학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 4,353건 | 목록 1~20
Conference
2025 10th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK) Computer Science and Engineering (UBMK), 2025 10th International Conference on. :1778-1781 Sep, 2025
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishda interfaol metodlardan foydalanish: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 104 Annotatsiya. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, interfaol usul, V.A.Suxomlinskiy, samaradorlik, dolzarb muammolar, intellektual salohiyat. Bugungi kunda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlar- dan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qi-tuvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot , munozara , bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib , rivojlanib boradi. Interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar Kabi, eng avvalo , o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. O‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z-o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojla- nadi. O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi. Har bir o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga , mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o‘tilgan darslarda o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay , balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohada yuritishga , muammolarni o‘z vaqtida yecha oladigan qobiliyat-ga ega bo‘lishi kerak. Interfaol metodlarda darslarni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini TOJIMIRZAYEVA BUZULAYXO MAXAMMADJON QIZI, Termiz davlat Pedagogika Instituti Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 303-guruh talabasi BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp104-106 STARS International University 105 rivojlantirish o‘zi-o‘ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya’ni o‘quvchining: - o‘zi mustaqil mutolaa qilishi , o‘qishi asosida bilim olishi; - o‘zini-o‘zi anglab yetishga , anglab tarbiya topishga; - o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; - o‘quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga; - o‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi , har bir daqiqani g‘animat bilishga; - o‘quv mehnatiga o‘zida xhxish , istak uyg‘ota olishga; - har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga; Ayniqsa, ular hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishga o‘r- ganmog‘i zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zini o‘zi rivojlantirish texno- logiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol metodda o‘qitish nima uchun zarur, uning qanday turlari mavjud, tarkibiy tuzilishi qanday u ta’lim jarayoniga qanday olib kiriladi, uning avvalgi usullardan farqi nima-da, degan savollar uchraydi. Interfaol usullardagi darslarda o‘quvchini ijodiy fikrlashga , olingan axborotlarni o‘zaro faollikda hal etishga , o‘z fikrini erkin bayon etishga , tashabbuskorlikka , guruhlarda masalalar yechimini topishga , hamkorlik , hamjihatlikda ish yuritishga , fikrni mantiqan yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlarda ish yuritish , an’anaviy usullardan voz kechish degani emas.Balki ta’lim mazmunini o‘zaro faollikda hal eta olish demakdir. Interfaol usulning bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o‘zining intellektual salohiyatini , im-koniyatlarini namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshiradi. O‘qish inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qish orqali inson borliq , ja- miyat haqida bilimga ega bo‘ladi , o‘qishni bilmagan odamning ko‘zi ojiz kishidan farqi yo‘q. Boshlang‘ich sinfda o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: ‘’Bolalar dunyoni va o‘z-o‘zini bila bo- rish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun o‘zi-ning mas’ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak. …Bolaga yaxshilik va yomonlikni to‘g‘ri ko‘rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch , zavq , hayajon , ma’na-viy go‘zallikka erishish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g‘azab , murosasizlik uyg‘otadi , haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga to‘ldiradi”. Maktablarda darslarning samaradorligi ko‘p jihatdan interfaol metodlarni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq. Interfaollik asosida o‘tgan darsni tashkil etish shunday kecha-diki , bu jarayonda birorta ham o‘quvchi chetda qolmaydi , ya’ni ular ko‘rgan, bilgan, o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning har bir bildirgan fikrlari , u to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar , tanqid qilin-maydi. O‘quvchilar hamkorlik ham ijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish va o‘zlashtirishda