학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 893건 | 목록 1~20
Academic Journal
Общество и инновации. 4:135-141
Ish haqi va mehnat munosabatlari: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 370 Annotatsiya: Maqolada ish haqi, ish haqining iqtisodiy mazmuni, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, ish haqining shakllari va turlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, mehnatga haq to‘lash, ish haqining vazifasi, ish haqi stavkasi,vaqtbay va ishbay ish haqi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar : ish haqi, nominal va real ish haqi, mehnat miqdori, ish haqiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mehnat bozori, ish haqi stavkasi. Ish haqi — mehnatga pul shaklida to‘lanadigan haq; qiymatning o‘zgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnatbozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, o‘z ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi bo‘lib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromad manbai hisoblanadi. Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga bo‘lgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shakli. Shu bilan birga, ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga to‘lanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi. Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular o‘rtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi o‘rtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 3 6 8 - 3 7 0 G‘AYBULLAYEV SARVAR O‘KTAM O‘G‘LI stajyor- o‘qituvchi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universtiteti PO‘LATOVA MASHXURA XUSHNUDBEK QIZI Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universtiteti, 1-kurs talabasi STARS International University 371 Mehnatga talab uning narxi bo‘lmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, ya’ni ish haqi oshsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Moddiy muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa, ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan ko‘p bo‘lsa, ishsizlik paydo bo‘ladi. Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning xarakteri va ko‘lamiga bog‘liq. Mehnat bozori oshkora va yashirin xarakterda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. O‘z ko‘lamiga qarab, mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar mehnatiga taklif tez o‘sadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda Yer yuzida o‘zi tug‘ilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod bo‘ldi. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o‘zga millat diasporasi o‘sishiga olib keladi (masalan, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq bo‘lgan). Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qo‘llaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bog‘liq emas. Ishbay ish haqi xodimning ma’lum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan o‘lchanadi. Ishbay ish haqining ko‘rinishlaridan biri — akkord ish haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi oxirigacha to‘lanadi. Ish haqining bunday shaklidan ko‘pincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy rag‘batlantirish fondidan mukofotlash tizimidir, bularmehnatga to‘lanadigan haq darajasini belgilaydi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi bo‘lgan xodim hamda uning oila a’zolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini ta’minlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar bo‘lgan ish kuchi qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymati tarzida ta’riflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining ta’sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining o‘rtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi hajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif o‘zgarishlari, mehnatga bo‘lgan talab narxining o‘zgaruvchanligi, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi o‘zgarishi va boshqalar) va bozordan tashqari omillar ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida mehnatga haq to‘lashning muayyan darajasi vujudga keladi. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 372 Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish prinsiplari txususida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha umummiliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Akramovich N. A. THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191. 2.G ‘ Aybullayev Sarvar O.. O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOL SAVATCHASI HOZIRGI HOLATINI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO‘NALISHLARI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 119-125. 3.Nizametdinov А., Аhmedova H. Elektron ta‘lim metodologiyasi rivojlantirishning usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 29-31. 4.Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMINING AGRAR SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO ‘ LLASH USTUVORLIGI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1 (6), 58–60. – 2022. 5.Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI UNDA INNOVATSIYALARNING QO ‘ LLANILISHI. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1 (6), 96–98. – 2022. 6.Мухтаров Б. А. Имитационная система прогнозирования факторов в лег- кой промышленности //Молодой ученый. – 2017. – №. 40. – С. 122-124. 7.Muxtarov B., Murotjonova M. O ‘ zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘yektlarining rivojlanishi //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 581-584. 8.Ogli R. A. R. THE DIFFERENCE BETWEEN THE CONCEPTS OF DATABASE AND DATABASE MANAGEMENT SYSTEM //Archive of Conferences. – 2022. – С. 33-34. 9.Nodira T., Maxfirat T. FORMATION AND DEVELOPMENT OF PRONUNCIATION IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SCHOOL STUDENTS //INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. – 2022. – Т. 1. – №. 1. 10.Nodira T., Maxfirat T. MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGE PRONUNCIATION TO PRIMARY SCHOOL PUPILS IS BASED ON THE JAPANESE EXPERIENCE //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 205-208.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:370-372
Pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 54 Annotatsiya: Ushbu maqola bugungi kunning muhim mavzularidan bo‘lib, maktabga- cha yoshdagi bolalarning intellektual va psixologik rivojlanishida diqqatning dolzarblik darajasi hamda yosh tofasi inobatga olingan holda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik, diqqat, maktabgacha yoshdagi bola, psixik jarayonlar, shaxs, diqqat barqarorligi, konsentratsiya, ta’lim-tarbiya. Ta’lim-tarbiya haqida gapirganda bevosita Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlari yodga tushadi: “Tarbiya, pedagogika – bola tarbiyasining fani demakdir. Bola-ning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida mas-lakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qil-mog‘i lozimdir”. Darhaqiqat, qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bun-day kadrlarni millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘i- ni hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, in-son o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyat-ga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki bola axborot va ma’lumotlarni qabul qilishda uning diqqati muhim rol o‘ynaydi. A.A. Lyublinskayaning ta’kidlashicha, diqqat aqliy faoliyatning alohida shakli emas, balki u har qanday aqliy jarayonga kiradi va kattalar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan bolalar faoliyatining har xil turlarida takomillashtiriladi [1;267]. Makta-bgacha yoshdagi bolalarda beqarorlik, impulsivlik, chalg‘ish, beparvolik, jalb qilishda qiyinchilik va diqqatni bir obyektga nisbatan uzoq vaqt jamlashning qiyinligi hola-ti ko‘p kuzatiladi, ularda ixtiyoriy diqqati keyinchalik shakllanadi. Diqqatni tashkil etishdagi kamchiliklar intellektual faoliyatning rivojlanishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish ARAKULOV GAYRAT TULKINOVICH, O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali o‘qituvchisi PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK MASHG‘ULOTLAR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUHIM FENOMEN SIFATIDA https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp54-56 STARS International University 55 ko‘nikmalarining nomukammalligi bilan bog‘liq. Psixologiyada diqqat muammosiga doimo muhim o‘rin berilgan bo‘lib, shu bilan birga diqqat tushunchasining o‘zi fan rivojlanishining turli davrlarida turlicha ta’riflangan. Diqqatning tabiatiga oid turli qarashlar zamirida A.A. Osipova va L.I. Malashinskayalar shunday deydi: “Diqqat har doim biror narsaga qaratiladi, bir obyektga bo‘lgan qiziqish bir vaqtning o‘zida bos-hqasiga e’tibor bermaslikdir, diqqat o‘ziga xos kognitiv jarayon emas, u har qanday bilish jarayoniga (idrok, tafakkur, xotira) xos bo‘lib, bu jarayonni tashkil etish qo-biliyati vazifasini bajaradi” [2;104]. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, diqqat - bu ma’lum bir obyektga tanlab qaratish va unga diqqatni jamlash, obyektga qaratilgan kognitiv faoliyatni chuqurlashtirishdir [3;328]. F.N.Gonobolin so‘zlariga ko‘ra, diqqat - bu aqliy holat bo‘lib, u kognitiv faoliyatning intensivligini tavsiflaydi va unga nisba-tan tor sohadagi (harakat, obyekt, hodisa) kontsentratsiyasida ifodalanadi [4;160]. Yuqoridagi olimlar fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, diqqat aqliy faoliyatni tashkil etishning psixik omillaridan biridir. Diqqat turli xil xususiyatlar, ya’ni hajm, taqsi-mot, qat’iylik, konsentratsiya, intensivlik, tebranish va almashinish bilan tavsiflanadi. Diqqatning har bir ko‘rib chiqilgan xususiyati o‘ziga xoslikka ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham diqqatni rivojlantirish kelgusi faoliyati uc- hun zaruriy shart hisoblanadi. Shuning uchun diqqat shaxsning rivojlanish darajasini umumiy baholashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bolada diqqat-ni biror narsaga qaratib, ko‘rgan yoki eshitgan narsalarini xotirada saqlashi mumkin, ammo ilgari qabul qilingan ma’lumotlardan yod ma’lumotlarni qabul qilganda unda ikkilanish, tushunmovchilik holati yuzaga keladi. Bunday harakatlar asosan makta-bgacha yoshdagi bolalarda ko‘p kuzatiladi. Ushbu yoshdagi bolaning diqqati uning atrofdagi predmetlar va ular bilan amalga oshiriladigan harakatlarga nisbatan qi-ziqishlarini aks ettiradi. Bola faqat qiziqish yo‘qolguncha diqqatini qaratadi. Yangi obyektning paydo bo‘lishi darhol diqqatni unga o‘tkazishga olib keladi, shuning uc-hun bolalar kamdan-kam hollarda uzoq vaqt davomida aynan bir faoliyatga nisbatan diqqat qaratadi. Ammo, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining murakkablas-hishi va ularning umumiy aqliy rivojlanishi tufayli diqqat ko‘proq konsentratsiya va barqarorlikka ega bo‘ladi. Demak, aksar hollarda maktabgacha yoshdagi ba’zi bola-lar bir xil o‘yinni 30 daqiqa davomida o‘ynashlari mumkin bo‘lsa, besh yoki olti yosh-ga kelib, o‘yinning davomiyligi 2 soatgacha oshishi mumkin. Buning sababi shunda-ki, o‘yin odamlarning yanada murakkab harakatlari va munosabatlarini aks ettiradi va unga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda yangi vaziyatlarni joriy etish bilan qo‘l-lab-quvvatlanadi. Boshqacha aytganda maktabgacha yoshdagi davrning oxiriga ke-lib, ongli ravishda qo‘yilgan maqsad bilan, iroda sa’y-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan faol diqqatning boshlanishi paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi bolaning psixikasida muhim neoplazma hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat yanada yaxshi rivojlana boshlaydi, chunki bu davrda bola va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayoni ham faollashadi. Bundan tashqari, bu yoshga kelib bolaning e’tibori nafaqat barqaror, hajm jihatidan kengroq, balki samaraliroq bo‘ladi. Bu ayniqsa bolada ixtiyoriy harakatning shaklla-nishida yaqqol namoyon bo‘ladi, bola o‘z e’tiborini ular uchun intellektual jihatdan katta qiziqish uyg‘otadigan o‘yinlarga, harakatlarga, jumboqlarga, topishmoqlarga, ta’lim turidagi vazifalarga qarata oladilar va natijada intellektual faoliyatga e’tibor-ning barqarorligi yetti yoshga kelib sezilarli darajada oshadi. Shunday qilib, pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar davomida diqqat alohida o‘rin egallaydi. U hayotda aqliy faoliyatning muhim jihati sifatida namoyon bo‘ladi Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 56 va bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, mehnat