학술논문


EBSCO Discovery Service
발행년
-
(예 : 2010-2015)
전자자료 공정이용 안내

우리 대학 도서관에서 구독·제공하는 모든 전자자료(데이터베이스, 전자저널, 전자책 등)는 국내외 저작권법과 출판사와의 라이선스 계약에 따라 엄격하게 보호를 받고 있습니다.
전자자료의 비정상적 이용은 출판사로부터의 경고, 서비스 차단, 손해배상 청구 등 학교 전체에 심각한 불이익을 초래할 수 있으므로, 아래의 공정이용 지침을 반드시 준수해 주시기 바랍니다.

공정이용 지침
  • 전자자료는 개인의 학습·교육·연구 목적의 비영리적 사용에 한하여 이용할 수 있습니다.
  • 합리적인 수준의 다운로드 및 출력만 허용됩니다. (일반적으로 동일 PC에서 동일 출판사의 논문을 1일 30건 이하 다운로드할 것을 권장하며, 출판사별 기준에 따라 다를 수 있습니다.)
  • 출판사에서 제공한 논문의 URL을 수업 관련 웹사이트에 게재할 수 있으나, 출판사 원문 파일 자체를 복제·배포해서는 안 됩니다.
  • 본인의 ID/PW를 타인에게 제공하지 말고, 도용되지 않도록 철저히 관리해 주시기 바랍니다.
불공정 이용 사례
  • 전자적·기계적 수단(다운로딩 프로그램, 웹 크롤러, 로봇, 매크로, RPA 등)을 이용한 대량 다운로드
  • 동일 컴퓨터 또는 동일 IP에서 단시간 내 다수의 원문을 집중적으로 다운로드하거나, 전권(whole issue) 다운로드
  • 저장·출력한 자료를 타인에게 배포하거나 개인 블로그·웹하드 등에 업로드
  • 상업적·영리적 목적으로 자료를 전송·복제·활용
  • ID/PW를 타인에게 양도하거나 타인 계정을 도용하여 이용
  • EndNote, Mendeley 등 서지관리 프로그램의 Find Full Text 기능을 이용한 대량 다운로드
  • 출판사 콘텐츠를 생성형 AI 시스템에서 활용하는 행위(업로드, 개발, 학습, 프로그래밍, 개선 또는 강화 등)
위반 시 제재
  • 출판사에 의한 해당 IP 또는 기관 전체 접속 차단
  • 출판사 배상 요구 시 위반자 개인이 배상 책임 부담
'학술논문' 에서 검색결과 3,173건 | 목록 1~20
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 190 Annotatsiya: Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbi-yasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va shakllari haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya turlari, estetika, nafosatshunoslik, tarbiya, usul, metod, shakl, xusu- siyat, tasviriy san’at, san’at asarlari, go‘zallik kategoriyalari. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllan- tirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya insonning insonligini ta’min-laydigan eng oliy va abadiy qadriyatdir. Inson o‘z tarbiyasi orqali jamiyatda qaror topadi va rivojlanadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishxususiyatiga ko‘ra tarbiya bir qancha turlarga bo‘’linadi. Shulardan eng dolzarbi bunafosat tarbiyasi hisobla-nadi. Nafosat go‘zallik demakdir. Nafosat narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi)dagi mutanosiblikni,muvofiqlikni ifodalaydi (masalan, kishilardagi tas-hqi go‘zallik, tabiatdagi ranglar jilosi). Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan dalolat be-radi. Nafosat badiiy adabiyotda tabiatdagi hodisalarning go‘zal tasvirini ifodalasa, san’atda san’at asarini aks ettirishning nozik uslubini, nafisligini yuzaga chiqaradi. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nafosat va go‘zallik haqida quyidagi go‘zal fikrlarni keltirib o‘tadi: “Yer uzra yuz minglab ajoyib shakllar bor. Har bir shaklning o‘ziga xos tovlanishlari, turlanishlari bor. Tasavvur qilaylik: tevarak-atrofda den-gizlar yoki tog‘lar, dasht-u sahrolar yoki gulshanlar, to‘rg ‘ay va bulbullarni maftun etuvchi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, bu-loqlar va hokazolar mavjud. Bular atrofida yana 9 qavatli osmon, sobit-u sayyoralar, yulduzlar, mamlakatlar bo‘lib, bari son-sanoqsizdir. To‘rt unsur, yetti osmon, va olti tomon koinotning nodir va oliy asosidir. Koinotdagi barcha mavjudotlar ichida eng ulug‘i inson va uning ko‘nglidir”. Alloma aytib o‘tganidek, yer yuzida estetik zavq oladigan minglab hodisalar, mavjudot va nabototlar mavjud. Ular ichida esa eng ulug‘ini inson deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, inson o‘zida ko‘plab ichki va tashqi go‘zal-liklarni mujassamlashtiradi. Buyuk donishmand Abu Nasr Forobiy ham o‘zining este-tik qarashlarida inson shaxsini g‘oyat ulug‘laydi. Insonni “ojiz banda”, “hech narsaga FARXODOVA DURDONA MANSUR QİZİ Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp190-193 STARS International University 191 qodir bo‘lmagan mavjudot” darajasigacha yerga uruvchi hukmron aqidalarga zid o‘laroq, mutafakkir nazarida inson eng oliy kamolot bo‘lib, “aql-idrok ziyosiga ega” o‘zi uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni yaratishga qodir borliqdir.Agar inson faqat o‘zi uchungina mehnat qilsa, u, aytaylik, atoqli olim, buyuk donishmand, ajo-yib shoir bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon chinakam mukammal va ulug‘ inson bo‘la olmaydi.Beruniyning fikricha, faqat tashqi jihatdangina emas, balki ichki maz-mun jihatdan ham ko‘rkam bo‘lgan kishigina maqtovga munosibdir.Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u haqiqiy go‘zallikka erishadi. Alloma: “ozoda-lik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir”, - deb uqtiradi. Nafosat tarbiyasi barcha yoshdagi kishilarga bab-barobar zarur.Ammo butun tarbiya tizimida, amalda isbotlanganidek, nafosat tarbiyasini singdirishni insonning bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, bu davr inson hayotida fe’l-atvor,iroda-ning,go‘zallik tuyg‘usi va hayotiy tushunchaning paydo bo‘lishi va shakllanishi dav-ridir. Bolalikda aql-farosat,axloqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollik-dan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak. “Assalomu alaykum”dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar oldida bosh egib tu- rish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik bildirish, ketishga ruxsat so‘rash – bular birinchi o‘rindagi talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab turib u yoq-bu yoqqa alanglash yoki teskari qarab turish odobsizlik ekanligini yaxshi anglab ye-tish, og‘izdagi luqmani yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay, dona-do-na qilib, maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish kerakligi o‘rgatiladi. Bular – odob go‘zalligidir. Yuqorida qayd etib o‘tilgan qoidalar nafosat tarbiyasining asosi bolib xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi orqali shaxslarda o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu esa ta- labchanlikni keltirib chiqaradi.Barkamol shaxsning nafosat tarbiyasidagi zaruriy ji-hatlardan biri ularning eng yuksak nafosat tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, sodda, ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlaridir Pedagog-tarbiyachilarining birdan bir vazifasi bolalarga ana shunday xislat va odat-larni singdirish hamda bolalarda did va farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ular-ning intizomi ham shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat. Shu bilan birga, ular haqiqiy nafosatni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilishlari lozim. Yuksak inso-niy fazilatlarni, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan va tabiat go‘zalligini o‘zida aks ettirgan nafosatgina haqiqiy hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning bir qancha usul hamda vositalari bor. Ular quyidagilar: Badiiy so‘z vositasi bilan nafosat tarbiyasini berish. Bola o‘qishni o‘rganmasdan ilgariroq unga badiiy so‘z ta’sir eta boshlaydi. U kattalar o‘qib beradigan bolalar ki-tobini, kattalar hikoyasini tinglaydi, maqol va masallarni eshitadi, ana shular vosita-sida esa unda nutq so‘zlash va go‘zal talaffuz shakllanadi. Shuning uchun o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qish darsida o‘quvchilarning odatdagi darslardagiga qaraganda ifodaliroq o‘qishiga ko‘proq e’tibor berishi lozim. Chunki ta’sirchan va ifodali qi-lib o‘qilgan asarlar kishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qishda namuna bo‘lishi, ya’ni hikoyani ta’sirchan ohangda o‘qiy olishi, hikoya qahramonlarining kay-fiyati va ularning nutqidagi o‘ziga xos xususiyatlarni yetkazib bera olishi, o‘qilayot-gan narsaga o‘z munosabatini bildirishi lozim. