, - 384 б.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:114-117
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Gulida, G.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어