학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 20,988건 | 목록 1~20
Reference
Benezit Dictionary of Artists, 2011
Reference
Benezit Dictionary of Artists, 2011
Reference
Benezit Dictionary of Artists, 2011
Academic Journal
Британские исследования. :119-139
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 232 Annotatsiya: Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganilgan . Kalit so ‘ zlar: ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar, matn, o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at, nutq, tafakkur, ma’noli so‘zlar, til birliklari. Kichik maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishida ularning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri, dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi. Bolalar nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlanadi. Bolaning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining o‘sishida uning nutqi juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon, so‘z boyligi ko’p bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish, mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida kattalar nutqi asosida rivojlanadi, bu tabiiy hodisa. Bola rivojlanishiga irsiyat, tashqi muhit bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir. Va shu o’rinda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlar ta’lim sifatiga va shu bilan birga, bola tarbiyasiga juda katta ta’sir etishini ta’kidlash o’rinli, deb bilamanki, zero, ta’lim va tarbiyada ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo’yilgan qadamning debochasi sanaladi. XUSANOVA GULRUXSOR TO‘QIN QIZI O‘qituvchi, Farg‘ona davlat universitetigulruxsorxusanova@gmail.com KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI https://doi.org/10.47689/STARS.uni-versity-pp232-235 STARS International University 233 Til - tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda bolalarga nafaqat ular qarab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va ularni qiziqtirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi. Ko‘pincha, bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli odam undan so‘raydi: «Falon narsa qayerda?», biroq biz uni amaliy ish bilan mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli aloqani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan u ushbu so‘zning ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa qayerda?» degan savol bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Masalan, «soat» deganimizda, bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan soat qayerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Biroq bu o‘rinda savol emas, aynan soatni ko‘rib va eshitib qabul qilish vaqtlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning faqatgina ushbu usul mohiyatini tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga qiziqarli qilib qo‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutqi birmuncha o‘ziga xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda qaytaravermasdan iboralarni ham aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin qisqa, biroq ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz qilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoqlar, shaxsiy gigiyenaga oid narsalar, ovqat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa qanchalik qiziqarli bo‘lsa, u narsalar bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (qo‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, qo‘lga olishi, qimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa, ta’mini ko‘rishi) mumkin.Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik, psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni tanlash, izohlashda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan talablarga mos holda bolaning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashidan kelib chiqildi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini o‘stirish, nutq boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun muhim lingvodidaktik vositalarni yaratish harakatlari yaqinda boshlandi. Yaratilayotgan lug‘atlarning barchasini bir maqsad — maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning boy ma’naviy, madaniy, tarixiy merosi, milliy qadriyatlariga sodiq, ma’naviy-axloqiy barkamol qilib tarbiyalash hamda so‘z zaxirasini boyitish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish, to‘g‘ri va ravon gapirish ko‘nikmasini o‘stirish maqsadi birlashtiradi. Biroq bolalar uchun lug‘at yaratishning so‘zlarni tanlash, izohlash, kitobning estetik didga mos, rangli-bezakli bo‘lishi bilan bog‘liq va boshqa o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 234 Bolalarning nutqiy salohiyatini o‘stirish,so’z boyligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinayotganini bolaning kattalar tomonidan o‘qib yoki aytib berilgan jumla, so‘zlar ma’nosini anglashi, ularni amalda qo‘llay olishi, turli qiyin vaziyatlarda kattalar ko‘magisiz muammolarni hal etishga urinishi, aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyatining ortishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishida ko‘rish mumkin. Albatta, bu jarayon kattalar — tarbiyachi va pedagoglardan - alohida ko‘nikma va mahoratni, qolaversa, maxsus zaruriy ta’limiy vositalar, qo‘llanmalarni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy savodxonligini oshirishda lug‘atlarning o‘rni muhimligi jahon tajribasida to‘la isbotlangan. Lug‘atlar bilan ishlash nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki o‘z ona tilidan mukammal foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish, xususan, tinglab tushunish, amalda qo‘llash, o‘rnida ishlatish, o‘xshash so‘zlarni farqlash, to‘g‘ri talaffuz etish kabi kommunikativ(lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik) kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.Jahonning bir qancha taraqqiy etgan davlatlarida maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlar uchun leksikografiyaning maxsus lug‘atlar yaratish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i shakllangan bo‘lib, uning, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar ishlab chiqayotgan tarmog‘i nihoyatda jadallashgan. Dunyoning turli tillarida sohaning maxsus termin, tushuncha va ruknlari ham paydo bo‘lgan bo‘lib, bu masalaning naqadar dolzarb ekanini isbotlaydi. Masalan, ruslarda “Учебник до-школьника”, “Мой первый словарик”, inglizlarda “Сollins first school dictionary”, “Macmillian first dictionary”, “Merriam Webster’s first dictionary”, “Scholastic children’s dictionary”, “Children’s dictionary”, “Dictionary for kids”, “Learning dictionary”, xitoyliklarda “Booculchacha”, ukrainlarda “Miнi – пiдручник для до-шкiльнят” ruknlari ostida son-sanoqsiz lug‘atlar yaratilgan, leksikografiyada учебный словарь, школьный словарь, первый словарь дошкольника; school dictionary, educational dictionary, children’s dictionary, dictionary for kids, learning dictionary kabi faol terminlar paydo bo‘lgan. Ushbu lug‘atlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda poydevor vazifasini bajaradi deb ayta olamiz. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kratkiy slovar kognitivnyx terminov / Pod red. E.S. Kubryakovoy. - M., 1996.- 245 s. 2. Masharipova U.A. Metodika formarovaniya kultury rechi uchashchixsya nachalnyx klassax v usloviyax innovatsionnogo obrazovaniya: ped.fan.dok. (PhD) dis. – T.: 2018. 38-bet. 3. Akramjonovna, S. R. (2022). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI “TILGA E’TIBOR-ELGA E’TIBOR” RUHIDA TARBIYALASH. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM , 2 (18), 833-836. 4. Turgunboev, T., Saidov, A., & Eshkobilova, M. (2021). Energy Storage Systems in Electric Vehicles. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 11(1), 35-43. STARS International University 235 5. Turgunboev, T. T., & Saidov, A. A. (2019). Prospective of hydrogen in automobile transport. ACTA of Turin Polytechnic University in Tashkent, 9(3), 100-103. 6. Akbarova, Z. A. (2020). THE STUDY OF THE CONCEPT OF” LANGUAGE CARRIER” IN LINGUISTICS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF HISTORY, CULTURAL STUDIES AND PHILOLOGY (pp. 14-19). 7. Akmaljonovna, A. Z., & Alijonovna, B. N. (2022). The Main Stages of Speech Development of Young School Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 405-409. 8.Khusanova, G. T. K. (2021). VERBAL CALCULATION AND MENTAL ARITHMETIC IN PRIMARY SCHOOL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences , 1 (11), 34-37. 9.Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent Reading Skills In Primary School Pupils. JournalNX , 21-24. 10.Sodikova, G., & Boboeva, Z. G. (2020). Boshlang ‘ich sinflarda oqish malakalarini shakllantirish. Молодой ученый, (15), 451-453.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:232-235
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish: STARS International University 297 Annotatsiya: Ushbu maqolada tadbrikorlik va uni tashkil etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aholining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda ishsizlik darajasini qisqartirish masalari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, interprise, tadbirkor, biznes. Tadbirkorlik – (inglizcha-interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliya-ti va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor-lik atamasi har qaysi ensiklopedik lug‘atida turlicha tushuntiriladi. Misol uchun, “ O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida 1 ” gi Qonunda tadbirkorlik boshqacha ta’rif bilan ochib berilgan: “ Tadbirkorlik - mulkchilik sub’yektlarin- ing foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amalda-gi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir”. Bizning fikrimizcha, tadbirkorlik atamasi boshqacharoq ya’ni: bu o‘z mohiyatiga ko‘ra in-son faoliyatning ko‘p qirrali sohasi bo‘lib, u yangilikni yaratish bilan bog‘liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib oladigan bo‘lsak, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo‘lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jihatlari umumlashgan holda tahlil qilamiz. O‘zbek olimlar-idan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevning tadbirkorlikni “daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo‘jalik faoliyati sohibkorlik tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo‘lish” , ... “...