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 192 Tasviriy san’at vositasida nafosat tarbiyasini berish. Badiiy ishlangan rasm va suratlar o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtiradi, tabiatni, insonni va uning mehnatini sevishga o‘rgatadi, go‘zalliklar yaratishda ishtirok etish orzusini uyg‘otadi. Agar o‘qituvchi rasm darsini xilma-xil metodlar (san’atga oid suhbatlar o‘tkazish, bolalar tushuna oladigan badiiy materiallar ko‘rgazmasini uyushtirish, ras-somlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazish) qo‘llangani holda qiziqarli olib borsa, bu dars bolalarning sevimli darsiga aylanishi mumkin. Badiiy materiallar yuzasidan ish olib borilganda bolalarda kuzatuvchanlik o‘sadi, ular tasviriy san’at janrlari to‘g‘risida, ranglarning bir-biriga uyg‘unligi to‘g‘risida, har xil ranglar to‘g‘ri-sida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘tmishdagi va hozirgi zamon atoqli rassomlarining nomlarini bilib oladilar, ularning ijodi bilan tegishlicha tanishadilar. Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish . Musiqa kishining fikr va tuyg‘u- larini musiqiy obrazlar yordamida ifodalaydi. Ashula darslari, xor yoki musiqa to‘ga-raklarida ishtirok etish o‘quvchilarni kuy, ohanglar dunyosiga olib kiradi, ularning tuyg‘u va kayfiyatiga ta’sir etadi. Bolalar ashula darsida, xor to‘garagi mashg‘ulot-larida nota savodini o‘rganadilar, musiqa terminlari bilan, musiqa janrlari va cholg‘u asboblarining turlari bilan tanishadilar hamda vokal ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. Raqs san’ati vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish. Raqs san’ati san’atning boshqa turlari kabi bola fikri va tuyg‘usini boyitadi, ijrochilarga ham, tomoshabin-larga ham zavq bag‘ishlaydi. Raqsni yaxshi ijro etish uchun chaqqonlik, noziklik, maqomni bilish, kuzatuvchanlik, xayol va xotira kerak. O‘quvchi raqsga tushayot-gan paytida raqsning g‘oyasi va kayfiyatini tushunishi, o‘zining his-tuyg‘ularini raqs-da ifodalay bilishi kerak. Har qanday raqs his-tuyg‘u ko‘tarinkiligi bilan bog‘langan bo‘lib, ijrochiga quvonch baxsh etadi, uning butun borlig‘ini egallab oladi va unga nafosat jihatdan ta’sir ko‘rsatadi.Boshlang‘ich maktab bolalarini raqs vositasi bilan tarbiyalash juda muhimdir. Tabiatni hissiy idrok etish orqali nafosat tarbiyasini berish. Qurshab olgan ta- biat go‘zallikning tuganmas manbaidir. Gullar, bepoyon dalalar, qor bilan qoplan-gan tog‘larning go‘zal ko‘rinishlari ko‘zni quvontiradi, kishida nafosat kechinmalarini tug‘diradi. Kishiga, ayniqsa, o‘zi o‘sib-ungan joyining tabiati kuchli ta’sir etadi. Biroq o‘quvchilarning tabiatni estetik idrok etishlari uchun ularni o‘z tevarak-atroflaridagi go‘zalliklarni payqashga, qurshab olgan olamning jozibadorligini ko‘ra bilishga, yil-ning har faslidagi go‘zalliklarga e’tibor berishga o‘rgatish kerak. O‘qituvchi shu maq-sadda tabiatga ekskursiya uyushtirishi mumkin. Maktab bolalarda tabiatdan shun-chaki zavqlanish hissinigina emas, balki dunyoni yanada go‘zalroq qilishga, tabiat-dan insonga foyda beradigan narsalarni olishga intilish hislarini ham tarbiyalaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nafosat tarbiyasi o‘quvchilarga borliqda mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalardan zavq olishni o‘rgatadi. Insonda tashqi va ichki go‘zallikni shakllantiradi. Biz kelajakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbi-ya berar ekanmiz, ularning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishida nafosat tarbiyasi-ning o‘rni beqiyos ekanligini to‘la anglamog‘imiz zarur. STARS International University 193 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Pedagogika. M. To‘xtaxo‘jaevaning umumiy tahriri ostida. – T. : O‘zbekiston fay- lasuflari Milliy jamiyati, 2010. 2. Askariva O. M. , Xaitboev M. , Nishonov S. Pedagogika –T. : O‘zbekiston fayla- suflari Milliy jamiyati, 2010 3. Ibragimov X. I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T. : “Fan va texnologi- yalar”nashriyoti, 2008 4. Elektron talim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz; http: //www. istedod. Uz 5. A. Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. T., “O‘qituvchi”. 6. M. Imamova. Oilada bolalarning manaviy axloqiy tarbiyasi — T. “O‘qituvchi”. 1999.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:190-193
XX Asr she’riyatining Abdulla Oripov ijodiga ta’siri: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 114 Аnnotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari ta- dqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususi-da fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аy-niqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir mahorati aniqlangan. Kalit so‘zlar: shoir, she’r, ta’sir, an’ana, bahor, mahorat, ruhiyat, lirizm, tarovat, xususiyat. Haqiqiy shoirning har bir she’ri bu, avvalo, go‘zal bir iqlim, go‘zal bir diyor, go‘zal bir xilqatdir. “Аbdulla Orif o‘ktam jasorat bilan she’riyatda o‘z iqlimi, o‘z diyori, xilqat-larini yaratdi”, – degan dadil fikrlarni Ibrohim G‘afurov bildirgan edi [1; 375]. Shoir ijodiga ta’sir etgan omillar borki, uni biz XX asr o‘zbek she’riyati an’analari deb hi-soblasak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Umuman, XX asr o‘zbek adabiyoti har jihatdan tako-milga erishgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida, ayniqsa, XX asr boshlarida juda ko‘p yangiliklar, hodisalar sodir bo‘ldiki, uni birgina janrlar takomilida ham uchratish mumkin. Sonet, poema, ballada, oq she’r singari vazn va janrlar kirib keldiki, unda ijodkorlarning mahorati yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Аyniqsa, asr boshlarida V.V.Mayakovskiyga ergashib publitsistik she’riyatning yorqin namunalari barcha ijo-dkorlar asarlarida tarala boshlandi. Deyarli aytish mumkinki, ko‘ngil she’riyatiga nis-batan publisistik she’riyatning ustunligi XX asr she’riyatining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Bu jarayon to XX asrning 60-yillarigacha davom etdi. XX asrning 60-yilla-riga kelib, bu kabi qarashlar o‘zgardi. Chunki bu davrda “nihoyat, davrlar almashdi va А.