학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 8,247건 | 목록 1~20
Academic Journal
Journal of Character Education. :1-13
Academic Journal
Russian Journal of Pediatric Surgery. 29:285-289
Banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank aktivlarining ahamiyati: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 160 Annotatsiya: Tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi zaru- riy shartlaridan biri bu - bank aktivlarining barqaror daromadlilik darajasiga erishishi hisoblanadi. Maqolada tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish samarador-ligi yoritilgan. Kalit so‘zlari: bank aktivlari, tijorat banklari, daromad, mulkchilik, kredit. KIRISH Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilayot- gan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdorining ko‘payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular sama-radorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida undirib olishni ta’minlash banklar aktiv operasiyalari tarkibida yuqori salmoqqa ega bo‘lgan kredit operasiyalari ustidan doimiy kuzatib borish asosiy ish deb talab qilinmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq hukumatimiz tomonidan bank tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda, chunki bank sektori mamlakat moli-yaviy barqarorligining muhim jihati hisoblanadi. Umuman olganda, O‘zbekis-tonRespublikasining bank sektori uchun so‘nggi o‘n yil aholi va korxonalarga bank xizmatlarini taqdim etishning jadal o‘sishi va kengayishi yillari bo‘ldi. Hozirgi kunda banklar iqtisodiyotda, xususan dunyoning ko‘plab mamlakatlar- ining moliya tizimlarida katta rol o‘ynaydi. Mablag‘larning katta qismi banklar orqali yo‘naltiriladi va bu banklarni eng muhim moliyaviy institutlardan biriga aylantiradi. Banklarning iqtisodiyotdagi muqarrar roli tartibga solish va nazorat-ning maxsus shakllarini, shuningdek o‘zlarining faoliyatini tekshirishni talab qiladi. Daromadlilik banklar faoliyatining keng tarqalgan ko‘rsatkichlaridan biridir. Shu jihatdan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi zaruriy shartlaridan biri bu - bank aktivlarining barqaror daromadlilik darajasiga erishishi hisoblanadi. Umuman olganda tijorat banklari aktivlarining daromadlili-gini oshirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi, ularni hal etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi mavzuning dolzarbligini bel-gilaydi. Bizga ma’lumki, tijorat banklarning mablag‘larni jalb qilish qobiliyati qan-chalik yuqori bo‘lsa, banklar uchun mablag‘larni zayomlar shaklida yo‘naltirish im-koniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, bankning daromad ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti NOSIROV JA’FARBEK NODIRJON O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA BANK AKTIVLARINING AHAMIYATI https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp158-161 STARS International University 161 foyda olish ehtimoli oshadi. Ushbu holatda banklarning daromadliligi aktivlarning yuqoriligi yordamida aniqlanadi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida moliya bozorlarini va tijorat banklarining investisiyaviy imkoniyatlarini barqa-rorlash tirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z re-surslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish belgilab olingan. Harakatlar strategiyasining 3-ustuvor yo‘nal-ishida “... bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari ham-da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytir-ish” belgilab berilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining tarkib- ini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, ilmiy xulosalarni shakllantirish aktivlarning amaldagi tarkibini ularning likvidliligi, daromadliligi va riskliligi jihatidan baholashni taqozo etadi. O.Sattarov o‘z ilmiy maqolasida shunday deb ta’kidlagan – “Banklar rentabel- ligini oshirib borish uning barqarorligini ta’minlashda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tijorat banklari yoki bank tizimi aktivlari ko‘rsatkichla-rini doimiy tahlil etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki aynan ushbu ko‘rsatkich orqali bank risklarini baholash imkoniyati paydo bo‘ladi. Aktivlarni tahlil etish natijasida banklarning kredit riski, foiz riski, likvidlik riski, operatsion risk ham-da bank foydalilik darajasiga ta’sir etuvchi har qanday risklarini baholash imkoni paydo bo‘ladi”. 2 Quyidagi ma’lumotlari orqali respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibi- ga baho berishimiz mumkin. Banklarning umumiy kapitali va depozit bazasining yanada mustahkamlanishi ularning iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investision faollikni rag‘batlantirishni ichki man-balar hisobi ga amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirib, bank tizimi aktivla-rining sifat hamda miqdor jihatdan oshishiga xizmat qilmoqda. 1-rasm. Tijorat banklarining jami aktivlari qoldig‘i, mlrd,so‘m. 3 1 “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi da Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисидаги O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6- son. www.lex.uz 2 Sattarov O.B. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va amaliy jihatlar. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 3 2018 3 Спицин И.О. Банковский маркетинг. – Тернополь: 2013.,126 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 162 Tijorat banklari aktivlarining umumiy summasi 2021 -yil holatiga ko‘ra, 2019-yildagiga nisbatan 23,3 foizga oshib qariyb 80,4 trln. so‘mni tashkil etdi. Xususan, iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari hajmi 2020-yilda 25,1 foizga oshib, 53,4 trln. so‘mga etdi. Mazkur kreditlarning 80 foizini investisiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil etdi. Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning 86,8 foizi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda. Bu esa tijorat banklarining hamda umuman, mamlakatimiz bank tizimining yetarli darajada shakllangan resurs bazasiga ega ekanligidan va har qanday tashqi omillarning salbiy ta’sirlaridan himoyalanganligidan dalolat beradi. O‘z navbatida, xorijiy moliya institutlaridan jalb qilinayotgan mablag‘lar esa, asosan infratuzilma ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bo‘yicha uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda, respublikamiz tijorat banklari aktivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi xulosalarni berishimiz mumkin: Tijorat banklarining kassali aktivlariga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quy- idagilardan iborat: • kassali aktivlarning likvidlilik darajasi nisbatan juda yuqori bo‘lganligi sababli ularning daromadlilik darajasi sezilarli darajada pastdir; • o‘z mablag‘lari va majburiyatlarini boshqarishga kompleks yondashuv tijorat banklarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi. • kassali aktivlar moliya bozorlari rivojlanmagan mamlakatlarda tijorat bankla- ri balansining likvidliligini ta’minlash imkonini beradigan yagona aktivlar guruhi hisoblanadi; • kassali aktivlar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga, moliya • bozorlarining segmentlaridagi o‘zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ta’sirchan bo‘lgan aktivlar hisoblanadi. 1 Tijorat banklar o‘zlarining mustaqilligini ta’minlashi, ichki manbalar hisobidan kapitalni ko‘paytirishga, asosan, bank aktivlarini barqarorligini ta’minlashga va foyda olishga alohida e’tibor berishliklari lozim. Yakunda ularning moliyaviy barqarorligini oshishiga va mustahkamlashishigi erishish mumkin bo‘ladi. Qaysi bankning moliyaviy barqarorligi yuqori bo‘lsa, o‘sha bankning kreditlash salohiyati kengayib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Egamberdiyev E. Mikroiqtisodiyot.Darslik. – T.: 2005., 256 2. Qobilov SH R. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: 2013.,783. Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J. Marketing. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2009 ., 236 4. Спицин И.О. Банковский маркетинг. – Тернополь: 2013.,126 1 www.sbu.uz Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari STARS International University 163 5. Umarov A. Z., Asrarova M.,B. Objectives of the provision of financial stability of commercial banks. International Finance and Accounting 2017, vol.3 6. Sattarov O.B. Bank tizimi barqarorligini ta’minlash: nazariy va amaliy jihatlar. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 3 2018 7. Zakhirov, M. M. Capital efficiency (return on equity) in banks and risks. International Finance and Accounting 2017, vol.3 8. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6- son.. www.lex.uz 9. www.sbu.uz Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:160-163