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmasiga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish”, deb ta’riflangan. Har sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlikda ham maqsad va ahamiyatlari mavjud. Tadbirkorlikning maqsadlari: •Yosh avlodda tadbirkorlik ongini shakllantirish, ularni kichik va o‘rta korxonalar tashkil etishga rag‘batlantirish; •Bo‘ajak yangi va yosh tadbirkorlarni o‘z korxonalarini muvaffaqiyatli saqlash va boshqarish uchun o‘rgatish; 1 https://lex.uz/acts/-75878 KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 2 9 5 - 2 9 8 SAITOV SIROJIDDIN ABDUVALIYEVICH O‘zMUJF o‘qituvchisi XAYDAROV BAXROM XOLMURODOVICH O‘zMUJF o‘qituvchisi SHODLIKOV DILSHODBEK ELBEK O‘G‘LI O‘zMUJF talabasiE-mail: dilshodbekshodlikov@gmail.com «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 298 •Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlarga global ishlab chiqarish va bozor strategiyasi haqida ma’lumot berish; •Tadbirkorlarni atrof­muhitni ifloslantirmaydigan korxonalar tashkil etishga rag‘batlantirishdan iborat. Tadbirkorlik ahamiyatlari:•Tadbirkorlik aholining bo‘sh jamg‘armalarini safarbar qilish orqali kapital shakl- lanishiga yordam beradi. •Bu darhol keng ko‘lamli bandlikni ta’minlaydi. Shunday qilib, bu mamlakatdagi ishsizlik muammosini, ya’ni barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ildizini ka-maytirishga yordam beradi. •Tadbirkorlik mutanosib hududiy rivojlanishga yordam beradi.•Tadbirkorlik iqtisodiy kuch konsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi.•Bu boylik, daromad va hatto siyosiy hokimiyatni mamlakat manfaati uchun teng ravishda qayta taqsimlashni rag‘batlantiradi. •Bu kapital va ko‘nikmalarning samarali resurslarini safarbar qilishni rag‘batlan- tiradi, aks holda foydalanilmaydi va bo‘sh qolishi mumkin. •Tadbirkorlik, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakat eksport savdosiga yordam beradi. Aholinimh keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularmni daromad man- balarini yaxshilashga qaratilgan “Har bir oila-tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” kabi ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. Mamlakatimizning 2018-yildagi ma’lumotga ko‘ra kichik biznesdagi bandlarning 34,2 foizi qishloq xo‘jaligida, 12,7 foizi - sanoatda, 11,6 foizi qurilishda, savdoda 13,4 foizi va 28,1 foizi xizmatlar sohasida band. Nimaga ushbu sohaga katta e’tibor berilayotganligini asosiy sabablaridan biri kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyati va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. Xulosa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlatirish orqali aho lining bandligini ta’minlash va shu bilan bir qatorda, ishsizlik darajasini qisqa-rtirishga erishishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 35.Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191. 36.Хакимов О. М., Курбанов З. Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в нашей республике //Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176-181. 37.Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие туризма в Узбекистане //Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375-378. 38.Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics Activities //INTERNATIONAL JOURNAL OF BUSINESS DIPLOMACY AND ECON-OMY. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 39-43. 39.Ҳосилмуродов И., Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафий- методологик таҳлили //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb mua- STARS International University 299 mmolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 549-551. 40.Nodira T. INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Ed-ucational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346-351. 41.Ali o‘g‘li A. O. STATISTICAL STUDY OF DIRECT MAINTENANCE OF SMALL BUSINESS ACTIVITIES IN THE REGIONS //EPRA International Journal of Econom-ic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 30-33. 42.Норбеков, Х., & Туйчиева, Н. (2022). Формирование конкурентных преимуществ компании . Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Mua-mmolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 589–592. Re-trieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5351 43.Nasirov B. U., Boltaeva M. J. Genesis And Transformation Of The Public Ca- tering System In Uzbekistan During The Soviet Period //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume. – Т. 12. – С. 5834-5841. 44.Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT AC- COUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and manage-ment. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 32-36. 45.Nodira T., Rashid X. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Web of Scientist: International Scientific Re-search Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155-164. 46.Abdusattarovich M. B. CALCULATING ECONOMIC EFFICIENCY IN THE DIG- ITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN //Web of Scientist: International Scientific Re-search Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 1189-1194. 47.Khakimov O. SOCIAL GOALS OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION //In- ternational Bulletin of Applied Science and Technology. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 55-59. 48.Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDU-CATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 49.Alimov N., Gulrukh F. Dependence of psychological maturity on the strength of family relationships //Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. – 2022. – Т. 6. – С. 38-41. 