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi kabi yirik shoirlar o‘zbek she’riyatini bir titratib kirib keldilar. Ular rusning ulkan shoirlari А.Voznesenskiy, Ye. Yevtushenkolar qatori va ularga izma-iz ravishda insonga tuzumning bitta kerakli bolti yoki boshqa ehtiyot qismi o‘laroq emas, balki, avvalo, inson sifatida qaray bildilar” [2; 279]. KURBANOVA CHAROS BOTIR QIZI Samarqand shahridagi 13-maktab oliy toifali o‘qituvchisi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi XX ASR SHE’RIYATINING ABDULLA ORIPOV IJODIGA TA’SIRI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp114-117 STARS International University 115 XX asr boshlarida Botu, Cho‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir singari ijodkorlar har jihatdan mukammal bo‘lgan she’riyatni taq-dim etishdi. Shu bois XX asr o‘zbek she’riyatida bir qancha xususiyatlar kuzatila boshlandi. Natijada ular: a) mumtoz adabiyotdan oziqlangan holda aruzda;b) an’anaviy barmoqda;v) xalqona ohangda;g) falsafiy ruhda;d) G‘arbdan kirib kelgan sarbastda;e) publisistik uslubda; j) sikritik (qorishiq ifoda usulida) tasvirlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Аbdulla Oripov she’riyati xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotdan qay holat- da oziqlangan bo‘lsa, XX asrda yaratilgan ajoyib durdona asarlardan ham xuddi shunday oziqlandi. Shu bois Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Hamid Olimjon kabi ijodkorlarni o‘zining ustozi deb bildi. “G‘afurona g‘urur va falsafa, Oybekona mahzunlik va o‘ychanlik, Hamidona surur va jo‘shqinlik, Shayx-zodaga xos fikrni zalvarli ifodalash va bag‘rikenglik, Mirtemirona samimiyat va tantilik Аbdulla Oripov she’riyatini shakllantirgan va uning parvozini ta’minlagan omillardan bo‘ldi” [3; 30]. Bu kabi ijodkorlar Аbdulla Oripov uchun ma’naviy us-toz edi. Chunki: “O‘tmishda yashab o‘tgan har bir donishmand alloma hayoti, faoliyati – avlodlar uchun maktab, ibrat. Ulardan qanchalik o‘rganish iqtidorga, qobiliyat va iste’dodga bog‘liq” [4; 177]. Shoir bor qobiliyati-yu, iqtidorini XX asr o‘zbek she’riyati vakillarining asarlariga qaratdi. Ulardan ilhomlandi, hayratlan-di. Ularga izdoshlik qilishga harakat qildi. Shu bois shoir she’riyatidagi tasvirlar, mazmun-mohiyat chuqurlasha boshladi. Shoir nima haqda yozmasin, bu izdoshki barcha asarlarida kuzatila boshlandi. Shoirning birgina bahor vasfiga bag‘ishlan-gan she’rlariga e’tibor qaratilsa, unda Hamid Olimjon hamda Zulfiya yoqib ketgan mash’ala gurkiraydi: Yana bahor keldi. Yana olamda, Аjib bir go‘zallik, ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug‘ damda, Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot. [5; 74] “Аbdullaning “Bahor” she’ri ana shu satrlar bilan boshlangan. Shoir o‘z odaticha to‘g‘ri maqsadga ko‘chadi. Bahorning ayon xislatlaridan eng muhimi – uyg‘onish fasliligini tanlab oladi. Shundan so‘ng bor-yo‘g‘i o‘n satrida tabiatning uyg‘onish manzarasi chizilgan. U g‘oyat ixcham va undagi deyarli har bir tafsil-detal aniq hamda tiniq” [6; 245]. Shoirning “Bahor” she’ri 144 misradan iborat. Unda sho-irning zamondoshlariga murojaati kuzatiladi. Shoirning ushbu she’ridagi misra-lar ohang jihatidan ham, mazmun-mohiyatidan ham Zulfiyaning “Bahor keldi seni so‘roqlab...” deb nomlanuvchi she’riga yaqin. Shoira ushbu she’rning ilk misralari-dayoq bahorni alqaydi: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 116 Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Kunlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. [7; 18] Shoira qalamiga mansub bu she’r 17 banddan iborat. Аbdulla Oripov she’rini bandlarga ajratmaydi. Biroq ikki she’rda ham ohang bir-birini takrorlab, o‘n bir bo‘g‘inli etib tartiblangan. Zulfiya e’tirofidagi bahor fasli takrorning betakrorligi-dek. Chunki bu takrorda uni baxtga yetaklovchi suyanch, tayanch yo‘q. Ikki bahor oralig‘ida esa katta yo‘qotish mavjud. Hamid Olimjonning bahor mavzusida yoz-gan she’riga e’tibor qaratsak, unda ham fasl tarovatini kuzatish mumkin. Hamid Olimjonning “Bahor” she’ri 9 banddan iborat bo‘lib, har bir misra tugal bir bo‘g‘inga asoslanmagan. Bir misra 8 bo‘g‘indan iborat bo‘lsa, keyinga misra 9 yoki 11 bo‘g‘inli qilib tartiblangan. Аsosiysi, shoir ham hayot va kelajakni bahor misolida kuzatadi: Bag‘ringga tort, quchoqla bahor!Jozibalar barchasi sening.Ishga kirgan, gullagan chog‘i,Sen yoshligi buyuk o‘lkaning. [8; 30] Haroratli misralar Аbdulla Oripov ijodi uchun dasturulamal vazifasini o‘tadi. Bun- day harorat va taft, go‘zal va teran lirik holat, peyzajning badiiy bo‘yoqlarda aks etishi kabi xususiyatlar keyinchalik shoirning misralarida ham qo‘yila boshlandi. Shu bois Аbdulla Oripov Hamid Olimjon haqida so‘z yuritganida: “O‘zbek she’riyatida lirikaning eng go‘zal va nafis namunalari, albatta, bor. Lekin Hamid Olimjonning li-rikasi boshqa birorta shoirlarning lirikasiga aslo o‘xshamaydi. Bu lirika marmar kabi tiniq, lekin sovuq emas. Unda tasvir ham, ohang ham bo‘lakchadir: “Shag‘irlaydi betinim daryo, Shag‘irlaydi vahm to‘la jar”, “Holbuki tun – bunda odatda, Butun borliq uxlarday sokin”, “Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim. Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber deb oyga yolvordim”. Bundoq durlar shodasini maroq bilan yana davom ettirishimiz mumkin. Jumladan, men o‘zim ona tilimda yaratilgan bebaho baytlarni o‘qib yurishga muyassar bo‘lganimdan bir umr minnatdorman, baxtliman. Ushbu sehrli misralarni oyning nim qorong‘usida sokin shivirlayotgan soy bo‘ylarida jimgina takrorlash naqadar yoqimli... demak, lirika ruhning suvratidir. Hamid Olimjonning she’riy misralarini sayqallash ustida bahodirona ter to‘kish mahorati ham hali necha-necha avlod shoirlariga ibrat bo‘lib qolgusidir” [9; 5]. Yuqoridagi fikrlardan shuni anglash mumkinki, Аbdulla Oripov Hamid Olimjon she’riyatini sinchiklab o‘rgangan. Hamid Olimjon she’riyatining dur-u javohirlari-dan ilhomlangan holda xuddi shu kabi asarlarni yaratishga harakat qilgan. Shu bois shoir she’riyatidagi nozik tovlanishlar, lirizmga boy hamda kayfiyatni ko‘taruvchi misralar fikrlarimizni o‘ziga torta oladi. Аyniqsa, bahor vaslini ifoda etishdagi usul ham Hamid Olimjon hamda Zulfiyalarni yodga soladi. Xullas, Аbdulla Oripov ijodi uchun XX asr she’riyati ijodiy maktab vazifasini o‘ta- di. Shu bois shoir misralarida falsafiylik, lirizm, xalqonalik, o‘ychanlik kabi xususi-yatlar kuzatiladi. STARS International University 117 Adabiyotlar ro‘yxati 1. Ғафуров И. Танланган асарлар. – Тошкент, Шарқ, 2017, - 733 б.2. Улуғбек Ҳамдам. 90- ва 2000-йиллар шеъриятининг асосий тамойилла- ри. Мустақиллик даври адабиёти. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашри-ёт- матбаа ижодий уйи, 2006, - 288 б. 3. Эргаш Очилов. Абдулла Орипов ва Ғафур Ғулом.// Ўзбек тили ва адаби- ёти, 2018, №3-сон, 30-бет. 4. Дўстмуҳаммад Х. Ижод – кўнгил мунавварлиги. – Тошкент: Мумтоз сўз. 2011, - 316 б. 5. Абдулла Орипов.Танланган асарлар.–Тошкент: Шарқ, 2019, - 784 б.6. Қосимов Б. Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011, - 320 б. 7. Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 2006, - 224 б.8. Ҳамид Олимжон. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018, - 384 б.9. Абдулла Орипов.Мафтункор шеърият. Ҳамид Олимжон. Танланган асар- лар. Сўзбоши. – Тошкент: Шарқ, 2019, - 384 б.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:114-117