Banklarni innovatsion rivojlantirishda moliyaviy texnologiyalarning imkoniyatlari: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 136 Annotatsiya: Ushbu maqolada banklarni raqamli transformatsiya qilishda biometrik tex- nologiyalar, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt, raqamli kreditlash, regulatory technology va pul o‘tkazmalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning natijalari bank xizmat-larini masofadan ko‘rsatish tizimlarini moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlari asosida rivojlantir-ishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Biometrik texnologiyalar, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt, raqamli kre- ditlash, regulatory technology, pul o‘tkazmalari. КИРИШ Ривожланган давлатлар амалиётига кўра, тижорат банкларида банк хизматларини масофадан кўрсатиш ва банк хизматларини рақамлаштириш орқали банк тизимидаги муаммоли ҳолатлар учун қулай молиявий ечимлар ишлаб чиқилмоқда. Хусусан, жаҳон банк тизими ҳам рақамли ёрдамчилар, рақамли банклар, биометрик технологиялар, мобил иловалар, блокчейн тех-нологияси, сунъий интеллект ва бошқа замонавий молиявий технологиялар билан тараққий топмоқда. Натижада, улар ёрдамида банк ва мижозлари жисмоний алоқасиз, банк биносига бормасдан пул маблағларини бошқари-ши, кўп сонли мижозларига навбатсиз хизмат кўрсатиш, вақт ва харажатлар-ни тежаш имкониятлари ошди. Биометрик технологиялар. Рақамли иқтисодиёт асрида молиявий хиз- матлари саноати кибер-автоматларга нисбатан заифлашаган. Шунинг учун «FinTech» саноати учун хавфсизлик биринчи ўринда туради. Фирибгарли-кларнинг олдини олишнинг йўлларидан бири биометрик технологияларни қўллашдир. Бироқ биометрик аутентификация қилишнинг ягона афзал-лиги хавфсизлик эмас. Ушбу технология орқали иловага киришни осон-лаштиради ва тезлаштиради. Блокчейн технологияси. Молиявий хизматлар сектори блокчейнни бирин- чилардан бўлиб кашф этди. Блокчейн технологиясидан фойдаланишда ти-зимнинг шаффофлиги туфайли кўплаб «FinTech startup»лар қилинмоқда. ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti MAMADALIYEVA RUZIGUL KENJA QIZI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi BANKLARNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 1 3 4 - 1 3 7 STARS International University 137 Блокчейннинг яна бир афзаллиги, молиявий операцияларни автомат-лаштирилган ақлли шартномадир. Шунинг учун молиявий институтлар ушбу технологияга катта эътибор қаратилиши кутилмоқда. Сунъий интеллект. Аксарият экспертлар сунъий интеллектни яқин кела- жакда «FinTech»га катта таъсир ўтказишини таъкидламоқда. «FinTech» санаоти сунъий интеллектдан фойдаланишига бир қатор сабаблар мавжуд. Аввало сунъий интеллект маълумотларни таҳлил қилиш каби вазифалар-ни автоматлаштирган, бу эса анча вақтни тежашга ёрдам беради. Бундан ташқари технология «chatbots» ва маслаҳатчи роботларни яратиш учун, мижозларнинг хатти-ҳаракатларини кузатиш орқали фирибгарликларни аниқлашда ҳам ишлатилади. Банк ходимлари учун овозли ёрдамчилар ишлаб чиқарилмоқда. «OCBC Bank» яқинда Сингапурда «Google» билан ҳам-корликда биринчи сунъий интеллект ёрдамида овозли банкни ишга тушурди. Бу мижозларга кредитлари миқдорини ҳисоблаш, маблағларини бошқа-риш, банк янгиликларидан хабардор бўлиш, банкнинг яқин филиаллари ва банкоматлари тўғрисида маълумот олиш каби банк хизматларини суҳ-батлашиши орқали амалга оширишга ёрдам беради. 1 Кредит бериш жараёнини рақамлаштириш банклар учун яхши қарорлар қабул қилиш, мижозлар тажрибасини яхшилаш ва сезиларли харажат-ларни тежаш каби қатор кучли имтиёзлар беради. Бу ҳам мураккаб ва ма-шаққатли лойиҳадир. Рақамли кредитлаш - бу молиявий институтларга тезроқ хизмат кўрсатиш билан бирга унумдорликни ошириш ва кредит фойдасини ошириш им-конини берувчи технология. Бу потенциал қарз олувчиларга бутун дунё бўйлаб исталган жойдан интернетга уланган ҳар қандай қурилмадан кредит маҳсулотларига мурожаат қилиш имконини беради. Бироқ, технологиялар ривожланиши ва истеъмолчилар талаблари ривожланиши билан рақамли кредитлаш тушунчаси янада долзарб аҳамият касб этмоқда. Мижозлар банкларда аризаларини кўриб чиқилишини ва қарорлар қабул қилишла-рини кутишади. Ҳозирда қоғозсиз хизмат кўрсатиш одатий ҳолга айланган ва банклар мижозларга тезлашиш учун одатдагидан ташқари рақамли кредитлаш амалиётларини тақдим етишлари керак. Рақамли кредитлаш қуй-идаги афзалликларга эга: 1. Aриза топшириш жараёнини соддалаштириш. Турли жиҳатларга кўра, мижозлар маълумотларини кредитлашни бирлаштириш ва рақамлашти-риш қарз олувчи тажрибасини яхшилайди. Жараён шаффофлигининг яхши-ланиши ва қарор қабул қилиш жараёни тезлашади. Онлайн кредит аризаси барча ариза маълумотларини сақлайдиган марказий маълумотлар база-сини яратади. Банк рақамли банк платформасидан фойдаланганда, мижоз аризани тўлдириш учун зарур бўлган маълумотларни тақдим этганда, бутун молиявий пакет автоматик равишда янгиланади. 2. Кредит маълумотларини рақамлаштириш. Aхборот оқими ва унга ки- ришни рақамлаштириш бутун кредитлаш жараёнига катта фойда кел- 1 Mamadiyarov, Z. (2019) “REMOTE BANKING SERVICES AND DEVELOPMENT PROSPECTS IN UZBEKISTAN,” International Finance and Accounting: Vol. 2019: Iss. 3 , Article 15. Available at: https://uzjournals.edu.uz/interfinance/vol2019/iss3/15 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 138 тиради. Бу шаффофликни яхшилайди ва маълумотларни таҳлил қилиш билан боғлиқ қийинчиликларни камайтиради. 3. Таҳлил учун кредитлаш маълумотларидан фойдаланиш. Молиявий институтлар кредитлаш жараёнининг таҳлилий жараёнларини ҳам рақам-лаштириши мумкин. Кредиторлар ва таҳлилчилар кўпинча турли баҳолар ва баҳолаш усулларидан фойдаланишади. Ушбу номувофиқликлар кўпин-ча нотўғри ҳисоб-китобларга олиб келади, бу эса нотўғри кредит қарорлари ва нотўғри ҳисоботларга олиб келади. Бироқ, рақамли банк платформасига интеграцияланган рақамли кредитлаш тизими ҳар бир кредит маҳсулоти-ни тез ва аниқ таҳлил қилиши, тасдиқлаши ва нархини белгилаши мум-кин. Шу билан бирга, кредитлаш билан боғлиқ барча маълумотларнинг бир жойга тўпланиши натижасида, банклар портфел рискини баҳолаш ва стратегик қарорлар қабул қилишда аниқлик ошади. 4. Мобил кредитлаш хусусиятлари ва ҳужжатларни электрон имзолашни таклиф қилиш. Муайян мижозлар, хусусан, мобил телефонлар орқали қарз олишни афзал кўрадилар, чунки улар кундалик вазифаларининг кўп қис-мини телефонларидан бажаришга одатланган ва кредит олиш жараёнлари ҳам бундан мустасно эмас. Улар тегишли ҳужжатларни тўплаш, расмий-лаштириш ва имзолаш учун жисмоний филиалларга ташриф буюриш би-лан боғлиқ қийинчиликларни хоҳламайдилар. 5. Кам таъминланган ёки кредит олмаган мижозлар учун кредит вариант- ларини тақдим этиш. Молиявий институтлар анъанавий кредитлаш амали-ётида асосан кредит балларига таянади. Кредит баллари кредиторларга бўлажак мижознинг олдинги қарз олиш хатти-ҳаракатларини чуқур ўр-ганишни таклиф қилади. Бироқ, кўплаб мижозлар биринчи марта кре-дит олмоқчи бўлса ва ўрнатилган кредит тарихига эга бўлмаса анъанавий кредиторлар баъзида кредит тарихига эга бўлмаган қарз олувчиларга қарз беришдан бош тортишади. Бошқа томондан, рақамли кредитлаш қисқа муддатли кредитлар учун қаттиқ текширувлардан воз кечишди. Улар кредит балларига ёки ҳеч қандай молиявий маълумотларга таянмайдилар, бу эса биринчи марта кредит олувчиларга қулай саналади. 2008 йилги глобал молиявий инқи-роздан кейин банклар ва бошқа молия институтлари томонидан фаоли-ятни тартибга солинишига йиллик харажатлар сезиларли даражада ошди. Рискларни яхшироқ бошқариш учун бир нечта тартибга солувчи органлар институтлардан тез-тез катта ҳажмдаги маълумотлар ҳақида хабар бери-шларини кутишади. RegTech рақамлаштириш ва автоматлаштириш орқа-ли тартибга солиш мажбуриятларини бажариш учун тежамкор ечим таклиф қилади. Регуляторлар учун маълумотларга кириш бозордаги ўзгаришлар-ни самарали мониторингини осонлаштиради. Молиявий хизмат кўрсатиш сектори узоқ вақтдан бери такомиллашиб бормоқда ва уларни тартибга со-либ бориш учун қоидалар ҳам такомиллаштирилмоқда. Бутун дунёда мо-лия секторидаги тартибга солувчи ўзгаришлар ҳайратланарли даражада ошиб бормоқда. Янги меъёрий ўзгаришларнинг кўплиги сабабли мо-лия институтларида юқори мураккабликни келтириб чиқармоқда. Regulatory Technology (RegTech) буни бартараф етиш учун FinTech экотизимида хуқуқий мустаҳкам пойдевор яратди ва молиявий институтлар дуч келади- STARS International University 139 ган янги ва мураккаб қоидалар, суд жараёнлари ва тартибга солувчи ту-затиш соҳаларига қаратилган ечимларни ишлаб чиқди. Банклар томонидан қўлланиладиган ҳозирги эски ечимлар бутун дунё бўйлаб тартибга солув-чилар томонидан тобора кўпроқ амалга оширилаётган қатъий талаблар-га жавоб бермаяпти. RegTech бу банклар учун мавжуд модел талабларига жавоб беришнинг муаммосиз усули. RegTech мижозларга хизмат кўрсатиш вақтини қисқартириш, фирибгарларни аниқлаш, янги қоидаларга тезроқ мослашиш, маълумотлар йиғиш ва маълумотлар таҳлилини яхшилаш ҳамда бошқа устуликларга эга. Фикримизча, банк секторини тубдан трансформация қилишда банк хизматларини масофадан кўрсатиш турларини амалиётга жорий қилишда мамлакат инфратузилмаси иқтисодий ва технологик ҳолатига қараб жорий қилиш лозим. Яъни, айрим технологияларни тўғридан-тўғри жорий қилиш айни дамда Ўзбекистон банк тизими учун ҳам тўғри бўлмаслиги мумкин. Ун-дан ташқари, Ўзбекитонда интернет тезлигининг ҳаддан ташқари секин ишлаши, республиканинг кўплаб чекка жойларида интернет ва алоқанинг сифати жуда ёмон эканлиги сабабли ҳар бир молиявий технология ва ти-зимларнинг ишлаш механизмини ўрганиб чиқишни талаб этади. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 1. З.Т.Мамадияров. Банкларни трансформация қилиш шароитида масо- фавий банк хизматларини ривожлантириш: назария, амалиёт ва хориж тажрибаси. Монография. - Т.: «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи» нашриёти, 2021. 192 бет. 2. https://www.indiatoday.in/information/story/different-types-of-money- transfer-neftrtgs-imps-and-more-1464289-2019-02-25 3. Mamadiyarov, Z. (2019) “REMOTE BANKING SERVICES AND DEVELOPMENT PROSPECTS IN UZBEKISTAN,” International Finance and Accounting: Vol. 2019: Iss.3, Article 15. Available at: https://uzjournals.edu.uz/interfinance/vol2019/iss3/15
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:136-139
Moliya bozorini tartibga solishda jahon tajribasidаn foydаlаnish usullаri: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 214 Annotatsiya: Ushbu maqolada rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida moliya bozorini jahon andozalariga mos holda tartibga solish va rivojlantirish haqida fikrlar keltirilgan. Kalit so ‘ zlar: moliya bozori, investitsion jozibadorlik, qimmatli qog‘ozlar, derivativlar bozori, likvidlik. KIRISH Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, unda kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo‘yilgan. 1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab -taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining kursi yoki foiz stavkasi) o‘zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo‘lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo‘ladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF -4947sonli Farmoni. ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti USUBJONOV АBDUQODIR QАHRАMON O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA JAHON TAJRIBASIDАN FOYDАLАNISH USULLАRI https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp212-216 STARS International University 215 1-rasm. Moliya bozorining umumiy tarkibiy ko ‘ rinishi Bugungi kunda moliya bozorlarini tartibga solishning ahamiyati xalqaro darajada ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan ta’kidlanmoqda. F.Moshirianga ko‘ra, jahon miqyosida integratsiyalashgan moliyaviy tizim mavjud bo‘lmaganligi sababli milliy va global moliyaviy inqirozlar vaqtida mavjud tartibga solish qoidalari transchegaraviy tartibga solish masalasini hal qilolmadi. 