50.Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity //PSYCHOLOGY AND EDU-CATION. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470-1485. 51.Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communication as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. 52.Nosirovich, A. N., & Umarovich, N. B. (2022). CYBERSPACE IN THE REAL WORLD. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(10), 410-414. 53.Burkhanovna, K. D., Alisherovich, M. R., & Ugli, N. B. U. (2021). Communication as the main source of personality development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 75-80. 54. Xaydarov, B., & Saitov, S. (2022). Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va afzal- liklari. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 300 Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 634–635. Retrieved from https://inli-brary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5390 55.Baxrom Xolmurodovich Xaydarov, Sirojiddin Abduvaliyevich Saitov RAQAM- LI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA XORIJIY TAJRIBA // Academic research in educational sciences. 2022. №5. URL: https://cy-berleninka.ru/article/n/raqamli-iqtisodiyot-tushunchasi-afzalliklari-amaliy-ahami-yati-va-xorijiy-tajriba (дата обращения: 29.11.2022). 56.Furqatov S., Toshboyev A. AMIR TEMURNING MAMLAKAT OBODONCHILI- GI BORASIDAGI FAOLIYATI HAQIDA //Журнал истории и общества. – 2021. – №. 2. 57.Bazarboevich R. K., Kumakovich T. A. Toponym and Ethnonyms of the Emir- ate of Bukhara in the Late Xix and Early Xx Centuries //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 136-142.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:297-300
G‘аznаchilik fаoliyаtidа moliyаviy nаzorаt: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 116 Аnnotаtsiyа: Davlat moliyaviy nazorati, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati ob’yektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z boradi. Kаlit so ‘ zlаri: g‘aznachilik, g‘aznachilik tizimi, davlat budjeti, moliyaviy nazorat. KIRISH G‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy munosabatlarning yig‘indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat budjetining daromad va xarajatlari bo‘yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarishning markazidan o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining milliy g‘aznachiligi tizimi Davlat budjetining g‘azna ijrosi jarayonida budjet mablag‘larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratning shakllanishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, resurslarning cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy mablag‘lar qanchalik oqilona sarflansa, korxona ixtiyorida aylanma mablag‘lar ko‘payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g ‘ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo‘lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Budjet moliyaviy nazorati.Moliyaviy- xo‘jalik (tijorat, tadbirkorlik nazorati).Mustaqil audit.Davlatimizning milliy-me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki nazorat to‘g ‘risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Albatta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda va davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarda ichki nazorat tizimi har xil bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu -moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir. Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati tomonidan ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti ESHMAMATOV ILYOS ISMOIL O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi G‘АZNАCHILIK FАOLIYАTIDА MOLIYАVIY NАZORАT https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 1 1 4 -1 1 8 STARS International University 117 moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarining oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisidir. G‘aznachilik ijrosi davomida budjet mablag‘larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy majburiyatlarning majburan g‘aznachilik bo‘linmalarida shakllantirilishi asosida amalga oshiriladi. Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud. Xususan, SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission) tavsiyalarida ichki nazorat shunday ta’riflangan - “Ichki nazorat bu – tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon”. Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi, menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish kabi kategoriyalarga yo‘naltiriladi. Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan. G‘aznachilik bo‘linmalarida ichki nazorat tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g ‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funktsiyalar ham asos hisoblanadi. G‘aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo‘linma faoliyati samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato va kamchiliklarning oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobi yuritilishiga va hisobotlarning sifatli tuzilishiga yo‘naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G‘aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag‘laridan samarali va tejab foydalanish, g‘aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko‘rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatda budjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig‘indisi orqali bir ob’yektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo‘ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir. Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo‘g ‘inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati sub’yektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti – bu budjet tizimi budjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo‘yicha biron-bir imtiyozlardir. Byudjet kodeksiga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy Nazoratini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 118 (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi. G‘aznachilik tizimi nazorati - budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshirish maqsadida budjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik shartnomalarini majburan ro‘yhatdan o‘tkazishda va narxlar monitoringini, budjet me’yorlariga rioya qilinishini dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari xususida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasaarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlari hisoblanadi. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi budjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qonun buzilish holati sodir bo‘lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yilning birinchi yarim yilligida budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larining maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘tkazilgan 3 480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzilishi, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi. Qayd etilishicha, hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida vazirliklar bo‘yicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi: STARS International University 119 Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 455 ta nazorat tadbirlarining 336 tasida 65,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 3 martaga oshgan; Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 117 ta nazorat tadbirlarining 96 tasida 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 981 mln so‘mlik qonun buzilish holatlari aniqlangan); Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 454 ta nazorat tadbirlarining 368 tasida 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (7 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 8,5 martaga oshgan; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 514 ta nazorat tadbirlarining 390 tasida 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (14,1 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,9 martaga oshgan; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 136 ta nazorat tadbirlarining 129 tasida 24,1 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 903 mln so‘mlik qonun buzilish holatlari aniqlangan); Suv xo‘jaligi (6,8 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5,2 mlrd so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd so‘m), Madaniyat (2,6 mlrd so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd so‘m), Andijon (33,2 mlrd so‘m), Jizzax (28,3 mlrd so‘m), Toshkent (24,1 mlrd so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m), Qashqadaryo (15,6 mlrd so‘m), Samarqand (15,5 mlrd so‘m), Buxoro (11 mlrd so‘m), Namangan (10,4 mlrd so‘m), Xorazm (8,7 mlrd so‘m), Navoiy (2,1 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd so‘m) moliyaviy qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, 2696 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik qonun buzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, G‘aznchilik faoliytida moliyaviy nazorat muhim ahamiytga ega. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, Moliya vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 120 pirovard maqsad qilib belgilash. Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatga erishishning zarur quroli deb baholanmoqda. Markazlashgan budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR 1. J.E.Аtayev. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada takomillashtirish istiqbollari. 2. A.Ibragimov, B.Sugirbaev. Budjet nazorati va auditi, o‘quv qo‘llanma, T.2010. 3. A. Xudaykulov. “Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. 4. infoCOM.UZ, Lex.uz.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:116-120
O‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va rivojlantirishning o‘ziga xosligi: STARS International University 379 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonli- gini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorini rivojlantirish, faoliyatning turli ko ‘ rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolariga oid ma’lumotlar keltirib o ‘ tilgan. Kalit so‘zlar: maktab, ta’lim, inson, muvaffaqiyat, kasbiy faoliyat, ijtimoiy ma’no, iqtidor, qobiliyat, ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik. XXI asr jahon ta’limining rivojlanish tendensiyalari negizida ta’lim jarayoni sub- yektlari faoliyatini innovatsion tashkil etishni muvofiqlashtirish, har tomonlama bar-kamol shaxsni voyaga yetkazish, kompetensiyaviy yondashuvlar zamirida peda-gogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140- son “Umumiy o ‘ rta ta’lim to ‘ g‘risida”gi Nizomga