To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi yoxud halima xudoyberdiyeva she’riyatidan chizgilar: STARS International University 87 Annotatsiya: Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash ma-horati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqil tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: yozuvchining tili va uslubi, Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonim, ayol portreti, o‘lim, To‘maris, chaqiriq, ta’sirchanlik, individuallik, o‘ziga xos uslub. Ba’zan insonning boshqa bir insonni tushunishi qiyinday tuyuladi. Shunday vaqtlar ham bo‘ladiki, kishi hatto o‘z ko‘nglini ham sharhlay olmaydi. Nega shunday ekan? Sababi, ko‘ngilni ham qolipga solib bo‘lmasligidir. Ijodkorlar, shoirlar, so‘z ustalari - barchasi so‘z bilan ish ko‘radi. So‘zni muqaddas biladi, uvol qilmaydi. Aytishingiz mumkin, yozuvchi shoir bo‘lganidan keyin, albatta, so‘zni qadrlaydi-da! Darhaqiqat, siz haqsiz. Lekin men so‘z qadrini o‘z umri qadri bilan bir pog‘onada yanada yuksakka ko‘tara oladigan ijodkorlar qatoriga Halima Xudoyberdiyevani ham kiritmoqchiman. Boisi, shoiraning so‘z va uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi har bir yozgan misrasi uning haqiqatda so‘z bilan sadoqatli yashaganligidan dalolat beradi. Jumladan, shoira o‘zining bir she’rida: Sarg‘ayaman, qaddu-belim dol qilaman men,Azoblarda umrimni uvol qilaman men.Yaralangan tik arslonning shiddati bilanSo‘z mulkini bir kun ishg‘ol qilaman men. Yoki: Ro‘zi mahshargacha men bilan ketar, Siyoh-u so‘z bilan xayrlashmayman.(2.220)Shoira ijodida Navoiyga, Nodiraga, Uvaysiyga, Zulfiyaxonimga izdoshlik sezilib tursa-da, lekin ayol portretini chizishdagi o‘ziga xosligi, ruhiyati kuchli ekanligi bilan boshqa shoirlardan ajralib turadi. (1.2) Uning ijodida mavzular xilma-xil. Asosiy o‘rinni yurt, ayol, farzand, yor kabi mavzular egallaydi. Shoira ijodidagi ayollarni JALILOVA MUXLISA Samarqand davlat universiteti 4-bosqich talabasijalilovamuhlisa23αgmail.com TO‘MARISNING TUMORIN TAQQAN AYOL O‘LMAYDI YOXUD HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIYATIDAN CHIZGILAR https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp87-89 Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 88 madh etgan nozik chizgilar o‘zgacha, sevgini tarannum etgan misralar o‘zgacha, onani madh etgan satrlar o‘zgacha, yurtni sevish, vatanparvarlikka da’vat etgan so‘zlar o‘zgacha. Uning she’rlarida To‘maris ham, Oybarchin ham, Kumush ham bor. Unda butun dunyo onalari, ayollari bor. Ha, u ayollarni har qadamda madh etdi, har qanday vaziyatda ularni muqaddassan, deya ayta oldi. U bir she’rida: Ayol o‘tib borar… sho‘x yurib,Shamollarda soch yoygan ayol.Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib,Sirtdan mayin jilmaygan ayol.Sen so‘rama, men ham aytmayin…(2.58)U onaning, ayolning orzu-havaslarini, armonlarini, o‘ylarini, inj-u hislarini shunday nozik gavdalantirdiki, har o‘qiganingizda yo onangizni, yo singlingiz, opangizni o‘ylay ketasiz. Uning she’rlari ana shunday tirik edi. Shoiraning aksariyat she’rlarida Allohga murojaat, undan najot istash ko‘p uchraydi. Negaki inson eng og‘ir damida ham, eng go‘zal kunida ham Yaratganni eslashi lozim. Chunki yagona suyanch – Alloh. Bu dunyoda hamma tog‘lar qulaydi, suyanch ALLOHGA. U “Ba’zan yonimdagi tog‘” she’rida shunday murojaatni keltirgan: Toshlariyam yutoqqan Holim tayin, Xudoyim -O‘zing suya. Shu toqqaSuyanmayin Xudoyim.Yoki yana bir she’rida: Yo Ra-a-ab, o‘lim-ku bu ishq degani, aNahot har hujayrang egallab borsa.Nahot har chin oshiq ishq deganida,Peshonasi o‘lim gurzisi yorsa.(2.235)Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida yurt, yurt ishqi, vatanparvarlik tushunchalariga alohida to‘xtaladi. U “Jon chiqib ketgunicha” sarlavhali she’rida: Tinch kunda hamma ham otin egarlar,“Otiladi!” desa “Vatan!” deganlar,Miq etmay tursa yurt nonin yeganlar,Ayt, birinchi bo‘lib so‘z olasanmi? (2.259)Men vatanparvarman deb, ko‘p kekkayma sen, vatan uchun ajdodlaringday kurasha olasanmi, senda Temur, Bobur, Jaloliddin, Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Cho‘lpon, Qodiriy qoni bor. Shularga munosib bo‘la olasanmi, deb aytmoqchiday tuyuladi go‘yo. Barchamiz kelgan-u, bir kun ketar qush,O‘lim otgan o‘qlar bir-bir yetar qush.O‘shanda...“Vatan”,- deb hushli yo behush,Jon chiqib ketguncha yozolasanmi? (2.260)She’r yozishni mashq qilish mumkin, raqsga tushishni mashq qilish mumkin, biroq hech o‘limni mashq qilib ko‘rganmisiz? Shoiramizda “O‘limni mashq qildim” deb boshlanuvchi misralar bor. O‘limni mashq qilibChiqdim tun b‘yi,Bul kecha shundayin qaro kechadir. STARS International University 89 Oftob chiqar yoqqa o‘grilgan ko‘yi,Yotsam jon chiqarim,Oson kechadir. (2.276)Musulmon odam o‘limning haq ekanligini tan olishi iymonni ado etishining bir shartidir. Darhaqiqat, shoirada o‘limni tan olish hissi yuqori. U o‘limni mashq qildi, har qanday odam ham bunday mardlikka qo ‘l urolmaydi. U iymoni butun, undan kelib, unga ketishini biladi. Jon oftob chiqadigan tarafga qarab yotsa, oson chiqadi, deydi. Oftob chiqar joy bu uning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari, ezgu amallaridir. Shunda mangulikka, Olingan chekday,U dunyoga ketgum,Rozi, xotirjam.Chunki...Umrim o‘tdi qorong‘ulikda,Chunki nur izlayman o‘larimda ham.(2.276)Hayot bir xil emas, u baland-pastliklardan iborat. Shoira hayotida ham ayriliq, og‘ir yo‘qotishlar bo‘ldi. Lekin u sinmadi, u to‘xtamadi. O‘limni, ko‘pincha, qora ranglarda tasvirlaymiz. Chunki o‘lim – ayriliq, hijron. Biroq shoirada o‘limdan ham nur topa olish darajasida kuch bor, matonat bor. O‘lim bu dunyoning g‘am-anduhidan nafaqat chekinish, balki boqiy dunyoning nurli manzillariga ham yo‘ldir, nazarimda. Va nihoyat, shoirada ulkan bir chaqiriq ovozi borki, u yoshlarga, goh onalarga, goh qizlarga, goh yigitlar-u erkaklarga baland ovozda yangraydi. Onaginam, Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari olBu kunlarga yetganlar bor,Yetmaganlar bor.desa, yana bir she’rida esa:Ey o‘g ‘il, biz siza jonni ichirdik,Qonimiz ichirdik, qonni ichirdik,Voz kechdik, shuhrat-u shonni ichirdik,Qonib ichdingizki, cho‘llamagaysiz.(2.250)Shoira ijodi orqali jo‘shqinlik, hayotga muhabbat, insonlarni g‘animat bilish, yaqinlarni borida asrash va qadrlash kabi insoniy tuyg‘ularni yana bir bor yodga olasiz. Ayol bo‘lib yaralganingizga, ojiza bo‘lib ham dunyo beshiklarini tebrata olishingizga o‘zingizdagi kuchni yana qayta kashf qilasiz. Shoira aytganidek: To‘marisdek oyoqqa qalqqan ayol o‘lmaydi!To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi!(2.278) Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.G‘ofurov. “Halima ruhoniyati” Xalq so‘zi gazetasi., 2019-yil 22-fevral.2. H.Xudoyberdiyeva., “Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.”she’rlar, Sahhof -2022-yil
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1:87-89