1 K.Amadeoning ta’kidlashicha, moliyaviy tartibga solish iste’molchilarning investitsiyalarini himoya qiladi. Tartibga solish moliyaviy firibgarlikning oldini oladi va moliya institutlar tomonidan investorlarning pullarini jalb qilish riskini kamaytiradi. Moliyaviy tartibga solish uch asosiy moliyaviy sektorni nazorat qiladi: bank, moliya bozori va iste’molchilar. 2 J.Ataniyazov va E.Alimardonovlar bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozori rivojlanishiga qarab uning ishtirokchilar faoliyatini tartibga solish ikki xil bo‘lishini aytgan, ya’ni ular davlat va bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozori ko‘plab sub’yektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o‘z-o‘zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Moliya bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi. 3 1 Fariborz Moshirian. The global financial crisis and the evolution of markets, institutions and regulation. Journal of Ban- king & Finance. Volume 35, Iss ue 3, March 2011. Page 502. 2 K.Amadeo. Financial Regulations. The balance. March 14, 2020. Page 234. 3 J.Ataniyazov, E.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jami- yati nashriyoti, 2014. 336-bet. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 216 Moliya bozorlarini tartibga solish barcha mamlakatlar uchun dolzarblik kasb etadi, chunki hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozorining katta o‘rni bor. Bugungi kunda bir qator xalqaro standartlashtirish organlari mavjud bo‘lib, ularning bir guruhi moliyaviy tartibga solishning quyidagi uchta asosiy yo‘nalishga bo‘linadi: •Bank faoliyatini tartibga solishda Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi;•Qimmatli qog‘ozlar hamda derivativlarni tartibga solish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar komissiyalarining xalqaro tashkiloti (IOSCO); •Sug‘urtani tartibga solish bo‘yicha Sug‘urta nazoratchilarining xalqaro assotsiatsiyasi (IAIS). Ushbu xalqaro tashkilotlar moliya bozorlarini tartibga solishda xalqaro darajadagi standartlarni joriy etish, banklar faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar va derivativlar bozorlarini tartibga solish, moliya bozorlari ishtirokchilari faoliyatlarini yaxshilash va tartibga solish bilan shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa 18 mamlakatdan tashkil topgan G-20 xalqaro moliyaviy inqirozdan keyin tartibga soluvchi islohotlarni xalqaro darajada muvofiqlashtirishga rahbarlik qildi. Amaliy kelishuvlarni tuzish va tartibga solish islohotlarini amalga oshirish uchun G-20 ushbu mamlakatlarning moliya vazirlari va moliyaviy tartibga soluvchi tashkilotlari, 4 ta rasmiy xalqaro moliyaviy institutlar va standartlashtirish bo‘yicha 6 ta xalqaro tashkilotdan (shu jumladan, yuqorida sanab o‘tilganlardan) iborat bo‘lgan Moliyaviy Barqarorlik Kengashini (FSB) tuzgan. Ushbu moliyaviy institutlar birgalikda xalqaro darajada moliyaviy munosabatlarni standartlashtirish, shuningdek, moliya bozorlarini tartibga solishni amalga oshiradi. 1-jadval. O‘zbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga qo‘yilgan talablarning kuchga kirish sanasi . 1 1 “O‘zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining хalqaro standartlarini qo‘llash amaliyoti” 20.01.2016 STARS International University 217 Moliya bozorlari munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilish bilan bog‘liq muammolar Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlatlar iqtisodiyotlarida ko‘payib bormoqda, chunki xorijiy moliyaviy kompaniyalar mintaqadagi moliya bozorlaridagi ishtirokini oshirmoqda va mintaqaning moliyaviy kompaniyalari o‘zlarining tashqi operatsiyalari ko‘lamini ham kengaytirmoqda. Bundan tashqari, Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarning o‘sishi mintaqaning o‘zida mamlakatlararo moliyaviy operatsiyalar hajmi tez sur’atlar bilan o‘sishini anglatadi. Osiyo uchun moliyaviy integratsiyalashuvning asosiy jihati mintaqaga va undan tashqariga yo‘naltirilgan kapital oqimi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning har ikkisi ham so‘nggi yillarda keskin o‘smoqda. Quyidagi omillar Osiyoda mamlakatlararo moliya bozori munosabatlarini samarali tartibga solish zaruriyatini kuchaytiradi: 1. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan kapital kirib kelishi; 2. Osiyo banklarining o‘sib borayotgan xalqaro ekspozitsiyasi;3. Osiyo uy xo‘jaliklarining chet el investitsiyalariga bo‘lgan talabi;4. Institutsional investorlarning roli 1 . Osiyo mintaqasida joylashgan institutsional investorlar, shu qatorda pensiya jamg‘armalari ham xususiy, ham davlat mablag‘larining chet elga chiqishi uchun muhim kanal bo‘lib xizmat qiladi. Milliy valyuta zaxiralarining bir qismini boshqaradigan suveren fondlar chet el aktivlari qiymati nisbatan arzon bo‘lgan taqdirda ham chet elga investitsiyalarni izlashlari mumkin va bu holat global moliyaviy bozorlar barqarorlashgandan keyin ham saqlanib qolishi mumkin. Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rnini oshirish uchun samarali tartibga solish tizimi o‘rnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat chekmasligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar bozorlarning samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga ishonchlarini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi ishtirokchilar hamda ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF -4947sonli Farmoni. 17.02.2017. https://lex.uz/docs/-3107036 2.Fariborz Moshirian. The global financial crisis and the evolution of markets, institutions and regulation. Journal of Banking & Finance. Volume 35, Iss ue 3, March 2011. Page 502. https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2010.08.010. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0378426610003110 3.K.Amadeo. Financial Regulations. The balance March 14, 2020. https://www. thebalance.com/financial-regulations-3306234 1 Masahiro Kawai and Eswar S. Prasad. Financial Market Regulation and Reforms in Emerging Markets. Asian Development Bank Institute, Tokyo 100-6008, Japan. The Brookings Institutions, Washington DC 20036, US. 2011. Page 334. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 218 4.J.Ataniyazov, E.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. 336-bet. http://el.tfi.uz/images/Xalqaro_moliya_munosabatlari_a4e0e.pdf 5.Masahiro Kawai and Eswar S. Prasad. Financial Market Regulation and Reforms in Emerging Markets. Asian Development Bank Institute, Tokyo 100-6008, Japan. The Brookings Institutions, Washington DC 20036, US. 2011. Page https://www.adb.org/sites/default/files/publication/159338/adbifinancialmarketregulation-and-reforms-emerging-markets-highlights.pdf 6.I.f.n., dots. A.A.Botirov, B.J.Boyev, D.X.Mutalipova Toshkent moliya institute MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил.https://www.interfinance.uz/en/?option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.downl oad&catid=502&id=1379&Itemid=1000000000000
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:214-218
G‘аznаchilik fаoliyаtidа moliyаviy nаzorаt: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 116 Аnnotаtsiyа: Davlat moliyaviy nazorati, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati ob’yektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z boradi. Kаlit so ‘ zlаri: g‘aznachilik, g‘aznachilik tizimi, davlat budjeti, moliyaviy nazorat. KIRISH G‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy munosabatlarning yig‘indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat budjetining daromad va xarajatlari bo‘yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarishning markazidan o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining milliy g‘aznachiligi tizimi Davlat budjetining g‘azna ijrosi jarayonida budjet mablag‘larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Har qanday kompaniya, tashkilot va davlat tashkilotlarida ichki nazoratning shakllanishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, resurslarning cheklanganligi moliyaviy resurslarni tejab sarflashni taqozo etadi. Ikkinchidan, moliyaviy mablag‘lar qanchalik oqilona sarflansa, korxona ixtiyorida aylanma mablag‘lar ko‘payadi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va investitsiya hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to‘g ‘ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo‘lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: Budjet moliyaviy nazorati.Moliyaviy- xo‘jalik (tijorat, tadbirkorlik nazorati).Mustaqil audit.Davlatimizning milliy-me’yoriy hujjatlari va xalqaro standart va tavsiyalarda ichki nazorat to‘g ‘risida bir qator ta’riflar keltirilgan. Mazkur ta’riflar ma’lum bir tizimning maqsadi, xususiyatlari va tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Albatta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda va davlat budjetidan mablag‘ oluvchilarda ichki nazorat tizimi har xil bo‘lishi mumkin, biroq asosiy maqsad yagonadir, bu -moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanilgan holda maqsadga erishishdir. Ichki nazorat tizimi - xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbariyati tomonidan ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti ESHMAMATOV ILYOS ISMOIL O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi G‘АZNАCHILIK FАOLIYАTIDА MOLIYАVIY NАZORАT https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 1 1 4 -1 1 8 STARS International University 117 moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarining oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to‘liqligi va o‘z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig‘indisidir. G‘aznachilik ijrosi davomida budjet mablag‘larining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan limitlar doirasida ishlatilishining dastlabki va joriy nazorati – yuridik va moliyaviy majburiyatlarning majburan g‘aznachilik bo‘linmalarida shakllantirilishi asosida amalga oshiriladi. Ichki nazorat ta’rifi qayd etilgan bir qator xalqaro standartlar va tavsiyalar mavjud. Xususan, SOSO (Committee of Sponsoring of the treadway commission) tavsiyalarida ichki nazorat shunday ta’riflangan - “Ichki nazorat bu – tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonch hosil qilish