faoliyatining sifati va unumdorligi, shaxsning o‘zini o‘zi namoyon etishi uchun zarur vosita hisoblanadi. Tahlillarimiz natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat barqarorligini ta- minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarni taklif etamiz: •Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni interfaol va rangdor ko‘rgaz- mali qurollardan foydalangan holda olib borish; •“Art terapiya”, “Musiqa terapiya” mashg‘ulotlarini kun tartibiga kiritish;•Aynan diqqati beqaror bolalarni aniqlab ularning ismlarini mashg‘ulot davomida tez-tez takrorlash; •Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda reglament- ga qat’iy rioya qilish; So‘z yakunida shuni alohida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatni asosiy va muhim jihati shundaki, diqqatning barqarorligi bolada bilimlarni tez va sifatli o‘zlashtirishda muhim omil sanalishi bilan bir qatorda, ushbu bilim va ko‘nikmalardan foydalangan holda kelajakda yurt ravnaqi uchun muhim ijobiy o‘zga-rishlar qila oladi deyish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxati 1.Люблинская А.А. Детская психология: Учебное пособие. - М.: Просвещение, 1971. - 267с. 2.Осипова А.А., Малашинская Л.И. Диагностика и коррекция внимания. – М.: ТЦ Сфера, 2002. - 104с. 3.Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. В 2-х т. - М.: Педагогика, 1989. Т.1. - 488 с.; Т.2. - 328с. 4.Гоноболин Ф.Н. Внимание и его воспитание. - М.: Педагогика, 1972. - 160с.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:54-56
Academic Journal
Bulletin of the Chuvash State Pedagogical University named after I Y Yakovlev. :104-113
Academic Journal
Gazi University Journal of Science Part A: Engineering and Innovation. 12:737-755
Academic Journal
Bilge International Journal of Science and Technology Research. 9:118-130
Academic Journal
JOURNAL EQUITABLE. 10:390-402
Academic Journal
Aksar A; Department of Psychiatry, Psychotherapy, and Psychosomatic Medicine, Faculty of Medicine, Bezirkskrankenhaus Augsburg, University of Augsburg, Geschwister-Schoenert-Str. 1, 86156, Augsburg, Germany. Aslihan.Aksar@bkh-augsburg.de.; Lutz J; Department of Psychiatry, Psychotherapy, and Psychosomatic Medicine, Faculty of Medicine, Bezirkskrankenhaus Augsburg, University of Augsburg, Geschwister-Schoenert-Str. 1, 86156, Augsburg, Germany.; Wagner E; Department of Psychiatry, Psychotherapy, and Psychosomatic Medicine, Faculty of Medicine, Bezirkskrankenhaus Augsburg, University of Augsburg, Geschwister-Schoenert-Str. 1, 86156, Augsburg, Germany.; Department of Psychiatry and Psychotherapy, LMU University Hospital, Munich, Germany.; Strube W; Department of Psychiatry, Psychotherapy, and Psychosomatic Medicine, Faculty of Medicine, Bezirkskrankenhaus Augsburg, University of Augsburg, Geschwister-Schoenert-Str. 1, 86156, Augsburg, Germany.; Luykx JJ; Department of Psychiatry and Neuropsychology, School for Mental Health and Neuroscience, Maastricht University Medical Centre, Maastricht, The Netherlands.; Department of Psychiatry, UMC Utrecht Brain Center, University Medical Center Utrecht, Utrecht University, Utrecht, The Netherlands.; Outpatient Second Opinion Clinic, GGNet Mental Health, Warnsveld, The Netherlands.; Hasan A; Department of Psychiatry, Psychotherapy, and Psychosomatic Medicine, Faculty of Medicine, Bezirkskrankenhaus Augsburg, University of Augsburg, Geschwister-Schoenert-Str. 1, 86156, Augsburg, Germany.; DZPG (German Center for Mental Health), Partner Site München/Augsburg, Augsburg, Germany.
Publisher: Springer International Country of Publication: Germany NLM ID: 9103030 Publication Model: Print-Electronic Cited Medium: Internet ISSN: 1433-8491 (Electronic) Linking ISSN: 09401334 NLM ISO Abbreviation: Eur Arch Psychiatry Clin Neurosci Subsets: MEDLINE
Academic Journal
Jurnal Administrasi Politik dan Sosial. 6:228-246
Academic Journal
Jurnal Pengabdian Masyarakat Bangsa. 3:2187-2191
Academic Journal
Sürdürülebilir Mühendislik Uygulamaları ve Teknolojik Gelişmeler Dergisi. 8:45-60
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Aksar, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어