Animalistik frazeologizmlarning tarjimadagi muammolari: 181 ANIMALISTIK FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMADAGI MUAMMOLARI B.B.Zakirov, M.R.Matchanov (UrDU) Аннотация. Данная статья посвящена изучению проблем перевода анималистической фразеологии. Основное внимание уделяется проблемам, возникающим при переводе фразеологии с английского языка на узбекский. Автор раскрыл свои идеи с помощью примеров. Ключевые слова: фразеология, английский язык, узбекский язык, оригинальность, перевод. Annotation. This article is dedicated to the study of translation problems of animalistic phraseology. The main focus is on the problems encountered in the translation of phraseology from English into Uzbek. The author disclosed his ideas with help of exact examples. Key words: phraseology, English, Uzbek, originality, translation. Tarjima jarayonida til birliklarini to‘g‘ri tanlash mas'uliyati san’atkor oldiga asl nusxada aks etgan barcha vositalarning, bayon etilgan fikrlarning est е tik va badiiy qiymatini tarjima tili boyligidan unumli foydalanish asosida funksional qayta yaratish vazifasini qo‘yar ekan, bu hol san’atkordan ijodiy jarayon uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p narsalarni bilish bilan birga birliklarning o‘zlariga xos s е mantik-stilistik xususiyatlarini, ularning har xil muhit va sharoitlarda o‘zaro birikish imkoniyat va qobiliyatlarini puxta o‘zlashtirgan holda ish ko‘rishni talab qiladi. Bu esa tarjima tilining mantiqan boy bo‘lishiga zamin yaratadi. Tarjimon va tarjimashunoslar o‘rtasida doimo keskin tortishuvlarga sabab bo‘layotgan muammolardan biri – tarjima qilish usulidir. Aniq, ijodiy, erkin, satrma-satr tarjima usullari mavjud bo‘lib, har birining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Quyida misol tariqasida keltirilgan maqolalar mualliflarning deyarli barchasi aniq, ijodiy tarjimani ma’qullab satrma-satr tarjimani qoralaydilar. Ma’lum bo‘lganidek, asl nusxadagi milliy ruhni berishini bir so‘z, bir gap yoki asarning biror bobi hal qilmaydi. O‘sha millatga oid qandaydir so‘z tarjimasiz qolib ketishi mumkin, lekin, personajlar dunyoqarashida, ongida, yurish-turishida, urf-odatida, gap-so‘zida, psixologiyasidagi millatga xoslik, albatta, berilishi kerak. R.Fayzullayevaning ‘Badiiy tarjimada sizlash va senlash muammosi” maqolasida: ”Sizlash va senlash har bir xalqning tarixiy taraqqiyotida shakllanib kelgan an’ana” – deb yozadi [3]. Bu an’ana o‘zbeklarda juda nozik. Ruslarda ota, ona, erga nisbatan “sen” deb murojat qilinsa, o‘zbeklarda bu o‘ta qo‘pol eshitiladi. Maqola muallifi bu muammoga tarjimonlar alohida e’tabor berishlari zarurligini ta’kidlab, misollar keltiradi. Tarjimonlar ijodiy jarayonida duch keladigan yana bir muamo – bu o‘zga tildagi maqol, matal, idioma. Frazeologizm, metaforalarni tarjima qilishdir. Bu tarjimadan katta mehnat talab qiladi. Yana bir muhim masala shundan iboratki, tarjimachilik adabiyotshunoslik faniga suyanadimi yoki tilshunoslik fanigami? Tarjima nazariyasi bilimdoni hisoblangan A.Fyodrov tarjimaga butunlay tilshunoslik nuqtai nazaridan yondoshsa, undan farqli o‘laroq, tarjimani faqat stilistik solishtirma, deb e’lon qiladi. Y.Etkind o‘zining “ Четыре антинолика теории перевода ” nomli maqolasida tarjima jarayoni ikkita tarixiy shakllangan grammatikaning to‘qnashuvidan iborat degan fikrni qayd etadi. Tarjimani tekshirishda asl nusxa bilan solishtirishga to‘g‘ri keladi, matn 182 taqqoslanadi, so‘ngra tarjima yaxlit, butunicha o‘rganiladi. Ko‘rinib turibdiki, tarjimada tilshunoslik ham, adabiyotshunoslik ham birgalikda qo‘llaniladi. Tarjima qilingan asarni bir tomonlama tekshirib, tarjima haqida to‘la xulosa chiqarish mumkin emas. Bugungi kunda tarjima asarlarida milliy koloritni, davr ruhini saqlash, maqol, matal, idiomalarni berish masalalari haqida turli fikrlar mavjud, biroq, xorijiy tillardan tarjima qilishning o‘ziga xos tomonlari nazariy jihatdan kam o‘rganilmoqda [2: 87]. Ma’lumki, tarjima nazariyasi va amaliyotida, asosan, maqol, matal va idiomalar tarjimasida uchta omil hukm suradi: – asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish; – asar o‘girilayotgan tildan monand muqobil variant topib qo‘yish; – frazeologizmni aynan so‘zma-so‘z tarjima qilish. Har uchala hol uchramagan taqdirda tarjimon ularning umumiy ma’nosini aks ettirish bilan kifoyalanishiga majbur bo‘ladi. Xullas, o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan matnlar a’lo bo‘lishi uchun bizga ikki tilli frazeologik lug‘atlar juda zarurdir [1: 86-88]. Mark Tvenning “Janna D’Ark” romanida qo‘llanilgan “not to hurt a fly” frazeologizmining “pashshaga ozor bermaslik” ekvivalenti bilan almashtirilishi adekvatlikni ta’minlagan ekan, bu yerda asosiy omil birlikning o‘zga shaklda qo‘llanilishidir. … The idea of that gentle creature, that wouldn’t hurt a fly … rishing into battle with a gang of soldiers at her back. Bir o‘ylab qarang-a, pashshaga ozor bermagan ana shu yuvosh qiz jangga borarmish, yana soldatlarni boshlab borarmish. Har bir tarjimaning ijobiy va salbiy jihatlari bor. Chunki asl nusxani asar sifatida taqdim etgan mualliflar har bir jumlani yoki so‘zni qaysi ma’noda va nima maqsadda berilganligini anglab yetishi tarjimonga havola. Tarjimonga asarni tarjima qilishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jihatlardan bittasi frazeologik birikmalar, shu o‘rinda maqol hamda matallardir. Ular xalqning tarixiy og‘zaki va yozma ijodi mahsuli hisoblanib, xalqning ko‘p asrlik tajribalari, turmushdagi turli voqea-hodisalarga munosabatining ifodasidir. Maqol xalq orasida kun sayin tug‘ilib turganidek, uning badiiy matnda, yani qalam yordamida yaratilayotgan asarlarda qo‘llash masalalari paydo bo‘ladi. Chunki asarda berilayotgan timsol yoki voqea-hodisani to‘laroq bayon etish uchun albatta maqol va matallarga murojaat qilinadi. Maqollar, matallar, idiomalarning aksariyatini tabiat, hayvonlar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan ifodalar tashkil etadi. Hayvonlar nomlaridan tuzilgan ko‘chma ma’noli iboralar insonning hayvonot olami bilan uzoq zamonlar mobaynida olib borgan munosabatlari va sinchkov kuzatishlarning tildagi in’ikosidir. Frazeologik iboralarning ma’nosi va obyekti-mazmun va shakl masalasidir. Binobarin, frazeologizmlarning obyektini o‘rganish ularning shakl xususiyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Ikki tilda birikmalarning barcha shakl va obyekt belgilari muvofiq kelsa ham, ammo, asosiy narsa ma’no monandligi bo‘lmasa, bu birikmalar bir-biriga ekvivalent yoki muqobil bo‘lmaydi. Frazeologizmlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishda asosiy dastak ma’nodir. Ayrim frazeologik birikmalarning tilda aniq ekvivalenti yoki muqobil variantlarining yo‘qligi ularni umuman tarjima qilib bo‘lmasligini ko‘rsatmaydi. Aksincha, xuddi shu hol ularni aniq tarjima qilishga ehtiyot tug‘diruvchi sabablardan biridir. Masalan, ingliz tilidagi “to live like fighting cock” matalining o‘zbekcha muqobil variant mavjud emas. Uni ingliz tilidan aynan “urushqoq xo‘rozlarday yashamoq” deb tarjima qilish mumkin. 183 Maqol, matal yoki idiomaning shakli va obyektlarini aynan saqlagan holda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish uni uchinchi, to‘rtinchi va hokazo tilarga ham aynan shunday tarjima qilish uchun asos bermaydi. Masalan, “ любишь меня , люби и мою собаку ” idiomasi ingliz tilidan rus tiliga aynan tarjima qilinganligi uchungina uni o‘zbek tiliga ham xuddi shunday prinspda “meni sevsang, itimni ham sev” deb tarjima qilish shart emas. Inglizcha frazeologizmdan o‘z tilimizga tayyor ekvivalenti bo‘lsa, uni so‘zma-so‘z tarjima qilishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Masalan, quyidagi misollardan ko‘rinib turibdiki, inglizcha frazeologizmlarning o‘zbek tilida ekvivalentlari bor: “to lock the stage door after the horse is stolen” – “to‘ydan keyin nog‘ora chalmoq”, “every dog is a lion at home” – “qo‘rqoq o‘z uyida botir”, “to kill two birds with one stone” – “bitta o‘q bilan ikkita quyonni urmoq”. Yoki, ingliz tilida: “one swallow doesn’t make a summer” – matalini bir qaldirg‘och bilan bahor kelmas, deb tarjima qilishga hojat yo‘q, chunki o‘zimizda shu ma’noda: “bitta qarg‘a bilan qish kelmas”, degan juda yaxshi muqobil matal ishlatiladi. Ayniqsa obrazli frazeologik birikmalar tarjimasi tarjimonga qiyinchilik tug‘diradi. Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: Eng asosiysi tarjimon frazeologizmlarni o‘girishda nimaga e’tibor berishi kerakligi, bu frazeologik birliklarning ifoda elementi tarjimasi; frazeologizmlar tarjimasida ularning ekspressiv xususiyatini saqlashni unutmaslik; frazeologizmlarni uslubiy bo‘yoqdorligini saqlash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Badiiy tarjima va o‘zbek adabiyotining xalqaro aloqalari. – Samarqand, 1991. 2. Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent, 2005. 3. O‘zbekiston adabiyoti va madaniyati // Ilmiy-ommabop jurnal. – Toshkent, 1972. 4-son. 4. Ashurov, Shahobiddin Saidovich. "Инглиз ва ўзбек тилларидаги интернационал мақоллар таржимасидаги ассиметрик ҳолатлар." Молодой ученый 18 (2020): 584-586.
Academic Journal
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari. :181-183
Academic Journal
Talaba yoshlarni kasbga tayyorlashda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni: Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 74 Annotatsiya : Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Mustaqilligimiz, qadriyat, qo‘g‘irchoq teatri, ruhiy-ma’naviy, litsenziya, “Risolai qo‘g‘irchoq”, “shayton o‘yin”, Husan Voiz Koshifiy, drama, milodiy, dramaturg, “Zumrad va Qimmat”. Mustaqilligimiz urf-odat va an’analarimizning jamiyatning birlashtiruvchi imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Kattalarga hurmat, o‘zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘urish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va udumlarning asosiy jihatlari bo‘lib kelgan. Qadriyat shaxs irodasi, harakat me’yori, aqli yetukligini to‘ldiradi. Bu esa, o‘z navbatida, burch bilan xohish o‘rtasidagi tavofutlarni anglab yetishga yordam beradi. Natijada, milliy qadriyatlar, tarbiyalarning rivojlanishi, muayyan jamiyatdagi shaxs kamolotining belgisi bo‘lib, ijtimoiy tadbirlarda bo‘lgan munosabatda yaqqol ko‘rinadi. Ana shunday qadriyatlarni shakllantirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni bor. Qo‘g‘irchoq teatri haqidagi ma’lumotlar esa boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Boshlang‘ich sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni shakllantirish metodikasi” tanlov fani orqali o‘rgatiladi. Ushbu fanda nafaqat qo‘g‘irchoq teatri haqida talabalarga ma’lumot berish, balki ertak, hikoya janrlarini o‘qitishda amaliy jihatdan ularni tayyorlash juda katta ahamiyatga ega. Qo‘g‘irchoq teatri kecha yoki bugun paydo bo‘lgan san’at turi emas. Uning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. U o‘zimizning murakkab rivojlanish yo‘lida ulkan voqealarga guvoh bo‘ldi. O‘tgan har bir davr uning taraqqiyotida o‘z muhrini qoldirdi. Bu tabiiy, har qanday teatr – bu davr mahsuli. Davr qaysi mafkura, qaysi g‘oyani ilgari sursa, san’atda ham shu aks ettiriladi, nimaiki qaralsa, undan voz kechishga undaydi. Biroq barcha zamonlarda qo‘g‘irchoq teatri o‘zining xalqchil ruhini, mo‘jizaviy qudratini va tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U hamisha o‘zidan katta masshtabdagi voqeliklar, umuminsoniy, falsafiy g‘oyalarni mujassam qilishga intilgan. Qo‘g‘irchoq teatri barcha davrlarda o‘z aktyorlar-u sanatini saqlab SHUKUROVA H. Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2-bosqich 815-21(206)-guruh talabasi NE’MATOVA MADINABONU Ilmiy rahbar: JDPU katta o‘qituvchisi JDPU TALABA YOSHLARNI KASBGA TAYYORLASHDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING MUHIM O‘RNI https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp74-77 STARS International University 75 qolishga, uni tushunmaydigan insonlardan pana tutishga va avlodlarga bor jozibasi bilan yetkazishga harakat qilib kelgan. Masxarabozlar, aktyorlar, xullas, tomosha san’atining ishtirokchilari quvilgan, badarg‘a qilingan, ayovsiz savalangan vaqtlarda qog‘irchoq teatri ijodkorlari bu og‘ir qismatdan omon qoldi. Din peshvolari nazarida, qo‘g‘irchoq teatri yaxshilik, ruhiy-ma’naviy poklikka va itoatkorlikka chorlaydigan ijrochilarning hayot tumoriga, hozirgi zamon tili bilan aytganda, mustaqil faoliyat yuritishga huquq beradigan litsenziyaga aylandi. “Ulamo qo‘g‘irchoq o‘yinini bir marta ko‘rish uchun mumkin ,deb fatvo berdi va buni quyidagicha izohlaydi: “Qo‘g‘irchoq bu teshikdan chiqib, bir jilva qilib, ikkinchi teshikka kiradi. Odam onadan tug‘ilib, dunyoga kelib, olam ichra bir jilva qilib, oxiri go‘rga kiradi. Shuning uchun bu o‘yinni bir ko‘rsa, ikki marta ko‘rib bo‘lmaydi. Zeroki, bu shayton chiqargan o‘yinni ikki marta ko‘rgan odam iymondan ayriladi”. Biroq vaqt o‘tishi bilan undagi talablarga amal qilmay, din peshvolari, amaldorlar, davlat rahbarlari, tanqid ostiga olingan. Qolaversa, og‘zaki dramaturgiyaga asoslangan an’anaviy teatrda belgilangan talablar va qat’iy qonunlarga bo‘ysunish hamisha ham oson bo‘lmaydi. Shu tufayli qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari risolasida ta’kidlangan passivlik, tarki dunyo qilish va so‘fizmni emas, balki optimistlik, hayotini sevish va undan bahra olish tamoyillarini ilgari surishgan. Biz yuqorida an’anaviy teatr aktyorlarining tomoshadagi o‘rni xususida to‘xtaldik, uning ijrosidagi o‘ziga xosliklarni belgilashga imkon qadar urinib ko‘rdik. Qo‘g‘irchoq teatri ijrochilarining ijodiy yo‘li, ruhiy-ma’naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida alohida to‘xtalib o‘tishni joiz topdik. Boisi, bu chindanam ibrat bo‘larli, boy tarixga va bugungi kun aktyorlari uchun namuna bo‘la oladigan katta maktabdir. Qo‘g‘irchoqqa jon kiritish – bu san’at. Biroq hamma davrlarda bu ijobiy qabul qilinmagan. Biroq o‘z yo‘lini dadil davom ettirgan qo‘g‘irchoq teatri o‘z sohasida falsafiy, diniy ta’lim unsurlarini birlashtira oladi. Ma’lumki, “Risolai qo‘g‘irchoq”da qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi xususida ajoyib bir rivoyat uchraydi. Unda bu san’at turiga “shayton o‘yin” deb ta’rif berildi. Uning ijrochiligidagi mo‘jizani oddiy inson o‘z qo‘li bilan yarata olishiga ishona olmaydi. Go‘yo bu qudratga faqat sehr-jodu yordamida erishish mumkin. Ammo o‘z davrining yetuk olimlari bu g‘aroyib hodisaga o‘zgacha talqinda munosabat bildiradi. Bu o‘rinda mashhur tarixchi, olim Husayn Voiz Koshifiyning qo‘g‘irchoq teatri o‘yini to‘g‘risidagi fikrlari biz uchun qimmatlidir: “Biz lavh (o‘yinchilar ma’nosida – M.Q.) hangomasida hozir bo‘ldim, boshqa chodir tortib va undan ikki surat tortib va undan ikki surat ko‘rsatib o‘tirgan shaxsni ko‘rdim. U gohi erkak ovozi bilan bir surat tilida javob