borasidagi tashkilotning barcha darajadagi tuzilmalari va xodimlari ishtirok etadigan jarayon”. Yana shunday ta’rif keltiriladiki, ichki nazorat – bu direktorlar kengashi, menejment va personal tomonidan maqsadga erishishni kafolatli ta’minlashga qaratilgan jarayon bo‘lib, u faoliyatning samaradorligiga, moliyaviy hisobotning ishonchliligi va tegishli qonunlar talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etish kabi kategoriyalarga yo‘naltiriladi. Mazkur hujjatda ichki nazoratning komponentlari sifatida nazorat muhiti, risklarni baholash, nazorat jarayonlari, informatsiya va kommunikatsiya hamda monitoring qayd etilgan. G‘aznachilik bo‘linmalarida ichki nazorat tuzilmalarini shakllantirish va amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g ‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan maqsad, vazifa va funktsiyalar ham asos hisoblanadi. G‘aznachilik tizimida ichki nazorat – hududiy bo‘linma faoliyati samaradorligini va natijaviyligini oshirishga, g‘aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga, lavozim majburiyatlarini maqbul tarzda taqsimlanishiga, risk, xato va kamchiliklarning oldini olishga, tezkor aniqlashga, ishonchli buxgalteriya hisobi yuritilishiga va hisobotlarning sifatli tuzilishiga yo‘naltirilgan monitoring, jarayonlar, tadbirlar va tuzilmalar majmuasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimiz G‘aznachilik tizimida ichki nazorat tizimini takomillashtirish orqali davlat budjeti mablag‘laridan samarali va tejab foydalanish, g‘aznachilik operatsiyalari jarayonidagi har qanday ko‘rinishdagi risklarni oldindan aniqlash va tezkor bartaraf etishga imkoniyat yaratadi. Mamlakatda budjet-soliq tizimini tuzish bilan birga, davlat moliyasini samarali boshqarish asosiy masala hisoblanadi. Ma’lumki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun uslublar va tamoyillar yig‘indisi orqali bir ob’yektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir, desak bo‘ladi. Inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, davlat moliya sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir. Davlat moliyaviy nazorati iqtisodiyotning turli bo‘g ‘inlarining iqtisodiy faoliyatidagi yangi hodisalarni yoritib beradi, ushbu faoliyatni takomillashtirish maqsadida uning qonunchiligini belgilaydi. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar davlat moliyaviy nazorati sub’yektlari hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati ob’yekti – bu budjet tizimi budjetlari, davlat mulki, tabiiy resurslar yoki soliqqa tortish, eksport va import bo‘yicha biron-bir imtiyozlardir. Byudjet kodeksiga asosan G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy Nazoratini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 118 (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi. G‘aznachilik tizimi nazorati - budjetdan mablag‘ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshirish maqsadida budjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik shartnomalarini majburan ro‘yhatdan o‘tkazishda va narxlar monitoringini, budjet me’yorlariga rioya qilinishini dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari xususida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasaarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlari hisoblanadi. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi budjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qonun buzilish holati sodir bo‘lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yilning birinchi yarim yilligida budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larining maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘tkazilgan 3 480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzilishi, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi. Qayd etilishicha, hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Hisobot davrida vazirliklar bo‘yicha qonun buzilishi holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi: STARS International University 119 Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 455 ta nazorat tadbirlarining 336 tasida 65,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 3 martaga oshgan; Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 117 ta nazorat tadbirlarining 96 tasida 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 981 mln so‘mlik qonun buzilish holatlari aniqlangan); Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 454 ta nazorat tadbirlarining 368 tasida 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (7 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 8,5 martaga oshgan; Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 514 ta nazorat tadbirlarining 390 tasida 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (14,1 mlrd so‘m) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,9 martaga oshgan; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 136 ta nazorat tadbirlarining 129 tasida 24,1 mlrd so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning birinchi yarim yilida 903 mln so‘mlik qonun buzilish holatlari aniqlangan); Suv xo‘jaligi (6,8 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5,2 mlrd so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd so‘m), Madaniyat (2,6 mlrd so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd so‘m), Andijon (33,2 mlrd so‘m), Jizzax (28,3 mlrd so‘m), Toshkent (24,1 mlrd so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m), Qashqadaryo (15,6 mlrd so‘m), Samarqand (15,5 mlrd so‘m), Buxoro (11 mlrd so‘m), Namangan (10,4 mlrd so‘m), Xorazm (8,7 mlrd so‘m), Navoiy (2,1 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd so‘m) moliyaviy qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, 2696 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik qonun buzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, G‘aznchilik faoliytida moliyaviy nazorat muhim ahamiytga ega. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, Moliya vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 120 pirovard maqsad qilib belgilash. Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatga erishishning zarur quroli deb baholanmoqda. Markazlashgan budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi. FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR 1. J.E.Аtayev. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada takomillashtirish istiqbollari. 2. A.Ibragimov, B.Sugirbaev. Budjet nazorati va auditi, o‘quv qo‘llanma, T.2010. 3. A. Xudaykulov. “Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. 4. infoCOM.UZ, Lex.uz.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:116-120
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat byudjetining ahamiyati: STARS International University 97 Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni moder- nizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, pandemiya sharoitida mamlakatda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat byudjetining o‘rni va ahamiya-ti, davlat byudjetidan moliyalashtirish xususiyatlari tadqiq qilingan va tegishli xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: Davlat byudjeti, byudjet tizimi, moliyaviy oqimlar, ijtimoiy siyosat, yalpi ichki mahsulot, davlat byudjeti barqarorligi. КИРИШ Ўзбекистон Республикасида иқтисодиётни модернизациялаш ва эркин- лаштириш шароитида давлат молияси ва унинг муҳим таркибий қисми бўл-ган давлат бюджети алоҳида ўрин тутади. Давлат бюджети давлатнинг бир қатор функцияларини амалга оширишнинг молиявий негизини таш-кил этади ва молия тизимининг барча бўғинлари билан муносабатда бўла-ди. Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг устувор вазифалари-ни бажариш, иқтисодиётни барқарор ва мутаносиб ривожлантириш, жаҳон бозорларида мустаҳкам ўрин эгаллаш, шулар асосида изчил иқтисодий ўсишни таъминлаш, халқимизнинг ҳаёт даражаси ва фаровонлигини янада ошириш борасидаги вазифаларни тўлиқ ва самарали амалга ошириш ша-роитида давлат бюджетининг амал қилиш механизмларини пухта ўрганиш ҳар қачонгидан ҳам долзарбдир. Давлат молиясини самарали бошқариш тизими бюджет муносабатларини тўғри йўлга қуйиш, бюджет тизимида молиявий оқимларни самарали ташкил этишни талаб этади. Давлат бюджети давлат молия тизимининг муҳим таркибий қисмини ташкил этади, унинг ижтимоий-иқтисодий моҳияти бевосита давлатнинг ижтимоий-иқтисодий функция ва мажбуриятларидан келиб чиқади. Дав- ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti ALIJONOVA NIGORA SOBIRJON QIZI, TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA IJTIMOIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHDA DAVLAT BYUDJETINING AHAMIYATI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp95-99 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 98 лат ижтимоий-иқтисодий сиёсати доирасида амалга ошириладиган тадбир-ларни, ижтимоий соҳалар ва тармоқлар фаолиятини молиявий маблағлар билан таъминлашда давлат бюджети асосий молиявий манба бўлиб хиз-мат қилади. Давлат бюджетини бошқариш ва тарибга солишда, мам-лакатдаги ижтимоий барқарорликни таъминлашда, ҳар бир даврнинг устувор тараққиёт вазифаларини муваффақиятли бажаришда давлатнинг бошқа иқтисодий дастаклари қатори давлат бюджети ҳам муҳим аҳамият касб этади, бу вазифаларнинг самарали ижроси давлат бюджети амал қилишининг тегишли механизмларини ишлаб чиқиш ва амалда қўллаш би-лан таъминланади. Кейинги йилларда COVID-19 коронавирус пандемияси натижасида юзага келган инқироз ҳамда унинг олдини олиш мақсадида киритилган че-клов чоралари сезиларли ижтимоий-иқтисодий зарбаларга олиб келди. Мазкур шароитда макроиқтисодий прогнозлар сақланиб қолаётган ноа-ниқликларни ҳисобга олган ҳолда шакллантирилди. Ўзбекистон Респу-бликасида иқтисодиётни қўллаб-қувватлаш мақсадида ҳукумат томони-дан иқтисодий ўсишни тиклаш ва таркибий ислоҳотларни давом этти-риш юзасидан амалий ҳаракатлар режаси қабул қилиниб, бу икки босқич-дан иборат бўлиб, коронавирус пандемиясининг иқтисодиёт ва аҳоли учун салбий оқибатларини бартараф этиш, тизимли ислоҳотларни давом эттириш мақсадида шароит яратиш, иқтисодиётни ривожланишига янада туртки берувчи янги имкониятларни ва захираларни аниқлаш масалалари белгиланган эди. 1 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт Стратегиясида ҳамда «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили»да амалга оширишга оид Давлат дастурида давлат бюджети харажатлари самарадорлигини янада ошириш ва давлат молиявий назорати органлари фаолиятини такомиллаштириш устувор вазифалардан бири қилиб белгилан-ди. 2 Сўнгги йилларда Ўзбекистон иқтисодиёти бошқа давлатларда бўлгани каби COVID-19 натижасида келиб чиққан инқироздан сўнг аста-секинлик билан тикланмоқда, бу эса макроиқтисодий вазиятнинг барқарорлашу-ви ва иқтисодиётнинг барча тармоқларида иқтисодий ўсиш суръатларининг қайта тикланиши кузатилмоқда. Давлат бюджетининг харажатларида хара-жатларнинг ижтимоий йўналтирилганлиги сақланиб қолмоқда. Ижтимоий соҳа ва аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлаш харажатлари режалаштири-лаётган бюджет харажатларининг 49,1% ини ташкил этади. Ўрта муддат-ли истиқболда давлат бюджети барқарорлигини таъминлаш мақсадида, бюджет тақчиллигини босқичма-босқич камайтириш режалаштирилмоқда. 