binoan umumiy ta’limga qo‘yila- yotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasa-lari faoliyatini tashkil etish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-mi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi sifatida belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikr- lash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozir-laydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan ona tili bo‘yicha muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi ona tili bo‘yicha o‘quv das-turlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uz-viy bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vata-niga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ona tili o‘qitish jarayoniga o‘qitishning NORQOBILOVA RAYXONA Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyas” kafedrasi o‘qituvchisi O‘QUVCHILARNING ONA TILI BO‘YICHA IQTIDORINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOSLIGI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp379-381 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 380 zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish dolzarb ijtimoiy-peda-gogik ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning individual, ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatla-rini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish bugungi kunda-gi ta’lim oldida turgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tilidan bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish, boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazi-falarini amalga oshirish, o‘quvchilarning ona tili bo‘yicha iqtidorini aniqlash va shu asnoda rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixo-logik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim. O‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish shaxsning hissiy, irodalilik jihatlari, shuningdek, xarakterni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik va pedagogik jarayondir. Iqtidorni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivo- jlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq. Psixolog olimlarning ta’biricha, “Iqtidor - insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyat- lari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi”. Iqtidor shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. “Iqtidor ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va mala- kalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi”. Demak, har qanday iqtidor shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoli-yatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois iqtidor deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga ja-vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha iqtidorlilar uc-hun tayanch xususiyat – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmasidir. Tadqiqotlarimiz davrida biz ilmiy ishlanmalar, adabiyotlarni tahlil etib, iqtidor, qo- biliyat tushunchalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qildik. M.Davletshinning ta’kidlashicha, iqtidor - shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyat-lar tizimini o‘z ichiga oladi. Demak, olimning ta’biricha, iqtidor umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Qobiliyat deganda esa yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobi- liyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. “Qobiliyatni ma’lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomil-lashtirishning maxsus vositalarini qo‘llash bilan uyg‘unlikda olib borish va boshqalar orqali rivojlantirish yo‘llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholik-da namoyon bo‘ladi”. Binobarin, qobiliyat - iqtidorlilikda o‘z ifodasini topadigan kon-sept sifatida tadqiq qilinishi zarur bo‘lgan tushuncha. Har qanday faoliyat insondan bir qobiliyat emas, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha qobiliyatlar bo‘lishini talab qiladi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanadiki, biron-bir xususiy qobiliyatning yetishmasligi, sust rivojlanishi boshqa kuchli rivojlanayotgan qobiliyatlar hisobidan STARS International University 381 qoplanishi mumkin va hokazo. Qobiliyatlarning bunday qoplanish xususiyati turli faoliyat turlarini egallash, kasb tanlash uchun juda keng imkoniyatlar beradi. Iqtidor – narsa, hodisa, obyektlar mohiyatini ijodiy tasavvur qilish, zehnli bo‘lish, bir faoliyatga yoki ko‘pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillik-da, intilishda namoyon bo‘ladi. Ona tilini o‘rganishda iqtidor o‘quvchilar ichki motivatsiyasining tabiiy asosini tas- hkil qiladi. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. “Aynan aniq bir predmetga uzoq muddatli, chuqur, turg‘un qiziqishlar asosida ishtiyoq tarbiyalanadi va iqtidor rivojlantiriladi. Biroq “bola jalb qilingan har qanday faoliyat ham avtomatik ravishda uning ushbu faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirib, rivojlantiravermaydi”. Iqtidorni rivojlantirish uchun faqat tashqi sharo-itlar mavjudligi yetarli emas va, shuningdek, maxsus ichki sharoitlar, ya’ni muayyan zehn, iste’dod nishonalari ham muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zehn bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan quyidagi anatomo-fiziologik xususiyatlar ham hisobga olinadi: ko‘rish va eshitish analizatorlari fiziologiyada tashqi olamdan taassurotlarni qabul qilib oladigan tas-hqi apparatdan boshlanib, miyada tugaydigan murakkab nerv mexanizmining ay-rim tug‘ma xususiyatlari; vaqtinchalik nerv ulanishlarni shakllantirish tezligi, ularning mustahkamligi, diqqat bilan e’tiborni qaratish kuchi, asab tizimlarining bardoshliligi, aqliy ish qobiliyati bog‘liq bo‘lgan asab tizimlarining tipologik xossalari; birinchi va ikkinchi signal tizimlarining nisbati va rivojlanish darajasi; bosh miya yarim sharlari-ning ayrim hududlari tuzilishlarining individual xususiyatlari, shuningdek, umumiy va muayyan tuzilishlarning xarakteristikalari. Shuni ham ta’kidlash joizki, zehn iqtidorni o‘z tarkibiga olmaydi va uning rivojlanishiga kafolat bera olmaydi. Zehn - iqtidor-ning rivojlanishi uchun zarur shartlardan biri xolos. Ona tilini o‘rganishda ketma-ket, mantiqiy fikrlash qobiliyati notanish murakkab sharoitda yuzaga keladi. Maktabda tashkil qilinadigan ona tili bo‘yicha o‘tkaziladi-gan olimpiadalarda ana shunday kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday topshiriqlarni bajarish o‘quvchidan qo‘shimcha bilim emas, balki savol mazmunini ham to‘g‘ri tushunish va o‘ziga xos qobiliyatni, nostandart fikrlashni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ- 5712-сон “Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги Фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2019 й., 06/19/5712/3034-сон. 2. Kovalchuk, M.B. (2018). Semantic aspects of algorithmic thinking. Physical and Mathematical Education, 3(17), 61-66. 3. O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUzFALSAFA 1/9 2022- 55-3. Kopa- ev, A.V. (2003). On the practical value of the algorithmic style of thinking. Informa-tion Technologies in a Secondary School, 6, 6-11 4.R.D.Norqobilova. “Methods of Forming Beautiful Writing Skills in Primary Scho- ol Students”. International Journal of Development and Public Policy. |e-ISSN: 2792-3991| www.openaccessjournals.eu| Volume: 1 Issue: 7 181-183.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:379-384
Conference
2025 International Conference on Digital Image Computing: Techniques and Applications (DICTA) Digital Image Computing: Techniques and Applications (DICTA), 2025 International Conference on. :1-8 Dec, 2025
Academic Journal
Dinamika Kerajinan dan Batik: Majalah Ilmiah, Vol 35, Iss 1, Pp 25-32 (2018)
Pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 54 Annotatsiya: Ushbu maqola bugungi kunning muhim mavzularidan bo‘lib, maktabga- cha yoshdagi bolalarning intellektual va psixologik rivojlanishida diqqatning dolzarblik darajasi hamda yosh tofasi inobatga olingan holda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik, diqqat, maktabgacha yoshdagi bola, psixik jarayonlar, shaxs, diqqat barqarorligi, konsentratsiya, ta’lim-tarbiya. Ta’lim-tarbiya haqida gapirganda bevosita Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlari yodga tushadi: “Tarbiya, pedagogika – bola tarbiyasining fani demakdir. Bola-ning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida mas-lakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qil-mog‘i lozimdir”. Darhaqiqat, qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bun-day kadrlarni millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘i- ni hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, in-son o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyat-ga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki bola axborot va ma’lumotlarni qabul qilishda uning diqqati muhim rol o‘ynaydi. A.A. Lyublinskayaning ta’kidlashicha, diqqat aqliy faoliyatning alohida shakli emas, balki u har qanday aqliy jarayonga kiradi va kattalar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan bolalar faoliyatining har xil turlarida takomillashtiriladi [1;267]. Makta-bgacha yoshdagi bolalarda beqarorlik, impulsivlik, chalg‘ish, beparvolik, jalb qilishda qiyinchilik va diqqatni bir obyektga nisbatan uzoq vaqt jamlashning qiyinligi hola-ti ko‘p kuzatiladi, ularda ixtiyoriy diqqati keyinchalik shakllanadi. Diqqatni tashkil etishdagi kamchiliklar intellektual faoliyatning rivojlanishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish ARAKULOV GAYRAT TULKINOVICH, O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali o‘qituvchisi PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK MASHG‘ULOTLAR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUHIM FENOMEN SIFATIDA https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp54-56 STARS International University 55 ko‘nikmalarining nomukammalligi bilan bog‘liq. Psixologiyada diqqat muammosiga doimo muhim o‘rin berilgan bo‘lib, shu bilan birga diqqat tushunchasining o‘zi fan rivojlanishining turli davrlarida turlicha ta’riflangan. Diqqatning tabiatiga oid turli qarashlar zamirida A.A. Osipova va L.I. Malashinskayalar shunday deydi: “Diqqat har doim biror narsaga qaratiladi, bir obyektga bo‘lgan qiziqish bir vaqtning o‘zida bos-hqasiga e’tibor bermaslikdir, diqqat o‘ziga xos kognitiv jarayon emas, u har qanday bilish jarayoniga (idrok, tafakkur, xotira) xos bo‘lib, bu jarayonni tashkil etish qo-biliyati vazifasini bajaradi” [2;104]. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, diqqat - bu ma’lum bir obyektga tanlab qaratish va unga diqqatni jamlash, obyektga qaratilgan kognitiv faoliyatni chuqurlashtirishdir [3;328]. F.N.Gonobolin so‘zlariga ko‘ra, diqqat - bu aqliy holat bo‘lib, u kognitiv faoliyatning intensivligini tavsiflaydi va unga nisba-tan tor sohadagi (harakat, obyekt, hodisa) kontsentratsiyasida ifodalanadi [4;160]. Yuqoridagi olimlar fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, diqqat aqliy faoliyatni tashkil etishning psixik omillaridan biridir. Diqqat turli xil xususiyatlar, ya’ni hajm, taqsi-mot, qat’iylik, konsentratsiya, intensivlik, tebranish va almashinish bilan tavsiflanadi. Diqqatning har bir ko‘rib chiqilgan xususiyati o‘ziga xoslikka ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham diqqatni rivojlantirish kelgusi faoliyati uc- hun zaruriy shart hisoblanadi. Shuning uchun diqqat shaxsning rivojlanish darajasini umumiy baholashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bolada diqqat-ni biror narsaga qaratib, ko‘rgan yoki eshitgan narsalarini xotirada saqlashi mumkin, ammo ilgari qabul qilingan ma’lumotlardan yod ma’lumotlarni qabul qilganda unda ikkilanish, tushunmovchilik holati yuzaga keladi. Bunday harakatlar asosan makta-bgacha yoshdagi bolalarda ko‘p kuzatiladi. Ushbu yoshdagi bolaning diqqati uning atrofdagi predmetlar va ular bilan amalga oshiriladigan harakatlarga nisbatan qi-ziqishlarini aks ettiradi. Bola faqat qiziqish yo‘qolguncha diqqatini qaratadi. Yangi obyektning paydo bo‘lishi darhol diqqatni unga o‘tkazishga olib keladi, shuning uc-hun bolalar kamdan-kam hollarda uzoq vaqt davomida aynan bir faoliyatga nisbatan diqqat qaratadi. Ammo, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining murakkablas-hishi va ularning umumiy aqliy rivojlanishi tufayli diqqat ko‘proq konsentratsiya va barqarorlikka ega bo‘ladi. Demak, aksar hollarda maktabgacha yoshdagi ba’zi bola-lar bir xil o‘yinni 30 daqiqa davomida o‘ynashlari mumkin bo‘lsa, besh yoki olti yosh-ga kelib, o‘yinning davomiyligi 2 soatgacha oshishi mumkin. Buning sababi shunda-ki, o‘yin odamlarning yanada murakkab harakatlari va munosabatlarini aks ettiradi va unga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda yangi vaziyatlarni joriy etish bilan qo‘l-lab-quvvatlanadi. Boshqacha aytganda maktabgacha yoshdagi davrning oxiriga ke-lib, ongli ravishda qo‘yilgan maqsad bilan, iroda sa’y-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan faol diqqatning boshlanishi paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi bolaning psixikasida muhim neoplazma hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat yanada yaxshi rivojlana boshlaydi, chunki bu davrda bola va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayoni ham faollashadi. Bundan tashqari, bu yoshga kelib bolaning e’tibori nafaqat barqaror, hajm jihatidan kengroq, balki samaraliroq bo‘ladi. Bu ayniqsa bolada ixtiyoriy harakatning shaklla-nishida yaqqol namoyon bo‘ladi, bola o‘z e’tiborini ular uchun intellektual jihatdan katta qiziqish uyg‘otadigan o‘yinlarga, harakatlarga, jumboqlarga, topishmoqlarga, ta’lim turidagi vazifalarga qarata oladilar va natijada intellektual faoliyatga e’tibor-ning barqarorligi yetti yoshga kelib sezilarli darajada oshadi. Shunday qilib, pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar davomida diqqat alohida o‘rin egallaydi. U hayotda aqliy faoliyatning muhim jihati sifatida namoyon bo‘ladi Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 56 va bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, mehnat faoliyatining sifati va unumdorligi, shaxsning o‘zini o‘zi namoyon etishi uchun zarur vosita hisoblanadi. Tahlillarimiz natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat barqarorligini ta- minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarni taklif etamiz: •Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni interfaol va rangdor ko‘rgaz- mali qurollardan foydalangan holda olib borish; •“Art terapiya”, “Musiqa terapiya” mashg‘ulotlarini kun tartibiga kiritish;•Aynan diqqati beqaror bolalarni aniqlab ularning ismlarini mashg‘ulot davomida tez-tez takrorlash; •Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda reglament- ga qat’iy rioya qilish; So‘z yakunida shuni alohida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni asosiy va muhim jihati shundaki, diqqatning barqarorligi bolada bilimlarni tez va sifatli o‘zlashtirishda muhim omil sanalishi bilan bir qatorda, ushbu bilim va ko‘nikmalardan foydalangan holda kelajakda yurt ravnaqi uchun muhim ijobiy o‘zga-rishlar qila oladi deyish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati 1.Люблинская А.А. Детская психология: Учебное пособие. - М.: Просвещение, 1971. - 267с. 2.Осипова А.А., Малашинская Л.И. Диагностика и коррекция внимания. – М.: ТЦ Сфера, 2002. - 104с. 3.Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. В 2-х т. - М.: Педагогика, 1989. Т.1. - 488 с.; Т.2. - 328с. 4.Гоноболин Ф.Н. Внимание и его воспитание. - М.: Педагогика, 1972. - 160с.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:54-56
Academic Journal
Publications de l'École française de Rome 220(1):271-288
Academic Journal
Publications de l'École française de Rome 220(1):231-250
Academic Journal
Siberian Historical Research-Sibirskie Istoricheskie Issledovaniya
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Biron, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어