berar, gohi boshqa surat tilida qizning ingichka va nozik ovozi bilan javob berardi. Holatni o‘zgartirmasdan so‘zlarni chunon aytardiki, har xil ovozda aytilgan savol-javoblarni eshitish uchun mumkin edi. Bu hammasi chodir ichidagi kishidagi qavli (so‘zi va harakati) ediki, men bunga mutavajjib bo‘ldim. Agar biror kimsa, – deb yozadi fikrlarini davom ettirib, – yaxshi o‘ylab ko‘rsa biladiki, bu bir necha harakatsiz va bequdrat tili vaqo‘li yo‘q mu’shabid amali bilan go‘yo notiq va mutaharlikdir”. Ko‘rinib turibdiki, Koshifiy qo‘g‘irchoq teatri san’ati tomoshabinlarini ko‘p bor kuzatgan. Uning so‘zlariga qarab anglash mumkinki, qo‘g‘irchoq teatri aktyori va uning harakat va nutq uyg‘unligi borasidagi yutuqlari anchayin sezilarli bo‘lgan. Qo‘g‘irchoqning xarakteri, jinsi va tashqi ko‘rinishiga qarab alohida ovoz ohangi topilgan hamda bu tomoshabinga aniq, tushunarli va badiiy uslubda yetkazib berilgan. Qolaversa, Koshifiydek o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli kishisini hayratga Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 76 sololgan ekan, demakki, o‘rta asrlardagi qo‘g‘irchoq san’ati ijrochiligi, haqiqatan ham, yuksak saviyada bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq teatri o‘quvchilar uchun juda qiziqarli, sevib tomosha qilinadigan sahna asarlaridir. Shu o‘rinda dramatik asarlarning o‘rni va ahamiyati haqida suhbatlashsak. Drama (yunoncha drama – harakat) badiiy adabiyotining 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishining o‘ziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qahramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo, dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni ko‘rishga, shuningdek, eshitishga mo‘ljallanadi; sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizansesenarlar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada o‘z talqinini topadi. Drama tufayli teatr san’at yuzaga kelgan va u kino san’ati uchun ham asos bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq teatri – teatr san’ati turi, chodir ichida yoki parda ortida yashiringan aktyor qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirilib ko‘rsatiladigan qo‘g‘irchoqlar tomoshasi. Qo‘g‘irchoqlarning turi, boshqarish tizimi va katta-kichikligi bilan bog‘liq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milodiy an’analar, shart-sharoit, dramaturgik va sahnaviy maqsadlar ham qo‘g‘irchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi. Inson xarakteri jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzida aks ettirish, majoz, sahnaviy bo‘rttirma qo‘g‘irchoq teatrda satirik hamda qahramonlik yo‘nalishlar qaror topishini ta’minlagan. Qo‘g‘irchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Geradot, Ksenofont, Aristotel, Goratsiy, Avreliy va boshqalarning ma’lumotlari bo‘yicha V-VI asrlardayoq qo‘g‘irchoq teatri paydo bo‘lgan. Sharqda barcha shakllari mavjud bo‘lgan, biroq shundan soya teatri keng tarqalgan. Indoneziyada XI-XII asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoq tomoshalari bo‘lgan. Sharqda ham qo‘g‘irchoq teatrining an’anaviy turlari va shakllari yashab keladi. G‘arb mamlakatlarida esa XIX asrlardan boshlab xalq qo‘g‘irchoq teatri inqirozga uchrab, uning o‘rnida yangi tipdagi, yozma drama asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim professional truppalar maydonga kela boshladi. XX asr boshida Rossiyadagi xalq qo‘g‘irchoq teatri davr talablariga javob berolmay qoldi. Biroq uning an’analari, tajribasi yangi shakldagi qo‘g‘irchoq teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Avval aytganimizdek, dramaning tasvir predmeti – harakat, u obyektning plastik obrazini yaratadi, drama subyekti – ijodkor shaxsi ham obyektga singdirib yuboriladi. Agar bular dramaning turga xos belgilovchi xususiyati bo‘lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o‘ziga xosligini belgiliovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Ya’ni sahnaga mo‘ljallab yozilgan asar ijroni ham ko‘zda tutishi zarur bo‘ladi. Shunga ko‘ra, dramadagi harakat, syujet voqealari makon va zamonda cheklangan bo‘ladi. Ijro vaqtiga sig‘ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujet tarzida qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu sababli ham syujet voqealari sabab-natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-natija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo‘lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning syujet voqealari ijro vaqtiga sig‘ishi masalasida qayg‘urishi darkordir. Shunga ko‘ra, dramatik asarda syujet voqealarining keskin konfliktlari asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga STARS International University 77 aylandi. Bundan tashqari, dramatik asardagi syujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan, voqealar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo‘lgan makonda kechadi. Boz ustiga, harakat makoni o‘zgarishlar jihatidan ham cheklangan. Ya’ni dramatik asar voqealari ko‘pi bilan 4-5 joyda kechishi mumkin. Sahnaga mo‘ljallangan asarlar jamlanmasiga drmatik asarlarning barcha turlarini kiritish mumkin. Sahna asarlariga qo‘g‘irchoq teatri yaqqol misol bo‘ladi. Behbudiyning “Padarkush” dramasi sahnada namoyish etiladi. Padarkush ota qotili deganidir. Bu asarda o‘sha davrning ilmli, ziyoli kishilari hamda bilimsiz, kaltafahm insonlarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin. Bilimsiz kishilar farzandini ham kitob o‘qimay turib, bilim olmay turib ham boylikka ega bo‘lishini aytadi, ammo bilimli, ziyoli kishilar bunday yo‘l bilan uzoqqa bormasliklarini, kitob o‘qimay turib hech narsaga erisholmasligini ta’kidlaydi. Oxir-oqibat ilmsiz kishi o‘z bolasining jamiyatda, xalq orasida o‘z o‘rnini topolmasligiga, shuningdek, o‘z o‘limining sababchisi bo‘lishiga erisha oldi, xolos. Bu bilan kaltafahm boy o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urib qo‘ydi. Shunday ekan, sahnada ijro etiladigan asarlar bola tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanligini anglashimiz mumkin. Oddiygina sahnada ijro etiladigan “Zumrad va Qimmat” qo‘g‘irchoq teatri shaklida namoyon bo‘lganida o‘quvchilar uchun juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Zumradning yaxshi xislatlarini o‘zlarida aks ettirishga, Qimmatning salbiy illatlarini o‘zlaridan yo‘q qilishga harakat qilishadi. Sahnaga mo‘ljallangan asarlar kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun juda muhim hamda ahamiyatlidir. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bolalar dunyosini yanada boyitish uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qo‘g‘irchoq teatri bilan ishlash san’atini ham egallashlari yanada shu sohada mohir ustoz bo‘lishlarini ta’minlaydi, deb hisoblaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Adabiy tur va janrlar. Uch jildlik. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1999-yil.2. S. Matchonov, X. G‘ulomova, T. Xolboyeva “ona tili o‘qitish metodikasi” “Ishonchli hamkor”. – Toshkent, 2021-yil. Daminov S, Ubaydullayev H, Axmedov Q, “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997-yil.