1 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 29 августдаги «2020-2021 йилларда иқтисодий ўсишни тиклаш ва иқтисодиёт тармоқлари ҳамда соҳаларида тизимли таркибий ислоҳотларни давом эттириш чои - ра-тадбирлари тўғрисида»ги 526-сон қарори» 2 2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили»да амалга оширишга оид Давлат дастури 15-банди. Ўзбекистон Республикаси Презиа-дентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон Фармони 2-иловаси. STARS International University 99 1-жадвал Ўзбекистон Республикаси давлат бюджети харажатлари таркиби тўғри- сида маълумот. 1 1 Openbudget.uz сайти маълумотлари асосида ҳисоб-китоб қилинган. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 100 Давлат бюджети харажатлари миқдорини 2020 йилдаги ЯИМнинг 20,1 фоизидан 2021 йилда ЯИМнинг 24,0 фоизни ташкил қилган. Жадвал маълумотларидан кўриниб турибдики, пандемия шароитида ино- батга олган ҳолда ижтимоий соҳа ва аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлашга қаратилган харажатлар кўпайган. Ушбу йўналишларга 2021 йилда 86,4 трлн. сўм ёки жами харажатларнинг 52 фоизи ажратилиши кўзда тутилган. 2022 йил учун Давлат бюджети харажатлари 214,8 трлн. сўмни ёки ЯИМга нисбатан 25,6%ни (2021 йилда 190,8 трлн. сўм ёки ЯИМга нисбатан 26,4% ҳисобида бўлиши кутилмоқда) ташкил этиши режалаштирилмоқда. Иқтисодий ўсишни рағбатлантириш мақсадида ривожлантириш тармоқ да-стурларини амалга оширишга йўналтириладиган маблағларни ошириш ре-жалаштирилмоқда. Сўнгги йилларда иқтисодиёт харажатлари, бошқарув харажатлари ва бошқа харажатлар салмоғи камайганлигини кузатиш мумкин. Давлат бюджети харажатлари таркибида ривожлантириш дастурларига харажат-лар, ташаббусли бюджетлаштириш доирасидаги лойиҳаларга харажатлар ҳамда иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар ҳамда алоҳида хиз-матлар учун тарифлар миқдорини оширишга харажатлар ўрин олганлигини кўришимиз мумкин. Хулоса қилиб шуни таъкидлаш мумкинки, давлат бюджети мамла- катни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг молиявий дастакларидан бири бўлиб қолади. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Ўзбекистон Республикасининг Бюджет Кодекси. Ўзбекистон Республи- касининг 2013 йил 26 декабрдаги ЎРҚ-360-сон Қонуни билан тасдиқланган. 2. Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 25 декабрдаги “2021 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги ЎРҚ-657-сон Қонуни. STARS International University 101 3. 2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили»да амалга оширишга оид Давлат дастури 15-банди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон Фармони 2-иловаси. 4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 29 августдаги «2020-2021 йилларда иқтисодий ўсишни тиклаш ва иқтисодиёт тармоқлари ҳамда соҳаларида тизимли таркибий ислоҳотларни давом эт-тириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 526-сон қарори. 5. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Маж- лисга мурожаатномаси. 29 декабрь 2020 йил. 6. Нурмухамедова Б.И. Давлат бюджети. Ўқув қўлланма.– Т.:“IQTISODMOLIYA”, 2018. – 5976 б. 7. Фуқаролар учун бюджет. 2021 лойиҳа / Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги.-Тошкент: BAKTRIA PRESS, 2021. -64 b. 8. www.openbudget.uz
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:97-101
Korxona brending faoliyatida raqamli marketing strategiyalaridan foydalanish: STARS International University 71 BEKMURODOVA LOBAR XUSANOVNA, Stars international unversity talabasi ILMIY RAHBAR ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU Buxgalteriyasi hisobi kafedrasi assistenti KORXONA BRENDING FAOLIYATIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH Annotatsiya: Bu maqolada raqamli media an’anaviy va ommaviy axborot vosita- larini auditoriya bilan ta’minlash, hamda yangi komunikasiya jihozlari bilan ta’min-lash, global va mahalliy brendlar uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan raqamli media vositaga aylangan. Internet, reklama kanallari, axborot vositalari, gazeta jurnallarga kata e’tibor qa- ratiladi. Raqamli media muhitining o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Maqola ilmiy izlanishlarga hamda, reklama tajribalariga asoslanadi. Kalit so‘zlar: Raqamli media, raqamli kommunikasiya, yangi ommaviy axborot vositalari, strategik rejalashtirish, kommunikasiya strategiyasi, reklama, brend kom-munikasiyasi, internet kommunikasiyasi, raqamli vositalar. KIRISH Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin o‘sib bormoqda va internet auditoriyasinining o‘sishi bilan bir qatorda, global elektron tarmoqda reklama bozori tezlashmoqda. Internet reklamalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi korxona va kompaniyalarga sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishiga hamda qo‘shimcha raqobotdosh ustunliklarga ega bo‘lishga imkon beradi. Shu-ningdek, korxonlar faoliyatida marketingdan foydalanishda turli strategiyalarni ish-lab chiqish, korxonaning kelgusidagi rivojiga hissa qo‘shadi. Har bir korxona kelgusida o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni bozorga taqdim etish, va namoyon qilishda, albatta reklamaga murojat qiladi. Bu esa korxona faoli-yatini yuqori cho‘qqilarga olib borishga bevosita xizmat qiladi. Korxonalar brending faoliyatida eng muhim bosqichlaridan biri bozor faoliyatini tadqiq etishda bozor ishtirokchilari va xaridor bilan bog‘liq munosabatlar, korxona-lar brending faolioyatida raqamli marketing strategiyasini shakllantirishda ichki va tashqi marketing muhitining o‘rni bilan bog‘liq munosabatlar ahamiyatlidir. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp71-74 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 72 Korxona ma’lum bir davrga mo‘lljallangan bo‘lib, moddiy mehnat va moliyaviy resuslarni uzoq va qisqa o‘rta muddatli rejalashtirish, raqobatchilarni xatti-harakati, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni bozor talablariga javob berilishi zarur hisoblanadi. Korxonalarda raqamli media an’anaviy ommabop axborot vositalariga nisbatan sifat jihatdan mukammal hosoblanadi. Ushbu media komunikatsiyani ma’lum bir aloqa vositalari yordamida qabul qiluvchiga yetkazadigan va shu bilan aniq ta’sirga erishadigan jarayon sifatida tushuntiriladi. Ta’riflarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, komunikatsiya atamasi uchta asosiy talqinga ega. Axborot bilimlarni bir shaxsdan boshqasiga o‘tkazish jarayoni hisoblanadi, Ushbu jarayonning tarkibiy asosi bo‘lgan aloqalar va munosabatlar to‘plami komunikatsi-ya ta’sir qilish vositasi sifatida qaraladi. Jamiyat va uning tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazish maqsadida ma’lumotlarni uzatish hamda almashish kerakligi aytilgan. Shuni ta’kidlash joizki, korxonalarda komunikasiya bu turli xil ma’lumotlarni ya- ratish, uzatish va qabul qilish imkonini yaratib beradigan, o‘zaro ta’sir jarayonlarini va aloqa usullarini anglatadi. Reklama nuqtai nazaridan komunikasiya axborotni uzatish jarayoni bo‘lib, xabarni qabul qiluvchini xabar manbayi sifatida ishlaydigan reklama beruvchiga foydali harakatlarni qilishga undaydi. Reklama amaliyotida komunikasiya strategiyasini asosiy vazifasi brendni rivoj- lantirish uchun axborotni qullab quvvatlashdir. Komunikasiya strategiyasini joylas-hishini aniqlash ijodiy strategiya va media strategiyasiga asoslangan bo‘lib, u maq-sadli auditoriyaga ta’sir o‘tkazish uchun eng samarali vositalar to‘plami va ushbu vositalardan foydalanishning aniq dasturidir. Komunikasiya strategiyasini ishlab chiqish maqsadli auditoriyaning afzalliklari va boshqa omillarni hisobga olgan holda bozorni haqiqiy ehtiyojlari asosida amalga oshiriladi. Komunikasiya strategiyasini ishlab chiqarishning maqsadi iste’molchi va brend o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni boshqarish, hamda istemolchining fikri vaqti va bozor talablariga muvofiq brendni takomillashtirishdir. Komunikasiya jarayonini ishlab chiqish jarayonida vazifalar tahlil qilinadi, asosiy xabar va aloqa maqsadi shakllanadi, asosiy elemenlar aniqlanadi. Ularning yorda-mida maqsadli auditoriya vakillariga samarali xabar yetkaziladi. Reklama nafaqat ushbu asosiy xabarni maqsadli auditoriyaga yetkazish balki xaridorni noyob bu-yum sotib olishga arziydiganiga ishontirish kerak. Komunikasiya strategiyasi bu – bozorni tahlil qilish, joylashishini aniqlash, samarali vositalar va reklama kanallarini tanlash va nihoyat yorqin ijodiy yechimlarni o‘z ichiga olgan brendni ilgari surish bo‘yicha puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan xarakatlar rejasidir. Har qanday komunikasiya strategiyasini o‘zgarmas elementlari mavjud bu – aloqa maqsadlar, maqsadli auditoriya, aloqa xabari, reklama vositalari va manbalari. Internetda komunikasiya strategiyasini rejalashtirishning o‘ziga xos xususiyati internetning kommunikativ muhiti bilan belgilanadi. Biz internetni joylashtirish uc-hun qo‘shimcha kanal sifatida emas, balki noyob vosita sifatida ko‘rib chiqishimiz, internetda strategiyani rejalashtirishimiz bu online maydonda imkoniyat va resus-larni birlashtirishdir. Shunday qilib, biz internetda komunikasiya strategiyasini rivojlantirishning o‘zi- ga xos xususiyatlarini mavjudligi yoki yuqligi to‘g‘risida xulosa qilishimiz mumkin. Bu nafaqat rejalashtirish jarayonlarini bosqichlaridan o‘tish, balki ushbustrategiya-ni yaratishga umumiy yondashish va parametrlar asosida mutaxasis buni ishlab chiqadi. STARS International University 73 Reklama kompaniyasining natijalarini bilvosita media ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirish mumkin. Klassik analitikada ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar soni va foydalanuvchining harakartlari, izohlar reportlar, qarashlar uchun raqamlar keltirilgan. Bu yerda hamma narsa oddiy tuyilishi mumkin Raqamli reklamada aloqa strategiyasini qo‘llashning quyidagi yunalishlar asosi- da siz samarali reklama kompaniyasi tuziladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchilar orasidan ham umuman butun toifada ham mah- sulotni oson va tezkor identifikatsiyasini taminlash shart. Ushbu bosqichda tovarni tashqi ko‘rinishiga, uning qadoqlash va reklama materiallariga kata e’tibor qaratila-di, Ularning yordamida brend o‘z auditoriyasiga asosiy xabarni yetkazadi. Korxonalarda rasional yoki hissiy motivlar orqali iste’molchiga, ma’lum bir mah- sulotga bo‘lgan ehtiyojini tez va aniq yetkazish. To‘g‘ri tanlovni yaratish, Tovar dun-yosiga kirish, qadoqlash, reklama bilan shug‘ullanish, istemolchi o‘zi uchun tanla-ganligiga ishontiradigan yangi reklama topishi kerak bo‘ladi. Korxonada qaror qabul qilish, mahsulotni sotib olish, uni to‘g‘irlash bosqichida iste’molchini qo‘llab-quvvatlash zarurdir. TADQIQOT NATIJALARI 1. Korxonalarda axborot texnologiyalarni rivojlanishi umuman reklama komuni- kasiyalari sohasini qo‘llash uchun kata imkoniyatlar ega hisoblanadi. 