o‘zlarining shaxsiy hislarini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday holatlar o‘zaro samimiylikni ta’minlaydi , yangi bilimlarni olish , o‘zlashtirishga havas ortadi. Interfaol metodlarni tashkil qilish va olib borish bu mashg‘ulotlarning sifati va sa- maradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 106 Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etishga imkoniyat beradi. Bulardan asosiysi o‘quvchilarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqla-rining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi ta’minla-nadi. Shu bilan birga, amaliyotda ma’lum bo‘lishicha, dars jarayonida interfaol me-todlarni qo‘llash o‘quvchilarning asabiy zo‘riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyati-ning shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi. Interfaol metodlarni mashg‘ulot maqsadiga muvofiq tanlash lozim, interfaol mas- hg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ular dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorgarliklariga o‘zi- ga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilim-larni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikr-lash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat. Mashg‘ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur . Buning uchun keraklivositalar- ni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot o‘tkazuvchilar va ularning vazifala-ri aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni qiyoslashi , ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni be-rish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga ol-gan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘l-gan interfaol yoki boshqa metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lis- hini ta’minlaydi. Interfaol metodlar konstruktiv tizimining quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim: o‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak , aks holda unga hech kim hech narsani o‘r-gata olmaydi: o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarini “kashf qilishga” yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi; bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllan-tiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Turdiyev N.SH., Asadov YU.M , Akbarova S.N , Temirov D.SH. Umumiy o‘rta talim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quv uslubiy qo‘llanma(I-qisim). Toshkent, 2015. 2. A.A.Abduqodirov , R.Ishmuxamedov , A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texno- logiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). T.: Is-te’dod, 2008. 3. Manzura90.zn.uz/interfaol-metodlar/ 4. uz.denemetr.com/docs/769/indexs-31326-1.html?page=2 5. bilim13.zn.uz/dars-ishlanma/interfaol-metodlar/
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Conference
2025 27th International Conference on Advanced Communications Technology (ICACT) Advanced Communications Technology (ICACT), 2025 27th International Conference on. :88-93 Feb, 2025
Academic Journal
Journal of Instrument Engineering. 68:792-798
Academic Journal
Hydrometeorology and Ecology. 119:150-158
Academic Journal
2025 25th Asia-Pacific Network Operations and Management Symposium (APNOMS). :1-6
Academic Journal
Проблеми старіння і довголіття (Україна) . Problems of ageing and longevity (Ukraine). 30:58-71
Conference
Proceedings of the 8th International Conference on Future Networks & Distributed Systems. :831-839
Chet tilini intensiv o‘qitishning afzalliklari: 330 CHET TILINI INTENSIV O‘QITISHNING AFZALLIKLARI B.Qahhorov (Sam DCHTI magistranti) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi kun yoshlarini har tomonlama mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masaladir. Shu sababli, yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan bilimlaridan kelib chiqib tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim”[Mirziyoyev, 56]. Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorda ham ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada yaxshilashda zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashda dasturilamal bo‘lmoqda. Bu soxada zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash aloxida axamiyat kasb etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘lida yangicha yondashuv tizimi joriy etildi.Shubhasiz,bu islohotlarning markazida talabani ta’lim jarayonining sub’ekti-faol ishlovchisiga aylantirish yotadi.Nemis tili darslarini intensiv o‘qitish davomida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalar yana bir karra o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik, ya’ni har bir darsga nisbatan ijodiy yondashuvni ta’minlashiga mustahkam zamin yaratadi. Zamonaviy o‘qitish metodlarini darslarda to‘g‘ri tadbiq etish – yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda fikriy teranlik, mantiqiy saviyaning yuqoriligi, ziyraklik, etuk mushohada layoqatini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan zamonaviy an’anaviy metodga aylanib borayotgan “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Charxpalak” Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o‘quvchi)larni baholay olishga qaratilgan. Kartochka Ushbu mashg‘ulot talabalarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka holda fikrlash hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish qobiliyatini aniqlaydi Xotira tex. Ushbu texnologiya talaba (yoki o‘quvchi)larni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘z – o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba (yoki o‘quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu yangi pedagogik texnologiyalar o‘qitish sifatini oshirishni ta’minlaydi. Hozirgi kunda bir qator metodlar ham kirib kelmoqdaki, ulardan qay birini tanlab foydalanish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. Masalan “bevosita metod” orqali o‘quvchi biror chet tilini vositachi tilsiz, ya’ni ona tili yordamisiz o‘rganadi. Bunga poydevor assosiativ metoddir.Ma’lum tushuncha va tovushlar ma’lum mazmun bilan mustahkam bog‘lanadi. Til keng qamrovli hodisa bo‘lganrligi tufayli chet tili jarayonida turli didaktik o‘yinlardan foydalanishga imkoniyat katta. Ularning turlarini quyidagicha ajratamiz: o‘yin maqsadlarga ko‘ra: a) til materiallarini o‘zlashtirish va uni nutqda qo‘llash uchun ko‘nikmalarni shakllantirish: leksik o‘yinrlar, grammatik o‘yinlar va fonetik o‘yinlar; b) nutqiy malakalarni shakllantiruvchi o‘yinlar: tinglab tushunish, dialog va monolog nutq 331 malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar, o‘qish turlari (ovoz chiqarib o‘qish, matnning asosiy va to‘liq mazmunini tushunib o‘qish) bo‘yicha nutqiy malakalarni taqomillashtiruvchi o‘yinlar, yozuv malakalarini shakllantiruvchi o‘yinlar; s) nutqiy ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlashga mo‘ljallangan o‘yinlar; d) o‘quvchilarning umumiy dunyoqarashini kengaytiruvchi, xususan, mamlakatshunoslikka oid bilimlarni boyitishga qaratilgan bilimlar. Bundan tashqari, grammatik o‘yin turlaridan foydalanish ham talabalarning bilim saviyasini yanada oshiradi. Masalan: -gaplarning bir zamon shaklidan boshqa zaman shakliga o‘tkazish; -berilgan nutq namunasi yoki ma’lum bir grammatik hodisani iloji bo‘richa ko‘proq qo‘llab rasm chizish; -ma’lum grammatik material asosida savol-javob shaklidagi o‘yin; -gaplarda ataylab yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash; -berilgan so‘zlardan gap tuzish; -nuqtalar o‘rniga muvofiq predloglarni qo‘yish -ma’lum grammatik materialga asoslangan “davra” o‘yini. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, chet tilini o‘rganish o‘zga dunyo bilan tanishish imkoniyatini tuhfa etar ekan, bu imkoniyatdan o‘z vaqtida oqilona foydalanishning eng samarali uslublarini qo‘llash hamda ulardan maqsadimiz yo‘lida oqilona foydalana olishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Didaktik o‘yinlardan foydalanish: chet tili o‘qitishning amaliy tarbiyaviy vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Talabalarning chet tilida muloqot qilishiga nisbatan psixologik salbiy kechinmalari, his-hayajonlarini yo‘qotishga imkon beradi va mustaqil fikrlashga, nutq faoliyatlarini tezlashtirishga undaydi. Umuman olganda chet tilini intinsiv o‘qitish tilni tezroq o‘rganishiga imkon beradi va dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.-B.56. 2. Abdullaeva K. Yangi pedagogik texnologiyalar.//«Boshlang‘ich. ta’lim», 1999, №4 . 3. Asadov I. Yangi pedagogik texnologiyalarning tarkibiy mohiyati haqida mushohda. «Til va adabiyot ta’ limi» jurnali, 1998, №4. 4. Волкова А.Н. Проектный подход как средство повышения эффективности обучения иностранным языкам студентов./ Актуальные вопросы современного университетского образования. СПб, 2004. 5. Ашуров, Шахобиддин Саидович. "К ПРОБЛЕМЕ ТИПОЛОГИИ СУБСТАНЦИАЛЬНЫХ СИНТАКСЕМ (НА ПРИМЕРЕ АНГЛИЙСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ)." Ученый XXI века 2 -5 (2016).
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :330-331
Conference
2024 IEEE 10th International Conference on Network Softwarization (NetSoft) Network Softwarization (NetSoft), 2024 IEEE 10th International Conference on. :67-72 Jun, 2024
Academic Journal
Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences.. 5:251-254
Academic Journal
Право и политика. :1-18
Academic Journal
Computational Systems and Artificial Intelligence. 1:1-7
Academic Journal
Artificial Intelligence in Applied Sciences. 1:20-27
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Asadov, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어