Academic Journal
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. 1
Academic Journal
Кантовский сборник, Vol 33, Iss 2, Pp 46-52 (2014)
Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik mashg'ulotlari vazifalari xususida F��ruza Yuldash��va, ADU Maktabgacha ta'lim fakult��ti 2-bosqich talabasi Annotatsiya T��zisda kichik yoshdan bola og'zaki nutqini shakllantirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, bu borada ota-ona va tarbiyachining mas'uliyati to'g'risida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar: nutq madaniyati, muomala, so'z boyligi, to'g'ri talaffuz, gapning grammatik qurilishi, tarbiyachi mas'uliyati. Annotation The thesis focuses on the aspects that should be considered in the formation of a child's oral speech from an early age, the responsibility of parents and caregivers in this regard. Keywords: speech culture, behavior, vocabulary, correct pronunciation, grammatical structure of speech, educator responsibility. ������������������ �� ���������������������� �������������������������� ���������������� ���� ����������������, �������������� �������������� ������������������ ������ ������������������������ ������������ �������� �������������� �� �������������� ����������������, ������������������������������ ������������������ �� ������������������������ �� ���������� �� ��������. ���������������� ����������: ���������������� ��������, ������������������, ������������������ ����������, �������������������� ������������������������, ���������������������������� ���������� ��������, ������������������������������ ����������������������. Turkiy dunyo faxri bo'lgan mutafakkir ajdodimiz Alish��r Navoiy 'Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo'q ondin' d��r ekan, so'zlash orqali inson aziz bo'lganini uqtiradi. L��kin hayvondin farqlagan jihat faqat so'zlash qobiliyatigina emas, ayni paytda tom ma'noda madaniyat va salohiyat bilan so'zlash har bir insonni b��zashiga ishora qilinmoqda. Shu bois odam bolasini kichik yoshdan to'g'ri, to'liq va o'rinli so'zlashga o'rgatiladi. L��kin bu o'z holicha, stixiyali tarzda yuz b��radi d��b qarash noto'g'ri, chunki hamma tarbiya turida bo'lgani kabi og'zaki nutq tarbiyasi ham o'z yo'rig'i, usullariga ega. Bolalar kichik yoshdan anglashlari k��rakki, insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi, madaniyati uning tili orqali namoyon bo'ladi. Chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, bilim darajasi, fahm-farosati, fikrlash doirasining k��ngligi yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor emasligi uning nutqida o'z aksini topadi. Kimning tili boy bo'lsa, kim so'zlarni adabiy til asosida to'g'ri, aniq, ravon, ifodali va tushinarli talaffuz qilsa, o'z ona tiliga chuqur hurmat va extirom bilan qarasa, u bilimli sanalib, kishilar orasida obro'-e'tibor qozonadi. Hayotni kuzatar ekanmiz, so'z boyligi kam, tili qashshoq, so'zlari qovishmagan, o'z fikrini aniq ifoda eta olmaydigan yoshlar ham uchrab turishina guvoh bo'lamiz. Ba'zi yoshlar orasidagi ruscha, ayrimlari esa ko'pchilik tushunmaydigan so'zlarni qo'shib odamlar orasida gapiradilar. YOshlikdan badiiy adabiyotga m��hr qo'yish, uni o'qishga ko'nikma hosil qilish va ko'p o'qish va o'z fikrlarini k��rakli joyda to'g'ri ayta bilishi yuksak ma'naviyatlilikni, boy, go'zal, ta'sirchan tilga ega bo'lishni ta'minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlaridan biri nutq, o'qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa ��� 'Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik' mashg'ulotlari oldida quyidagi maxsus vazifalar qo'yiladi: - og'zaki nutqning asosi bo'lmish tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatish; - asta-s��kin so'z zaxirasini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; - og'zaki nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllanganligiga e'tibor qaratish; - nutq ravonligiga e'tibor b��rish; - maktab ta'limiga nutqiy tayyorlash. Og'zaki nutqini o'stirish bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlarda asosan bolalarning so'zlarni to'g'ri bog'lash, qo'shimchalarni o'rinla ishlatish, tovushlar talaffuzi aniqligiga diqqat qilish muhim sanaladi. SHuningd��k, gaplar faqat sodda gaplardan iborat bo'lib qolmasligi, o'rni bilan qo'shma gaplarni qo'llash, gapirganda so'z turkumlarini, xususan, sonni otga, sifatni otga, sifatni f��'lga to'g'ri bog'lash malakalarini takomillashtirish, so'zlarning mantiqiy muvofiqligiga, shuningd��k, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e'tibor b��riladi. Og'zaki nutqini o'stirishda mustaqil hikoya qilishga o'rgatish katta o'rin egallaydi. Bunda bolalalar o'z hayotlarida uchragan voq��alar ko'ra, suratlarga qarab yoki tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o'rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog'langan, ma'lum izchillikda, grammatik tomondan to'g'ri tuzilgan bo'lishi k��rak. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko'ngil ochishni, ermakni xohlaydilar. Chunki bu narsalar ular hayoti davomida tabiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o'yin va so'zlar orqali o'zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o'z ona tillarining har tomonini, ya'ni nozik taraflarini ham o'rgatib boradi. CHunki so'z orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi k��ngayadi va tili ravon, aniq so'zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so'z, ibora va gaplarni qiziqib o'rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg'ulotlar ularning hayotiga yo'l ochib b��radi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so'zlarni o'rgatayotganida o'yinlar orqali murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi. O'yin orqali bola o'zining lug'at boyligini k��ngaytirib to'playdi. L��kin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o'rganayotgan so'zlarning ma'nosini to'g'ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o'yinlar, t��z aytishlar, ertaklar aytib b��rish yoki suratlarga qarab ertak o'ylab topish, sh��'r va ashulalarni yod olish ham katta samara b��radi. Tarbiyachi o'z mashg'ulotlarini shunday o'tishi k��rakki, bolaning o'z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan hosil qilishlari k��rak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-tuman rangli va qiziqarli suratlarga boy bo'lishi darkor. Bunday kitoblarni ko'rgan har qanday bolaning adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar uchun yaaratlgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o'rab turgan yashil va jumboqli tabiatni asrab-avaylashga, hayvonot dunyosini bilishga va s��vishga, murg'ak qalblarini m��hrga to'ldiradi, onglarini rivojlantiradi. SHular asosida bolaning lug'at boyligi ortadi va nutqini o'stiradi. Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta'sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga o'rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi sh��'r va qo'shiqlar bolaning nutqini ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarda tabiatga m��hr uyg'otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar xaqidagi kichik xajmdagi sh��'rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushintirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda k��ltirishi shu kichik sh��'r orqali ifadolanganini aytish zarur. Sh��'rni yoki qo'shiqni aytishdan oldin ular haqidigi rangli rasmlarni ko'rsatib o'tish va suhbatlashish shart. SHundagina bolaning tasavvuri, xayolot olami k��ngayib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o'stirishda xalq og'zaki ijodi namunalaridan, jumladan, turli mavzudagi maqollardan, topishmoqlar, t��z aytishlardan tarbiyachi o'z mashg'ulotlarida foydalanish zarur. Bular bolaning nutq t��xnikasini rivojlantiradi, so'zlaganda ifodalalikka e'tibor b��ra boshlaydi. Bu borada tarbiyachining o'zi o'rnak bo'lishi lozim. U istisnosiz hamma mashg'ulotlarda og'zaki nutq madaniyatini bolalarga o'z nutqi orqali namoyon qilib borishi katta didaktik ahamiyatga ega bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vahobova F.N., Rasulova M. SH. va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. Toshk��nt: 2008. 2. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va m��todikasi o'stirish m��todikasi. Toshk��nt: 2006. 3. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. Toshk��nt: 2003
Academic Journal
검색 결과 제한하기
제한된 항목
[검색어] Nozik, A.
발행연도 제한
-
학술DB(Database Provider)
저널명(출판물, Title)
출판사(Publisher)
자료유형(Source Type)
주제어
언어