2. Korxonalarda reklama sohasida iste’molchilarga yetarli darajada ta’sir o‘tka- zish uchun reklama aloqalaridan foydalanish zarur. Bugungi kunda tijorat maqsad-larida turli xil reklama vositalaridan foydalanish odatiy holatga aylanib bormoqda, chunki bu tinglovchilar bilan aloqa bog‘lashda yuqori natijalarga erishishga imkon beradi. 3. Korxonalarda turli auditoriyalarda raqmli reklamalar uchun turli xil kanallar va vositalar turli xil ishlaydi. XULOSA Korxonalarda komunikasiya strategiyasini amalga oshirish asosan texnologiya- lar va media tashuvchilarga bog‘liqdir. Turli xil mavjud xilma xilliklar turli yangi-liklar, reklama formatlarini paydo bo‘lishi reklama materialini yanada ko‘rinadigan sifatli, samlaliroq qilishga imkon beradi. Zamonaviy texnologiyalar bir qator qu-layliklarga ega hisoblanadi, shuning uchun ular reklama aloqalarida qo‘llaniladi. Shunday qilib, bugungi kunda korxonalarda texnologiyalar reklama rasmlarini jur-nal va gazetalarda bosma reklama doirasidan tashqariga chiqib virtual muhitga chiqishga imkon beradi, shu bilan birga ta’sirning komunikasiya muhitini kengay-tiradi. Umuman, korxonalarda axborot texnologiyalari, xususan, multimedia texnologi- yalarning rivojlanishi strategik faolliyatda reklama komunikasiyalardan foydalanis-hda katta imkoniyatlarga ega. Zamonaviy reklama texnologiyalari axborotni yetka-zib berishga imkon beradi. Shunday qilib, reklama sohasi iste’molchilarga samarali ta’sir o‘tkazish uchun reklama aloqalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga intiladi. Xulosa qilish mumkinki, korxonalarda rejalashtirish bosqichlarini amalga oshirish uchun turli xil texnika va usullardan foydalanilishiga qaramay komunikasiya strate- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 74 giyasini qurish umumiy qonuniyatlarga ega, ammo media muhitini bir qtor farqlari bor: 1. Korxonalarda brendni ilgari surish bilan bog‘liq farqlar.2. Korxonada ishlab chiqarilgan tovarni raqamli muhitda noyob qilib sotish.Aslida butun dunyo axborot sayitlarida reklama brendlardan foydalanuvchilar- ning xatti- harakatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ularning internetdan reklama qilish-lariga bo‘lgan talablari va taxminlari bilan bog‘liqdir. Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı: 1. Lasswell H. The structure and Function of Comunication in Socity // The process and Effects of Mass communication. P. 40.2. Моисева А.П. Kоммуникацион. Менежмент. 2011.3. Шарков Ф.И. Основы теории коммуникации. М. 2002.4. Sh. Mustafoqulov. Z. Xakimov. Kichik biznes uchun marketing bo‘yicha qo‘llan- ma. T., 2019. Sh. Ergashxujayeva. Industrial factory innovasion marketing. T., 2014.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:71-74
Iqtisodiyotni mobil tizimlar orqali avtomatlashtirish: STARS International University 183 Annotatsiya. Mazkur ishda raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotni rivojlanti- rish bosqichlari va ularning afzalliklari keltirib o‘tilgan. Ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish orqali boshqarish, shu jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari oldi- sotdisini avtomatlashtirish algoritmlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiya, raqamli iqtisodiyot, mobil tizimlar, avtomatlasht- irish, axborot texnologiyalari. КИРИШ Ҳозирги глобаллашув шароитида иқтисодий жараёнлар жадал суръат- ларнинг билан ўсиб бориши билан бир қаторда ахборот технологиялари ҳам юқори даражада ривожланмоқда. Ахборот технологиялари ёрдами-да ижтимоий-иқтисодий ва молиявий муносабатларнинг шаффофлигини ҳамда аҳолига кўрсатилаётган хизматлар сифатини, тезлигини ва қулай-лигини таъминлаш имконияти яратилади. Ҳозирги вақтда иқтисодиётнинг тезкор ривожланишини албатта ахборот технологияларисиз тасаввур қилиб бўлмайди. Шунинг учун бугунги кунда аҳолига сифатли хизматлар кўрсатиш мақсадида янги Ўзбекистон шароитида барча ижтимоий-иқтисодий жара-ёнларни рақамли технологиялар ёрдамида ҳал этиш долзарб масала ҳисо-бланади. Дарҳақиқат, кўплаб ривожланган мамлакатларда рақамли иқтисо-диёт ва рақамли технологиялар ўша мамалакатларнинг ривожланиш омил-ларига сезиларли даражада таъсир ўтказган. Жамият ҳаётида рақамли иқтисодиёт ва рақамли технологиялар муҳим роль ўйнайди. Айниқса, ав-томатлаштирилган тизимлар ўзининг қулайлиги билан ҳаётимизда муҳим ва долзарб аҳамият касб этиб бормоқда. Бошқариладиган жараёнларни автоматлаштирилган тизимлар орқали амалга ошириш, аҳолига хизмат кўрсатиш сифати ошиши билан бир қаторда аҳолининг сарф харажат-ларини камайтириб боради. Бу эса албатта рақамли иқтисодиёт ҳар бир аҳоли поғонасига ижобий таъсир кўрсатади. Жорий вақтда кўпчилик ки-шилар интернет тармоғидан мобиль қурилмалар асосида фойдаланишини эътиборга олиб, аҳоли учун хизмат кўрсатаётган кўпгина соҳаларда мобиль автоматлаштирилган тизимларни ишлаб чиқиш керак. Айниқса қишлоқ ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti SALIMBOYEV BOBUR RUSTAM O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi IQTISODIYOTNI MOBIL TIZIMLAR ORQALI AVTOMATLASHTIRISH https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 1 8 1 - 1 8 3 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 184 хўжалиги маҳсулотларини автоматлаштирилган тизимлар орқали олди- сотдисини амалга ошириш аҳолининг энг кўп фойдаланиладиган соҳа-лари сирасига киради, бу борада қуйидаги вазифалар амалга оширилса, мақсадга мувофиқ бўлар эди. Ҳозирги вақтда республикамиз ҳудудида кат-та миқдорда сифатли қишлоқ хўжалик махсулотлари етиштириб келин-моқда. Чекка ҳудудлардаги сифатли маҳсулотлар тўғрисида маълумотлар тадбиркорларга етиб бормай қолмоқда. Натижада кўпчилик тадбиркор ва деҳқонлар сифатли фаолият олиб бора олмаяпти ёки ўзлари вақт ажра-тиб, тадбиркор деҳқонни, деҳқон эса тадбиркорни изламоқда. Бу масалани ҳал этиш учун қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари сотувини амалга ошурувчи миллий тизимни ишлаб чиқиш ва кенг оммага тарғиб этиш керак. Қишлоқ хўжалиги махсулотлари онлайн олди-сотдисини амалга ошириш тизими-нинг структуравий вазифаси қуйидагича кўринишда, бўлиб, яратилиши режалаштирилаётган ушбу тизим қуйидаги 3 та модулдан ташкил топади: •Администратор модули қуйидаги вазифаларни ўз ичига олади:- Тизимдаги маълумотларнинг умумий мониторингини олиб боради, яъни тизим маълумотлар базасидаги ҳажми, сервердаги умумий маълумот ҳажмини назорат қилиб боради; - Маҳсулотларнинг туркумини шакллантиради ва бу маълумотларнинг қидирув жараёнини енгиллаштиришга ёрдам беради; - Сотувчи ва харидорнинг ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларини белгилай- ди. Олди-сотдиси тақиқланган маҳсулотларнинг сотувини олиб боришни тақиқлайди; - Тизим фойдаланувчилари томонидан тизимга оид қизиқтирган ва ха- толикларнинг олдини олиш бўйича саволларига жавоб беради; •Сотувчи модули қуйидаги вазифаларни ўз ичига олади:- Сотувчилар тизимдан рўйхатдан ўтказилади. Изоҳ: бунда энг содда ва хавфсиз бўлган рўйхатдан ўтиш усулларидан фойдаланилиб, тизим фойда-ланувчилари телефон рақамлари (телеграм каби) орқали идентификацияла-нади; - Сотувчилар ўзлари етиштирган маҳсулотларни ва маҳсулотининг миқ- дорини белгилаб сотиш учун шакллантирилган туркум асосида эълон беради. Шунингдек, маҳсулотнинг суратини ва унинг қўшимча тавсифи ҳақидаги маълумотларни жойлаштиради; - Сотувчилар ўзларининг шахсий профилларига эга бўлади. Ўзлари- нинг шахсий маълумотларини назорат қилиб боради. Шунингдек профи-лида олди-сотди эълонларининг архив маълумотлари ва жойлашуви ҳақида-ги маълумотлар юритилади; •Харидор модули қуйидаги вазифаларни ўз ичига олади :- Харидор, яъни исталган фойдаланувчи эълонларни кўриш имкония- тига эга бўлади. Эълонлар орасидан ўзлари қидирган маҳсулот ҳақидаги маълумотларни тез ва осон топиши учун қулай имкониятлар яратилади, яъни қидирувда бир неча параметрлар: туркуми, нархи ва жойлашуви мав-жуд бўлади. Айниқса, харидорга жойлашув бўйича, яъни жойлашган жойи-га яқин бўлган маълумотлар тавсия қилинади. - Харидор олдиндан қисм тўловларини амалга ошириши мумкин. Режа- лаштирилган тизим орқали тадбиркорлар ва маҳсулот етиштирувчи фуқа- STARS International University 185 ролар иш фаолиятини сезиларли даражада осонлаштириш ҳамда харажат-ларини камайтириш имконияти яратилади. Бу тизим нафақат фуқароларга, балки статистик маълумотлар олиб борувчи ташкилотлар учун ҳам хизмат қилади. Барча жараёнларни рақамли технологиялар ёрдамида автомат-лаштириш орқали, янги Ўзбекистонни янада ривожлантириш имкония-ти кенгаяди. Бошқариладиган жараёнларни автоматлаштирилган тизимлар орқали амалга ошириш, иқтисодиётнинг тезкор ривожланиши ва аҳолига сифатли хизмат кўрсатиш имкониятини беради. Қишлоқ хўжалиги махсу-лотларини автоматлаштирилган тизимлар орқали онлайн олди- сотдисини амалга ошириш натижасидатадбиркорлар фаолияти ва аҳолининг яшаш тарзи яхшиланиб боради. Адабиётлар рўйхати: 1.Akhatov A.R., Nazarov F. M. Methods of Implementation of Blockchain Technologies on the basis of Cryptographic protection for the Data processing System with Constraint and Lagging into Electronic Document Management. Herald of Computer and Information technologies. vol.10. P. 3–13. Moscow.2019. 2.Pedro Franco. The Blokcheyn. Understanding Bitinformation: Cryptography, Engineering and Economics. John Wiley & Sons, 2014. -288 p.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:183-185
Bank risklarini boshqarishda raqamli texnologiyalarning o‘rni: «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 164 Annotatsiya. Ushbu maqolada, tijorat banklari faoliyatidagi risklarni baholash va boshqarish usullari, risklarning tijorat banklarining moliyaviy holatiga va likvidliligiga ta’siri hamda risklarni boshqarishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati borasida so‘z yuritiladi. Tayanch so‘z va iboralar: bank risklari, risklarni boshqarish, bank texnologiyalari, axborot texnologiyalari, internet banking, kredit. КИРИШ Бугунги кунда, мамлакатимиз банк тизимини такомиллаштириш ва жаҳон стандартларига яқинлаштириш борасида бир қатор ишлар амал-га ошириб келинмоқда. Жумладан, банк рискларини бошқариш йўнали-шида Халқаро молия корпорацияси билан ҳамкорликда мамлакатимиздаги банкларни замонавий тижорат банкларига трансформация қилиш бўйича ишлар доирасида рискларни бошқариш тизими тубдан ислоҳ қилиниб, Базель қўмитаси талаблари асосида қайта ташкил этилмоқда. 1 Бунда, банклар олдига рискларни бошқариш сиёсати, рискларни бо- шқариш стратегияси ва риск-аппетити методологиясини янгидан ишлаб чиқиш, рискларни назорат қилувчи ва бошқарувчи қўмиталар ташкил этиш, шунингдек, риск ҳисоботларини янгича талқинда ишлаб чиқиб ама-лиётга жорий этиш, ликвидлилик, фоиз, валюта, кредит рисклари бўйича стресс-тестларнинг янги моделларини яратиш каби муҳим вазифалар усту-вор этиб белгиланган. Тижорат банклари рискларини бошқариш усулларининг иқтисодий моҳи- яти ва турлари хусусида иқтисодий адабиётларда жуда кенг ҳамда турли ту-ман фикр ва мулоҳазалар мавжуд. Бироқ уларнинг шакли ва шамойили турли-туман бўлгани билан мазмуни битта мақсадга қаратилган. Шу жиҳат-дан ушбу масалага яна бир бор ойдинлик киритиш мақсадида: “Тижорат банклари рискларини бошқариш усуллари - бу банкнинг ўз олдига қўйган мақсадига эришиш учун рискларни бошқариш, уларнинг хавфсиз дара-жасини таъминланганлигини баҳолашга хизмат қиладиган ёндашув ва тен-гликлар мажмуидир” тарзидаги иқтисодий таърифни шакллантирдик. 1 https://ipotekabank.uz/uz/news/training_risk/sphrase. ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH, TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti PARDAYEVA GULRUX SOBIRJON QIZI, TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakultetitalabasi BANK RISKLARINI BOSHQARISHDA RAQAMLITEXNOLOGIYALARNING O‘RNI https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 1 6 2 - 1 6 4 STARS International University 165 Маълумки, банкларда рискларни бошқариш усуллари ички ва ташқи омил- лар таъсирида тизимли ва стихияли равишда ривожланган. Хусусан, банкларнинг операциялари ва хизматлари турининг ортиб бориши, шу-нингдек молиявий инструментларнинг кенг қўлланилиши ва кредит му-ассасалари ўртасидаги рақобатнинг кучайиши банк рискларини бошқариш-нинг турли усулларининг вужудга келишига сабаб бўлади. Шуниси эътиборга лойиқки, хориж банк амалиётида рискларни бошқа- ришда қўлланиладиган усуллар асосида уларнинг базавий тамойиллари туради. Шу боис, халқаро ва маҳаллий банклар рискларини бошқариш усулларни жорий этишда иқтисодий, ҳуқуқий ва сиёсий омилларни эъти-борга олган ҳолда ёндашув зарурлигини тажриба кўрсатиб турибди. Банк рискларини бошқаришда қўлланиладиган усуллар рискларни хавф- сиз даражада пасайтириш орқали банклар кўриши мумкин бўлган иқтисодий зарарларни олдини олишга хизмат қилиш керак. Шунингдек, тижорат банклари фаолиятига янги инновацион технологи- яларни жорий этилаётганлиги банклар томонидан кўрсатилаётган молиявий хизматларнинг сифати ва сонини ошириш билан бирга, рискларнинг ошиши-га ҳам сабаб бўлмоқда. Масалан, инновацион банк технологияларидан бири бўлган электрон банкинг банк рискларининг янги манбаларини юзага ке-лишига олиб келади. Бу эса, қуйидаги омиллар билан изоҳланади: 1. Банкнинг ноқонуний операциялар билан шуғулланишга мойиллиги бўл- ган янги мижозларининг пайдо бўлиши. 2. Учинчи томонларнинг, шу жумладан, провайдерларни масофавий банк хизматлари тизимини шакллантириш ва ишлашини таъминлаш мақ-садида жалб қилиниши. 3. Банкларнинг автоматлаштирилган тизимларига ноқонуний кириш ва хакерлик ҳужумлари қилишга уринишларнинг пайдо бўлиши. Шу билан бирга, инновацион банк технологияси бўлган Интернет-бан- кингд аҳам атайин компьютер вирусини тарқатиш йўли билан дастурий таъ-минотга зарар етказиш мақсадидаги уринишлар кузатилади. Электрон форматда кўрсатиладиган банк хизматлари жараёнида юзага келадиган рискларнинг чуқурлашишининг олдини олиш мақсадида Базел қўмитаси мазкур хизмат турлари билан боғлиқ бўлган рискларни бошқариш принципларини ишлаб чиқди. Жумладан: - тижорат банкининг Директорлар кенгаши ва Бошқаруви учун принци- плар; - хавфсизликни таъминлаш воситаларини танлаш ва мақбул тарзда амал қилиши учун принциплар; - рискларни бошқаришнинг аҳамиятлилигини ошириш учун принциплар . 1 Фикримизча, мамлакатимиз банклари томонидан мазкур принципларга риоя қилиш электрон банк хизматлари билан боғлиқ бўлган рискларнинг чуқурлашишининг олдини олиш имконини беради. Хусусан, Интернет-бан-кинг операцияларини амалга ошириш ва хавфсизлик юзасидан назоратнинг ишончлилигини таъминлаш шароитида рискларни бошқариш сиёсати учун тижорат банкининг Кузатув кенгаши жавоб беради. Тижорат банки Бошқа- 1 Ж.Й.Исаков, З.Ж.Адилова, Б.А.Хонтўраев “Банк рисклари” ўқув қўлланма “Иқтисодиёт” Тошкент-2020 йил. 14-15 бет. «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 166 руви эса электрон банк хизматлари кўрсатиш жараёнида аутентификация усулларини жорий қилиш, маълумотлардан ички ва ташқи фойдаланувчи-лар учун чекловлар қўллаш юзасидан жавобгар ҳисобланади. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 1. https://ipotekabank.uz/uz/news/training_risk/sphrase.2. Д.Б.Нафасов “Банк рискларини бошқариш методологиясини такомил- лаштириш” “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 1, январь-февраль, 2017 йил. 3. Ж.Й.Исаков, З.Ж.Адилова, Б.А.Хонтўраев “Банк рисклари” ўқув қўл- ланма “Иқтисодиёт” Тошкент-2020 йил. 14-15 бет. 4. Niyozov, Z. D., Karimova, A. M., Malikova, D. M., Togaev, S. S., & Alimova, N. K. (2019). THE INTRODUCTION OF INNOVATIONS IN THE SPHERE OF PROVISION OF SERVICES OF UZBEKISTAN IN THE CONDITIONS OF TRANSITION TO DIGITAL ECONOMY. InInternational Scientific and PracticalConference” Innovative ideas of modern youth in science and education (pp. 376-378). 5. Тогаев, С. С., & Амиров, Э. Д. (2016). Основные рекомендации внедре- ния международных стандартов Базель III в мире и особенности внедре-ния их в Узбекистане. World science, 3(3 (7)), 56-61.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:164-166
Moliya bozorini tartibga solishda jahon tajribasidаn foydаlаnish usullаri: STARS International University 211 Аnnоtаtsiyа: Ushbu mаqоlаdа dаvlаt iqtisоdiyоtidа budjеtlаrаrо munоsаbаtlаr tizimi tаdqiq еtilаdi. Uning mоhiyаti yоritib bеrilаdi hаmdа qоnun-qоidаlаr tushuntirilаdi. Kаlit sо‘zlаr: budjеt, budjеt tizimi, budjеtni rеjаlаshtirish, iqtisоdiy nоrmаtivlаr, dаvlаt mоliyаsi, dаvlаt budjеti. KIRISH Budjеtlаrаrо munоsаbаtlаr – bu rеspublikа dаvlаt hоkimiyаti оrgаnlаri vа mаhаlliy о‘zini-о‘zi bоshqаrish оrgаnlаri о‘rtаsidаgi budjеtli huquqiy munоsаbаtlаrni, budjеt jаrаyоnini tаshkil qilish vа аmаlgа оshirishni tаrtibgа sоlish mаsаlаlаri bо‘yiсhа о‘zаrо munоsаbаtlаr. Budjеtlаrаrо munоsаbаtlаr mа’muriy-hududiy bо‘linmаlаri bо‘lgаn hаr qаndаy dаvlаtdа tаshkil еtilаdi, birоq ulаr hаr xil tаmоyillаr аsоsidа qurilishi mumkin. TАDQIQОT MЕTОDОLОGIYАSI VА ЕMPIRIK TАHLIL Dаvlаtning yаxlit mоliyаviy siyоsаti mоliyа tizimining bаrсhа bо‘g‘inlаri, jumlаdаn budjеt tizimining vа uning tаkibiy qismi bо‘lmish mаhаlliy budjеtlаrning hаm yаgоnа qоnunсhilik аsоsidа tеgishli mоliyаviy-iqtisоdiy shаrоitlаrning yаrаtilishi bilаn tо‘liq аmаlgа оshirilishi lоzim. Shu tufаyli mоliyаviy siyоsаtning ixtiyоriy sоhаsigа tеgishli bо‘lgаn u yоki bu qаrоrning qаbul qilinishi, mаhаlliy budjеtlаr fа-оliyаtining аsоslаrigа mа’lum mа’nоdа tеgishli bо‘lаdi 1 . Hаr qаndаy dаvlаtdа bоshqаruv tizimining xususiyаtigа qаrаb, budjеt tizimining tаrkibi qоnuniy tаrzdа bеlgilаnаdi. Shungа kо‘rа fеdеrаtiv dаvlаtlаrdа 3 bо‘g‘inli budjеt tizimi аmаl qilаdi. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsidа qаyd qilinishigа kо‘rа mаmlаkаtdа 2 bо‘g‘inli budjеt tizimi аmаl qilаdi. Bulаrgа rеspublikа budjеti vа mаhаlliy budjеtlаr kirishi kо‘rsаtilgаn. Budjеt tizimining bо‘g‘inlаri о‘rtаsidаgi о‘zаrо bоg‘liqlik budjеtlаrаrо mu- nоsаbаtlаr mеxаnizmi оrqаli tаshkil qilinаdi. Dаvlаt budjеti mаblаg‘lаri turli dаrа-jаdаgi budjеtlаr о‘rtаsidа quyidаgiсhа tаqsimlаnаdi: 1. Umumdаvlаt аhаmiyаtidаgi sоliqlаr vа bоshqа dаrоmаdlаrdаn аjrаtmаlаr;2. Budjеt dоtаtsiyаlаri;3. О‘zаrо hisоb-kitоblаr vа sxеmаlаr; 1 Vаhоbоv А. vа bоshqаlаr. Mоliyаviy vа bоshqаruv tаhlili. Dаrslik. T.: Shаrq 2015. 220 b. ESHONQULOV AZAMAT ABDIRAXIMOVICH TDIU “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti USMONOV MUHAMMAD AKBAR O‘G‘LI TDIU “Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi BUDJЕTLАRАRО MUNОSАBАTLАR https://doi.org/10.47689/STARS.univer-s i t y - 5 - p p 2 0 9 - 2 1 1 «Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil. 212 4. Budjеt ssudаlаri; 5. Budjеt subvеnsiyаlаri. Turli dаrаjаdаgi budjеtlаr о‘rtаsidа budjеtlаrаrо munоsаbаtlаr quyidаgi hоlаtlаrdа kuzаtilаdi: - yuqоri budjеtlаrdаn quyi budjеtlаrgа budjеt dоtаtsiyаlаri bеrish;- yuqоri budjеtlаrdаn quyi budjеtlаrgа budjеt ssudаlаri аjrаtish;- budjеt ijrоsi jаrаyоnidа о‘zаrо hisоb-kitоblаr bо‘yiсhа pаydо bо‘lgаn qаrz mаblаg‘lаrni quyi budjеtdаn yuqоri budjеtgа yоki yuqоri budjеtdаn quyi budjеtgа yо‘nаltirish. Mа’lumki, budjеt dоtаtsiyаlаri – quyi budjеtning о‘z dаrоmаdlаri vа tаrtibgа sоluvсhi bоshqа mаblаg‘lаr yеtishmаgаn tаqdirdа, xаrаjаtlаri bilаn dаrоmаdlаri о‘rtаsidаgi fаrqni qоplаsh uсhun yuqоri budjеtdаn qаytаrib оlmаslik shаrti bilаn аjrаtilаdigаn pul mаblаg‘lаridir 1 . Budjеt ssudаlаri – quyi budjеtlаrning dаrоmаdlаri vа xаrаjаtlаri о‘rtаsidаgi vаqtinсhаlik tаfоvutni qоplаsh uсhun yuqоri budjеtdаn qаytаrib bеrish shаrti bilаn аjrаtilаdigаn pul mаblаg‘lаridir. Budjеt subvеnsiyаsi - qоnun hujjаtlаridа nаzаrdа tutilgаn tаrtibdа muаyyаn mаqsаdlаrgа sаrflаsh shаrti bilаn yuqоri budjеtdаn quyi budjеtgа qаytаrmаslik shаrti bilаn аjrаtilаdigаn pul mаblаg‘lаri. Budjеt trаnsfеrti - budjеtdаn yuridik yоki jismоniy shаxsgа bеvоsitа yоxud vаkоlаtli оrgаn оrqаli аjrаtilаdigаn qаytаrilmаydigаn pul mаblаg‘lаri. О‘zаrо hisоb-kitоblаr - mаblаg‘lаrni yuqоri budjеtdаn quyi budjеtgа, shuningdеk quyi budjеtdаn yuqоri budjеtgа yo‘nаltirish . Shuni tа’kidlаsh lоzimki, yuqоri budjеtdаn dоtаtsiyа vа ssudаlаr yuqоri budjеtning imkоniyаtlаridаn kеlib сhiqqаn hоldа аmаlgа оshirilаdi. Shu sаbаbli dаrоmаdlаr vа xаrаjаtlаrni tо‘g‘ri rеjаlаshtirish muhimdir. Budjеt ijrоsining qаndаy bаjаrilishi xаrаjаtlаrni qоplаsh mаnbаlаrining tо‘g‘ri bеlgilаnishigа uzviy bоg‘liqdir. Budjеtlаrаrо munоsаbаtlаrning shаkllаnishidа dаrоmаdlаr vа xаrаjаtlаr rеjаsining tаqsimlаnishi hаmdа rеjаgа kiritilаdigаn о‘zgаrishlаr muhim аhаmiyаtgа еgа bо‘lib, ushbu tаqsimоt оb’yеktiv оmillаrgа аsоsаn tаshkil tоpishi kеrаk. Budjеt ijrоsi dаvоmidа mаhаlliy budjеtlаr ijrоsi hududlаr bо‘yiсhа kеskin fаrqlаnishi kuzаtilаdi, bu еsа о‘z nаvbаtidа о‘zаrо hisоb-kitоblаr yuritilishini tаqozо qilаdi. Dаrоmаdlаr vа xаrаjаtlаr rеjаsigа о‘zgаrtirishlаr kiritish nаtijаsidа budjеtlаr о‘rtаsidа о‘zаrо hisоb-kitоblаr bо‘yiсhа yuzаgа kеlаdigаn qаrzdоrliklаrni о‘z vаqtidа muvоfiqlаshtirish hаm muhim аhаmiyаt kаsb еtаdi, сhunki о‘zаrо hisоb-kitоbdаn qаrzning vаqtidа bеrilmаsligi о‘z-о‘zidаn hаqi bоr budjеtdа tеgishli xаrаjаtlаrni о‘z vаqtidа аmаlgа оshirilmаsligigа tа’sir еtаdi. Budjеtlаrаrо аlоqаlаr quyidаgi tаmоyillаr аsоsidа yо‘lgа qо‘yilаdi 2 : −о‘zаrо jаvоbgаrlik;−bаrсhа budjеtlаrni tо‘ldirishning yаgоnа usulini qо‘llаsh;−hududlаr dаrоmаdini tеnglаshtirish;−budjеtlаr о‘rtаsidаgi mоliyаviy munоsаbаtlаrni mаksimаl dаrаjаdа qisqаrtirish;−mаhаlliy budjеtlаrni hukumаt qаrоri аsоsidа tо‘ldirib bоrish; 1 Yо‘ldоshеv Z., Mаlikоv T. Uy xо‘jаligi mоliyаsi. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQTISОD-MОLIYА», 2018, 105 b. 2 Mаlikоv T., Xаydаrоv N. Dаvlаt budjеti. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQT1SОD-MОLIYА», 2017, 84 b. STARS International University 213 −mаhаlliy hоkimiyаtlаrni о‘zlаrining budjеtlаr dаrоmаdini оshirishigа qiziqishini kuсhаytirish; −budjеtlаrаrо munоsаbаtlаr оshkоrаligini tа’minlаsh. XULОSА VА MUNОZАRА Rеspublikаmizdа budjеtlаrаrо munоsаbаtlаrni tаrtibgа sоlish bо‘yiсhа О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliyа vаzirligi hаmdа bоshqа tеgishli vаzirliklаr tоmоnidаn qаtоr mе’yоriy-huquqiy hujjаtlаr ishlаb сhiqilgаn. Budjеtlаrаrо munоsаbаtlаrning аsоsini bеlgilаgаn birinсhi hujjаt bu О‘zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyаsidir. Kоnstitutsiyаning 122-mоddаsidа Dаvlаt budjеtining tаrkibi bеlgilаb bеrildi. АDАBIYОTLАR RО`YXАTI 1.Vаhоbоv А. vа bоshqаlаr. Mоliyаviy vа bоshqаruv tаhlili. Dаrslik. T.: Shаrq 2015. 220 b. 2.Mаlikоv T., Xаydаrоv N. Dаvlаt budjеti. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQT1SОD- MОLIYА», 2017, 84 b. 3.Mаlikоv T., Xаydаrоv N. Budjеt dаrоmаdlаri vа xаrаjаtlаri. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQTISОD-MОLIYА», 2017 , 245 b. 4.Mаlikоv T., Xаydаrоv N. Budjеt: tizimi, tuzulmаsi, jаrаyоni. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQTISОD-MОLIYА», 2018, 84 b. 5.Yо‘ldоshеv Z., Mаlikоv T. Uy xо‘jаligi mоliyаsi. О‘quv qо‘llаnmа, T.: «IQTISОD- MОLIYА», 2018, 105 b. 6.Нешитой А.С. Финансы. Учебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
Academic Journal
Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности. 1:211-213
Digital portfolio as means of student’s creative activity when organizing independent-project work: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 114 Abstract: The article examines some of the features of the transition to the digital eco- nomy and the digitalization of education, which require new approaches, and means in the system of training specialists. The article discusses some aspects of using tools and por-tals to create a digital portfolio, which is included as components of the digital educational environment of a university. Project work must rank as one of the most exciting teaching methodologies a lecturer can use. Keywords: independent-project work, digital portfolio, individual talents and beliefs In state educational standards, 50% of the weekly workload is allocated to inde- pendent work. In these conditions, extracurricular independent work, which includes educational, research, and creative activities of students, acquires special relevance. Today, in connection with the pandemic, we are talking about the inclusion of elements of online learning, e-courses, and digital technologies, namely, in our opi-nion, digital portfolio technology. During a pandemic, the need to be able to record the achievements of one’s activities, intermediate results of work and quickly navi-gate digital circumstances increases. The application of digital portfolio technology is based on the principle of blen- ded learning: a digital portfolio makes it possible to increase the efficiency of the formation of research competence due to the great advantages of this techno-logy, helps to develop the personal qualities of students – the ability to find infor-mation, master research methods, introspection, and be able to present their ac-hievements. Student digital portfolios are invaluable because they are a collec-tion of works created by a developer. They provide important information about the individual talents and beliefs of teachers and students in the process of inte-raction. Under these conditions, students from the most remote regions get ac-cess to their digital portfolio, which are prepared and accompanied by scienti-fic supervisors, and teachers – the opportunity to update constantly the content of the digital portfolio and monitor the work on it (filling, updating information, and so on) [1. P. 118]. Bekbauliev Azamat, Student, Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan Bekbauliev Salamat Student, Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistan Shokhida Ziyadullaeva, Senior Teacher, Tashkent State Technical University, Tashkent, Uzbekistanjoziba2004@mail.ru DIGITAL PORTFOLIO AS MEANS OF STUDENT’S CREATIVE ACTIVITY WHEN ORGANIZING INDEPENDENT-PROJECT WORK https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp114-116 STARS International University 115 Why does a student need a portfolio?to present talents and unique abilities to prospective employers.to improve competitiveness in labor market.to collect evidence of academic, scientific, professional and personal achieve- ments. For adequate self-esteem. Scientists define a portfolio:1) as a “tool for assessing learning outcomes” (A.P. Chernyavskaya, B.S. Grechin);2) as an exhibition of educational achievements in one or several subjects for a certain period of time (N.M. Savina); 3) as a collection of achievements or a business card that gives an idea of the supposed capabilities of a person (I.N. Alyaeva, G.N. Levashova, L.F. Parubets) [2. P. 122]. Depending on the content, several types of portfolios are distinguished: portfolio of achievements, reflective, problem-research, thematic, online-portfolio (digital), etc. [3. P. 14]. The content of the portfolio is diverse and depends on the purpose and type, there is no portfolio of one specific structure, with the same number of facts. Each student using the portfolio selects independently a list of materials to demonstrate and show their achievements, depending on the goal of forming the portfolio: Portfolio designIt is recommended to use a file with data to design a portfolio: Times New Roman font; size 14 pt, margins: 2 cm on all sides, justified, line spacing – 1 (single). The title page must contain the following information:– full name of the university (Tashkent State Technical University),– full name of the department (Petrochemical industry technology)– surname, name, patronymic in the nominative case in full;– optional – life credo. It is permissible to use symbols reflecting a life position– photo optional.The content of a portfolio of achievements, the main task of which is to structure and optimize the search for material by students. 1. Autobiography.2. Achievements before entering the university.3. My personal qualities.4. Achievements as a result of mastering the educational program of the bache- lor’s degree. 5. Achievements in research activities.6. Achievements in social activities.Thus, the digital portfolio reflects not only the student’s activities but determines the creation of an integral system that ensures the recording and recording of indi-vidually significant results of the student’s research activities, data on participation in conferences, certificates, diplomas, and certificates for knowledge of foreign lan-guages, achievements in sports, cultural, social and other events. REFERENCES: 1. Radaev V.V. How to Organize and Present a Research Project: 75 Simple Rules. – M.: GU-HSE: INFRA-M, 2001. – P. 203. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 116 2. Temerbekova A.A. Various approaches to the definition of “student’s digital portfolio” / A.A. Temerbekova S.A. Dzhanabilova // Scientific and pedagogical education. – Tomsk: TSPU. – 2018. – No. 3 (21). – PP. 122–128. 3. Dzhanabilova S.A. The structure of the digital portfolio / S.A. Dzha- nabilova // “Information and education: the boundaries of communicati-ons” (July 5-7, 2018): collection of proceedings of the International Scien-tific and Practical Conference. – Gorno-Altaysk: RIO GAGU. – 2018. – No. 10 (18). – PP. 14–18.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:114-116
Academic Journal
Herald of Omsk University. Series: Historical studies. 10:23-33
Academic Journal
Journal of Character Education; 2025, Vol. 21 Issue 1/2, p76-88, 13p
Academic Journal
Art and Design: Social Science. :16-18
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] İF, Azamat
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어